Научная статья на тему 'YANGI MA’NAVIY MAKONDA MA’NAVIY HAYOT VA MA’NAVIY FAOLIYATNING O‘ZARO MUNOSABATI'

YANGI MA’NAVIY MAKONDA MA’NAVIY HAYOT VA MA’NAVIY FAOLIYATNING O‘ZARO MUNOSABATI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — To‘Ychiyev Jo‘Rabek Muqimjon O‘G‘Li

Maqolada ma’naviy makon, ma’naviy hayot, ma’naviy faoliyatning farqli va keng ma’noda qo‘llanish jihatlari, o‘zaro munosabatlari, ma’naviy faoliyat jarayoni, individual va ijtimoiy ongni yaratish, g‘oyalar, bilimlar, nazariyalar, va boshqa ma‘naviy qadriyatlarning aniq tarixiy sharoitlardagi mazmunidagi masalalar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI MA’NAVIY MAKONDA MA’NAVIY HAYOT VA MA’NAVIY FAOLIYATNING O‘ZARO MUNOSABATI»

YANGI MA'NAVIY MAKONDA MA'NAVIY HAYOT VA MA'NAVIY FAOLIYATNING O'ZARO MUNOSABATI

To'ychiyev Jo'rabek Muqimjon o'g'li

O'zDSMI tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11213561

Annotatsiya. Maqolada ma'naviy makon, ma'naviy hayot, ma'naviy faoliyatningfarqli va keng ma'noda qo'llanish jihatlari, o'zaro munosabatlari, ma'naviy faoliyat jarayoni, individual va ijtimoiy ongni yaratish, g'oyalar, bilimlar, nazariyalar, va boshqa ma'naviy qadriyatlarning aniq tarixiy sharoitlardagi mazmunidagi masalalar yoritilgan.

Kalit so'zlar: ma'naviy makon, ma'naviy hayot, ma'naviy faoliyat, individual ong, ijtimoiy ong, g'oya, bilim, nazariya, badiiy obraz, qadriyat.

Аннотация. В статье духовное пространство, духовная жизнь, стороны духовной деятельности в разном и широком смысле, взаимоотношения, процесс духовной деятельности, создание индивидуального и общественного сознания, идеи, знания, теории, а также вопросы содержания других выделены духовные ценности в конкретных исторических условиях.

Ключевый слова: духовное пространство, духовная жизнь, духовная деятельность, индивидуальное сознание, общественное сознание, идея, знание, теория, художественный образ, ценность.

Annotatsiya. In the article, spiritual space, spiritual life, aspects of spiritual activity in a different and broad sense, mutual relations, process of spiritual activity, creation of individual and social consciousness, ideas, knowledge, theories , and the issues of the content of other spiritual values in specific historical conditions are highlighted.

Keywords: spiritual space, spiritual life, spiritual activity, individual consciousness, social consciousness, idea, knowledge, theory, artistic image, value.

Jamiyatning ma'naviy hayoti muayyan jarayonlarning o'ziga xos ko'rinishi sifatida namoyon bo'ladi. Shuning uchun ham "Ma'naviy hayot", "Ma'naviy faoliyat" tushunchalari farqli bo'lishiga qaramasdan teng ma'noda qo'llanilishi ham mumkin.

Ma'naviy faoliyatda jarayonlarning ikki guruhi bir-biridan farqlanadi. Birinchi guruhga ma'naviy qadriyatlarni yaratish bilan bog'liq bo'lgan ma'naviy ishlab chiqarish faoliyati kiritiladi. Uning muhim xususiyati ijodiyligida bo'lib, muhim elementlari esa hodisalar, jarayonlar, qonuniyatlarni anglash bilan bog'liq bo'lgan nazariy faoliyatdir.

Ma'naviy mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyati axloqiy, estetik va h.k. Ma'naviy qadriyatlarni yaratishdan tashqari ijtimoiy ong shakllarini ham ishlab chiqarganligi sababli ma'naviy ishlab chiqarishning sinonimi sifatida ham namoyon bo'ladi.

Ma'naviy-amaliy faoliyat esa kishilarning individual va jamoaviy rivojlanishi natijasida insoniyat tomonidan to'plangan ma'naviy qadriyatlar asosida ijtimoiy tajribani o'zlashtirishdan iborat bo'lgan faoliyatdir.

Ma'naviy-axloqiy faoliyat jamiyatdagi ta'lim, tarbiya, ma'orif, ma'rifat, o'rganish, o'rgatish, targ'ibot singari muhim jarayonlarni o'ziga qamrab oladi.

Olamni ma'naviy-amaliy o'zlashtirish - mavjud bilim, axloqiy, estetik va bashqa ma'naviy qadriyatlarni o'zlashtirish, amal qilish, insonlar ongiga singdirish, ularning hatti-harakat me'yorlariga aylantirish bilan bog'liq bo'lgan faoliyatdir. Demak, ma'naviy faoliyat ma'naviy

qadriyatlarni yaratish va ularni kishilar tomonidan o'zlashtirishga yo'naltirilgan ijtimoiy faoliyatdir.

Ma'naviy faoliyat jarayoni - ya'ni individual va ijtimoiy ongni yaratish, g'oyalar, bilimlar, nazariyalar, badiiy obrazlarni va boshqa ma'naviy qadriyatlarning aniq tarixiy sharoitlardagi mazmuni va shaklida ishlab chiqarishdir.

Agar kishilarning moddiy faoliyatining asosini moddiy boyliklar ishlab chiqarish tashkil etsa, ma'naviy asosini kishilar va jamiyatning ma'naviy ehtiyojlarini qondirishga yo'naltirilgan ma'naviy qadriyatlar tashkil etadi.

Ma'naviy ishlab chiqarish turli shakllarda va turli darajalarda amalga oshirilsada ijtimoiy faoliyatning ilmiy-nazariy, badiiy-estetik, axloqiy-tarbiyaviy, muloqot, ta'lim olish va boshqa sohalarida uzluksiz amalga oshiriladi. Shubhasiz, bu faoliyatning ilmiy-nazariy, badiiy yo'nalishlarida to'laroq namoyon bo'ladi.

Yangi O'zbekistoni barpo etish jarayonida mamlakatni yanada rivojlantirish, jamiyatni barqarorlashtirish uchun madaniyatning yaratuvchilik, bunyodkorlik kuchini oshirish muammosi yanada dolzarblashmoqda.

Shundan kelib chiqqan holda madaniyat haqidagi ta'riflardagi turli nomlanishlar quyidagicha:

- inson tomonidan yaratilgan barcha moddiy va ma'naviy boyliklardir;

- insonning sun'iy "ikkinchi" tabiati;

- inson faoliyatining umumlashgan majmuasi;

- ij odiy faoliyat;

- jamiyatning ma'naviy holati;

- jamiyatning sifati;

- insonning sifati va boshqalar"1, hamda madaniyatning mohiyati, tavsifiy, tarixiy, normativ, mafkuraviy talqinlari tahlil qilingan holda o'zlarining "Madaniyat nazariyasi" nomli o'quv qo'llanmasida A.Mavrulov va M.Mavrulova quyidagicha ta'rif beradilar:

"Madaniyat insonning yaratuvchilik faoliyatini tartibga soladigan, shaxs ma'naviy kamolotiga, ruhiy-aqliy hayotiga ma'no-mazmun beradigan, uning maqsad-muddaolarini jamiyat ijtimoiy mo'ljali bilan uyg'unlashtirishiga yordam beradigan fenomen ijtimoiy hodisa xisoblanadi"2

Ma'lumki ilmiy adabiyotlarda moddiy va ma'naviy ishlab chiqarishga qarab madaniyat ham ikki yirik turga, moddiy va ma'naviy madaniyatga ajratiladi. Moddiy madaniyat insonning jismoniy mehnati va aqliy salohiyati bilan yaratilgan, barcha moddiy ehtiyojlarni qondirish bilan bog'liq bo'lgan vositalardan iborat bo'lsa, ma'naviy madaniyat mohiyatiga ko'ra ma'naviy ishlab chiqarish, faoliyatining ijtimoiy ong shakllarining rivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan barcha sohalarini qamrab oladi.

Turli ta'limotlar, g'oyalar, ilmiy bilimlar, san'at asarlari, axloq me'yorlari kabilar ushbu faoliyat natijasidir.

Madaniyatning moddiy va ma'naviy madaniyatga ajratilishi nisbiy xususiyatga ega bo'lib, ular rivojlanish natijasida o'zaro ta'sir ko'rsatib bir-birini boyitib boradi.Madaniyat moddiy va ma'naviy madaniyat elementlarini yaratishdan tashqari ularni saqlash, asrash va kelajak avlodlarga

1 MaBpy^OB A., MaBpy^OBa M. MaganaT Ha3apnacH. TomKeHT, "Donishmand ziyosi" HampnëTH, - 352 (6eT. E. 31).

2 MaBpy^OB A., MaBpy^OBa M. MaganaT Ha3apnacn. TomKeHT, "Donishmand ziyosi" HarnpnëTH, - 352 (6eT. E. 31).

yetkazishdan iborat bo'lgan faoliyat hamdir. Ushbu faoliyat insoniyat jamiyati mavjud ekan, uzluksiz davom etaveradi.

Shunga ko'ra madaniyatni moddiy va ma'naviy boyliklarni yaratish, ularni asrash, rivojlantirish, kelajak avlodlarga qoldirishdan iborat bo'lgan ongli, muntazam, ijodiy faoliyat sifatida ham ta'riflash mumkin.

Falsafa - aslida yunoncha so'z bo'lib, donolikni, donishmandlikni sevmoq ma'nosini anglatadi. Falsafa dastlab insonning borliq, olam va o'zi haqidagi bilimlari majmui sifatida paydo bo'lgan eng qadimiy ilmlardan biridir. Shuning uchun ham falsafa uzoq davrlar mobaynida fanlarning fani, fanlarning ustidan turuvchi, ularni mutloq haqiqat bilan ta'minlaydigan fan sifatida qarab kelingan.

Falsafa - siyosiy ong, axloqiy ong, huquqiy ong singari ijtimoiy ong shakllaridan biri; borliq va bilimning umumiy tamoyillari, odam va olamning o'zaro munosabatlari haqidagi ta'limot; tabiat, jamiyat, tafakkur rivojlanishining eng umumiy qonunlari to'g'risidagi fandir.

Falsafa dunyoqarash sifatida ijtimoiy manfaatlar, siyosiy va mafkuraviy kurashlar bilan uzviy bo'lib, u ma'naviy makonni tashkil etuvchi boshqa elementlarga faol ta'sir ko'rsatib, yangi g'oyalar va ma'naviy boyliklarning shakllanishiga imkon beradi.

Falsafa yaxlit dunyoqarash sifatida boshqa fanlardan farqlansada, ularga bog'liq tarzda rivojlanadi, asoslangan va umumlashtirilgan xulosalar beradi va bilishning umumiy uslubiyatlari bilan ta'minlaydi.

Umuman falsafaning asosiy vazifasi - har bir inson ongida sog'lom aqlga muvofiq dunyoqarashni shakllantirishdan iborat bo'lib, bu biron-bir g'oyani majburiy singdirish yoki sxolastikadan iborat bo'lmay, balki ishontirish, xilma-xil fikrlarni o'rtaga tashlash, muhokama qilish, muayyan tushunchalar va tamoyillarni aniqlash, xulosa chiqarish jarayonida shakllanadi va rivojlanadi.

Shuning uchun ham falsafa fanini jahon madaniyati va sivilizatsiyasining, ma'naviy makonning muhim tarkibiy qismi sifatida o'rganish, barcha falsafiy oqimlar va ta'limotlarni xolis tahlil qilish, to'g'ri va ilmiy tasavvurni shakllantirish asosiy mezon bo'lib hisoblanishi zarur.

Bugungi murakkab zamonda buzg'uvchi g'oyalarga qarshi tura oladigan dunyoqarashni shakllantirish o'ta muhim ahamiyatga egadir.

Jamiyat a'zolari, ayniqsa yoshlarning ongu-tafakkurini ma'rifat asosida shakllantirish muhim vazifa bo'lib, "...bunda mamlakatimiz asrlar davomida jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi, umuminsoniy, madaniyat markazlaridan biri bo'lib kelganligini aks ettiradigan ilmiy-nazariy va ijtimoiy-falsafiy konsepsiyani samarali amalga oshirish lozim"3.

ma'naviy makon inson va jamiyat hayoti ma'naviy-axloqiy sohasi bilan bog'liqdir. Ushbu ma'naviy makonda ma'naviyat, ma'naviy ehtiyojlar paydo bo'ladi.

Ma'naviy makonda mavjud bo'lmoq undagi ma'naviy-axloqiy qoidalarga bo'ysunmoq, ma'naviy ehtiyojlarni qondirmoq, insoniyat jamiyatining oliy axloqiy qadriyatlari bilan muloqotda bo'lishdir.

Ma'naviy makon jamiyatning ma'naviy-axloqiy hayotida yuz berayotgan o'zgarishlar, ijtimoiy aloqalar va munosabatlar majmui bo'lib, ushbu jarayonlar unda yuz beradi.

3 Мирзиёев Ш.М. Янги Узбекистан таравдиёт стратегияси. Учинчи нашри. - Тошкент: "Узбекистан" нашриёти, 2022. Б. 289.

Ma'naviy makon jamiyatning ma'naviy hayoti borlig'i shakllarini o'ziga qamrab oladi, ma'lum tarixiy davrning ma'naviy-axloqiy ehtiyojlarini aks ettiradi, insonning davr uchun muayyan idealini shakllantiradi va ushbu idealga yetishish shart-sharoitlarini yaratadi.

Ma'naviy makon ob'ektiv-sub'ektiv sifatlarga ega bo'lib, inson ma'naviyat tashuvchisi bo'lganligi uchun uning istaklariga va intilishlariga bog'liqdir va aksincha, inson faoliyati ma'naviy makonga bog'liqdir. Natijada biz ma'naviy makonning shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi ob'ektiv-sub'ektiv omillar mavjudligi haqidagi xulosaga kelishimiz mumkin:

• madaniy qadriyatlarning yaratilishi, o'zlashtirilishi, saqlanishi, keng yoyilishi bilan taqozolanadigan insonning ichki (ma'naviy) dunyosining mavjudligi;

• ongi va xatti-xarakati axloqiy me'yorlar, ma'naviy-axloqiy ehtiyojlar orqali tartibga solinadigan ma'naviy axloqiy shaxsning mavjudligi;

• birgalikdagi hayotiy faoliyat tajribasi, umumiy qiziqishlari va intilishlariga ko'ra birlashgan kishilar guruhlari va ma'naviy-axloqiy jamoalarning mavjudligi;

• axloqiy me'yorlar, ma'naviy-axloqiy qadriyatlar tizimini yaratish va qayta ishlab chiqarish;

• dunyo va millat madaniyati, oliy ma'naviy yutuqlari, avlodlar, an'analar, innovatsiyalar muloqotidagi vorisiylikni ta'minlovchi ma'naviy-axloqiy madaniyat;

• kishilarni go'zallikni his qilishiga yo'naltirilgan estetik madaniyat;

• kishilarning hayotiy faoliyati jarayonida yaratilgan va ularning yashashi uchun mavjud bo'lgan ma'naviy-axloqiy muhit;

Ma'naviy makon - bu maqsad va manfaatlarga asoslangan faoliyat amalga oshadigan, g'oyalar va qarashlar, an'analar va e'tiqodlar, me'yorlar targ'ib qilinadigan makondir.

Bugungi kundagi madaniyatshunoslikka oid adabiyotlar tahlili ko'rsatadiki, ma'naviy makon tadqiqoti va uning ta'rifiga oid yondashuvlar turli-tuman bo'lib, ulardagi asosiy ikki yo'nalish - diniy makon va dunyoviy makon talqini yaqqol ajralib turadi.

Diniy makon - insonning quyi moddiy olam (yer) va Oliy ma'naviy olam (Osmon) o'rtasidagi holati bo'lib, ruhlarning va oliy ma'naviy mavjudlik (Xudo)ning borligi va birligi haqidagi tasavvurlarga asoslanib, o'z holatini anglash orqali ma'naviy olamga intilishidir.

Ma'naviy makonning dunyoviy tushunchasi antropologik (insonga xos) xususiyatga ega bo'lib, insoniy va umuminsoniy tushunchalar bo'lgan haqiqat, ezgulik, go'zallik, adolat kabilarga tayanishida namoyon bo'ladi.

Yuqorida bildirilgan fikrlarimizni umumlashtirgan holda quyidagi xulosalarga kelish mumkin:

• ma'naviy makon ma'naviyatda bo'lgan barcha sifatlarga ega bo'lib, insonning ma'naviy-axloqiy faoliyatini aks ettiradi;

• ma'naviy makonda insonning ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni yaratish va yangilash, faoliyatda tayanishiga oid ijodiy faoliyati amalga oshiriladi;

• ma'naviy makon shaxs va jamiyat ma'naviy-axloqiy hayoti jarayonlari natijasida kengayib boradigan konseptual makondir;

• ma'naviy makon muayyan tizimlardagi elementlarning birgalikda mavjudligi va o'zaro ta'sir ko'rsatishiga xos bo'lgan makon xossalarga egadir;

• ma'naviy makon ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni saqlovchi shakl bo'libgina qolmasdan sub'ektlarning harakatini tartibga solish orqali ma'naviy jarayonlarning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi;

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning "Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi" asarida ta'kidlab o'tilganidek, yangi ma'naviy makonni yaratish ma'naviy hayot sohasidagi islohotlarni izchil amalga oshirish bilan birga, mavjud kamchiliklar va illatlar:

1) Umuminsoniy va milliy qadriyatlar, azaliy an'ana va urf-odatlarning qadrsizlanishi;

2) Turli poligonlar ta'sirida yuz berayotgan xatarli jarayonlar mohiyatini anglash darajasining pastligi;

3) Buzg'unchi g'oyalar va yot mafkuralarga qarshi faoliyatni hozirgi davr talablari darajasida tashkil etishga yordam beradigan samarali mexanizmning shakllanmaganligi;

4) Aksariyat odamlar, avvalambor, rahbarlar, davlat xodimlarining bilimsizligi, saviyasining pastligi, zamondan orqada qolayotganligi;

5) Yoshlar tarbiyasida jamoatchilik rolining susayib borayotganligi, bundan tashqari: tashabbuskorlikning yo'qligi, ijtimoiy faollikning sustligi, beparvolik, loqaydlik, maqsadga erishishning oson, yengil-yelpi yo'llarini qidirish, kosmopolitizm, manfaatparastlik, korrupsiya, mahalliychilik, axloqiy buzuqlik, e'tiqodi sustlik, "ommaviy madaniyat"ning turli ko'rinishlari oldidagi ojizlik, tafakkur turg'unligi, mas'uliyatsizlik singarilarga qarshi kurashish va bartaraf etishni ham talab qiladi.

Ushbu islohotlarning amalga oshirilishi, mavjud kamchiliklar va illatlarning bartaraf etilishi natijasida yaratilgan yangi ma'naviy makon jamiyat hayotiy faoliyati barcha sohalarining rivojlanishi, ma'rifatli jamiyatning barpo etilishi uchun o'ziga xos negiz bo'lib xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Мирзиёев Ш.М. Янги Узбекистон тараккиёт стратегияси. Учинчи нашри. - Тошкент: "Узбекитсон" нашриёти, 2022. - 440 бет

2. Маврулов А. Маврулова М. Маданият назарияси. Тошкент: "Donishmand ziyo" нашриёти, 2023. - 352 бет.

3. Маврулов А. Маврулова М. Янги маънавий макон ва маърифатли жамият барпо этишнинг баъзи мух,им масалалари. - Тошкент: "Фан", нашриёти, 2023. - 64 бет.

4. Очилдиев А. Маданият фалсафаси. Тошкент: "Мухдррир" нашриёти, 2010. - 111 бет.

5. Отамуродов С. Ёшлар сиёсий маданиятини ривожлантириш омиллари. - Тошкент: "Узбекистон" 2015. - 120 бет.

6. Салимов О. А;л инновацияси. Тошкент: "Маънавият", 2022. - 104 бет.

7. Бекмуродов М. Узбек менталитети. - Тошкент: "Info kepital group", 2011. - 96 бет.

8. Маврулова М. Миллий кадриятлар ва ижтимоий тараккиёт. - Тошкент: "Zarvaraq",

2022. - 56 бет.

9. Учинчи Ренессанс - маърифатли жамият сари! Мавзусида утказилган Республика илмий-амалий конференцияси маърузалар туплами, - Тошкент: Muharrir nashriyoti,

2023. - 232 б.

10. Узбекистонда ёшлар тарбияси ва маънавий-маърифий ишларнинг натижадорлиги: муамоллар ва ечимлар: илмий-амалий конференция материаллари. Фаргона: "Фаргона" нашриёти, 2018. - 228 бет.

11. Uchinchi Renessans - ma'rifatli jamiyat sari mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya - Toshkent, 2022 - 496 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.