Научная статья на тему 'XXRNING JSTGA KIRISHDAGI TAJRIBASI'

XXRNING JSTGA KIRISHDAGI TAJRIBASI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
25
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
JST / XXR tajribasi / qishloq xo’jaligi / iqtisodiyot. / WTO / PRC experience / agriculture / economy.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Moyliyev, Elyor Baxtiyorovich

Ushbu maqolada JSTga a’zo bo’lishning XXR tajribasini va bu a’zolik bu mamlakat iqtisodiyotiga qanday ta’sir qilganligini ko’rishimiz mumkin. Bu tashkilotga bizning mamlakatimiz ham a’zo bo’lishga yaqin turibdi. Aynan shu sharoitda XXRning bu tashkilotga a’zo bo’lishdagi qimmatli tajribasi biz uchun judayam muhimdir. Ayniqsa qishloq xo’jaligi sohasidagi XXRning tajribasi biz uchun judayam qimmatlidir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE EXPERIENCE OF PRC ACCESSING TO THE WTO

In this article, we can see the PRC's experience of WTO membership and how this membership affected the country's economy. Our country is close to becoming a member of this organization. It is in this context that the valuable experience of the PRC in becoming a member of this organization is very important for us. Especially the experience of the PRC in the field of agriculture is very valuable for us.

Текст научной работы на тему «XXRNING JSTGA KIRISHDAGI TAJRIBASI»

XXRNING JSTGA KIRISHDAGI TAJRIBASI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.7336629

Moyliyev Elyor Baxtiyorovich

JIDU tayanch doktoranti elyor.moyilov@mail.ru

Annotatsiya. Ushbu maqolada JSTga a'zo bo'lishning XXR tajribasini va bu a'zolik bu mamlakat iqtisodiyotiga qanday ta'sir qilganligini ko'rishimiz mumkin. Bu tashkilotga bizning mamlakatimiz ham a'zo bo'lishgayaqin turibdi. Aynan shu sharoitda XXRning bu tashkilotga a'zo bo'lishdagi qimmatli tajribasi biz uchun judayam muhimdir. Ayniqsa qishloq xo'jaligi sohasidagi XXRning tajribasi biz uchun judayam qimmatlidir.

Kalit so'zlar. JST, XXR tajribasi, qishloq xo'jaligi, iqtisodiyot.

Abstract. In this article, we can see the PRC's experience of WTO membership and how this membership affected the country's economy. Our country is close to becoming a member of this organization. It is in this context that the valuable experience of the PRC in becoming a member of this organization is very important for us. Especially the experience of the PRC in the field of agriculture is very valuable for us.

Key words. WTO, PRC experience, agriculture, economy.

Osiyoning iqtisodiy giganti bo'lgan Xitoy JSTga 2001-yil 11-dekabr kuni a'zo bo'lgan1. Bu tashkilotga a'zo bo'lgunga qadar Xitoy 15 yillik muzokaralar davrini bosib o'tgan. Xitoy bu tashilotga a'zolikka kirguncha qishloq xo'jaligi mahsulotlari uchun o'rtacha tariflarni 22 % dan 17 % ga tushirishni o'z bo'yniga olgan edi. Hozirgi kunda Xitoyda o'rtacha tariff darajasi barcha mahsulotlar uchun 9.9 % n, qishloq xo'jaligi mahsulotlari uchun esa 15.6 % ni tashkil qiladi2. Xitoyning asosiy qishloq xo'jaligi uchun asosiy muhokama qilingan narsasi bu uning subsidiya siyosati bo'lgan. Xitoy bu tashkilotga a'zolik doirasida qishloq xo'jaligi mahsulotlari uchun ular qiymatining 8.5 % gacha subsidiya berish imkoniyatini saqlab qolgan. Xitoyning qishloq xo'jaligi bu tashkilotga a'zo bo'lishdan oldin ko'pchilik ekspertlar tomonidan zarar ko'rishi ta'kidlandi. Chunki Xitoy bu tashkilotga a'zolik doirasida eksport subsidiyasini qisqartirishi, qishloq xo'jaligi mahsulotlari importiga sun'iy to'siqlarni olib tashlashi lozim edi. Haqiqatda nima bo'lganligi tahlilimiz oxirida xulosa qilamiz. Quyidagi diagrammada JSTga a'zolikdan so'ng Xitoy YaIM mahsuloti qay darajada o'zgarganligini ko'rishimiz mumkin.

1.3.7-diagramma Xitoyning YalMi JSTga a'zo bo'lgan yillar davomida o'zgarishi

(milliard dollarda)

1 https://www.wto.org/english/thewto e/whatis e/tif e/org6 e.htm

2 https://www.wto.org/english/thewto e/countries e/china e.htm

505

Manba: https://data.worl dbank.org/country/chi na?vi ew=chart Yuqoridagi diagrammadan ko'rishimiz mumkinki, Xitoyning YaIMi JST a'zolik yillarida faqat o'sganini ko'rishimiz mumkin. 2001-yil va 2019-yil YaIMlari hajmini solishtiradigan bo'lsak, bu davr mobaynida Xitoy YaIMi 10.66 marta oshganligini ko'rishimiz mumkin. Ya'ni 2001-yilda JSTga a'zolikning dastlabki yilida Xitoy YaIMi 1.339 trillion dollarga teng bo'lgan bo'lsa, 2019-yilga kelib Xitoy YaIMi 14.28 trillion dollarni tashkil qilgan. Vaholanki bu davr mobaynida Xitoy aholisi atiga 1.1 martaga oshgan3. Ya'ni JSTga a'zolik yillari mobaynida Xitoy YaIMi aholisiga nisbatan ancha tez sur'atlarda oshganligini ko'rishimiz mumkin. Endi quyidagi jadval orqali JSTga a'zolik yillarida Xitoy tashqi savdosi qanday rivojlanganligini ko'rib chiqamiz. Hech kimga sir emaski bugungi kunda Xitoy jahonning AQSHdan keyingi eng yirik 2-iqtisodiyotli mamlakatidir. Va o'z navbatida bu mamlakatning JSTga a'zoligi boshqa mamlakatlarga imkoniyat bilan birga xalqaro maydonda raqobatning ham kuchayishiga sabab bo'lgan.

1.3.8-jadval

Xitoyning tashqi savdosidagi asosiy ko'rsatkichlar_

Yillar Eksport hajmi(mlrd. doll.da) Import hajmi(mlrd. doll.da) Eksportda qishloq xo'jaligi mahsulotlari ulushi( mlrd. doll.da) Importda qishloq xo'jaligi mahsulotlari ulushi(mlrd. doll.da)

2001 271.95 243.83 14.2 9.67

2002 333.03 295.67 16.12 10.38

2003 447.86 412.01 19.22 15.86

2004 607.22 556 20.75 22.6

2005 773.12 648.53 24.58 23.39

2006 990.72 782.66 27.78 25.15

2007 1257.76 949.62 33.06 35.56

2008 1497.64 1148.95 35.75 53.91

2009 1262.23 1042.33 35.18 49.44

2010 1654.44 1432.27 43.99 64.35

2011 2005.81 1825.31 54.09 81.04

2012 2174.8 1942.73 56.11 98.17

3 https://data.worldbank.org/country/china?view=chart

506

2013 2353.26 2118.79 59.86 107

2014 2462.9 2240.81 63.46 113.81

2015 2361.73 2003.32 62.96 111.82

2016 2199.42 1944.43 66.05 99.5

2017 2423.83 2208.41 68.79 121.63

2018 2655.33 2563.62 72.09 131.94

2019 2627.52 2496.14 71.72 137.97

2020 2722.09 2355.52 69.41 159.82

https://data.worldbank.org/country/china?view=chart ma'lumotlari asosida tayyorlandi

Yuqoridagi jadvaldan Xitoyning 2001-2020 yillardagi tashqi iqtisodiy faoliyatini ko'rishimiz mumkin. Bu davr mobaynida Xitoyning umumiy eksporti 10 marta oshganligini ko'rishimiz mumkin. Umumiy importi esa bu davr oralig'ida 9.66 martaga oshgan. Umumiy tashqi savdo saldosi bu davr oralig'ida doimo musbat bo'lganligini ko'rishimiz mumkin. Bu tashkilotga a'zolikning dastlabki yilida sof eksport 28.12 milliard dollarni tashkil qilgan bo'lsa, 2020-yilga kelib mamlakatning sof eksporti 366.57 milliard dollarni tashkil qilganligini ko'rishimiz mumkin. Ya'ni bu davr oralig'ida Xitoyning sof eksporti 13 martaga oshgan. Qishloq xo'jaligi mahsulotlariga eksportiga e'tibor qaratadigan bo'lsak, JSTga a'zolikning dastlabki 3 yilida Xitoyning qishloq xo'jaligi mahsulotlari eksporti uning importidan ko'proq bo'lganligini ko'rishimiz mumkin. Lekin 2008-yildan boshlab bu tendensiya teskarisiga o'zgargan ya'ni qishloq xo'jaligi mahsulotlari importi uning eksportidan ko'proq bo'lgan. 2020-yilga kelib qishloq xo'jaligi mahsulotlari importi uning eksportidan 6.3 baravarga ko'p bo'lganligini ko'rishimiz mumkin. Bundan shunday xulosaga kelishimiz mumkinki, JSTga a'zolik orqali iqtisodiyotning liberallashganligi Xitoy iqtisodiyotiga judayam ijobiy ta'sir qilgan. Qishloq xo'jaligi mahsulotlari hajmi umuman oshganligiga qaramay mamlakat importi oshgan. Xitoy qishloq xo'jaligi mahsulotlari importida asosan boshoqli ekinlar, sabzavot va mevalar, yog'lar va yengil sanoat uchun xom ashyo ko'proq ulushga ega. Qishloq xo'jaligi mahsulotlari eksportida esa asosan qayta ishlangan, qo'shilgan qiymati yuqori bo'lgan mahsulotlar ko'proq ulushga egalik qiladi.

Hozirgi kunda dunyo qishloq xo'jaligi mahsulotlari savdosidagi asosiy muammo bu rivojlanayotgan mamlakatlar rivojlangan mamlakatlarning subsidiyalangan qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan raqobatlashishga majburligidir. Eng katta iqtisodiyotga ega bo'lgan Yevropa Ittifoqi, AQSH, Yaponiya va Janubiy Koreya kabi mamlakatlar har yili qishloq xo'jaligi mahsulotlari subsidiyasi uchun yuzlab milliard dollar pul ajratadilar. Bu esa o'z navbatida erkin savdoga kirishgan rivojlanayotgan mamlakatlar qishloq xo'jaligi uchun jiddiy zararni keltirib chiqadi. Xitoy bu mamlakatlar kabi yaxshi yo'lga qo'yilgan subsidiya tizimiga ega emas. Vaholanki Xitoy rivojlanayotgan mamlakat sifatida qishloq xo'jaligi mahsulotlari hajmining 10 % gacha subsidiyalash huquqiga ega, bu ko'rsatkich rivojlangan mamlakatlarda 5 % ga teng. Lekin Xitoy bu tashkilotga a'zolik paytida 8.5 % lik subsidiyalash huquqiga ega bo'lgan. Xitoy hukumati savdoni liberalizatsiya qilish tarafdori, ya'ni savdoga to'siq bo'luvchi har xil subsidiya, sanitariya kabi omillarni kamaytirish tarafdori. Yuqoridagi mamlakatlarning JSTga kirish tajribasini, bu tashkilot doirasida ularning qishloq xo'jaligi o'zgarishini o'rganish orqali shu xulosaga kelishimiz mumkin. Ya'ni bizning mamlakatimiz bu tashkilotga kirar ekan qishloq xo'jalik sektorimiz jiddiy talofat ko'radi. Ya'ni bizning qishloq xo'jaligimiz subsidiyalangan chet el qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan raqobatlashishiga to'g'ri keladi. Bu esa o'z navbatida ichki ishlab chiqaruvchilarimizni qiyin ahvolga solib qo'yadi. Bundan tashqari faqatgina subsidiya orqali emas, ular yuqori texnologiyali, ilmiy texnika yutuqlari qo'llangan qishloq xo'jaligi tizimi orqali ham bizning haliham deyarli an'anaviy tizimdan foydalanilayotgan qishloq xo'jaligimizdan ustundir. JSTga a'zolik doirasida bu muammolarni bartaraf etishni hozirdan boshlashimiz, va JSTga a'zolikdan keyin ko'plab qishloq

xo'jaligida band bo'lgan aholining ishsiz qolishiga tayyor bo'lgan holda, ularni boshqa sektorda ish bilan ta'minlashni hozirdan tizimli tarzda amalga oshirishni boshlashimiz lozim. REFERENCES

1. China Business Review (2000) 'WTO Special Report: The Real Work Begins', China Business Review, 27: 17-62.

2. Deckers, Wolfgang (2004) 'China, Globalisation and the World Trade Organisation', Journal of Contemporary Asia, 34(1): 102-19.

3. Fukusaku, K. and Wall, D. (1994) China's Long March to an Open Economy, Paris: Development Centre of the OECD.

4. Lai, H. H. (2001) 'Behind China's World Trade Organization Agreement with the USA', Third World Quarterly, 22(2): 237-55.

5. Юлдашев, А. С. У. (2019). Региональное развитие КНР: на примере социальноэкономического развития Западного Китая. Региональные проблемы преобразования экономики, (4 (102)), 34-40.

6. Юлдашев, А. (2022). ОСНОВНЫЕ ПОКАЗАТЕЛИ И ПОТЕНЦИАЛ ТОРГОВО-ЭКОНОМИЧЕСКОГО СОТРУДНИЧЕСТВА МЕЖДУ УЗБЕКИСТАНОМ И КИТАЕМ. Sharq ma'shali/Восточный факел, 14(1), 136-144.

7. Нигманов, А. У. (2020). XITOYDA YOQILGI-ENERGETIKA MAJMUASI VA TARMOQ RIVOJLANISHING GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI. ГЕОГРАФИЯ: ПРИРОДА И ОБЩЕСТВО, 1(2).

8. Nigmanov, A. U. (2019). O 'zbekistonda atom energetikasini rivolantirish muammolari va sohaning istiqbollari. Молодой ученый, (42), 323-325.

9. Worldbank.org

10. Wto.org

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.