Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-965-969
MILLIY MADANIYAT FALSAFASI
Ikrom Boboqulovich Mirzaev
Toshkent davlat transport universiteti katta o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Agar biz madaniyat tushunchasi va uning mazmun mohiyatiga e'tibor beradigan bo'lsak, "Falsafa" qomusiy lug'ati bo'yicha "Madanyat"so'zi (arabcha-madinalik, yani shaxarlik ta'lim - tarbiya ko'rganlik) degan ma'nolarni anglatadi. Bundan tashqari tabiat hamda o'zaro muosabatlarda aks etadigan inson faoliyatining o'ziga xos usuli ekanligi takidlanadi. Madaniyat alohida individning hayot faoliyati , shaxsiy madaniyatini hamda ijtimoiy guruhning yoki jamiyatning hayot faoliyati usulini aks ettiradi.
KIRISH
Dastlabki madaniyat tushunchasi insonning tabiati va maqsadiga muvofiq hamda insonninhg o'zini tarbiyalash va o'qitish ma'nolarini ifodalagan. Keyinchalik madaniyat tushunchasi orqali sivilizatsiya bilan bog'lik mazmun tushinila boshlangan.
Madaniyat mohiyatiga ko'ra moddiy va ma'naviy madaniyatlarga bo'linadi. Kishilik tarixining uzoq davrlarida yaratilgan moddiy va ma' naviy boyliklarni yaratish jarayoni quyidan yuqoriga, oddiylikdan murakkablikka, alohidalikdan umumiylikka ega, o'ziga xos uzluksiz jarayon hisoblanadi. Ta'kidlash joizki madaniy boyliklarning yaratilishi jarayonidagi barcha bosqichlar doimo bir - birini o'ldirib borgan.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Ibtidoiy davrda insoniyat tomonidan yaratilgan eng oddiy tosh qurollari bilan hozirgi zamonaviy mehnat qurollari o'rtasida o'ziga xos bog' liqlik mavjud. Chunki birinchidan agar ibtidoiy tosh qurollari mavjud bo'lmaganda edi, hozirgi zamon qurollari ham vujudga kelmagan bo'lardi. Ikkinchidan ibtidoiy qurollarning, zamonaviy qurollarning ham bajaradigan vazifasi bir xil bo'lib insonlar dunyoqarashi va madaniy salohoyati o'zgarishi bilan birga, barcha buyumlar ham takomillashib borgan.
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-965-969
Milliy madaniyatning shaxs va jamiyat hayotidagi o'rni. Shaxsning huquq va erkinliklaridan tashqari, uning jamiyat va umuminsoniyat oldidagi burchi va ma'suliyati ham bor. Inson o zi yashab turgan jamiyatning qonun -qoidalari, tartiblari, axloqiy, xukquqiy normalariga amal qilmaslik, uning muammolari, qiyinchiliklariga befarq qarash aslo mumkin emas.
Barcha madaniyatli jamiyatning xususiyatini, uning mezon va mazmunini ziyolilar belgilaydi. Ziyolilik bu nafaqat keng bilimga ega bo'lishni, balki tashabbuskorlikni, javobgarlikni, axloqiy - estetik jur'atni va tug'ma iste'dodni bildiradi.
Qadriyatlarning muayyan jamiyat yoki sinfga mansub kishilar turmushi va madaniyatning xaqiqiy yoki ideal ne'matlar bo'lgan tabiat va jamiyat xodisalarning mohiyatidir. Bu ne'matlarning qadriyatlar deyilishiga sabab, kishilar ularni qadrlaydilar, chunki bu qadriyatlar ularning shaxsiy va ijtimoiy turmushini boyitadi.
Madaniyatning me'yoriy rivojlanishi uni asrab kelgusi avlodlaga meros qilib qoldirishni bildiradi. Biroq, bu jarayon oddiy va bir xilda kechmaydi. Ma'naviy qadriyatlarning mundarijasi, ularni qayta ko'rib va qayta baholash ularni o'zaro bog'liqliq usullari, munosabat tiplari, bilimlarni asrash va uzatish, hayot me'yorlari voqeligining estetik idrok qilish xususiyati o'zgarmasdan qolmaydi, ular uzluksiz harakatda bo'ladi. Meros serqirra va kop qiyofalidir.
Madaniyatning jamiyat hayotidagi o'rni. Shaxs bilan jamiyatning o'zaro munosabatlari turli tarixiy davrlarda turlicha bo'lib, shaxs madaniyati jamiyat madaniyatini belgilaydi va shaxs madaniyati ham o'z navbatida muayyan bir jamiyat madaniyatida shakllanadi. Har bir jamiyat shaxs qadriyatlarini belgilaydi va shaxsning ma'naviy ehtiyojlarini ta'minlaydi.
Jamiyat bilan shaxsning o'zaro munosabati, shaxsning erkinligi, uning huquq va burchlari, insoniy qadriyatlar haqidagi muammo barcha tarixiy davrlardagi muhim masala hisoblangan.
Inson tabiatning oliy mahsuli bo'lib, uning mohiyati barcha ijtimoiy munosabatlar yig'indisi bilan belgilanadi. Inson ayni paytda ham tarixiy taraqqiyotning mahsuli, ham uning sub'ektidir. Ijtimoiy munosabatlar insonni ijtimoiy vujudga aylantiradi, dunyoqarashini shakllantiradi. Inson ishlab chiqarish jarayonida faqat narsalar yaratibgina qolmay, o zini o'z shaxsiyatini ham qayta yaratadi. Bu jarayonda inson o zi takror ijod qiladi va shu jihatdan u ijtimoiy mavjudotdir. Shaxsni jamiyatdan, ijtimoiy munosabatlardan ajratib bo'lmaganidek, jamiyat taraqqiyoti ham insonning amal faoliyati bilan uzviy bog'liqdir. Jamiyat bilan
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-965-969
shaxs o'rtasidagi munosabat bir - biriga bog'lik, bir - birini taqozo qiladigan munosabatlardir. Ijtimoiy munosabatlar ta'sirida shaxs turmushining turli - tuman ko'rinishlari, xususiyatlari shakllanadi. Shaxsning shakllanishida jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar hal qiluvchi rol o'ynaydi. Har bir shaxsda u mansub bo'lgan jamoaga, millatga, elatga, jamiyatga xos jami xususiyatlar va belgilar bo'ladi. Shaxs o'z hayotining butun mazmunini jamiyatdan, kishilar jamoasidan oladi. Har qanday shaxs ob'ektiv shart - sharoitlar va sub'ektiv omillarning uzviy birligi ta'siri ostida shakllanadi. Shaxs kamolotida ob'ektiv shart - sharoitlar hal qiluvchi rol o'ynaydi. Oila, o'quv dargohlar, ijtimoiy - siyosiy tashkilotlar, matbuot, mahalla, go'zar singari omillar ham shaxsni tarbiyalashda muhimdir. Ob'ektiv shart-sharoitlarning shaxsga ta'siri sub'ektiv omillar orqali o'tadi.
Shaxs ijtimoiy mavjudot sifatida muayyan erkinlikka ham egadir. Uning erkinlik darajasi jamiyatning ijtimoiy tuzilishiga, mulkiy munosabatlari ham bog'liqdir. Erkinlik har bir shaxsning tabiiy huquqidir. Shaxsning insoniy huquqlari va erkinliklarni chegaralab quyish, paymol qilish; milliy, diniy kamsitishlar; irqchilik; xalqlarning tili, urf - odatlari, tarixi, madaniy meroslari, milliy qadriyatlariga bepisand qarash, ularning huquqiy manafaatlarini kamsitishdir.
Shaxsning huquq va erkinliklaridan tashqari uning jamiyat va umuminsoniyat oldidagi burchi va ma'suliyati ham bor. Inson ozi yashab turgan jamiyatning qonun -qoidalari, tartiblari, axloqiy, huquqiy normalariga amal qilmaslik, uning muammolari, qiyinchiliklariga befarq qarash aslo mumkin emas.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Har bir shaxsning umumxalq manfaatlariga to'la taalluqli bo'lgan burchlar va ma'suliyatlari ham bo'ladi. Bular tabiatni muxofaza qilish, uning boyliklarini qo'riqlash, madaniy - tarixiy yodgorliklarni saqlash haqida g'amxurlik qilish, boshqa xalqlar va mamlakatlar bilan do'stlik, tinchlikni saqlash singarilardir.
Barcha madaniyatli jamiyatning xususiyatini, uning mezon va mazmunini ziyolilar belgilaydi. Ziyolilik bu nafaqat keng bilimga ega bo'lishni, balki tashabbuskorlikni, javobgarlikni, axloqiy - estetik jur'atni va tug'ma iste'odotni bildiradi.
Shaxsning komillikka erishuvini ta'minlashda jamiyatdagi mexnat madaniyatini rivojlantirish, kishilarning siyosiy ongliligini oshirish, ahloqiy va estetik nafosatini tarbiyalashda madaniyatning tarkibiy qismlari, sohalari katta vazifani bajaradi. Shaxsni sotsial jihatdan farqlanishiga ko'ra insonning mehnat madaniyati,
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-965-969
munosabat madaniyati, axloq madaniyati, badiiy - tafakkur madaniyati, dunyoqarashilari haqida gapirish mumkin. Madaniyat ijtimoiy tuzilma sifatida ilmiy bilimlarni, tafakkurni, urf - odat va an'analarni qamrab oladi.
Shaxs madaniyatning shakllanishida jamiyat madaniyatining quyidagi tizimlari ahamitlidir:
Siyosiy madaniyat - kishilarning siyosiy ongi, manfaatlari, e'tiqodlari, maqsadlarini ifodalovchi siyosiy - huquqiy g'oyalar majmui bo'lib, ma'naviy qadriyatlarning maxsus tizimini tashkil kiladi. Bu madaniyat tarixiy taraqqiyot boskichlarida jamiyatning ijtimoiy tabakalari manfaatlaribilan boglik xolda vujudga kelib, jamiyat siyosiy faoliyatiga uzviy boglik. Siyosiy madaniyat, siyosiy faoliyat sifatida, ya'ni insonlar faoliyatidagi tabiatni kayta yaratish va uzlarini tarbiyalash jarayonlarini kamrab olib, "siyosiy ishlab chikarishni" aks ettiradi.
Siyosiy madaniyatning mavjudlik usuli: jamiyatning siyosiy - madaniy boyligi; amaliy siyosiy madaniyatdan iboratdir. Jamiyatning siyosiy - madaniy boyligi -davlat boshqaruvining tarixiy tajribasi, siyosiy faoliyat vositalari, usullari, siyosiy bilimlar majmuidir. Amaliy siyosiy madaniyat esa jamiyat, guruh, shaxs siyosiy hayotidagi mavjud madaniyatdir. Iqtisodiy madaniyat - tushunchasida iqtisodiy bilimlar fikrlar uslubi bilan faol ishlab chiqarish, iqtisodiy faoliyat urtasidagi uzaro alokadorlik omillari namoyon buladi. Iqtisodiy madaniyat mazmunida madaniyat va iktisodning uzaro ta'sir xususiyatlari mavjud bulib, tarkibiga iqtisodiy ong, iqtisodiy faoliyat, iqtisodiy munosabatlar kiradi.
Axloqiy madaniyat - jamiyat, sotsium, individlar tomonidan axloqiy kamolot me'yorlariga erishish darajasidir. Kundalik turmushda, kishilar faoliyatida amal qiladigan axloqiy qadriyatlar axloqiy kamolot me'yorlari bilan bog'liqdir. Axloqiy madaniyat tarkibiga axloqiy ong, axloqiy munosabat va axloqiy faoliyat kiradi. Axloqiy ong tarixi o'zgaruvchi axloqiy munosabatlarni anglab, axloqiylikning sub'ektiv jixatidir. Vokelikka va inson faoliyatiga qadriyat tarafidan munosabatda bo'lish axloqiy ongning muhim xususiyatidir.
Estetik madaniyat insonning ma'naviy - hissiy faoliyati bilan bog'langan munosabat va qadriyatlar tizimini ifodalaydi. Estetik madaniyat soxasi - bu, insonning tevarak atrofini o'rab olgan voqelikka nisbatan bo'ladigan munosabatida ozini erkin namoyon etishdir. Bu erkinlikning mohiyati shundaki, inson predmitga, uning jinsi va turiga mos me'yorni topib gavdalantiradi, uni qayta ishlaydi. Estetik madaniyat jamiyat madaniyatining ihtisoslashtirilgan qismi bo'lib, uning holatini san'at va estetik munosabatlar rivojlanishi bilan bog'lab tushuntirish mumkin.
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-965-969
REFERENCES
1. Karimov I.A. Istiqlol va ma'naviyat. T., Ozbekiston, 1994 y.
2. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yoq. T., Ozbekiston, 1998 y.
3. Tulenov J. Qadriyatlar falsafasi. T., 1998 y.
4. Xayrullaev M. Madaniy meros va falsafiy fikr tarixi. T. 1985 y.