Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784
educational, natural and social sciences www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(4), April, 2023
DOIRA CHOLG'U IJROCHILIGIDA IJROVIY USULLARNING
AHAMIYATIGA DOIR
Ismoil Rustamov
Farg'ona davlat universiteti Vokal va cholg'u ijrochiligi kafedrasi o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada doira cholg'u ijrochiligi sohasida muhim sanalgan ijroviy usullari borasida so'z boradi. Shuningdek bugungi kunda ustoz-shogird an 'analari asosida ta'lim berayotgan mohir ijrochi-pedagoglar faoliyati yoritiladi.
Kalit so'zlar: doira usullari, ijro mahorati, ta'lim sifati, sahna mahorati, namunaviy ijro.
ЗНАЧЕНИЕ ИСПОЛНИТЕЛЬНЫХ ПРИЕМОВ В ИСПОЛНЕНИИ НА
ИНСТРУМЕНТЕ "ДОЙРА"
Исмаил Рустамов
преподаватель кафедры Вокально-инструментального исполнения Ферганского государственного университета
АННОТАЦИЯ
В данной статье рассказывается о наиболее важных исполнительских приемах в области исполнительства на инструменте доира. Также будет освещена деятельность искусных исполнителей-педагогов, которые сегодня преподают на основе традиций учитель-ученик.
Ключевые слова: методы исполнении усулей дойры, исполнительское мастерство, качество обучения, сценическое мастерство, образцовое исполнение.
SIGNIFICANCE OF EXECUTIVE TECHNIQUES IN PERFORMANCE ON
THE DOIRA INSTRUMENT
Ismail Rustamov
Teacher of the department of Vocal and instrumental performance of
Ferghana State University
ABSTRACT
This article describes the most important performing techniques in the field of performance on the doira instrument. It will also highlight the activities of skillful performers-teachers who today teach on the basis of teacher-student traditions.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
Key words: methods of performance of doira usuls, performance skills, quality of education, stage skills, exemplary performance.
O'zbekistonda barcha sohalar qatorida musiqa san'ati zamonaviy talablar asosida rivojlanib bormoqda. Bu borada musiqa ta'limini tashkil etish tubdan yangilanganligini va uning sifat samaradorligi oshib borayotganligini ta'kidlash joiz. Keyingi yillarda qo'shiqchilik san'ati va cholg'u ijrochiligi ta'limi saviyasi yangi bosqichga ko'tarildi. Ayniqsa, Respublikamiz pedagog kadrlarni tayyorlashga ixtisoslashgan Oliy ta'lim muassasalarida San'atshunoslik fakultetlari o'z faoliyatini boshlagani va bu fakultetlarda tayanch akademik musiqa maskani bo'lgan O'zbekiston davlat konservatoriyasi vokal san'ati va cholg'u ijrochiligi ta'lim yo'nalishlari o'quv rejasi asosida faoliyat yuritib kelayotgan kafedralar faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan dasturlarning amalga oshirilishi bu boradagi yutuqlar ko'lamini kengaytirib bormoqda.
Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohatlar, xalqimizning boy ilmiy-madaniy merosi, mamlakatimizda ilm-fan, san'at va madaniyat sohalarida erishilayotgan yutuqlar, aholini, ayniqsa, yoshlarda yot g'oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishda, milliy qadriyatlar va an'analarni asrab avaylash va keng tag'rib etishda musiqa ta'limi va san'atining o'rni beqiyosdir.
Milliy musiqa san'atimizning muhim tarkibiy yo'nalishlaridan biri - doira cholg'u ijrochiligidir. Mazkur ijrochilik san'ati juda qadimiy tarixga ega va u hozirgi davr milliy musiqa ta'limi tizimimizda o'ziga xos o'quv jarayoni hisoblanadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
Doiraning tarixiy shakllanishi uzoq o'tmishga borib taqalsa-da uning boshqa cholg'ulardan alohida bo'lib ajralganligi borasida Xusrov Parviz saroyida xizmat qilgan ilk saroy musiqachisi Barbad Marvaziy ijodiy faoliyatiga bag'ishlangan tarixiy rasmlar va asarlardan bilish mumkin. Lekin "Forobiyning (IX asr) ma'lumotlariga qaraganda Xuroson Doirasi o'zining ko'plab belgilari bilan zamonaviy Doirani eslatadi"[1].
Abu Nasr Forobiy (X asr) "Kitob al- musiqa al-kabir" (Musiqa haqida kitob) asarida doira va doira asari bo'lgan usullar xaqida g'oyat qimmatli ma'lumotlar berib o'tgan. Safiuddin Urmaviy (XIII asr) "Kitob al-advor" (Musiqiy doiralar kitobi) asarida doira usullarining o'n ikki maqom musiqa ijrochiligida muhim o'rin tutishi to'g'risida fikr yuritgan. Abdurahmon Jomiy (XV asr) "Risolai musiqiy" (Musiqa risolasi) asarida doira usullari turlari haqida yozadi. Darvesh Ali Changiy-Buxoriy (XVII asr) "Risolai musiqiy" (Musiqa risolasi) asarida doira usullari va unig mashhur ijrochilari to'g'risida qimmatli ma'lumotlarni bergan. Bu noyob manbalar doira
KIRISH
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
ijrochilik tarixini o'rganish uchun muhim hisoblanadi. V.Belyaev, T.Vizgo, A.Petrosyans, F.Karomatov, I.Rajabov kabi olimlarimizning tadqiqotlarida doira ijrochiligining nazaryasiga doir muayyan fikr muloxazalar bildirib o'tilgan.
Cholg'u ijrochiligida doira san'ati o'ziga xos yetakchi o'rin tutadi. Bu cholg'u barcha cholg'ular ichida uzoq tarixga egaligi va ijrochilik san'ati bilan ajralib turadi. Kishilik jamiyatining ibtidoiy davrlaridan boshlab qadimgi odam qadamlarining bir maromda yerga tashlanishi, ov yoki boshqa jamoa tadbirlaridagi takroriy harakatlar, qo'llarini-qo'llariga, badaniga urishdan paydo bo'luvchi sadolar, turli mehnat qurollari, buyumlar yoki toshlarning bir-biriga tegishidan kelib chiqadigan ritmik tovushlar - urma cholg'ularning vujudga kelishiga sabab bo'lgan. Shuningdek, ritm-usul ibtidoiy inson hayotining markaziy unsuri bo'lib, u jamoa faoliyatini birlashtiruvchi, uni borliq - tabiat va koinot bilan uyg'unlashtiruvchi yagona vosita bo'lgan[2].
Doira ijrochiligi bilan bog'liq tadqiqotlarni alohida qayd etish lozim. Usta Olim Komilov ijrosidagi xalq doira usullarining ko'pi Ilyos Akbarov ("Doira usullari", T., 1952), V.Uspenskiy, Ye. Romanovskayalar tomonidan yozib olingan. Usta Olim Komilovning ijro uslubi zarblar jilvadorligi hamda tembr vositalarining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. T.Inog'omov, K.Azimov, A.To'ychiyev va boshqa ko'plab doirachilarga ustozlik qilgan.
NATIJA VA MUHOKAMALAR
Doira ijrochilik tarixini kuzatish shuni ko'rsatadiki, har bir davrda doira ijrochilik san'atining fidoyilari bo'lgan. Ular bu borada ilmiy, nazariy, amaliy va ijtimoiy jixatdan munosib xissa qo'shganlar.
Respublikamizda doira ritmik usullarini dunyoga mashhur qilishda o'z hissasini qo'shgan Usta Olim Komilovning (1875-1953), boy merosi avlodlar uchun katta maktab vazifasini o'tab kelmoqda. Mashhur ustaning an'analarini davom ettirganlar:
To'ychi Inog'omov (1914-1986), G'ofur Azimov (1917-1981), Dadaxo'ja Sottixo'jaev (1921-1991), Qaxramon Dadaev (1936-2013), Odil Kamolxo'jaev (1944-2015) kabi ustozlardir. Zamondoshlarimiz Tal'at Sayfutdinov, Rustam Ubaydullaev, Komiljon Xakimov, aka-uka Dilmurod, Elmurod, Xolmurod Islomovlar, Husan Nosirov, Xasan Azimov, llhom Ikromov kabilarning doira ijrosi rivojidagi mehnatlarini e'tirof etish lozim. 0'nlab doirachilar mustaqil 0'zbekistonning barcha viloyat va tumanlarida, butun O'rta Osiyoda doirachilik san'atini rivojlantirish hamda bu noyob soz turini dunyoga targ'ib va tashviq qilish ishida munosib hissalarini qo'shib kelmoqdalar.
Bunday natijalarga erishishda Toshkent davlat konservatoriyasi (hozirgi 0'zbekiston davlat konservatoriyasi) faoliyati ham serunum bo'lganligini eslatish joiz.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
Doira ijrochilik san'atining rivojlanish jarayonida yosh avlodga nazariy va amaliy bilim berish maqsadida 1948 yilda Toshkent davlat konservatoriyasining "Xalq cholg'ulari" fakultetida doira va urma zarbli cholg'ular sinfi tashkil topdi. Ushbu dargohda iste'dodli talabalar doira ijrochiligi tarixini, nazariy bilimlarini mukammal egallab, amaliy o'zlashtirishga ijodiy yondoshgan holda bilim olishga kirishdilar. Yillar davomida mazkur ta'lim yo'nalishi bo'yicha yuzlab mutaxassislar tarbiyalandi. Bugungi kunda shu sohada oliy ta'lim muassasini muvaffaqiyatli bitirgan talabalarga Davlat Attestatsiya komissiyasi xulosasiga ko'ra doira va urma zarbli cholg'ular bo'yicha bakalavr hamda magistr akademik darajalari berilmoqda. Hozirda ular Respublikada hamda xorijiy mamlakatlarning ijodiy jamoalari va ta'lim dargohlarida samarali faoliyat olib bormoqdalar.
O'zbekistonda barcha sohalar qatorida musiqa san'ati zamonaviy talablar asosida rivojlanib bormoqda. Bunda musiqa ta'limini berish tubdan yangilanganligini va uning sifat samaradorligi oshib borayotganligini ta'kidlash joiz.
Yangi davr doira cholg'u ijrochiligida individual ijro uslublari tarkib topdi, doira ijrosiga doir o'nlab o'quv qo'llanmalari yaratildi.
Faqat o'qib o'rganish, izlanish, ijod qilish, mashq va ustozlardan saboq olish bilangina doira ijrosi mahoratini egallash mumkin. Bugungi yosh doira ijrochisi shunchaki ijrochi emas, u salohiyatli va ijodkor shaxs bo'lishi lozimdir.
Doira cholg'u ijrochiligida bir necha janrlardagi doira asarlari mavjud, ulardan biri pesadir. Pesa yorqin ifodaviy mazmuni, aniq badiiy nomi, erkin shakldagi va ihcham hajmli cholg'u musiqa asari hisoblanadi. Doira uchun pyesalar bastakorlar yoki kompozitorlar tomonidan yaratiladi va ularning musiqalari mohir doira ijrochilari tomonidan doira ijrosiga moslashtiriladi.
Doira asarlarining muhim janrlaridan biri etyuddir. Etyud ijrochilik mahoratini oshirish uchun yaratilgan texnik (mashq) va yuksak ijro mahoratini namoyon qiluvchi doira asari hisoblanadi. Etyudlar qisqa hajmli bo'lsada, lekin mazmundor hisoblanadi va muayyan usulni o'zlashtirish, doira ijrosi ko'nikmasi, malakasi hamda mahoratini egallashda mashq manbai bo'lgan doira asaridir. Etyudlarni ijro etish va uni muntazam odatga aylantirish doira ijrosi mahoratining oshishiga hamda individual ijro uslubini shakllantirishga olib keladi.
Zero, doira asarlarida usul, pyesa va etyud muhim o'rin tutadi. Ularni farqlash, nazariy va amaliy jihatdan o'zlashtirish lozim. Misol uchun, ustoz Usta Olim Komilovning «Qo'sh qars-1» asari chuqur mazmun, jarangdor ohang va tinglovchiga zavq beradigan asar hisoblanadi. Shu bois, ushbu asarni o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilishi muhimdir.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
Doira cholg'u ijrochiligi va uning yana bir o'ziga xos xususiyati ustoz san'atkorlarning ta'limini o'zlashtirish bilan bog'liqdir. Mahorat- kasbiy va hayotiy tajriba orqali orttirilgan yuksak malakalar majmuidir. Doira cholg'u ijrochiligida mahorat tajribali san'atkorlarning kasbiy bilim, amaliy ko'nikma va malakasi majmuidir. San'atkor mahoratga ijodiy izlanish, tinimsiz mashq va oqilona faoliyat yuritish orqali erishadi. Bugungi kunda urf bo'layotganidek, faqat texnik va texnologik imkoniyatlardan foydalanish bilan doira cholg'u ijrochiligida yuksak va e'tirof etgulik mahoratga ega bo'lib bo'lmaydi.
O'zbek Doira maktabi borasida so'z borar ekan, barchaning ko'z o'ngida Usta Olim Komilov siymosi gavdalanishi tabiiy. O'zbek Doirasi sadolarining chet el sahnalarida sadolanishi va o'zining mohirona ijrosi bilan jahon tomoshabinlari yuraklarini zabt etgan ustoz-san'atkor Usta Olim Komilovning Doira cholg'usi ijrosi sir asrorlarini nafaqat amaliy, balki nazariy-ilmiy jihatdan o'quv qo'llanma va darsliklar ko'rinishida xalqimizga yetkazgan ustoz san'atkor Dilmurod Islomov xisoblanadi. Zamonamiz Doira maktabiga yangicha nafas baxsh etgan ustoz san'atkor Dilmurod Islomov o'z atrofida keyinchalik kasbiga sadoqatli shogirdlar tarbiyalab xalqimiz xizmatiga safarbar etdi.
Bugungi kunda Doira cholg'usi ijrosi bilan erkaklar bilan teng ravishda ayollar ham shug'illanib kelmoqdalar. Ijrochilik amaliyotida mohirlik darajasiga erishgan xalq Doirachi sozandalari doimo xalqimiz e'zozida bo'lib kelganlar.
Yuqoridagi fikrlarga tayangan holda xulosa o'rnida shuni xotima qilishimiz mumkinki, Yangi O'zbekistonda barcha sohalar qatorida musiqa san'ati zamonaviy talablar asosida rivojlanib bormoqda. Bunda musiqa ta'limini berish tubdan yangilanganligini va uning sifat samaradorligi oshib borayotganligini ta'kidlash joiz. Shu sababli keyingi yillarda qo'shiqchilik san'ati va cholg'u ijrochiligi yangi bosqichga ko'tarildi. Yangi davr doira cholg'u ijrochiligida individual ijro uslublari tarkib topdi, doira ijrosiga doir soha vakillari tomonidan ko'plab o'quv qo'llanmalar yaratilmoqda. Faqat o'qib o'rganish, izlanish, ijod qilish, mashq va ustozlardan saboq olish bilangina doira ijrosi mahoratini egallash mumkin. Bugungi yosh doira ijrochisi shunchaki ijrochi emas, u salohiyatli va ijodkor shaxs bo'lishi lozimdir.
REFERENCES
1. A.HaBOHH. "X,aMca", "Caôtan cafièp" -T.: 2006. E- 128, 160, 288. "XafipaT y^-aôpop" -T.: 2006. E- 1
2. N.Rahmatov. Doira. - T.: "Fan va texnologiya", 2016 y., 13 b.
3. G'azzoliy. Kimyoi saodat. T., "Adabiyot" 2005y, 355-356-b.
XULOSA
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
4. "Temur tuzuklari" T., "SHarq" NMAK bosh tahririyati. 2005 y 97-bet
5. O'zbekiston nomoddiy madaniy merosi loyiha muvofiqlashtiruvchisi Sayidafzal Mallaxanov YUNESKO ishlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi tomonidan tayyorlanib ICHKAP moliyaviy ko'magida va MOTXI hamkoriligida 2017 y. nashr etildi. ISBN 978-9943-357-46-4
6. Madina Nasretdinova, Ismoil Rustamov, & Oybek Karimov (2022). MUSIQA SAN'ATINING HOZIRGI KUNDAGI O'RNI. Scientific progress, 3 (2), 841-845.
7. Rustamov, I. (2022). DOIRA CHOLG'USIDA IJROCHILIK MAHORATINI OSHIRISHDA QO'LLANILADIGAN MASHQLAR MOHIYATI. Science and innovation, 7(B6), 456-460.
8. Murodova, D. (2022). ЯНГИ ТАРАВДИЁТ БОС^ИЧИДА ЁШЛАРДА БАДИИЙ-ЭСТЕТИК БИЛИМ ВА КУНИКМАЛАРНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ЖАРАЁНИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШНИНГ ЗАРУРИЯТИ. Science and innovation, 7(B6), 702-707.
9. Nasritdinova, M. (2022). УЗБЕКИСТОН ЖАМИЯТИНИНГ ЯНГИ ТАРАКДДЁТ БОСКДЧИДА ЁШЛАР БАДИИЙ-ЭСТЕТИК МАДАНИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ ИЖТИМОИЙ-ФАЛСАФИЙ ОМИЛЛАРИ. Science and innovation, 7(B6), 950-955.
10. Nasritdinova, M., Nigora, M., & Murodova, D. (2022, February). UZBEK FOLK ART AND ITS PLACE IN PUBLIC LIFE. In Archive of Conferences (pp. 44-48).
11. Rustamov, I. (2022). The Place of Doira Instrument in Uzbek National Art. Eurasian Journal of Humanities and Social Sciences, 5, 74-77.
12. Akhrorova, R. (2022). LEXICAL-SEMANTIC EXPRESSION OF EARLY YOUTH/JEUNESSE IN FRENCH. In МЕЖДУНАРОДНЫЕ НАУЧНЫЕ КОНФЕРЕНЦИИ С ВЫСШИМИ УЧЕБНЫМИ ЗАВЕДЕНИЯМИ (Vol. 2, No. 18.03, pp. 617-620).
13. Ahrorova, R. U. (2021). SEMANTIC ANALYSIS OF PHRASEOLOGICAL UNITS REPRESENTING "YOUTH" IN FRENCH AND UZBEK LANGUAGES. Theoretical & Applied Science, (7), 122-126.
14. Mannopov, S. (2004). O'zbek xalq musiqa madaniyati. Toshkent.,"Yangi asr avlodi" nashriyoti.
15. Маннопов, С. (2019). Шарк маданияти ривожида узбек халк мусика меросининг тутган урни. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 29-36.