Научная статья на тему 'YANGI DAVR DARSLIKLARI'

YANGI DAVR DARSLIKLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

406
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
zamonaviy darslik / mashq va topshiriqlar mazmuni / o`quvchi shaxsi / zamonaviy dars / didaktik o`yinlarning ahamiyati. / modern textbook / content of exercises and assignments / student personality / modern lesson / importance of didactic games.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Z. I. Usmanova

Ona tili darsliklari ham yangi bilimlar bilan zamonga mos ravishda takomillashmoqda. Darsliklarda o`quvchilarning vizual xotirasini shakllantiruvchi, amaliy ko‟nikmalarni rivojlantiruvchi topshiriq va mashqlarga keng o`rin ajratilgan. Ayniqsa, til materiyasiga, nutq organlarining o`sishiga, nutq malakalarining to`g`ri shakllanishiga e‟tibor berish tamoyili asosida nutq madaniyatini rivojlantirish masalasi alohida ahamiyat kasb etmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Mother tongue textbooks are enriched with modern knowledge. The textbooks cover a wide range of tasks and exercises that shape students` visual memory and allow them to develop practical skills. Of particular importance is the development of speech culture based on the principle of paying attention to the matter of language, the growth of speech organs, the correct formation of speech skills.

Текст научной работы на тему «YANGI DAVR DARSLIKLARI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-282-287

YANGI DAVR DARSLIKLARI

Z. I. Usmanova

Chirchiq davlat pedagogika instituti magistranti

ANNOTATSIYA

Ona tili darsliklari ham yangi bilimlar bilan zamonga mos ravishda takomillashmoqda. Darsliklarda o'quvchilarning vizual xotirasini shakllantiruvchi, amaliy ko'nikmalami rivojlantiruvchi topshiriq va mashqlarga keng o'rin ajratilgan. Ayniqsa, til materiyasiga, nutq organlarining o'sishiga, nutq malakalarining to'g'ri shakllanishiga e'tibor berish tamoyili asosida nutq madaniyatini rivojlantirish masalasi alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Kalit so'zlar: zamonaviy darslik, mashq va topshiriqlar mazmuni, o'quvchi shaxsi, zamonaviy dars, didaktik o'yinlarning ahamiyati.

ABSTRACT

Mother tongue textbooks are enriched with modern knowledge. The textbooks cover a wide range of tasks and exercises that shape students' visual memory and allow them to develop practical skills. Of particular importance is the development of speech culture based on the principle of paying attention to the matter of language, the growth of speech organs, the correct formation of speech skills.

Keywords: modern textbook, content of exercises and assignments, student personality, modern lesson, importance of didactic games.

KIRISH

So'nggi o'n yillikda butun dunyoda ijtimoiy tarmoqlar va ularning ta'sir doirasi nihoyatda kengaydi. Bu jarayon, ayniqsa, yoshlarni tez fursatda o'ziga jalb qila oldi. Hozirgi kun yoshlari ham uyda o'tirgan holda dunyoning istalgan burchagida sodir bo'layotgan voqealarni onlayn kuzatish imkoniyatiga ega,ya'ni virtual borliq va olam insoniyatning ajralmas bo'lagiga aylandi. Jamiyatda sodir bo'layotgan bunday o'zgarishlar darsliklar masalasini qayta ko'rib chiqish zaruratini ham yaratdi. "Yangi Ozbekiston maktab ostonasidan, ta'lim- tarbiya tizimidan boshlanadi" degan g'oya ostida amalga oshirilayotgan loyihalarni hayotga tatbiq etishda darsliklarning o'rni beqiyos. Milliy darsliklar tizimini yaratish sohasida juda ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-282-287

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 5-sinfi uchun yaratilgan ona tili darsligining tola yangilangan 5-nashri tom ma'noda darslik yaratish sohasida yangilik bo'ldi. Ushbu darslik taniqli tilshunos olimlar N.Mahmudov, A.Sobirov, Sh.Sattorov, Sh.Toshmirzayeva va D.Mannopovalar tomonidan ta'limtizimiga joriy etildi.

Darslik nashr etilmasdan oldin uning mazmuniga bo'lgan munosabat ijtimoiy tarmoqlarda juda ko'p muhokama qilindi. Chunki maktablarda ona tili fani uchun ajratilgan soat avvallari 5 soat edi, yangi darslik asosida esa 4 soat hajmida belgilandi. Bu masalaning moddiy jihati. Bundan tashqari 170 soat hajmidagi axborotni 136 soatga qisqartirish ko'pchilikka imkonsizday tuyuldi.

Lekin darslik nashr etilgach, bu muammolarning yechimi juda chiroyli topilgani, darslikka kiritilgan yangiliklar, yangi ruknlar, yangicha hikoyalar, yangi ma'lumotlar-u xabarlar barcha o'qituvchilarga birdek yoqdi. Ayniqsa, darslik asosida o'quvchilarga ta'lim bergan ustozlarning fikrlashlari va dunyoqarashlarida ham zamonaviylik sezilib turdi. Chunki darslik tamomila zamon bilan hamnafas. O'quvchining yoshi va psixologiyasiga mos ravishda tola yangilangan. Yangi darslikda fonetika, grafika, talaffuz va imlo me'yorlari, leksikologiya, lug'atshunoslik, punktuatsiya va ish qog'ozlari bo'limlari mufassal yoritib berilgan. Morfologiya 6-7-sinflar, sintaksis bo'limi 8-sinf ona tili darsligida mukammal yoritilgani sababli darslikdan chiqarib tashlangan. Bu esa o'qituvchilarga ancha qulayliklar tug'diradi. Chunki 11-12 yoshli bola uchun buncha axborotni qabul qilish va uni yodda saqlab qolish jarayoni birmuncha qiyinchiliklarni yuzaga chiqarar edi.

Eng birinchi yangilik bu - Komiljon va Donoxon obrazlarining darslikka kiritilishidir. Bola hatto bir o'zi dars qilayotganida ham o'zini yolg'iz his qilmaydi. Donoxon va Komiljonning suhbatlaridan bola obrazli fikrlashni, o'z fikrini analiz va sintez qilishni o'rganadi. Badiiy tasavvur doirasi kengayadi. Darslikda berilgan hikoyalar ham ibratli. O'quvchini o'z xatti-harakatlari, hayot tarzi haqida o'ylashga undaydi. Keksa qayiqchi va uning eshkaklari haqidagi qisqa hikoya o'quvchiga hayotda eng muhim narsa bu insonning maqsadi va unga yetishish yo'lida odam ishonch bilan hamisha olg'a harakat qilishi kerakligi haqidagi oddiy haqiqatni obrazli tarzda ochib bergan. Darhaqiqat, bola bu yoshda ancha ulg'ayib, ba'zi o'quvchilar o'zlarini hatto kattalardek his qila boshlagan payt. Shu nuqtayi nazardan olib qaralganda bu kabi hikoyalar o'quvchiga ijobiy ta'sir o'tkaza oladi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-282-287

Toshkent kuranti tarixiy-me'moriy yodgorligining yaratilish tarixi, insoniyat qo'li bilan barpo etilgan turli g'aroyib ko'priklar, azim poytaxtimiz ko'rkiga kork qo'shuvchi, atoqli shoir va yozuvchilarimiz xotirasiga bag'ishlab barpo etilgan "Adiblar xiyoboni" haqidagi matnlar o'quvchilar ongida buyuk bunyodkorlik g'oyalarining tug'ilishiga zamin yaratadi. Ularda ham noyob arxitektura namunalari loyihalarini yaratishga turtki bo'ladi.

Bugungi kunning eng global muammosi butun dunyoda sodir bo'layotgan inson va tabiat o'rtasidagi ziddiyatlar, odamlarning aralashuvi asosida tabiatda ro'y berayotgan noxush vaziyatlar, suv toshqinlari, sunamilar, dahshatli qurg'oqchilik va ocharchilik oqibatida minglab yosh bolalarning bevaqt o'limi, havoga zararli gazlarning tarqalishi natijasida ozon qatlamining yemirilayotgani, Orol dengizi muammosi va uning oqibatida bizning jannatmakon yurtimizda ham cho'llashish jarayoni tezlashgani, Orolni asrab qolish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar, chiqindilarni qayta ishlash jarayoni, o'rmonlarning kesilishi, foydali qazilmalarning tobora kamayib borayotgani, insoniyatning kosmosni zabt etishga qaratilgan ishlarining foydasi va zararli jihatlari, odamzotning turli tajribalari, havoning global isishi natijasida yuzaga kelgan viruslar muammosi, ayniqsa, bugun butun dunyo aholisining diqqat markazidagi eng dahshatli vaziyat bo'lib qolmoqda. Bu borada dunyo bolalarining, xususan, Greta Tunbergning BMTda so'zlagan nutqi diqqatga sazovor. Bu matnlarni o'qir ekan o'quvchi yoshlar tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish, uni asrab - avaylash haqida yetarlicha tushunchaga ega bo'ladilar. Tabiatni asrash haqida muhim taklif va mulohazalarni o'rtaga tashlab, muammolarni yechish yo'llarini izlab ko'radilar.

Bolalar faqat muammolar bilan chegaralanib qolmaydi. Darslikda ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ixtirolarning loyihalari haqida ham qiziqarli ma'lumotlar berilgan. Xususan, Navoiy bobomizning "Xamsa" asarida tasvirlangan robot, televizor, eskalator va lift haqidagi farazlari, Leanardo Davinchining yaratgan roboti va qo'lyozmalaridagi parashut surati oradan ancha yillar o'tgandan so'nggina hayotga tatbiq etilgan. Bu esa ajdodlarimiz naqadar keng dunyoqarashga ega ekanligi va o'z davri imkoniyatlaridan ancha ilgarilab ketganligini bildiradi.

Darslikda asosan o'quvchilarning imloviy savodxonligini o'stiruvchi mashqlar berilgan. Kirill va lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosida bola birdek yoza olishi uchun alohida mashq va topshiriqlar jamlanmasi havola etiladi. Yozuvlar tarixi mavzusidagi 117-mashq va Mustahkamlash darsidagi 4-topshiriqda kirill alifbosida maqol va hikmatli so'zlar berilgan. O'quvchilar esa keltirilgan maqol va hikmatli

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-282-287

so'zlarni o'zbek alifbosiga o'girib yozishlari kerak bo'ladi. Masalan: Китобнинг сони эмас, унинг яхшиси фойда келтиради. (Цицерон, юнон) - Kitobning soni emas, uning yaxshisi foyda keltiradi. (Sitseron, yunon) Bu usulda bola nafaqat fikrlaydi, balki ikkala yozuv imkoniyatlarini bir - biriga solishtiradi. Ona tilimizdagi so'zlarning imlosi va talaffuzidagi farqlarni anglab yetadi, iloji boricha so'zni aniq va to'g'ri talaffuz etishga o'rganadi.

Ma'lumki, 2021 yilning 16 mart kuni «Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish to'g'risida»gi qonunga o'zgartirishlar kiritish haqidagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo'yilgandi. Unga ko'ra, alifboda mavjud harf birikmalari: «sh» va «ch», shuningdek, «o„» va «g„» harflarini diaktrik belgisiz harflar bilan almashtirish taklif etildi. Yuqoridagi kabi mashq va topshiriqlarni bajarish jarayonida o'quvchilar alifbodagi qulaylik va tilimizda mavjud tovushlarning alifbomizda qanchalik to'liq aks etishi haqida bahs va munozalar o'tkazish imkoniga ega bo'ladilar. Tilimiz va alifbomizning sinxron tarzda rivojlanishiga o'z munosabatlarini bildiradilar.

Yangi darslikda terminlar mavzusiga alohida urg'u berilgan. Biz shu kungacha terminlarni kasb-hunarga oid va ilmiy terminlar sifatida o'rgangan edik. Yangi darslikda esa internetga oid terminlar mavzusiga alohida dars soati ajratilgani quvonarli hol. Chunki hozirgi kunda nutqimizda juda ko'p uchraydigan, ammo ma'nosini chuqur anglamaydigan internetga oid atamalarimiz soni anchagina.

"5

Darslikda akkaunt, bloger, avatarka, fayl, mem, xeshteg, veb-sahifa, vebinar, dayjest kabi terminlarning ma'nolari aniq keltirilgan. Ularni bilish orqali biz nutqimizni ifodali, ta'sirli va aniq ifodalay olamiz.

MUHOKAMA

Darslikka qo'shimcha taklif sifatida shuni aytmoqchimanki, takrorlash darslarida "Faqat bittasi" didaktik o'yinidan foydalanish mumkin. Buning uchun o'qituvchi sinf taxtasiga bitta harfini o'zgartirish orqali yangi so'zlar hosil qilish imkoniyati keng bo'lgan so'z yozadi. Masalan: bosh so'zi. O'quvchilar berilgan so'zning faqat bitta harfini o'zgartirib yangi so'zlarni hosil qilishlari kerak. Bosh, qosh, tosh, yosh, dosh, fosh, mosh, bo'sh, besh, bor, boq... kabi. Eng ko'p so'z topa olgan o'quvchi rag'batlantiriladi.

Bundan tashqari darslarda "So'zdan so'z top" didaktik o'yinidan foydalanish ham samarali natija beradi. Bu o'yinda bir so'zdan bir necha so'zlar keltirib chiqarish talab qilinadi. Bu o'yin turi o'quvchilarni fikrlashga, izlanishga undaydi,

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-282-287

"3

N.Mahmudov, A.Sobirov, Sh.Sattorov, Sh.Toshmirzayeva va D.Mannopova 5-sinf ona tili darsligi 138- bet

ularda topqirlik qobiliyatini yuzaga chiqaradi. Berilgan so'z tarkibidagi harflarning turli kombinatsiyasidan foydalanib, bir necha so'zlar hosil qilish mumkin. Demak, bu o'yinni ma'lum bir mavzu bilan bog'liq holda o'tkazsa ham bo'ladi. "So'zdan-so'z top" o'yinidan tilning barcha sathlarini o'qitishda foydalanish mumkin. Jumladan, leksikologiya bo'limida shakldosh, ma'nodosh, paronim va zid ma'noli so'zlar mavzularini o'rganishda bu o'yindan foydalanish mumkin. Buning uchun o'qituvchi so'zning shakl va ma'no munosabatiga ko'ra turlarini keltirib chiqarish mumkin bo'lgan so'zlarni tanlay bilishi va shundan keyin ularni o'quvchilar e'tiboriga havola qilishi lozim. Masalan, kompyuterlashtirilgan so'zini olaylik.

Bu so'zdan yosh, ter, kuy, yut, ot kabi shakldosh so'zlarni keltirib chiqarish mumkin.

Zid ma'noli so'zlar mavzusida bu o'yindan qisman foydalanish mumkin.Mavzu yuzasidan mashqlar ishlanib, kerakli tushunchalar berilgandan so'ng o'quvchilarga qarag'ayzorlar, ko 'zmunchoq so'zlarini berib, antonim so'zlari keltirib chiqarish topshiriladi.

Qarag'ayzorlar so'zidan oq-qora, ko'zmunchoq so'zidan och-ko'k so'zlarini hosil qilish mumkin.

Bu o'yin o'quvchilarni sezgir, zukko va topqir bo'lishga odatlantiradi. O'yinda ishtirok etish uchun o'quvchi mavzuni yaxshi o'zlashtirgan bo'lishi lozim, aks holda, o'yindan chiqib qoladi. Ana shuni o'quvchi his qila borsa, unda ilmga qiziqish ham orta boradi.

XULOSA

Zamonaviy yangilangan ona tili darsliklarining oldiga qo'yilgan asosiy maqsad - grammatika faqat nazariya uchun emas, fikrning aniq va tushunarli,qisqa va lo'nda ifodalanishi uchun xizmat qilishidan iboratdir. Bu borada maktab darsliklarini tubdan yangilash va zamonga mos tarzdagi yangi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ekologik, estetik, madaniy bilimlar bilan boyitilgan matnlarni darslik sahifalariga kiritish maqsadga muvofiqdir.

REFERENCES

1. N.Mahmudov, A.Sobirov, Sh.Sattorov, Sh.Toshmirzayeva va D.Mannopova Ona tili. Umumiy o rta ta'lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik.-T.: G ofur G ulom nomidagi NMIU.2020.

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 286 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-282-287

2. N.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov, V.Qodirov, Z.Jo'raboyeva Ona tili. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik.-T.: Ma'naviyat. 2015

3. G'.Hamroyev Umumiy o'rta ta'lim tizimida fonetikaga doir o'quv materiallarining metodik ta'minotini takomillashtirish. PhD dissertatsiyasi - Samarqand-2019

4. Usmanova Z.I.(2021) Ona tili darsliklari takomillashmoqda. "Экономика и социум" №4(83) ч.2, 521-527.

5. Usmanova Z.I.(2021) Nazariyadan amaliyotga. Respublika ilmiy-amaliy onlayn konferensiya, 158-161.

6. Шерматова, У. С. (2020). Чулпон ижодида ватан, халц ва инсон талцини. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 301-308.

7. Шерматова, У. С. (2020). Чулпон ижодида табиат эстетикаси. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 338-345.

8. Шерматова, У. С. (2020). Чулпон ижодида истицлол гоялари. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 369-373.

9. Абдиримова И.К. (2021) Алишер Навоий ижодида баркамол инсон ва мукаммал жамият тасвири. "Ilm sarchashmalari" ilmiy-nazariy, metodik jurnal 164-167.

10. Абдиримова И.К. (2020) European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Part II 134-138.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.