PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz
XXI ASR FANLARINI O'QITISHDA KREATIV FIKR EGASINI TARBIYALASH METODIKASI
N.A.Yuldasheva
Toshkent amaliy fanlar universiteti, p.f.d., prof. Boshlang'ich ta'lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi mudiri
ORCID OID: 0009-0009-2756-4600 " e-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.13318383 Abstract: Bugun oldimizda turgan asosiy vazifalardan biri o'qitish metodikasining metodologiyasiga yangicha qarashlar amaliyotini joriy qilish. Bizga ma'lumki, o'qitish va uni joriylash tizimi yangilandi. O'qitish nimanidir uqtirish va yodlatish emas, balki anglatish, fahmlash va fikrlashga yo'naltirish ekanligi pedagogikaning, fanning, ta'limining asosiy mezoniga aylandi. Milliy ta'lim strategiyasida o'quvchilarning voqea-hodisalarga munosabatini shakllantirish, tanqidiy va ijodiy fikrlarini erkin namoyon qilishga o'rgatishdan iborat.
Tayanch so'zlar: Yangi O'zbekiston, islohot, sifatli ta'lim, takomillashtirish, Milliy ta'lim, o'quv dasturi, kreativ fikrlash, ijodkorlik, mehnat bozori, raqobatbardosh kadr.
Dunyoda sodir bo'layotgan eng katta islohotlat ta'limning har bir rivojlanish bosqichiga ijobiy ta'sir qilmasdan qolmaydi. Bugun oldimizda turgan asosiy vazifalardan biri metodikaning metodologiyasiga yangicha qarqshlar amaliyotini joriy qilishdan iborat. Bizga ma'lumki, o'qitish va uni joriylah biroz yangilaydi. O'qitish nimanidir uqtirish va yodlatish emas, balki anglatish, fahmlash va fikrlashga yo'naltirish ekanligi pedagogikaning, fanning, ta'limining asosiy mezoniga aylandi. Milliy ta'lim strategiyasida o'quvchilarning voqea-hodisalarga munosabatini shakllantirish, tanqidiy va ijodiy fikrlarini erkin namoyon qilishga o'rgatish adabiy ta'lim dasturining muhim tamoyili sifatida namoyon bo'lmoqda.
Davlatimiz tomonidan uzluksiz ta'lim bosqichlarida Milliy o'quv dasturining «Umumiy o'rta ta'limda adabiyot o'quv fanini o'qitishni rivojlantirish Konsepsiyasi»da adabiy ta'lim samaradorligini oshirishning asosiy yo'nalishlaridan biri sifatida adabiyot saboqlarining o 'quvchilarda yozma va og 'zaki savodxonlik, badiiy did, tanqidiy fikrlash va ijodkorlik kompetensiyalari shakllantirishga yo'naltirilishi ko'zda tutilgan1.
O'qitish jarayonlarining asosiy vazifasi Milliy dasturda talab qilinayotgan kreativ «fikrlash» -o'quvchi faolligini oshirishning asosiy parametri bo'lib, biror muammo haqida muayyan bir xulosaga kelish maqsadida izchil mulohaza yuritish yoki o'z xulosa va hukmlarini aytishdan iborat.
Yoshlarning dunyoqarashini shakllantirishda biror bir badiiy asarni tahlil qilishga yo'naltirar ekanmiz, o'quvchidagi mavjud bilimlar, ko'nikmalar albatta hisobga olinishi zarur. Chunki, yangi bilim mavjud bilimlar poydevoriga qo'yiladi. O'quvchi faqat asar muammosiga duch kelibgina qolmasdan, mavzu doirasida mushohada yurita olishi, shaxsiy munosabatlarini himoya qila olishi, qiyosiy va tanqidiy
1 Umumiy o'rta ta'limning milliy o'quv dasturi. Adabiyot. - Toshkent, 2021.
fikrlarini daxldorlik hissi bilan uyg'un holda taqdim eta olishi ham muhimdir.
Adabiy ta'lim o'quvchini kreativ fikrlashga o'rgatish yoki o'rganishiga o'qitish metodikasining azaliy muammolaridan va tadqiqotlaridan biri bo'lib qolaveradi.
O'tgan XX asrning mashhur olimlaridan Jan Piaje (Jean Piaget) ta'kidlaganidek: «...maktabning asosiy vazifasi oldingi avlodlar yaratgan narsalarni shunchaki qaytarish emas, balki o'zlari yangi narsalar yaratishga, kashfiyotlar qilishga qodir, kreativ, tanqidiy fikrlay oladigan shaxslarni tarbiyalashdan iboratdir»2. Demak ijodkor o'z qarashlarida fikrlashning bir turi bo'lgan tanqidiy tafakkur haqida faoliyat, jarayon va hodisalarni analiz qilish orqali asosli xulosalar berishga chaqiradi.
Ta'limning asosiy va abadiy maqsadi fikr va mulohazalar, tanqidiy tafakkur tizimi bo'lib, u har qanday vaziyatni, holatni baholash xarakteriga ega. Ya'ni u tahlilga tayangan analitik, mezonli baholash instrumenti hisoblanadi.
Dunyo olimlarinig qarashlari tahlil qilinar ekan, milliy pedagogikamizga o'z ulushini qo'shib kelayotgan G'aniyev A. Ta'limda tanqidiy fikrlash kerakmi? nomli maqolasida «Tanqidiy fikrlash maqbul yechimni topishning yaxshi usullaridan biri bo'lsada, undan doimo foydalanish maqsadga muvofiq emas. Odam o'zini doimo to'g'ri deb hisoblamasligi kerak. Garchi bu rohat bag'ishlasada, u boshqa nuqtayi nazarlarga e'tibor bermaslikka olib keladi. Barcha qarorlarni qabul qilish uchun ham tanqidiy fikrlash zarur bo'lavermaydi»3, -deb o'z farazlarini keltirib o'tadi.
Darhaqiqat, tadqiqotchi A. G'aniyevning yuqoridagi fikriga ko'ra, tanqidiy fikrlashda ko'proq sub'yektivlik omili asosiy rol o'ynaydi. Muammo yuzasidan bir qarorga kelishda ko'pincha tanqidiy fikrlashdan ko'ra «ijodiy fikrlash» elementlarini qo'llagan ma'qul. Ijodiy fikrlash muammoning yechimini topish jarayonida yangi narsani yaratish maqsadidagi fikrlash jarayonidir.
2 https://t.me/oriftolib/2708
3G'anlyev A. Ta'limda tanqidiy fikrlash kerakmi?
https://xs.uz/uz/post/talimda-tanqidij-fikrlash-kerakmi?
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
TASHKENT. О-в MAY 2024
Yana bir tadqiqotchi J.Nurmuhammedov o'z ilmiy tadqiqotlarida "Ta'limda ijodiy fikrlash o'rganiladigan mavzu ma'nosini tushunishga va anglashga yo'naltirilgan bo'lib, shu mavzu doirasidagi muammolarni o'quvchilarning o'zlari yangi g'oya va kutilmagan xulosalar bilan yecha olishlaridir",- deya fikrlarini ilmiy asoslashga harakat qiladi.
Ma'lumki, zamonaviy o'quv darsliklari juda ko'plab e'tirozlarga sababchi bo'layotgan bir paytda adabiyotlarda «ijodiy fikrlash»ga muqobil tarzda «kreativ fikrlash» iborasi ham kiritilda va ta'limda yangi atama sifatida ishlatila boshlandi. So'zga quyidagicha ta'rif keltiriladi : «Kreative» - inglizcha so'z bo'lib - yaratmoq, ijod qilmoq degan ma'noni anglatadi va shaxs faoliyatini ifodalaydi. Kreativlilik -ijodkorlik qobiliyati. Kreativ fikrlash (ijodiy fikrlash) — g'ayrioddiy g'oyalarga tayanib muammoning yechimini topish maqsadidagi fikrlash. Kundalik hayotda kreativlik - chorasiz holatlarda maqsadga erishish, muammoga yechim topa olish layoqatini ko'rsatadi. Hozir u ikkita: yangilik va manfaat berish ko'rsatkichlari asosida baholanadi4.
Xalqaro baholashning adolatli mezonlaridan biri PISA tadqiqotlarida kreativ fikrlash bilim sohasida original va samarali yechimlar, yutuqlar va tasavvurni ta'sirchan ko'rinishlarga olib keladigan g'oyalarni ishlab chiqish, baholash va takomillashtirishda samarali ishtirok etish qobiliyati deb ta'riflangan5. Ayni mana shu ta'rif o 'quvchi shakllanishidagi muhim omillarni rivojlantiribgina qolmasdan, balki uning butun hayoti davomidagi amaliy ko'nikmalarini, hayotiy
ko'nikmalarga aylantiradi hamada faoliyat tizimini takomillashtiradi.
Ushbu berilgan fikrlardan shu xulosalarga kelish mumkinki, demak tanqidiy tafakkur qilish - ijodiy fikrlash mevasi bo'lib, u o'ziga xosligi, ijodiyligi va tizimliligi bilan alohida mavqega va metodik mahorat mahsuli deb qarash lozim bo'ladi.
Oliy ta'limda ayniqsa, mutaxassislik fanlarini o'qitishda, falsafiy mushohada bilan bir qatorda tanqidiy-ijodiy tafakkur qilish, mustaqil fikrlash orqali badiiy asar mazmunini chuqurroq anglash, turli xildagi vaziyatlarni har tomonlama adolatli, faktlar asosida tahlil qila olishi, eng asosiysi talabaning, o'quvchining tasavvur qilish doirasini oshiradi. Bunday mahsuldor mehnat kitobxon o'quvchini kamol toptiradi. Ayniqsa, o'uvchining his-tuyg'ularini tarbiyalaydi.
Yana bir xorijlik olim Albert Eynshteyn qarashlariga e'tibor qaratsak u shunday deydi: «Kreativ fikrlash jarayonida tasavvur muhim rol o'ynaydi. «Tasavvur bilimdan muhim»6 , - bundan ko'rinadiki, har qanday bilimni egallashda tasavvur birlamchi o'rinda turadi.
Tahlil qilingan adabiyotlarga ko'ra, ko'pincha noodatiy fikrlar, yechimlar kutilmaganda inson xayoliga keladi. Buning uchun, avvalo, fikrlash jarayonidagi bir xillikka, odatiylikka barham berilishi lozim»7, - demak bunday motiv siyqasi chiqqan yondashuvlardan farqli ularoq yangi g'oyalarni, va yangicha qarashlar tug'ilishiga sabab bo'ladi.
Ixtisoslashgan ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablar uchun yaratilgan darsliklar tahlil qilinganida rivojlangan davlatlarning o'qitish tizimidagi afzalliklar va tajribaga tayanilan. Kuzatuvlarimizcha, Angliya va Amerikadagi nashr qilingan «Adabiyot» darsliklarining deyarli barchasida «Think critically» (tanqidiy tafakkur), «Connect to life» (asarning bugungi kun bilan bog'liqligi), «Extend interpretation» (Keng ko'lamli talqin) kabi qismlar mavjud bo'lib, ularning barchasi o'quvchining tafakkuri rivojiga xizmat qiladigan savol va topshiriqlardan iborat8.
Kreativ fikrlashda ta'limning o'rni qanday? O'quvchini tizimli rivojlanishida ushbu savolga «PISA tadqiqotlarida kreativ fikrlashni baholash doirasi» qo'llanmasi9da quyidagicha xorijiy tadqiqot xulosalari berilgan:
1. Ta'limning asosiy vazifasi o'quvchida jamiyatda muvaffaqiyatli hayot kechirishi uchun bugun va kelajakda kerak bo'ladigan ko'nikmalarni shakllantirishdir. Kreativ fikrlash bugungi yoshlar ega bo'lishi kerak bo'lgan muhim ko'nikmadir10.
2. Kreativ fikrlash o'quvchilarning ta'lim olishini hodisalar, tajribalar va xatti-harakatlarni yangicha va shaxsan mazmunli usulda talqin etish orqali qo'llab-quvvatlaydi11.
3. O'quvchining xayoli va qiziquvchanligi ta'lim jarayonida qo'l keladi: ijodiy fikrlash shu tariqa o'zaro kelishuvchanlik vositasiga aylanadi, hattoki avvaldan belgilangan ta'lim maqsadlari kontekstida ham12.
4 G'aniyev A. Ta'limda tanqidiy fikrlash kerakmi?
https://xs.uz/uz/post/talimda-tanqidij-fikrlash-kerakmi?
5 PISA tadqiqotida kreativ fikrlashni baholash doirasi (PISA: Creative Thinking Framework (Third Draft). Qo'llanma. - Toshkent, 2020.
6 10 золотых уроков Альберта Эйнштейна - ЛИК-сайт учителя истории Л. Милковой (jimdofree.com)
7Jumanova S. Noodatiy fikrlash mahorati yoxud kreativlik qanday shakllantiriladi? http://marifat. uz/marifat/ruknlar/fan/3305. htm
8 Mirzayeva Z., Jalilov K. Adabiyot o'qitish metodikasi (an'anaviylikdan zamonaviylikka). Uslubiy qo'llanma / -Toshkent, 2020. - 37-b.
9 PISA tadqiqotida kreativ fikrlashni baholash doirasi (PISA 2021 Creative Thinking Framework (Third Draft))/ Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti/ Umumiy tahrir - U.SharifXodjayev, D.Norboyeva / Tarjima -M. Maxsudov/ Xalq ta'limi vazirligi - Toshkent, 2020. - B 76.
10 Lucas, B. and E. Spencer (2017), Teaching Creative Thinking: Developing Learners Who Generate Ideas and Can Think Critically., Crown House Publishing,
https://bookshop.canterbu ry.ac.uk/Teaching-Creative-Thinking-Developing-learners-who- generate-ideas-and-can-think-critically 9781785832369 (accessed on 26 March 2018).
11 Beghetto, R. and J. Kaufman (2007), «Toward a broader conception of creativity: a case for "mini-c" creativity», Psychology of Aesthetics, Creativity, and the Arts, Vol. 1/2, pp. 73-79, http://dx.doi.org/10.1037/1931-3896.L2.73
12 Beghetto, R. and J. Plucker (2006), «The relationship among schooling, learning, and creativity: «All roads lead to creativity» or «You can't get there from here»?», in Kaufman, J. and J. Baer (eds.), Creativity and Reason in Cognitive Development, Cambridge University Press, Cambridge, http://dx.doi.org/10.1017/CB09780511606915.019
. PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE
55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF
I Li I ™ ^ЭТ CENTURY
TASHKENT, e-e MAY 2024
4. Maktabda o'quvchining motivatsiyasi va qiziqishini oshirish uchun, barcha o'quvchilarning ijodiy salohiyati va shijoatini hisobga oluvchi ta'limning yangi shakllari yo'lga qo'yilishi zarur. Bu ayniqsa ta'lim jarayoniga unchalik qiziqish bildirmayotgan o'quvchilarga yordam berishi mumkin va ular o'z fikrini ayta olishiga, salohiyatini ochishiga xizmat qiladi13.
5. Ba'zi o'qituvchilarga o'quvchining kreativ fikrlashini rivojlantirish o'quv dasturidagi boshqa fanlar evaziga bo'layotgandek tuyulishi mumkin. Aslida, o'quvchilar barcha fanlarda kreativ fikrlashi mumkin. Kreativ fikrlash bilim berishga qaratilgan dars mobaynida ko'r-ko'rona yodlash o'rniga tadqiqot va ixtironi qo'llab-quvvatlaydigan yondashuvlar orqali rivojlantirilishi mumkin14.
6. O'qituvchilar kreativ fikrlarni ajrata olishlari, bunday fikrlashga mos shart-sharoitlarni bilishlari va o'zlari ham o'quvchilarga fikrlashda ko'proq ijodiy yondashishga yordam bera olishni bilishlari kerak. Kreativ fikrlash qay tariqa vujudga kelishi borasidagi puxtaroq tasavvur, o'z navbatida, o'qituvchilarga ta'lim jarayonida o'quvchilarda ijodiy g'oyalar «inkubatsiya» bo'lishi uchun muayyan vaqt talab etishini anglashga yordam beradi15.
Mazkur tadqiqot tahlillaridan ko'rinadiki, uzluksiz ta'limda ijodiy - kreativ fikrlashni tizimli rivojlantirish bugungi kun uchun ahamiyati faqatgina raqobatbardosh yangi avlod kadrlari mehnat bozorida emas, balki barcha yoshdagi ta'limga befarq bo'lmaganlar uchun o'ta muhim jarayondir.
Milliy ta'lim tizimini yanada takomillashtirishda 4K konsepsiyasi, tanqidiy-ijodiy fikrlash modullari, dars jarayonlarini loyihalash metodlari, amaliy virtual laboratoriya qonuniyatlari, badiiy matn orqali o'quvchilar ijodkorlik qobiliyatini tarbiyalash muammolarini amalga tadqiq qilgan xorijiy olimlar G.Gardner, E.Bono, J.Piaje, Dj.Dyui, M.Daniels, Dj.Raven, E.Torrens, Dj.Gilford, K.Rodjers, D.Patti, R. Beghetto, J. Kaufman, B.Lucas, E. Spencer, S.Hwang va boshqalarning ilmiy tadqiqi millat bolalariga ta'lim-tarbiya berishda ham o'rganishga arzigulik juhatlarini e'tirof qilish lozim.
Uzluksiz ta'limning har bir bosqichida o'quvchilarning tanqidiy-ijodiy fikrlashini to'laqonli rivojlantirish uchun har bir fan o'z imkoniyatidan kelib chiqib, faoliyat yuritadi. Adabiyot badiiy asar haqida o'quvchini mustaqil fiklashiga sababchi bo'lsa, tabiiy
13 Hwang, S. (2015), Classrooms as Creative Learning Communities: A Lived Curricular Expression, https://digitalcommons.unl.edu/teachlearnstudent/55 (accessed on 26 March 2018).
14 Beghetto, R., J. Baer and J. Kaufman (2015), Teaching for creativity in the common core classroom, Teachers College Press.
15 Csikszentmihalyi, M. (1996), Creativity: Flow and the Psychology of Discovery and Invention, HarperCollinsPublishers, https://books.google.fr/books/about/Creativity.html?id=K0buAAAA MAAJ&redir esc=y (accessed on 26 March 2018).
fanlar asosiy e'tiborni amaliy laboratotiya mashg'ulotlariga, aniq fanlar esa, fan qonuniyatlari va formulalari orqali mantiqiy tafakkurni rivojlantirishga asoslanadi. Mazkur qonuniyatlarni amalga oshirishdan ko'zlangan maqsad ta'lim va tarbiya oluvchini zo'riqtirmasdan katta muvaffaqiyat sari yetaklashdir. Shuning uchun bo'lsa kerak, kreativ - ijodiy fiklovchilar ko'pincha hayot zarbalariga chidamli, har qanday vaziyatda maqbul mulohaza yurita oluvchi shaxs sifatida jamiyatda o'z o'rnini topa oladi.
O'quvchi keriativligini rivojlantirishda o'qituvchi metodik mahoratining o'rnini alohida ta'kidlash lozim. Bunday holatni boshqarish va amalga oshirish haqida metodist olimlar quyidagicha talqin qiladi: O'qituvchi hamma vaqt dars jarayonida qanaqa usulda dars o'tishidan qat'i nazar o'quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olishdan tashqari, iste'dodli va o'ta iste'dodli o'quvchilarni nazardan qochirmasligi shart. Bu fikrlarni bejizga keltirmadik, masalan, o'qituvchi darslikda berilgan mavzu doirasida o'quvchiga kreativ fikrlash orqali vatanparvarlik tuyg'ularini singdirar ekan, 5-sinf darsliklarida berilgan materiallarga diqqat qaratish mumkin. Shu o'rinda, H.Olimjonning "Oygul bilan Baxtiyor" ertagida yaxshilikning yovuzlik ustidan qilgan ezgu tantanasi tasvirlangan. Shukrulloning "Umr haqida ertak" asari g'oyasi o'z Vatanidan quvilgan sayyoh haqida bo'lib, umr inson mehnati, erku faoliyati bilangina o'lchanishi haqida so'z yuritiladi. Sof vatanparvarlik o'z yurti va xalqi uchun amalga oshirilgan ishi bilan o'lchanishiga ishora qilinadi.
"Afsonalar sadosi" ruknida Mirkarim Osimning "To'maris", "Shiroq" afsonalarida o'z vataniga sadoqat ko'rsatib, yurt ozodligi va hurriyati yo'lida kurashgan ajdodlarimizning umumlashma obrazlari, Vatan fidoyisi, xalq qahramonlarining jasorati talqini berilgan. Biroq shu mavzular kengaytirilib, M.Osimning "Temur Malik", "Karvon qo'ng'irog'i", "Elchilar" singari tarixiy asarlari ham umumta'lim dasturiga kiritilsa, vatanparvarlik tarbiyasini kuchaytirishga xizmat qilgan bo'lar edi. Albatta, nomlari keltirilgan asarlarning o'zi shu sinf o'quvchilarida vatanparvarlik, elparvarlik xususiyatlarini shakllantirish uchun kamlik qiladi. Biroq, bizningcha, umumiy o 'rta ta'lim darsliklariga shu materiallarning berilishi ijobiy holatdir. Bu borada A.Ribnikovaning quyidagi fikrini nazardan qochirib bo'lmaydi: "Metodika - bu vaqtni tejay olish, o'quvchilar imkoniyatidan oqilona foydalanish, sinf jamoasining mehnatini tashkil etish san'ati. U har bir o'quvchiga individual yondashish orqali ta'sir etish tizimidir".
Darslik o'quvchi uchun eng asosiy manbalardan biri bo'lib qolaveradi.
Haqiqatdan, yaxshi darslik, mukammal dars, puxta bilim, o'quvchilarning ijodiy tafakkurini yuksaltirish bilan birga ular olajak bilimlarning hajmi va sifatini ham kafolatlaydi.
O'quvchi uchun darslik ijodkorlarning ibratli hayot yo'liga qiziqish uyg'otuvchi, mustaqil faoliyat yuritishga yo'naltiradigan, ijodkorlikka, izlanishga
. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 2IST CENTURY
TASHKENT. 0-8 MAY 2024
yordam beradigan vosita hisoblanadi. Ayrim mulohazalar o'rnida mavzu tanlanishida quyidagilarga e'tibor qaratilsa, maqsadga muvofiq bo'ladi:
a) ijodkorning tan olinganlik darajasi va xos mutafakkirligi;
b) o'zi yashagan davri bilan aloqadorligi;
v) ijodkorning uslubi, ijodiy yo'lidagi bosqichlar ketma-ketligi;
g) uning ijtimoiy hayotga va adabiyot rivojiga (tarixiga) qo'shgan hissasi.
Milliy ta'lim tizimi muqobil darsliklarga ehtiyoj sezar ekan, Darslikda berilgan matnlar (badiiy asarning o'zi), qo'shimcha materiallar (tarixiy davr, ijodkor haqidagi mashhur kishilar tomonidan aytilgan fikrlar); izohlash-tushuntirish materiallari (bosh qahramonning muayyan vaziyatdagi xatti-harakatlari, joy yoki urf-odatlarga bergan izohi, ba'zi termin, tushuncha, izoh va sharhlar) o'quvchilarni vatanparlik ruhida tarbiyalashni ko'zda tutishi kerak.
Uzluksizlik tizimidagi ayrim jihatlar haqida fikr bildirar ekanmiz, tuzilgan o'quv dasturida ta'lim bosqichlari orasidagi uzviylik va uzluksizlikka alohida ahamiyat qaratilgan va kiritilgan mavzularni o'rinli deb hisoblaymiz.
Donishmandlardan biri oqituvchiga shunday o'git beradi: "Bola tarbiyalash uchun sizga topshirilgan: shuni unutmangki, u o'smir, keyin esa yigit bo'lib yetishadi, qarabsizki, erkak ham bo'lib qoladi, shu boisdan, uning qobiliyati takomilini kuzatib boring hamda shunga ko'ra, tarbiya usullaringizni o'zgartirib turing, undan hamisha yuqori turing; aks holda, holingizga voy: bola siz bilan yuzma-yuz turib ustingizdan kuladi. Unga o'rgatar ekansiz, o'zingiz yana ham ko'proq o'rganing, aks holda, u sizni ortda qoldirib ketadi: bolalar tez o'sishadilar".
Demak, o'quvchining ijodiy fikrlashida kitob mutolaasi bilan birgalikda pedagogik mahorat asosida tashkil qilingan darslarni ham asosiy manba deb qarashimiz, shuningdek hamma narsa insonning bilimiga, ma'naviy kamolotiga borib taqalar ekan, bu o'rinda yoshlar o'rtasida mutolaa madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish o'ta zarur vazifaligi o'z-o'zidan ayon bo'ladi.
Ijodiy, mazmunli, interfaol tashkil qilingan har qanday darslar o'quvchilar uchun eng qulay vaziyat va qiziqarli saboqlar hisoblanadi hamda kerativ o 'quvchini tarbiyalovchi muhim omil bo'lib qolaveradi.
ADABIYOTLAR:
[1] Y36eKHCTOH Pecnyö^HKacH npe3HgemuHHHr 2019 HHA 29 anpengarH «Y36eKHCTOH Pecny6nuKacH XanK TaMHMH th3HMHHH 2030 HH^rana рнво®naнтнрнmконцепцннсннн TacgHKnam TyrpHCHga»rH n®-5712-coH ®apMOHH. https://lex.uz/docs/4312785
[2] Y36eKHCTOH Pecny6nuKacH npe3HgemuHHHr 2019 HHÏÏ 30 ceHTa6pgaru «XanK Tat^HMH TH3HMHgaru MaKTa6gaH TamKapu TainHM caMapagopnmuHH Ty6gaH
ошириш чора-тадбирлари тугрисида»ги ПК-4467-сонли Карори// https://lex.uz/docs/4532156
[3] Узбекистан Республикаси Вазирлар Махкамасининг 2017 йил
[4] 6 апрелдаги «Умумий урта таълимнинг давлат таълим стандартини тасдиклаш тугрисида»ги ВМК-187 сон карори. https://lex.uz/ru/docs
[5] Узбекистан Республикаси Вазирлар Махкамасининг «Умумий урта ва урта махсус касб-хунар таълимининг давлат таълим стандартларини тасдиклаш тугрисида»ги Карори. Узбекистан Республикаси конун хужжатлари туплами. 2017 йил, 14-сон. https://lex.uz/docs/3153714
[6] Узбекистон Республикаси Вазирлар Махкамасининг 2018 йил 8 декабрдаги «Халк таълими тизимида таълим сифатини бахолаш сохасидаги халкаро тадкикотларни ташкил этиш чора-тадбирлари тугрисида»ги карори. 2018 йил, 8 декабрь. https://lex.uz/docs/4097073
[7] Узбекистон Республикаси Президентининг
2017 йил 13 сентябрдаги «Китоб махсулотларини нашр этиш ва таркатиш тизимини ривожлантириш, китоб мутолааси ва китобхонлик маданиятини ошириш хамда таргиб килиш буйича комплекс чора-тадбирлар дастури тугрисида»ги ПК-3271-сон Карори // Узбекистон Республикаси конун хужжатлари туплами. - Тошкент: 2017, 38-сон, 1029-модда.
[8] Узбекистон Республикаси Президентининг
2018 йил 14 августдаги «Ёшларни маънавий-ахлокий ва жисмонан баркамол этиб тарбиялаш, уларга таълим-тарбия бериш тизимини сифат жихатидан янги боскичга кутариш чора-тадбирлари тугрисида»ги ПК-3907-сон Карори.
[9] Umumiy о'rtа tа'limning МШ1у о'quv dаsturi. Аdаbiyоt. Lоyihа. - Toshkent, 2021. - 62 Ь.
[10] Выготский Л. С. Воображение и творчество в детском возрасте. - Москва: Просвещение, 1991. -436 с.
[11] Гальперин П. Я. Психолого-педагогические проблемы профессионального обучения. - Москва: МГУ, 1979. - 208 с.
[12] Давыдов В. В., Выготский Л. С. Воображение и творчесто в детском возрасте. Психологический очерк. - Москва: Просвещение, 2006. - 93 с.
[13] Волков И. П. Приобщение школьников к творчеству: Из опыта работы. - Москва: Просвещение, 1982. - 144 с.
[14] Выготский Л. С. Воображение и творчество в детском возрасте. - Москва: Просвещение, 1991. -436 с.
[15] Дереклеева Н. И. Научно-исследовательская деятельность в школе. - Москва: Вербум-М, 2001. -4-6 с.
[16] Ильин Е. П. Психология творчества, креативности, одаренности. - СПб.: Питер, 2009. -300 с.