Научная статья на тему 'XXI ASR TA’LIMIDA TA’LIM OLISH PARADIGMALARINI YANGILANISHI'

XXI ASR TA’LIMIDA TA’LIM OLISH PARADIGMALARINI YANGILANISHI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
7
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XXI ASR TA’LIMIDA TA’LIM OLISH PARADIGMALARINI YANGILANISHI»

XXI ASR TA'LIMIDA TA'LIM OLISH PARADIGMALARINI YANGILANISHI

Karimova Nozima Nurmuxamadovna

Professional ta'limni rivojlantirish instituti

karimova. nr7@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.10849349

Hozirda ta'lim tizimida butun umr davomida uzluksiz ta'lim olish hayotiy zaruratga aylandi va malaka oshirish tizimi ta'lim uzluksizligini ta'minlashning muhim aspekti sifatida professional ta'limning ajralmas qismi bo'lib qolmoqda. Uzluksiz malaka oshirish tizimi - boshqaruv va pedagog kadrlarning kasbiy kompetentligini zamonaviy talablar bilan uyg'unlashtirish, muntazam ravishda rivojlantirib borish imkoniyatini beruvchi ko'p bosqichli tizim xisoblanadi. Keyingi yillarda iqtisodiyotning rivojlanishida bozor mexanizmlarining shakllanishi va nisbatan barqarorlashuvi ta'limning barcha darajalarida, shu jumladan professional ta'limda ham yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish, qayta tayyorlash tizimini zamonaviy tendensiyalar asosida takomillashtirishning ahamiyati va zarurligini ko'rsatmoqda.

XXI asrda kattalar ta'limida uzluksiz ta'lim quyidagi ijtimoiy talablarga javob berishi lozim bo'lib:

- an'anaviy ta'lim tizimining eng yaxshi an'analari bilan yangi ta'limni tashkil etishning jahon tajribasi va ilmiy texnologiyalarini birlashtirish;

- egiluvchanlik va bashorat qilinuvchanlik;

- darajalar, turlar, fan mazmuni, insonlar va davlatning ta'limga bo'lgan ehtiyojlari, aralash tarmoqlar integratsiyasi;

- zamonaviy asosiy kompetentlik va ko'nikmalarning rivojlanishi;

- innovatsionlik [1].

Bugungi kunda dunyo mamlakatlarida ta'lim sohasida olib borilayotgan ijtimoiy jarayonlarning tahlilidan kelib chiqqan holda XXI asr ta'limining quyidagi paradigmalarini sanab o'tish mumkin:

- Lifelong learning, shaxsiy imkoniyatlarni muttasil rivojlantirish, uzluksiz va hayot davomida ta'lim olish tamoyilining implementatsiyasi (joriy qilinishi); - insonparvarlashuv, antropotsentrizm (inson manfaatlariga yo'naltirilganlik), inson shaxsiga hurmat, shaxs kamoloti, umumjahon ahamiyatga molik muammolarga e'tibor, mutaxassislarning o'z professional faoliyati uchun axloqiy javobgarlik tuyg'usini kuchaytirish masalalari;

- ijodiy potensialni rivojlantirish, kreativ (ijodkor), nostandart fikrlaydigan, fan, texnika va iqtisodda yangi usul va yo'llarni topa oladigan, tashabbus ko'rsatadigan izlanuvchan kadrlarni tayyorlash masalalari;

- demokratlashuv, demokratik jamiyatda yashash ko'nikmalari, siyosiy-huquqiy bilimlar asosida faol fuqarolik pozitsiyasi, dunyoviy ong, inson huquqlariga hurmat tuyg'ularini shakllantirish masalalari;

- fan va ishlab chiqarishning integratsiyasi, zamonaviy ta'lim jarayoni, o'quv dasturlarining mazmunini davlatning innovatsion o'zgarishlariga, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlariga monandligini ta'minlash masalalari;

- shaxsning bilim, ko'nikma va malakalarini shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatida amaliy qo'llay olish imkoniyatini oshirish, jamiyatda o'z o'rnini egallashi, muammolarning yechimini topa olishi, raqobatbardosh bo'lishi uchun ijtimoiy kompetensiyalarni shakllantirish masalalari.

Ushbu maqsadlardan kelib chiqib, bugungi kun ta'limi bir maqsadga - insonlarning ma'naviy axloqiy va professional qiyofasi tez sur'atlarda o'zgarib borayotgan dunyoning konseptual talablariga mos bo'lishiga yo'naltirilmoqda.

Uzluksiz ta'lim bugungi global iqtisodiyot sharoitida har bir insonning butun hayoti davomida rivojlanib borishining asosini namoyon etuvchi sifatidagi innovatsion ta'lim modelining eng muhim konsepsiyalaridan biri hisoblanadi[2].

TA'LIM TRAEKTORIYASI

Ta'lim olish davri

0 15 30 55 120

Ta'lim olish yoshi

1-rasm. XX asr va XXI asrda ta'lim traektoriyasini o'zgarish dinamikasi

Tahlillarga ko'ra XX asr va XXI asrda ta'lim traektoriyasini o'zgarish dinamikasi quyidagicha: XX asrda ta'lim olish davri 45 yoshgacha bo'lgan bo'lsa, XXI asrda ta'lim olishda ta'lim oluvchining yoshining ahamiyati yo'qolib borayotganligini ko'rishimiz mumkin (1-rasm).

Axborotlashgan jamiyatda, raqamlashtirilgan ta'lim sharoitida uzluksiz ta'lim olish imkoniyatini rivojlangan davlatlar amaliyotida o'zini oqlagan qo'shimcha ta'lim yoki to'ldiruvchi ta'lim orqali ta'minlash mumkin. Qo'shimcha yoki to'ldiruvchi ta'limning har bir yangi bosqichida umumjamiyat ahamiyatidagi maqsadga - har qanday yoshda hayotdagi muvaffaqiyati uchun har bir insondagi qobiliyat va iqtidorni rivojlantirishga sezilarli darajada tezroq erishilishi mumkin.

Pedagogika fanining rivojlanishi uzluksizdir. Bu jarayon ta'limda yangi-yangi paradigmalarni paydo bo'lishiga, ya'ni pedagogika nazariyasida ta'limni tashkillashtirishning androgogik modelidan so'ng nisbatan yangi bo'lgan evtagogika tushunchasi paydo bo'lishiga sabab bo'ldi. Evtagogika atamasi avstraliyalik mutaxassislar Xazen va Kenon tomonidan tatbiq etildi.

Evtagogika - o'z-o'zini tarbiyalashni tashkil etish to'g'risidagi fandir. G'oya o'zida androgogik yondashuvning aks etishi va rivojlanishini aks ettiradi, biroq ko'pincha ushbu tushunchalar xato talqin qilinadi. Evtagogika atamasi grekcha supsxiKÔç (euretikos) - evristik yoki aniqlash supnpa (eurema), topishga xizmat qiluvchi - s^supsxiKÔç (epheuretikos) - topqirlik -kashf etuvchi, topuvchi va ayro (ago) - shug'ullanish, kirishni anglatadi. Evtagogika nazariyasi va tegishli amaliyot Deyv konstruktivizmida, Motessori va Kolb tadqiqotlarida amalga oshiriladi[5].

Shunday qilib, evtagogika - bu o'z-o'zini tarbiyalash to'g'risidagi fan bo'lib, uni XXI asrda ta'limga yondashuvning maqbul samarasini ta'minlashga qodir avval shakllangan klassik pedagogika metodologiyaning (jumladan, inson qobiliyatlarini rivojlantirish nuqtai-nazaridan kelib chiqqan holda) tabiiy rivojlanishi sifatida qarash mumkin bo'ladi.

Xulosa. Evtagogika texnologiyasini qo'llash ta'limda ta'lim oluvchiga yo'naltirilgan usulning chinakam yutuqlariga erishishga yordam beradi. Bundan tashqari, bu kontekst mazmunidan qat'i nazar, ta'limda ijodiy va mezonlarni chuqurlashtirish hamda kuchaytirish imkonini beradi. "Evtagogika - uzluksiz ta'limning uslubiy uslubi, "sof shaklida" u norasmiy ta'lim turiga hamroh bo'lgan o'z-o'zini tarbiyalash jarayonlarida namoyon bo'ladi. Ammo biz evtagogikaning texnologik yondashuvlarini o'qitishda qo'llaniladigan pedagogik va andragogik texnologiyalar bilan parallel ravishda qo'llashimiz mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.