Научная статья на тему 'YANGI O’ZBEKISTON JAMIYATIDA YOSHLAR MEDIAMADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING ZAMONAVIY USULARI'

YANGI O’ZBEKISTON JAMIYATIDA YOSHLAR MEDIAMADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING ZAMONAVIY USULARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
645
98
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mediamadaniyat / mafkuraviy imunitet / innovatsiya / strategiya / jadidchilik / axborot asri / internet / axborot kamunikatsiya / milliy madaniyat. / Media culture / ideological immunity / innovation / strategy / modernism / information age / Internet / information communication / national culture.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — O. Karimov

Ushubu maqolada yoshlarni xozirgi zamon bilan xamnafas yashashi va davlatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlarni to’g’ri boholay olish masalalari hamda axborot tehnik vositalari rivojlanayotgan davrda yoshlarimizga salbiy va ijobiy tomonlarini ilmiy taxlili olib borilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MODERN METHODS OF FORMING YOUTH MEDIA CULTURE IN THE NEW UZBEKISTAN SOCIETY

In this article, a scientific analysis of the negative and positive aspects of young people in the period of development of information technology was carried out.

Текст научной работы на тему «YANGI O’ZBEKISTON JAMIYATIDA YOSHLAR MEDIAMADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING ZAMONAVIY USULARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

YANGI O'ZBEKISTON JAMIYATIDA YOSHLAR MEDIAMADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING ZAMONAVIY USULARI Oybek Karimov

Farg'ona davlat universiteti, San'atshunoslik fakulteti o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7239387

Annatatsiya. Ushubu maqolada yoshlarni xozirgi zamon bilan xamnafas yashashi va davlatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlarni to'g'ri boholay olish masalalari hamda axborot tehnik vositalari rivojlanayotgan davrda yoshlarimizga salbiy va ijobiy tomonlarini ilmiy taxlili olib borilgan.

Kalit so'z: Mediamadaniyat, mafkuraviy imunitet, innovatsiya, strategiya, jadidchilik, axborot asri, internet, axborot kamunikatsiya, milliy madaniyat.

СОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДЫ ФОРМИРОВАНИЯ МОЛОДЕЖНОЙ МЕДИАКУЛЬТУРЫ В НОВОМ УЗБЕКИСТАНСКОМ ОБЩЕСТВЕ

Аннотация. В данной статье проведен научный анализ отрицательных и положительных сторон молодежи в период развития информационных технологий.

Ключевые слова: Медиакультура, идеологический иммунитет, инновации, стратегия, модернизм, информационная эпоха, Интернет, информационная коммуникация, национальная культура.

MODERN METHODS OF FORMING YOUTH MEDIA CULTURE IN THE NEW

UZBEKISTAN SOCIETY

Abstract. In this article, a scientific analysis of the negative and positive aspects of young people in the period of development of information technology was carried out.

Keywords: Media culture, ideological immunity, innovation, strategy, modernism, information age, Internet, information communication, national culture.

KIRISH

Bugungi kunda O'zbekistonda fan-texnika sohasida ham ko'pgina o'zgarishlar yuz bermoqda. Bunda, albatta, mediamuhitning roli ko'pgina ijtimoiy jarayonlarda muhim vosita sifatida o'sib bordi. Bu holat davlatning siyosiy va iqtisodiy rivojlanishiga ta'sir ko'rsatdi, natijada jamiyat medialashtirildi hamda yangi mediamuhit shakllandi. Ushbu holat ochiq va demokratik ko'rinishda bo'lib, dunyoning keng axborot muhitiga eshiklar ochildi. O'tgan yillar mobaynida mamlakatimizdagi barcha tizimilarga axborot kommunikatsiya texnologiyalari joriy etildi, fan va ta'lim sohasida umumlashgan va ruxsat etilgan ma'lumotlar bazasi paydo bo'ldi, mamlakat hududida madaniyat, axborot markazlarining keng tarmoqlari paydo bo'ldi. O'zbekiston respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2019 yildan boshlab beshta muxim tashabbus joriy qilindi. Bu tashabbusning asosiy yo'nalishlaridan biri yoshlarda kampuyutor savotxonligini oshirish yo'li belgilab qo'yilgan. Bu xam mamlakatda axborot texnalogiyalariga qaratilgan e'tiborni ko'rsatadi.

Mamlakatimizda shakllangan mediamuhitdan samarali foydalanish bilan birga, ehtiyotkor munosabatda bo'lish asosiy vazifa hisoblanadi. Mediamakon ta'sirini insonlar ongiga o'z holic ha tashlab qo'yib bo'lmaydi. Chunki media makon mafkuraviy tahdidlarning kirib kelishida yetakchi o'rinlarda turuvchi vosita sanaladi. Hozirgi globallashgan, mediamuhit va mediamakon taraqqiy etgan zamonda yashayotgan ekanmiz, ushbu jarayonda kirib kelayotgan mafkuraviy

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

tahdidlardan himoyalanish zarur. Mediamakondan foydalanayotgan insonlar turli ijobiy yoki salbiy axborotlarni to'g'ridan-to'g'ri qabul qilavermasliklari uchun, avvalo, ularda mediamadaniyat va mediasavodxonlikni shakllantirish lozim.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Hozirgi yoshlar yangicha fikrlashga va zamon bilan hamnafas bo'lishga intilmoqda. Uning asosi esa intellekt hisoblanadi. Yuqori suratdagi kompyuter texnologiyasi taraqqiyoti insoniyat tafakkurida yanada kengaytirilgan sermazmun ahamiyat kasb etmoda. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta'biri bilan aytganda, "Bizni hamisha o'ylantirib keladigan yana bir muhim masala - bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so'z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog'liq. Bugun zamon shiddat bilan o'zgaryapti. Bu o'zgarishlarni hammadan ham ko'proq his etadigan kim - yoshlar. Mayli, yoshlar o'z davrining talablari bilan uyg'un bo'lsin. Lekin ayni paytda o'zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug' zotlarning avlodimiz, degan da'vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o'zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan"[1].

Axborot asri deb nom olgan asrimizni telekommunikatsiyasiz tasavvur qilish qiyin. So'ngi rusumdagi telefon, planshet, noutbuk va komputerlar internet orgali bizga asosiy ma'lumot va yangiliklarni bir zumda anqlashda beminnat xizmat qiladi.

Hozirgi zamonda internet tarmog'idagi saytlardan ko'zimizga tegishli bo'lgan axborotlarni bir necha daqiqalarda olishimiz mumkin. Bu biz uchun juda qulay, oson va vaqtdan yutishimiz imkonini beradi. Ammo masalaning ikkinchi tarafi ham bor. Internetdan keraksiz va buzg'unchi g'oyalar maqsadida, axborot huruji sifatida hamda har xil yoshlarni miyasini zaxarlovchi vosita sifatida foydalanuvchilar ham yo'q emas.Qaysiki o'zining mustaqil tafakkuriga, intellektual ilmiy salohiyatga ega bo'lgan yoshlar har qanday hurujlardan o'zini himoya qila oladi. Bu borada yoshlar ma'naviyati va milliy madaniyati ustuvor axamiyat kasb etadi. Yoshlarni ma'naviy imunitetini shakillantirish va ularda ilmiy va dunyoviy qarashlarini shakillantirish dolzarb masala xisoblanadi.

Har qanday jarayonning salbiy va ijobiy tomonlari bo'lganidek, internet va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining salbiy tomonlari ham mavjud. Tan olib aytishimiz kerakki, internet va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanmagan vaqtlarda yoshlar ilm olishga, kitob o'qishga, sport mashg'ulotlari bilan shug'ullanishga oshi-qishgan. Bugungi yoshlarning qiziqishi esa aksincha. Endi ularning ko'pchiligi internet kafelari, kompyuter o'yinlari markaz-lariga intilmoqdalar. Ammo ular bu yoshida bilim egallash, kasb-hunar o'rganish, o'zini kelajagini yaratish uchun harakat qilishlari lozim.

Internetda tarqaladigan turli yoshlar ma'naviyatiga salbiy ta'sir ko'rsatayotgan xabarlar, be'mani rasmlar, videolar va kompyuter o'yinlari natijasida yoshlarning saviyasi pasayib, hayotga, atrof-muhitga va insonlarga bo'lgan munosabati tubdan yomonlashib bormoqda. Beshavqat kompyuter o'yinlari yoshlar ongini zaharlamoqda. Bu o'yinlarda kimnidir o'ldirishadi, atrofni vayron qilishadi va vayronkor g'oyalarni amalga oshirishadi. Bunaqa jangari o'yinlarni o'ynayotgan yoshlar kelajakda qanaqa inson bo'ladi degan savolga javob qanday bo'ladi? Bu kabi kompyuter o'yinlari yoshlarni bemehr, qo'pol qilib qo'yadi, yaxshilikdan uzoqlashtiradi. Bundan tashqari asab tizimiga salbiy ta'sir ko'rsatadi va buning oqibatida ular asabiy va jahldor bo'lib, o'z yaqinlariga turli jabrlarni keltirib chiqarmoqda.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Ushbu ko'ngilsiz voqealarni oldini olishda, yoshlarni internetdagi zararli xurujlardan asrashni, ularni axborot texnalogiyalaridan unumli foydalanishga o'rgatishni, har birimiz o'zimiz uchun mas'uliyatdek qabul qilishimiz va birgalik-da chora-tadbirlarni amalga oshirishimizzarur. Zero, hozirgi kunda yurtboshimiz tomonidan yoshlarga bo'lgan e'tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish yoshlarda axborot texnalogiyalaridan foyda-lanish ko'nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga puxta e'tibor qaratilmoqda. Biz yoshlar ushbu imkoniyat-larga javoban yurtimiz kelajagi uchun harakat qilishimiz soha rivoji uchun malakali kadr bo'lib yetishishni asosiy maqsadimiz deb bilishimiz zarur.

Shoir Ahmad Shavqiy: aytganidek: "Millatlar ahloqi bilan millat bo'ladi, ahloqi ketsa, millat ham ketadi"[2]. Millatimizning uzoq yillik tarixi mavjud. Ushbu davrlar mobaynida qanchadan-qancha mutafak-kirlar, olimlar, ulamolar, din peshvolari yetishib chiqdi. Ular dunyo olimlari va mutafakkirlari tomonidan tan olinib jaxon sivilizatsiyasiga munosib hissalar qo'shdilar. Bugungi kunga kelib esa bizni eng qiynayotgan muammolardan biri, aynan yoshlarning intellektual salohiyati va tafakkurining sustligi, bu esa ularning aynan internetdan foydalanishida ham o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatmoqda. Buborada biz tomoshabin bo'lib turmasdan ularda ilmga, ma'rifatga qiziqishini uyg'otishimiz va internetdan samarali foydalanishni yo'lga qo'yishimiz kerak.

TADQIQOT NATIJALARI

Bizga qo'l keladigan omil sifatida xorij media ta'limini ko'rsatishimiz mumkin.Xitoyning milliy internet domenida har qanday andishasiz fotosuratlarni aniqlagan insonga ma'lum miqdorda mukofot berilishi va'da qilingan. Amerika Qo'shma Shtatlarida maktablarni shu mazmundagi saytlardan muhofaza qilish maqsadida kontent filtrlar bilan ta'minlash uchun mablag' ajratilgan. Avstraliya ta'lim vazirligi barcha maktab va universitetlarida andishasiz saytlarga kirishni taqiqlash uchun 1,3 mln. dollar sarf qiladi. Isroilda esa maxsus ultratovushli asbob ishlab chiqildi. Uning yordamida foydala-nuvchining yoshini aniqlash mumkin. Agar u yosh bo'lsa, avtomat ravishda hayosi z saytlarga kirmaydi. Birlashgan Arab Amirliklarida global tarmoqqa kirish mamlakatdagi yagona internet-provayder - Etisalat orqali amalga oshiriladi. Saudiya Arabistonida esa, "Internet national" nomli kompleks metod ishlab chiqilib, uning vositasida foydala-nuvchilar manzili va jo'natilayotgan habarlar filtrlanadi. Bulardan shunday hulosa kelib chiqadiki, o'z bolalik davrini o'tab, yangi hayotga qadam qo'yayotgan kelajak avlodlarini biz kattalar himoya qilishimiz va ularni yo'naltirishimiz kerak.

MUHOKAMA

Bundan 3,5 ming yil ilgari yashab o'tgan fir'avnlardan birining qabrtoshi ustiga: "Yoshlarimiz o'jar va qaysar, keksalarning aytganini nazar pisandga olmaydi, ajdodlar qadriyatini inkor etadi" degan so'zlarning bitib qo'yilgani ham yoshlar tarbiyasi bashariyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida asosiy masalalardan biri bo'lib kelganini tasdiqlaydi. Yana bir misol, antik davr buyuk faylasufi, Suqrot o'z davrida: "Eh, bu yoshlar qayoqqa qarab ketmoqda" - deb xitob qilgan edi. O'z davrida jadid namoyondalaridan biri Is'hoqxon Junaydullaxonxo'ja o'gli Ibrat o'zining maqolalarida to'ylardagi isrof-garchiliklar, ortiqcha sarf-surflar, yoshlar-ning ilm olishdan ko'ra ko'pkari, ya'ni uloq chopishga bo'lgan ishqibozliklari haqida o'z mulohazalarini bildiradi. U xalqni har-xil illatlardan saqlovchi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

kuch-ilm olish ekanligini ko'rsatadi. U shunday deb yozadi: "Ilmsiz kishi, asossiz devor degani. Asossiz devor g'oyatda bee'tibor bo'lur. Ilm o'qung- o'qutung axloqi funun, zamonaga darkorlik ilmlar zarur". Ibrat ushbu fikrlari bilan zamona yoshlarini o'z davri dunyoviy bilimlaridan ham to'liq habardor bo'lishga undaydi.

XULOSA

Jadidlar kishilarning ahloqiy-ma'naviy tarbiyasiga asosiy e'tiborni qaratib, ularni har-xil chet madaniyatlardan, ahloq-lardan saqlanishga chaqirganlar. A.Cho'lpon-ning bu sohadagi fikrlari g'oyat ibratli-dir. "...Ey qarindoshlar! Katta iltimosimiz shuldurki, Ovrupaning mo'dosidan, shishasi-dan, buzuq ahloqidan namuna olmasdan va bunlarga bul jihatdan taqlid qilmasdan balki, ilm, fan, hunar, sanoatga o'xshashlik madaniyatlaridan namuna olub bul jihatdan taqlid qilmoqimiz lozimdur. Ovrupaning modosi va buzuq ahloqi sizlarni xona-vayron, bevatan, asir-qul qiladur. Bundan saqlaningiz!!! Ovruponing maktab, madrasa, ilm-fan, sanoat, hunarga o'xshash madaniyat-lari sizlarni obod, ma'mur, olim qilub, johillikdan asorat qulligidan qutulduro-dur. Birodarlar, ko'zlaringizni ochub yaxshi o'ylanglar!!!"[3]

Demak yoshlar tarbiya masalasi har qaysi davrda dolzarb bo'lgan. Bugun ham huddi shunday o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q.

REFERENCES

1. O'zbekistonRespublikasiPrezidentiShavkatMirziyoyevning 2017 yil 15 iyundagi "Ijtimoiybarqarorliknita'minlash, muqaddasdinimizningsofliginiasrash - davrtalabi" mavzusidagianjumandaso'zlagannutqi.https://uzsm.uz/uz/press_center/uzb_news/o-zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-ijtimoiy-barqarorlikni-ta-minlash-muqadda/

2. M.Abdullaev., E.Umarov va boshq. Madaniyatshunoslik asoslari. -Toshkent: Turon-Iqbol nashriyoti, 2006. -29 b.

3. Abdulhamid Cho'lpon. VatanimizTurkistondatemiryo'llar // SadoyiFarg'ona.1914, 6 iyun

4. Yoshlarda mediamadaniyatni shakllantirishning zamonaviy mexanizmlari O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Abdulxay Karimov, Oybek Karimov, Ulugbek Isakov, Rustam Orziboyev,Nigora Jalalova Farg'ona davlat universiteti, San'atshunoslik fakulteti o'qituvchilari

5. Mannopov, S., Karimov, A., Qurbonova, B., & Dilobar, J. (2022, February). THE EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF MUSIC. In Archive of Conferences (pp. 49-52).

6. SultonaliMannopov, A., AbdusalomSoliev, U., & TokhirShokirov, R. (2021). Development of Uzbek National Singing Art during Independence. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 6845-6853.

7. Abdulhay Karimov Tursinovich, & Alijon Ergashev Abdullayevich. (2022). MILLIY-AN'ANAVIY MUSIQIY CHOLG'U SOZLARINING TASNIFI. Archive of Conferences, 245-248. Retrieved from https://conferencepublication.com/index.php/aoc/article/view/2096

8. Ahmadjon Nurmuhamedjanov, & Ismoiljon Rustamov (2022). YOSHLARNING IJTIMOIY FAOLLIGIDA MADANIYAT VA SAN'AT MUAS SASALARIDAGI TO'GARAKLARNING O'RNI. Science and innovation, 1 (C2), 48-50. doi: 10.5281/zenodo.657842

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

9. Rustamov, I. (2022). The Place of Doira Instrument in Uzbek National Art. Eurasian Journal of Humanities and Social Sciences, 5, 74-77

10. Madina Nasretdinova, Ismoil Rustamov, & Oybek Karimov (2022). MUSIQA SAN'ATINING HOZIRGI KUNDAGI O'RNI. Scientific progress, 3 (2), 841-845.

11. Исаков Улугбек Тухтасинович (2022). УЗБЕК МУСЩА МАДАНИЯТИ РИВОЖЛАНИШ ЖАРАЁНЛАРИНИНГ НАЗАРИЙ-МЕТОДОЛОГИК АСОСЛАРИ, МАНБАЛАРИ ^АМДА УНИ УРГАНИШНИНГ А^АМИЯТИ. Science and innovation, 1 (1), 625-636. doi: 10.5281/zenodo.6529117

12. Murodova, D. (2021). Scientific And Theoretical Aspects of Musical Thinking. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 1 (1), 196-199.

13. Durdona, M. (2021, May). ABOUT DUTOR AND HIS PERFORMANCE. In Archive of Conferences (Vol. 25, No. 1, pp. 29-31).

14. Nasritdinova, M., Nigora, M., & Murodova, D. (2022, February). UZBEK FOLK ART AND ITS PLACE IN PUBLIC LIFE. In Archive of Conferences (pp. 44-48).

15. Nasretdinova, M., Toshaliyev, D., & Murodova, D. R. Q. (2022). AN'ANAVIY IJROCHILIK SAN'ATINING HOZIRGI DAVR MUAMMOLARI. Scientific progress, 3(2), 846-850.

16. Murodova, D. (2021). THE CONCEPT OF MUSICAL THINKING AND ITS STAGES OF DEVELOPMENT. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(05), 245250.

17. S Mannopov

18. Abdulhay Karimov Tursinovich, & Alijon Ergashev Abdullayevich. (2022). MILLIY-AN'ANAVIY MUSIQIY CHOLG'U SOZLARINING TASNIFI. Archive of Conferences, 245-248. Retrieved from https://conferencepublication.com/index.php/aoc/article/view/2096

19. SultonaliMannopov, AbdulhayKarimov, AbdusalomSoliev, UlugbekIsakov, TokhirShokirov, RustamOrziboev. (2021). Development of Uzbek National Singing Art during Independence. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 6845 -. Retrieved from https://www.annalsofrscb.ro/index.php/journal/article/view/3280

20. Mannopov, S., Karimov, A., Qurbonova, B., & Dilobar, J. (2022, February). THE EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF MUSIC. In Archive of Conferences (pp. 49-52).

21. Professor Sultanali Mannopov, Abdulkhay Karimov, Shohida Ataboeva, Alijon Ergashev, & Shokhista Usmanova. (2021). Development Of Symphonic Music in Uzbekistan. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 2(2), 53-56. Retrieved from https://zienjournals.com/index.php/jpip/article/view/259

22. Маннопов, С., & Сулейманова, Д. К. (2019). Музыкальное наследие узбекского народа. Проблемы современной науки и образования, (10 (143)), 82-84.

23. Mannopov, S. (2004). Uzbek folk music culture.(Study guide) Tashkent. New Age Generation.

24. Маннопов, С. (2018). Навобахш охднглар. Т.: IJOD-PRESSнашриети.С.

25. Маннопов, С. У. Л. Т. О. Н. А. Л. И. (2004). Узбек халк мусика маданияти. Янги аср авлоди.

26. Rahmonov, U., Ergashev, A., Nazhmetdinova, M., & Usmonova, S. (2021, November). IN THE FORMATION OF THE SOCIO-SPIRITUAL THINKING OF YOUNG PEOPLE IN

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

THE MUSICAL ART OF THE GREAT SCHOLARS OF THE EASTERN RENAISSANCE POSITION HELD. In Archive of Conferences (pp. 36-39).

27. Ulugbek Rahmonov Karimovich, Najmetdinova Mavluda Mamasodikovna, & Ergashev Alijon Abdullaevich. (2021). The Role and Importance of Music Clubs in The Leisure of Young People. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 2(2), 47-49. Retrieved from http s://zienj ournal s .com/index .php/j pip/article/vi ew/257

28. Najmetdinova, M., & Odinahon, S. (2021, October). HISTORY OF TRADITIONAL PERFORMING ARTS. In Archive of Conferences (pp. 89-91).

29. Kirgizov, I., Imyaminovich, K. I., Nurmuhammedjanov, A., Sotvoldievich, S. B., Mamasodikovna, N. M., & Juraevna, A. S. (2021). The Pleasure of Singing, Listening and Understanding Navoi. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 2410-2413.

30. Камбаров, А. А., & Нажметдинова, М. М. (2019). НЕКОТОРЫЕ ОСОБЕННОСТИ РЕЛИГИОЗНЫХ ЦЕННОСТЕЙ В ФОРМИРОВАНИИ ЗДОРОВОГО ОБРАЗА ЖИЗНИ МОЛОДЕЖИ. In Условия социально-экономического развития общества: история и современность (pp. 148-151).

31. Нажметдинова, М. (2022). Общественно-культурные мероприятия теоретические основы. Общество и инновации, 3(3/S), 473-479. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss3/S-pp473-479

32. Kirgizov, I., Kirgizov, I., Najmetdinova, M., & Atabayeva, S. (2022, February). THE GENESIS OF THE DEVELOPMENT OF MUSIC CULTURE. In Archive of Conferences (pp. 57-60).

33. Нажметдинова Мавлуда Мамасодицовна (2022). ОММАВИЙ-МАДАНИЙ ТАДБИРЛАРНИНГ УЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ. Science and innovation, 1 (1), 892-903. doi: 10.5281/zenodo.653977

34. Юлдашев

35. Abduvositovich, Y. F., Suleymanova, D., Rakhmonov, U., Ergashev, A., Kurbanova, B., & Axmadbekova, M. (2021). The role of the great scholars of the Eastern Renaissance in the art of music in shaping the socio-spiritual thinking of young people. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2846-2850.

36. Юлдашев, Фахриддин Абдуваситович (2022). ИЗУЧЕНИЕ НАСЛЕДИЯ АЛЬ-ФАРАБИ КАК ФАКТОР ФОРМИРОВАНИЯ НАЦИОНАЛЬНОГО САМОСОЗНАНИЯ В НОВОМ УЗБЕКИСТАНЕ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (Special Issue 23), 81-87. doi: 10.24412/21811784-2022-23-81-87

37. Асцарова, M., Намозова, Д., Мадаминов, Н., & Алихонова, Д. (2020). PSYCHOLOGICAL FEATURES OF PREPARING CHILDREN FOR SCHOOL. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(7), 402-407.

38. Nomozova, D. (2020). THE IMPORTANCE OF TEACHING VOCABULARY IN STAGES. Архив Научных Публикаций JSPI.

39. Namozova, D. T. (2021). MUSIQA DARSLARIDA O'QUVCHILARNI KREATIVLIK HAMDA ERKIN TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNI TASHKIL ETISH. Scientific progress, 2(2), 1313-1315.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

40. Namozova Dilorom, & Astanova Zumradxon Tohirovna (2022). BRAYL NOTA TIZIMINING MUSIQA TA'LIMIDAGI ILK QADAMLARI. Science and innovation, 1 (C2), 36-38. doi: 10.5281/zenodo.656980

41. Nurmuhammadovich, R. O., & Nurullaevna, N. M. (2021). Social And Spiritual Importance of Lessons of Musical Culture. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 2(2), 5052.

42. Nasritdinova, M., & Khokimova, K. (2021, October). LANGUAGE IS THE MIRROR OF THE NATION. In Archive of Conferences (pp. 92-94).

43. Nurullayevna, N. M., & Muhlisa, T. (2021, December). SOME PROBLEMS AND SHORTCOMINGS IN THE HIGHER EDUCATION SYSTEM. In Archive of Conferences (pp. 61-62).

44. Nasretdinova, M., Isakov, U. B., & Orziboyev, R. (2022). XALQ IJODIYOTINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI. Scientific progress, 3(2), 851-856.

45. Nasritdinova, M. (2021). PEDAGOGICAL COMPONENTS AND STAGES OF HEALTH OF DEVELOP CHILDREN THROUGH MUSIC EDUCATION. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(05), 251-258.

46. Мадина Насритдинова (2022). МУСЩА ТАЪЛИМИ ОР^АЛИ РИВОЖЛАНИШИДА СОЕЛОМ БОЛАЛАРДАН ОРТДА ДОЛГАН БОЛАЛАРНИ СОЕЛОМЛАШТИРИШНИНГ ПЕДАГОГИК ТИЗИМИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШГА ДОИР ТАЖРИБА-СИНОВ ИШЛАРИ НАТИЖАЛАРИ. Science and innovation, 1 (1), 538-549.

47. Jo'Rayev Xamidjon, & Madina Nasritdinova (2022). DOIRA CHOLG'USIDA IJRO MAHORATINI YUKSALTIRISH (BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABLARI MISOLIDA). Science and innovation, 1 (C2), 26-28. doi: 10.5281/zenodo.663646

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.