Научная статья на тему 'DOIRA IJROCHILIK SAN’ATIDA INNOVATSIYA VA USTOZ FAYZULLA XOSHIMOVNING TUTGAN O‘RNI'

DOIRA IJROCHILIK SAN’ATIDA INNOVATSIYA VA USTOZ FAYZULLA XOSHIMOVNING TUTGAN O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
187
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
san’at / qobiliyat / iste’dod / sozgar / cholg‘u / klip / innovatsiya / san’at saroyi / shogird / usul

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Xojiakbar Fayzulla O‘g‘li Xoshimov, Nasiba Erkinovna Abraykulova

Ushbu maqolada muallif о‘zbek xalq cholg‘ularidan doira sozi haqida о‘z fikrlarini yuritgan. Ustoz san’atkor, sozanda Fayzulla Xoshimovning ijodiy faoliyatiga chizgilar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DOIRA IJROCHILIK SAN’ATIDA INNOVATSIYA VA USTOZ FAYZULLA XOSHIMOVNING TUTGAN O‘RNI»

DOIRA IJROCHILIK SAN'ATIDA INNOVATSIYA VA USTOZ FAYZULLA

XOSHIMOVNING TUTGAN O'RNI

Xojiakbar Fayzulla o'g'li Xoshimov Nasiba Erkinovna Abraykulova O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada muallif o'zbek xalq cholg'ularidan doira sozi haqida o'z fikrlarini yuritgan. Ustoz san'atkor, sozanda Fayzulla Xoshimovning ijodiy faoliyatiga chizgilar berilgan.

Kalit sozlar: san'at, qobiliyat, iste'dod, sozgar, cholg'u, klip, innovatsiya, san'at saroyi, shogird, usul.

THE ROLE OF THE INNOVATOR AND TEACHER FAYZULLA KHASHIMOV IN THE PERFORMING ART OF DOYRA

Khojiakbar Faizulla oglu Hoshimov Nasiba Erkinovna Abraykulova Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: In this article, the author considers the word doira from Uzbek folk instruments. The drawings are given to the work of the master artist, musician Faizulla Khoshimov.

Keywords: art, ability, talent, composer, instrument, clip, innovation, Palace of Arts, student, method.

Sharq xalqlari musiqa madaniyatida ko'plab urma zarbli cholg'ularni uchratishimiz mumkin. Shunday cholg'ulardan biri doiradir. O'zbek musiqa ijrochiligini doira cholg'usisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Buning sababi, milliy musiqamizda usul va ritmning o'ziga xos o'ringa ega ekanligidir. Doira-yumaloq shakldagi o'zbek va tojik urma musiqa cholg'usidir. Uning asosi gardish bo'lib, tashqi tomoni oshlangan teri bilan qoplangan, ichki tomonida esa halqachalardan iborat. Undan yakka doira ijrosi, guruhli doira ijrosi hamda turli hil milliy cholg'u ansambllarida yetakchi cholg'u sifatida foydalaniladi.[1, 41b.]

XX asrning birinchi yarmiga kelib, yurtimizda doira ijrochiligining o'ziga xos maktabi yuzaga keldi. Uning asoschisi O'zbekiston xalq artisti, Mehnat Qahramoni Usta Olim Komilovdir. Ustozning buyuk xizmatlari shundan iboratki, tarixi ikki ming yilga borib taqaluvchi doira cholg'usining yakka ijro imkoniyatlarini ochib berdi. Shuningdek, xalq orasida ommalashgan, o'z ijodiy faoliyati davomida ustozlaridan

o'rgangan doira usullarini jamlab, bir tizimga keltirdi, yangi usullar ijod qilib, doira usullarini boyitgan holda darslik holatida kelajak avlodga qoldirdi. Bu orqali yo'qolib ketishi mumkin bo'lgan ko'plab doira usullarini saqlab qoldi.

Usta Olim Komilovdan so'ng To'ychi Inog'omov, D.Sottixo'jayev, R.Isoqxo'jayev, G'afur Azimov va boshqa ko'plab shogirdlari ustozning boshlagan ishini davom ettirdilar. Ular ham o'z faoliyatlari davomida bir qancha shogirdlarni yetishtirdilar. Xususan, o'zbek raqs san'atini jahon miqyosigacha olib chiqqan shogirdlaridan Qahramon Dadayev, Tal'at Sayfutdinov, Dilmurod Islomovlarni aytib o'tishni joiz deb bilamiz. Ko'p xalqlardagi kabi o'zbek raqsida urma cholg'u asboblari qatori doira cholg'usi alohida ahamiyat kasb etadi.

Ustoz To'ychi Inog'omovning so'nngi nafasigacha unga sodiq shogird, farzand, yaqin do'st, hamdard, hamnafas, qaldirg'och shogirdlaridan biri bo'lgan Fayzulla Xoshimov 1962-yil Toshkent shahrida ishchilar oilasida tavallud topdi. Fayzulla Xoshimovning otasi Rahimxo'ja Xoshimov dastlab o'g'lidagi qiziqishni ko'rib 10 yoshida (1972-yil) mohir sozanda, Abdumajid Abduhakimovga shogirdlika beradi. A.Abduhakimov shogirdidagi doira cholg'usiga bo'lgan baland ishtiyoqini va qobiliyatni ko'rib, uning iste'dodini yanada rivojlantirishni maqsad qildi. U Respublika o'quvchilar san'at saroyi (oldingi Lelin nomidagi pionerlar saroyi)da yosh doirachilarga doira san'ati bo'yicha ta'lim berb kelayotgan, O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan artist To'ychi Inog'omovga shogirdlikka topshirishini otasi Rahimxo'ja Xoshimovga aytadi va Fayzulla Xoshimov To'ychi Inog'omov boshchiligidagi doirachilar guruhiga iqtidorli doirachi sifatida qabul qilinadi. Fayzulla Xoshimov ustozi To'ychi Inog'omovdan doira ijrochiligining sir sinoatini, Usta Olim Komilov meros qilib ketgan doira darsliklarini qunt bilan o'zlashtira boshlaydi. Tez orada Fayzulla Xoshimov ustozining eng yaqin va ishonchli shogirdiga aylanadi.1976-yilda Fayzulla Xoshimov Toshkent shahridagi 3-son Bolalar musiqa va san'at maktabiga o'qishga kiradi. Maktabdagi ustozi sozanda O'tkir Hoshimov qo'lida doira ijrochiligi bilan bir qatorda nota sirlarini ham o'rgana boshlaydi. Musiqa maktabdagi olgan bilimlariga qaramay, ko'proq ustozi To'ychi Inog'omov rahbarligidagi to'garakka qiziqib intilar edi.

Fayzulla Xoshimov ustozi xaqida quydagi fikirlarni bildiradi:-"To'ychi akam bilan bog'liq hotiralarni eslasam, beihtiyor ko'z oldimga yuzlab doirachilarga dars o'tayotgan holatlari ko'z oldimga keladi. Ustozimning farzandlaridek bo'lib qolganim sabab-mi, menga ko'p maslahatlar, nasihatlar qilar edilar. "Doirachi mustaqil bo'lishi kerak, sozanda o'z sozini o'zi yasay bilishi bu juda katta ahamiyatga ega. Shahsan mening ustozim Usta Olim Komilov ham nog'ora, chang, dutor, doira sozlarini yasay olar va mohir ijrochisi ham edi. Yana ko'p ustoz san'atkorlar o'z ijro mahoratiga moslab o'z sozlarini o'zlari yasab olishgan"-deb aytar edilar".[2]

Shu sabab bo'lib, Fayzulla Xoshimov (1984-yil) mohir sozgar usta Xabibulla Imomovga shogirdlikka tushadi va doira yasash sirlarini qunt va katta qiziqish bilan o'rganadi. (Aytishlaricha, usta Xabibulla akaning ustaxonasiga O'zbekiston xalq artisti

Q.Dadayevdan boshqa hech kim yaqilashmagan ekan). Tez orada Fayzulla Xoshimov doira yasash (sozgarlik)ning barcha sir-sinoatlarini o'rganib oladi. Doira ko'rinishlariga o'zgartirishlar, (baldog') yangiliklar kiritadi.

F.Xoshimovning yana bir yangiliklaridan biri, bu atrofi orasiga temir joylashtirilgan teri qoplangan, tashqi tomoni yog'ochli doiradir. Bu doiraning o'zgachaligi, uning zarbdan chiqqan sadosi usulni oyoq bilan ijro etilganda chiqadigan ovozga o'xshashligidadir.

Hozirgi kunga kelib o'zining doira sozini mustaqil ravishda terisini (parda) qoplash bilan birga boshqa doirachilarga ham ushbu hizmati bilan manzur bo'lib kelmoqda.

Fayzulla Xoshimov 1980-yildan Muhiddin Qoriyoqubov nomidagi O'zbekiston davlat filarmoniyasida mehnat faoliyatini boshlaydi. 1984-yilda M.Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetining madaniyat saroyida ishlash bilan birga, 1985-1988 yillar davomida Toshkent madaniyat texnikumining "Klub xodimi, xalq cholg'u asboblari havaskorlik orkestr rahbari (doira)" yo'nalishida tahsil oladi. 1994-yildan Temir yo'lchilar san'at saroyi qoshidagi "Sabo" raqs ansamblida ishlab kelgan Fayzulla Xoshimov 1987-yildan boshlab, hususan "Sabo" raqs ansamblidagi faoliyati davomida 80 ga yaqin horijiy, jumladan Yevropaning barcha davlatlarda (3-marta) AQSH davlatlari, Yaponiya,Tayland,va yanna birqancha xorijiy davlatlarda gastrol safarlarida bo'lib, oz ijro mahorati bilan horijiy muxlislarda katta ta'ssurot qoldirgan. 2010- yildan hozirgi kungacha R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabida pedagogik faoliyatini davom ettirib, ko'plab shogirdlariga ustozlik qilib kelmoqda.

Fayzulla Xoshimovni o'zbek doirachilik san'atiga bo'lgan mehri ilhomlantirdi va uni yangiliklar yaratish sari yetakladi. Ayniqsa, rus xalq raqsining "4e4ëTKa", Irlandlar hamda Amerikaliklarning "Step", "Tap dance" kabi murakkab oyoq harakatlaridan ta'sirlanadi. 1986-yilda raqs san'atininig "Oyoq zarbi" ijro tehnikasini rus baletmestri Aleksandr Pavlovich Rijenkodan o'rganadi. Keyinchalik bu san'at turini o'zbek doira usullari bilan sintez tarzda ijro qila boshlaydi. Ushbu ijodiy yangilikni rivojlantirish maqsadida "Doira-oyoq" uyg'unligidagi sahnaviy nomerlar tayorlaydi va ilk bor Respublika miqyosida o'tkazilgan "Zarb-1991" ko'rik talovining Gala konsertida katta sahnada chiqish qiladi. O'zbek musiqa san'atida ilk bor doira cholg'usi bilan bir vaqtda ijro etiluvchi "Oyoq zarbi" nomli ijodiy ishi sahna yuzini ko'rdi, hamda barcha yetuk mutaxassislar va tomoshabinlar tomonidan olqishlarga sazovor bo'ldi. F.Xoshimov bu yangi ijodiy ishini rivojlantirish maqsadida tinimsiz mehnat qildi, tunu - kun o'z ustida ishladi. Natijada, 2000-yilda o'zbek doirachilik san'atida ilk bor video klip

ko'rinishidagi syujetli rolik olindi. Ushbu videokilip ssenariysida XVI asrlar tanlab olinganligi sababli, F.Xoshimov Temuriylar davridagi kabi o'zi yasagan Katta Nog'ora, Do'l cholg'u sozlaridan foydalangan. Fayzulla Xoshimov ushbi klipda "Oyoq zarbi" nomli ijodiy ishini o'zi ijro etgan. Mazkur musiqiy rolik 2001 -yilarda O'zbekiston televideniyasida bir oy davomida efirga uzatilgan. (Afsus-ki, bunday ajoyib san'at namunasi muxlislarga havola qilinmay qo'ydi.)

O'zbekiston Respublikasi san'at arbobi, professor, sozanda Temur Maxmudov O'zRMTRK ko'rsatuvlarining birida F.Xoshimovning ijodiy yangiligiga quyidagicha ta'rif berib o'tganlar: "Ustozlarimiz bizga "san'at bir joyda turib qolmasligi kerak. Uni rivojlantirib borish kerak" deb aytib o'tar edilar. O'zbek raqs san'atida ustoz baletmeysterlar tomonidan doirachi bilan raqqosaning savol-javobi tariqasidagi raqslar sahnalashtirishgan. F.Xoshimov esa doirachi o'zi doira usllarni chalib, bir vaqtning o'zida oyog'ida mana shu usullarni jo'r bo'lgan holda ijro etishni yo'lga qo'yibdi. Doira usuli bilan oyoqda ijro etilgan usul go'yoki savol-javob qilganday. Bu yangilik davom ettirilsa o'zbek san'atini yanada to'ldirishi mumkin deb o'ylayman."

Fayzulla Xoshimov "Doira -oyoq" uyg'unligidagi chiqishlar bilan jahon sahnalarida o'zbek san'ati sharafini yuqori cho'qqilarga ko'tarilishiga o'z hissasini qo'shgan sozandalardan birdir. Bundan tashqari F.Xoshimovning uyida shaxsiy kutubxonadan tashqari zarbli cholg'u asboblar muzeyi ham mavjud. Undagi eksponatlar qatoridan yerdan kavlab olingan qadimgi "gardish" ham joy olgan.

F.Xoshimov o'z mutaxassisligi bo'yicha mahalladoshlari bo'lgan manbaashunos olim, O'zbekiston akademiyasi akademigi, filologiya fanlari doktori, professor Alibek Rustamov, filalogiya fanlari doktori, professor Anvar Xojiaxmedov kabi ko'plab olim, yozuvchi va ustozlar bilan suhbatda bo'lib, ulardan sohaga oid ko'plab ma'lumotlar olgan.

F.Xoshimov ko'p yillar bir qancha ustoz san'atkorlar- xonanda, sozanda va baletmeysterlar bilan ijodiy faoliyat olib borib,ular bilan birga ijod qilishgan, ko'plab ijodiy dasturlar yaratilib, magnit lentalariga yozib olingan. Jumladan, marhum ustoz san'atkor O'sar Yusupov, O'zbekiston respublikasi san'at arbobi, professor Temur Mahmudov, ustoz san'atkor xonanda va sozanda Salohiddin Muhiddinov, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Baxtiyor Xolxo'jayev, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, professor, Turon fanlar akademiyasi akademigi Rifatilla Qosimov, mohir sozanda Mirhosil Azizov, O'zbekiston xalq artisti Zamira Suyunova, baletmeysterlardan Xalq artisti Qodir Mo'minov, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Nazriddin Shermatov, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Ravshanoy Sharipova, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi Muborak Mirzayeva, Damira Sagirovalarni sanab o'tish mumkin. O'z ijodiy mahorati va tajribalarini farzandlari Fathulla Rahimov, Xojiakbar Xoshimovlarga o'rgatdi. U farzandlari bilan ham bir nechta sahnaviy nomerlar tayorlaydi va O'zbekiston televideniyasining turli

xil musiqiy ko'rsatuvlarda san'atini namoyish qildilar, "Kelajak ovozi", "Nihol" kabi bir qator ko'rik tanlovlarda qatnashib keldilar.

Bugungi kunda davlatimiz tomonidan tasdiqlangan sohaga oid Farmon va Qarorlar ijrosi amalga oshirilib, iste'dodli ijodkor va tajribali ustoz san'atkorlar ardoqlanmoqda, ular amalga oshirgan ishlar soha mutaxassislari tomonidan e'tirof etilib, yosh san'at ixlosmandlariga targ'ib qilinmoqda, ularning mehnati munosib taqdirlanib kelinmoqda. Fayzulla Xoshimov iste'dodli sozanda, mohir pedagog sifatida el-yurt va unung sharafi uchun qilgan mehnati albatta qadrlanadi, yangilik va tajribasi targ'ib qilinadi deya umid qilib qolamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mualliflar jamoasi. Madaniyat va san'at atamalarining izohli lug'ati. 2015y. B-

41.

2. Fayzulla Xoshimov bilan bo'lgan jonli suhbatdan.

3. Temur Maxmudov. O'zbekiston Respublikasi san'at arbobi, sozanda. O'zRMTRK ko'rsatuviga bergan intrevyusidan. (F. Xoshimovning shaxsiy arxividan olingan).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.