BOSHLANG'ICH TA'LIMDA YANGI AVLOD DARSLIKLARIDA INTEGRATSIYANING AHAMIYATI Ro'ziyeva Nigora Kamtarovna
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2-kurs tayanch doktoranti
[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.10802434
Annotatsiya. Boshlang'ich ta'limda o'quvchiga alohida e'tibor talab etiladi. Ayni damda bola o'quvchi sifatida maktabga, ta'limga qiziqish va mehrni his qilish bilan bir qatorda, bilim yo'lida kelajakdagi natijalar uchun kuch to'play boshlaydi. Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarida 4K ko'nikmalarini shakllantirish imkoniyatlari ko'rsatilgan. Shuningdek, maqolada integratsiyalashgan yondashuv asosida darslarni samarali tashkil etish bo'yicha maslahatlar berilgan. Integratsiyalashgan usulda tashkil etilgan darslarda o'quvchilar o'tilayotgan mavzularni tez va oson o'zlashtiradilar va uzoq vaqt xotiralarida saqlaydilar.
Kalit so'zlar: Boshlang'ich ta'lim, milliy o'quv dasturi, 4K modeli, kollabaratsiya, kreativ fikrlash, tanqidiy fikrlash, kommunikatsiya, integratsiya.
Abstract. In the period of primary education, a child requires careful attention. At this moment, the child as a student, feels interest and love for school and education, and in the path of knowledge begins to gather strength for future results. In this article, the possibilities of forming 4С skills in elementary school students are outlined. Also, this article provides tips on how to organize lessons effectively based on an integrated approach. In lessons organized in an integrated way, students learn these topics quickly and easily, and they remain in their memories for a long time.
Keywords: Primary education, national curriculum, 4C model, collaboration, creativity, critical thinking, communication, integration.
Аннотация. В период начального образования ребенок требует пристального внимания. В этот момент ребенок, будучи учеником, чувствует интерес и любовь к школе и образованию и на пути познания начинает собирать силы для будущих результатов. В данной статье изложены возможности формирования навыков 4К у учащихся начальной школы. Также в этой статье даны советы, как эффективно организовать уроки на основе комплексного подхода. На уроках, организованных комплексно, учащиеся усваивают эти темы быстро и легко, и они надолго остаются в их памяти.
Ключевые слова: начальное образование, национальная учебная программа, модель 4K, коллаборация, креативность, критическое мышление, коммуникация, интеграция.
"Yangi O'zbekiston"da bugun barcha jabhalarda o'zgarishlar ro'y bermoqda. Xususan, ta'lim sifatini tubdan oshirish maqsadida o'qituvchilar uchun o'quv dasturlari, uslubiy qo'llanmalar ilg'or xalqaro mezonlarga moslashtirilib, boshlang'ich sinflarda davlat ta'lim standard o'rniga ilg'or xorijiy tajribaga asoslangan, bolaga ortiqcha yuklama ortmaydigan "Milliy o'quv dasturi" joriy etildi. Boshlang'ich ta'lim tizimidagi bunday o'zgarishlar darslarning interaktiv va samarali bo'lishini ta'minlamoqda. Shuningdek, darsda integratsiya jarayonini amalga oshirishga qaratilgan, o'quvchining dunyoqarashini kengaytiruvchi mavzu va mashqlar mavjud. Maktablarda ta'lim sifati ko'p jihatdan yaratilayotgan darsliklarga
bog'liq. Ya'ni, ta'lim standartlariga javob berishi, o'quvchini qiziqtirishi, fanga mehrini uyg'otishi kerak.
Prezidentning 2022-yil 11-maydagi "2022-2026-yillarda xalq ta'limini rivojlantirish milliy dasturini tasdiqlash to'g'risida"gi qarori bilan tasdiqlangan Milliy o'quv dasturi har bir sinf bosqichi yakunida o'quvchilardan kutilayotgan natijalar va bir sinfdan keyingi sinfga o'tish va o'quvchi nimaga erishishi kerakligi va baholash jarayonini tushuntirish bo'yicha yo'l-yo'riq ko'rsatadigan hujjatdir. Milliy o'quv dasturida quyidagilar yetakchi o'rinni egallaydi: izchillik, uzviylik, uzluksizlik, jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, fan va ilg'or texnologiyalarni rivojlantirish, xalqaro ta'limning bugungi holatini hisobga olgan holda ta'lim mazmunini jahon standartlariga moslashtirish, fan va ta'lim integratsiyasini ta'minlash.
Jamiyat taraqqiyoti uchun ilg'or fikrlaydigan, qat'iyatli, maqsad sari intiluvchan, mustaqil qarorlar qabul qiladigan, muammolarni ijobiy hal eta oladigan shaxslar zarur. Bunday shaxslar iqtisodiyotni rivojlantirishi, jamiyatni boshqarishi va hayotimizni o'zgartirishi mumkin. Milliy o'quv dasturida XXI asr ko'nikmalarini singdirish orqali ana shunday shaxslarni tarbiyalashga harakat qilinmoqda.
Fan va texnikaning jadal rivojlanishi, dunyoning globallashuvi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi odamlarning dunyoqarashini, muvaffaqiyatga erishish yo'llarini, inson iste'dodi, qobiliyati, ijtimoiy faolligini o'zgartirib, jamiyatning asosi bo'lib xizmat qilmoqda. Bu holat yurtimizdagi har bir o'quvchini jamiyatda raqobatbardosh, intiluvchan ijtimoiy-iqtisodiy muhitga moslasha oladigan, faol, barkamol, yuksak bilimlarga ega bo'lgan, aqliy va ma'naviy jihatdan yetuk qilib shakllantirish davlatimiz oldida turgan vazifalardan biridir.
Ma'lumki, xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq, ilg'or xorijiy tajribalar asosida 1-4-sinf darsliklari "4k" modeli asosida yangidan tayyorlandi. "4K" modelidan foydalanish ko'plab sinovlardan o'tdi. Ushbu zamonaviy yondashuv Singapur, Xitoy, Angliya, Finlyandiya, Estoniya kabi ilg'or ta'limga ega mamlakatlarda muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Shuningdek, PISA va PIRLS kabi xalqaro reytinglarda yuqori o'rinlarni egallagan mamlakatlar ta'lim sohasida "4K" modeli o'z ichiga olgan komunikatsiya, tadqiqot, kreativlik kabi ko'nikmalarga alohida e'tibor qaratilmoqda va shuning uchun ham ular xalqaro reytinglarda yuksak natijalarga erishmoqda.[1]
Mamlakatimizdagi boshlang'ich sinflarda amalga oshirilayotgan yangi tajribada o'quvchilarning tanqidiy fikrlashi, o'z fikrini erkin bayon eta olishiga ko'proq ahamiyat berilmoqda. Ushbu metodologiya bolalarni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan bo'lib, to'rtta asosiy kompetentsiyani o'z ichiga oladi.
Kollabaratsiya - o'quvchilarda jamoada ishlash ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam berish uchun mo'ljallangan. Bu talabalarga hamkorlik, samarali muloqot va o'zaro yordam ko'nikmalarini o'rganishga yordam beradi.
Kommunikatsiya - o'quvchilarning boshqalar bilan muloqot qilish qobiliyatini rivojlantiradi. O'quvchilar o'z fikrlarini aniq va ravshan ifodalashga, suhbatdoshni tinglashga va tushunishga, ma'lumot uzatishda til vositalaridan unumli foydalanishga o'rganadilar.
Kreativ fikrlash - ijodiy fikrlash va yangilik yaratish qobiliyatini rivojlantiradi. Talabalar o'z maqsadlariga erishish uchun yangi yondashuvlardan foydalanishni o'rganadilar, innovatsion yechimlarni ishlab chiqadilar va ijodiy muammolarni hal qilish ko'nikmalariga ega bo'ladilar.
Kreativ fikrlash - bu metodologiya talabalarda ma'lumotni tanqidiy baholash, o'z fikr va mulohazalarini shakllantirish ko'nikmalarini rivojlantirishni o'z ichiga oladi. Talabalar muammolarga analitik nuqtai nazardan yondashishni o'rganadilar va mantiqiy fikrlash asosida o'z nuqtai nazarini shakllantiradilar.
Agar biz ushbu muhim kompetensiyalarni rivojlantirmoqchi bo'lsak, ta'lim jarayonini bolalar uchun qiziqarli va foydali tarzda tashkil etishimiz kerak. Maktabdagi har bir dars o'quvchilarning fan mazmunini o'zlashtiribgina qolmay, mustaqil bilim olishi, qobiliyatini rivojlantirish jarayonidir. Umuman olganda, bu yangiliklar yanada samarali, zamonaviy va shaxsga yo'naltirilgan ta'lim muhitini yaratishga xizmat qiladi va o'quvchilarning shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish, ularga chuqur bilim va ko'nikma berish uchun zamin yaratadi[3].
Boshlang'ich sinflarda "4K" kompetensiyalarini rivojlantirishda ta'lim muhitining holati, o'quv jarayonini tashkil etish usullari, kasbiy ko'nikmalarni o'rgatish va o'qitish texnologiyalari va usullari, o'quvchilar bilan o'zaro munosabatlar shakllariga e'tibor qaratishimiz kerak. Shuningdek, "4K" kompetentsiyalarini baholashga ijodiy yondashish kerak, lekin shu bilan birga, oqibatlar, foyda va xavflarni baholash, eng muhimi, o'z ishining natijalari uchun javobgarlik haqida unutmaslik kerak. An'anaviy ta'lim muammolarni ketma-ket hal qilishni, ularni boshqarilishi mumkin bo'lgan vazifalarga bo'lishni o'rgatadi. Ammo zamonaviy jamiyatlarda bu yetarli emas.
Hozirgi zamonda dunyoqarashning keng bo'lishi, turli bilim sohalaridagi fikrlarni sintez qilish, noaniq bog'lanishlarni ochish juda muhim. An'anaviy ta'lim o'quvchilarning individual harakatlariga va yutuqlarni individual baholashga tayanadi. Zamonaviy sharoitda bu etarli emas.
Darsliklarni yaratishda bolalarning ruhiy holati ham hisobga olinadi. Ular ijodkorlik va fikrlash qobiliyatini oshirish uchun rasm va illyustratsiyalardan keng foydalanadilar. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, bola ma'lumotni matndan ko'ra tasvirlar orqali tezroq oladi. Shuning uchun yangi darsliklar yaratishda matnlar bilan bir qatorda rasmlarga ham alohida
e'tibor beriladi. Yangi darsliklarda oltita grafik qahramonlar mavjud. Dars davomida ular o'quvchilar bilan g'oyibona suhbatlashadilar, savol-javob qiladilar, turli topshiriqlar beradilar.
O'qituvchining asosiy quroli darslikdir. Amaldagi darsliklar eng yangi ilg'or pedagogik texnologiyalar asosida yaratilgan. Agar alifbo kitobini oladigan bo'lsak, mashq kitobi unga moslashtirilgan, ya'ni bir-biriga parallel ketadi. Mashq faqat daftarga yozishdan iborat emas, o'quvchilar mantiqiy fikrlashni ham o'rganadilar: yetishmayotgan harflarni, so'zlarni topadilar, rasmlar asosida gaplar tuzadilar. Alifbo davridan ijodiy fikrlash va fikrlarni ifodalashga moslashadilar. Ijodiy ish yozishda 3D rasmlar beriladi, ular asosida bola o'z fikrlarini tasvirlashi mumkin. Umuman olganda, darsliklar bola tushunadigan, kreativ yondashgan holda yaratilgan. 1-sinfda o'tilgan mavzular keyingi sinflarda takrorlanib boradi. Bu mavzular haqidagi ma'lumotlar kengayib, ilmiy jihatdan boyitilib boraveradi.
Bu darsliklarning yana bir yangiligi shundaki, masalan, matematika darsliklarida mantiqiy fikrlash va o'quvchilarning o'z ustida ishlashiga qaratilgan misol-masalalar ko'p berilgan. Darslikda asosiy mavzudan tashqari yondosh mavzudan ham foydalaniladi. Agar o'lchovlar haqida gapiradigan bo'lsak, O'zbekiston Respublikasi hududi, viloyatlari, daryolar soni kabi ma'lumotlar yondosh mavzu sifatida berilgan. Bu holat bevosita fanlar o'rtasida integratsiyani yuzaga keltiradi. Yangi avlod darsliklarida barcha fanlar bir-biri bilan chambarchas bog'liq, ya'ni bir-birini to'ldiradi.
Boshlang'ich sinflarda fanlarni integratsiyalashgan holda o'qitish dars samaradorligini oshiradi, vaqtdan unumli foydalanishga olib keladi, darsni chuqur o'zlashtirishga yordam beradi, bo'sh vaqtni ko'paytiradi va yangidan yandi bilimlarni egallashga zamin yaratadi. Boshlang'ich ta'limda ona tili, o'qish, tabiiy fanlar(science) darslari integratsiyasini ko'rib chiqaylik. Masalan, 3-sinfda 1-mavzu vatan haqida bo'lib, o'qish, tabiiy fanlar(science), ona tili va matematika darsliklarida shu mavzu berilgan. Keling, ushbu darsliklarni birma-bir ko'rib chiqaylik. O'qish kitobida 1-mavzu "Vatan madhi dillarda" deb berilgan, vatan haqida matn va unga oid lug'at so'zlar, turli topshiriqlar berilgan. Ona tili kitobida asosiy mavzu "Nutq" bo'lib, mavzuga doir barcha mashqlarda esa vatan, davlat ramzlari, vatanimiz allomalari berilgan. Matematika darsligida asosiy mavzu "1 dan 100 gacha bo'lgan sonlar", yondosh mavzu esa "O'zbekiston Respublikasi", mavzuga oid masala, misol, diagramma va jadvallarda mamlakatimizning shaharlari, daryolari, tabiati, viloyatlarning umumiy maydonlariga doir topshiriqlar berilgan. Tabiiy fanlar (science) darsligining mavzusi "Yozni eslab" bo'lib, undagi savollar, topshiriqlar, rasmlarda yurtimizning so'lim joylari, O'zbekiston cho'llari va xaritasi tasvirlangan. Bu bolaga mavzuni yaxshiroq tushunishga yordam beradi, uni kengroq va chuqurroqo'zlashtirishga imkon yaratadi va uni uzoq vaqt eslab qolishga yordam beradi. Bu dars samaradorligini oshiradi.
Xulosa qilib aytganda, integratsiya mavjud mavzuni kengaytiradi, chuqur tahlil qilishni talab qiladi, hodisalarni umumlashtiradi, o'quvchilarning bilim doirasi boshqa fanlar hisobiga kengayadi. O'z navbatida integratsion dars o'qituvchidan qo'shimcha tayyorgarlik, katta bilim, yuksak kasb mahoratini talab qiladi. Integratsion darsning asosiy xususiyati shundan iboratki, bunday dars bir mavzuga asoslangan bo'lib, u asosiy yo'nalish hisoblanadi, qolganlari u bilan uzviy bog'liq bo'lib, o'rganishdagi jarayonlar, o'quv predmeti mazmunini tushunish, uning mazmunini anglashda hayot bilan munosabatda bo'lish, olingan bilimlarni amalda qo'llashda foydalaniladi.
REFERENCES
1. 1. Бацунов С.Н., Дереча И.И., Кунгурова И.М., Слизкова Е.В. Modern Determinants of Development soft skills // Концепт. 2023. No 4. С. 198-207. DOI 10.24 422/MCITO.2018.4.12 367. (in Russ.).
2. Tojiyev B.B. (2024), Boshlang'ich sinfo'quvchilarida 4K ko'nikmalarini shakllantirish. ISSN: 2181-4066 DOI Journal 10.56017/2181-4066
3. Umarov B. Educational Development And "Future Skills". The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2021/1, p. 78
4. Madaminova I.R. (2023), Boshlang'ich ta'limda integratsiya https://newjournal.org/index.php/01/article/view/9676/9375
5. Boymurodova Nodirabegim Bahodirqizi (2023), Boshlang'ich ta'limda milliy o'quv dasturi va yangi avlod darsliklarini amalga oshirishning didaktik asoslari. https://journal.buxdu.uz/index.php/journals_buxdu/article/view/10974/7093
6. https://kun.uz/news/2023/11/13/ilgor-pedagogik-texnologiyalar-asosida-yaratilgan-oqituvchi -yan gi -darslikl ar-haqida
7. https://daryo.uz/2023/10/14/yangi-avlod-darsliklari-boshlangich-sinf-darsliklarining-afzalliklari-va-jamoatchilik-etirozlari-haqida-video