Научная статья на тему 'KIMYO DARSLARIDA 4K KOMPETENTSIYALARDAN FOYDALANISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH.'

KIMYO DARSLARIDA 4K KOMPETENTSIYALARDAN FOYDALANISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH. Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
45
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Texnologik innovatsiya / pedagogik innovatsiya / axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) / talabalarga yo‘naltirilgan ta’lim / dizayn va tadqiqot faoliyati / o‘yin texnologiyalari / elektron ko‘rgazmalar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nurmurodova Munisa Azamat Qizi, Sh.H.Raxmatilloyeva

Ta’limda o‘quv laboratoriya xonalarida o‘quvchilarga kimyoviy tajribalarni o‘tkazishda kompetentsiyasining tuzilmaviy komponentlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni fanda kimyoviy birikmalarni o‘quvchilarga yanada tushunarli va chuqurroq o‘rgatishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, fanga bo‘lgan qiziqishni oshirishdan iboratdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KIMYO DARSLARIDA 4K KOMPETENTSIYALARDAN FOYDALANISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH.»

KIMYO DARSLARIDA 4K KOMPETENTSIYALARDAN FOYDALANISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO'LLASH.

1Nurmurodova Munisa Azamat qizi, 2Sh.H.Raxmatilloyeva

1Buxoro davlat pedagogika institute Tabiiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi, 2Buxoro davlat pedagogika instituti, Kimyo yo'nalishi 3-kurs talabasi 1Email: [email protected], 2Email: [email protected] 1Tel: +998 (93) 083-80-30, 2Tel: +998 (99) 456-36-44 https://doi.org/10.5281/zenodo.10677686

Annotatsiya, Ta'limda o'quv laboratoriyaxonalarida o'quvchilargakimyoviy tajribalarni o'tkazishda kompetentsiyasining tuzilmaviy komponentlari to'g'risidagi ma'lumotlarni fanda kimyoviy birikmalarni o'quvchilarga yanada tushunarli va chuqurroq o 'rgatishda zamonaviy axborot texnologiyalaridanfoydalanish, fanga bo'lgan qiziqishni oshirishdan iboratdir.

Kalit so'zlar: Texnologik innovatsiya, pedagogik innovatsiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), talabalarga yo'naltirilgan ta'lim, dizayn va tadqiqot faoliyati, o'yin texnologiyalari, elektron ko'rgazmalar.

Аннотация. В образовании использование современных информационных технологий при преподавании химических соединений в науке учащимся в более понятной и глубокой форме, информирование учащихся о структурных компетенциях компетентности в проведении химических экспериментов в учебных лабораторных кабинетах, к науке является повысить интерес.

Ключевые слова: Технологические инновации, педагогические инновации, информационно-коммуникационные технологии (ИКТ), студенческо-ориентированное образование, проектно-исследовательская деятельность, игровые технологии, электронные выставки.

Abstrsct. In education, the use of modern information technologies in the teaching of chemical compounds in science to students in a more comprehensible and deeper way, information about the structural competences of competence in conducting chemical experiments to students in educational laboratory rooms, to science is to increase interest.

Keywords: Technological innovation, pedagogical innovation, information and communication technologies (ICT), student-oriented education, design and research activities, game technologies, electronic exhibitions.

Ta'limda maktab o'quv laboratoriya xonalarida o'quvchilarga tajribalarni kompetentsiyaviy usullar doirasida mavzularni tushuntirib berish. Qolaversa o'quvchilarning kimyo fanidan qiziqishini uyg'otish to'g'risidagi metodlar, zamonaviy axborot texnologiyalari asosida o'quvchilarga 3D hamda 4K ko'rinishdagi modellar asosida ularga birikmalarning tuzilishini ko'rsatish to'g'risida fikrlar keltirilgan.

Boshlang'ich ta'lim - shaxs shakllanishi davrining eng muhim bosqichi. Bu davr bola ong ostida olamni anglash, tasavvur va bilimlar poydevorini tiklash pallasi bo'lgani uchun ham nozik e'tibor talab etadi. Ayni shu pallada bola o'zida «o'quvchi shaxsi»ni yaratadi, maktabga va ta'lim olishga nisbatan qiziqishni, mehrni tuyadi, ilm yo'lidagi kelgusi natijalar uchun kuch to'plashni boshlaydi. Bu esa, zamonaviy pedagogika oldidagi doimiy va murakkab masala sifatida darsliklarning g'oyaviy, tarbiyaviy va ma'rifiy saviyasiga jiddiy yondashishni talab etadi.

Pedagogik tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, pedagogika oliy ta'lim muassasalari (OTM)da "Kimyo" (bakalavriat) yo'nalishi bo'yicha ta'lim olayotgan talabalarning "Umumiy kimyo"

kursini o'qish jarayonida, amaliy mashg'ulotlarning umumiy o'rta, o'rta maxsus va kasb-hunar ta'limi kimyosi mazmunidagi laboratoriya ishlari va eksperimentlami mustaqil ravishda o'tkazish, ularni amalga oshirishga ijodiy yondashishlarida ayrim kasbiy muammolar sezilmoqda. Ushbu muammolarning tahlili, bo'lajak kimyo o'qituvchilarining laboratoriya mashg'ulotlarini mustaqil o'tkazish tayyorgarligi, ko'nikma va malakalari yuqori darajada emasligini namoyon etmoqda. Bundan umumta'lim, o'rta maxsus va kasb-hunar ta'limi muassasalarida kimyo fanini o'qitish jarayonida laboratoriya mashg'ulotlarini yuqori darajada olib borish uchun talabalar bilan individual ishlash muhimligi kelib chiqadi.

Xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida o'qitish metodikasini takomillashtirish vazifasi belgilangan. Shunga muvofiq, darsliklarni yangilash bo'yicha muayyan ishlar bajarildi. Xususan, ilg'or xorijiy tajribalar asosida 1-4-sinf darsliklari yangidan "4K" modeli asosida tayyorlandi. "4K" modelidan foydalanish ko'plab sinovlardan o'tgan, muhimi, zamonaviy yondashuvdir. Biz avvallari bolalarning yozuviga ko'proq e'tibor qaratganmiz, diktantlar yozdirganmiz.

Yangi tajriba bilan esa o'quvchilarning tanqidiy fikrlashi, o'z fikrini erkin bayon eta olishiga ko'proq ahamiyat beriladi. Ushbu yangi zamonaviy maktab darsliklari innovasion yondashuvni taqdim etadi. Bu metodologiya bolalarning har tomonlama rivojlanishiga qaratilgan bo'lib, to'rt asosiy kompetensiyalarni o'z ichiga oladi.

Yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslar laboratoriya mashg'ulotlarining o'quvchilar tomonidan o'zlashtirishida yuqori samara bera olmaydi. Chunki laboratoriya va amaliy mashg'ulotlarni o'tkazish, avvalo, o'quvchilarning shu fandan olgan nazariy bilimlarini mustahkamlashga xizmat qiladi, turli sifat va miqdoriy reaksiyalarning rang va miqdor o'zgarishi bilan borishi, cho'kma tushishi va gaz ajralishi bilan boradigan tajribalarni ko'rganda va bajargandagina to'laroq tushunadi. Kimyoviy eksperiment nafaqat o'quvchilarda uni o'tkazishga oid ko'nikma va malakalarni shakllantiradi, balki o'quvchilar tomonidan egallangan bilimlarning haqqoniyligini asoslab beradi. Shuning uchun kimyo amaliy mashg'ulotlarini axborot kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanib tashkil qilish bir qancha afzalliklarga ega.

Kollaboratsiya - darsliklar o'quvchilarning jamoada ishlash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradigan tarzda tuzilgan. Bu o'quvchilarga hamkorlik qilish, samarali fikr almashish va o'zaro qo'llab-quvvatlash ko'nikmalarini o'rganishga ko'maklashadi.

Kommunikativlik - darsliklar o'quvchilarning boshqalar bilan muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan. O'quvchilar o'z fikrlarini aniq va ravshan ifodalash, suhbatdoshni tinglash va tushunish, ma'lumotni yetkazishda til vositalaridan unumli foydalanishni o'rganadilar.

Kreativ fikrlash - darsliklar ijodiy fikrlash va yangilik qilish qobiliyatini rivojlantiradi. O'quvchilar o'z maqsadlariga erishish uchun yangi yondashuvlarni qo'llashni o'rganadilar, innovatsion yechimlar ishlab chiqadilar va ijodiy muammolarni hal qilish ko'nikmalariga ega bo'ladilar.

Kritik fikrlash - ushbu metodologiya o'quvchilarning axborotni tanqidiy baholash, o'z fikri va mulohazalarini shakllantirish ko'nikmalarini rivojlantirishni o'z ichiga oladi. O'quvchilar muammolarga analitik nuqtai nazardan yondashishni o'rganadilar va mantiqiy fikrlash asosida o'z nuqtai nazarini shakllantiradilar.

Ushbu muhim kompetensiyalarni rivojlantirishga yordam berishni istasak, o'quv jarayonini bolalar uchun qiziqarli va foydali tarzda tashkillashtirishimiz kerak. Maktabdagi har bir dars o'quvchilar faqat fan mazmunini o'zlashtiradigan emas, balki mustaqil bilim oladigan va qobiliyatini rivojlantiradigan jarayondir.

Amaliyotda AKTdan foydalanishning afzalliklarini kimyo darslarida va darsdan tashqari ishlarda faol o'quv jarayonini qo'llab-quvvatlash uchun ishlatilishi mumkin. Shuning uchun, kimyo ta'limida videodarslarning quyidagi afzalliklari mavjud, masalan:

o maktab kimyo laboratoriyasida mavjud bo'lmagan eksperimentlarni ko'rish;

o masofaviy seminarlar va laboratoriya ishlari, shu jumladan cheklangan imkoniyatlarga ega bolalar va hududiy masofaviy maktab o'quvchilari bilan o'zaro aloqalar;

o ish tezligi, reagentlarni tejash;

o maktab o'quvchilarining bilim olishga bo'lgan qiziqishini kuchaytirish.

o har bir darsdan oldin barcha o'rnatishni qayta to'plashning hojati yo'q, asboblarni tekshirish uchun vaqt sarflash, ularni joyiga qo'yish;

o xavfsizlik texnikasi normal sharoitdan ko'ra ancha yuqori;

o qisqa vaqt ichida turli xil bir nechta eksperimentlar ko'rishingiz, so'ngra natijalarni umumlashtirishingiz va xulosalar chiqarishingiz mumkin;

o namoyish vaqtini sekinlashtirish yoki tezlashtirish mumkin.

PISA, PIRLS kabi xalqaro reytinglarda yuqori o'rinlarni egallagan davlatlar ta'limida o'quvchilarda "4K"ni o'z ichiga olgan muloqot, tadqiqot, yaratuvchanlik kabi ko'nikmalarga alohida urg'u berilgan va shuning uchun ham ular xalqaro reytinglarda katta natijalarga erishishyapti.

Yangi innovatsion yondashuvni O'zbekiston maktablarida joriy etishdan oldin xorijiy tajribalar ham o'rganildi. Singapur, Xitoy, Angliya, Finlandiya, Estoniya kabi ta'limi ilg'or mamlakatlar o'quvchilarda 4K tamoyilini o'z ichiga olgan XXI asr ko'nikmalarini rivojlantirishga asosiy e'tibor qaratadi.

Yangi yondashuvni qo'llay olish asosan o'qituvchilarga bog'liq. Shuning uchun ham yaqinda Toshkentda Respublikadan yig'ilgan 300 dan ortiq trener o'qituvchilar tayyorlandi. Ular mamlakatdagi boshqa barcha o'qituvchilar malakasini oshirishga yordam beradi.

Yangi innovatsion yondashuv natijasini o'quvchining dunyoqarashi, fikrlashi o'sishida ko'rish mumkin. XXI asr o'quvchisi portretida XXI asr ko'nikmalari bo'lishi kerak. Innovatsion yondashuvni qo'llashdan asosiy maqsad ham shu. Qolaversa, ta'limning asosiy maqsadi -o'quvchilarga nafaqat bilim berish, balki olgan bilimlarini hayotda qo'llay olishga o'rgatishdan iborat.

Ta'lim o'qituvchi va o'quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati bo'lib, shu jarayonda shaxsning taraqqiyoti, uning ma'lumoti va tarbiyasi ham amalga oshadi. Darslarda o'qituvchi o'z bilimi, ko'nikma va malakalarini mashg'ulotlar vositasida o'quvchilarga yetkazadi, o'quvchilar esa uni o'zlashtirib borishi natijasida undan foydalanish qobiliyatiga ega bo'ladi. O'rganish jarayonida o'quvchilar o'zlashtirishning turli ko'rinishlaridan foydalanishadi, ya'ni o'zlashtirilayotgan ma'lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash hamda amaliyotga tatbiq etishda o'ziga xos tafovutlarga tayanadi. Ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchilarlarning dars paytidagi hamkorligi, o'quvchilarning mustaqil ishlashi, sinfdan tashqari ishlar shaklida ta'lim va tarbiya masalalari hal etiladi.

Ta'limning maqsadi jamiyat ehtiyojiga mos ravishda shakllanadi. Shunday ekan, ta'lim-tarbiya maqsadi mos va mutanosib bo'lishi kerak. Ilmiy adabiyotlarda ta'limning maqsadi imkoniyatlaridan to'g'ri, aniq, o'rinli foydalanish ko'nikma va malakalarini hosil qilish, mantiqiy-ijodiy tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ savodxonlikni oshirish, milliy g'oyani singdirish,

sharqona tarbiyani shakllantirish, shaxsni ma'naviy boyitishdan iboratligi ta'kidlangan. Ta'limiy maqsad asosida o'quvchilarda mustaqil fikrlash, og'zaki va yozma savodxonlikni oshirish, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish orqali ularning muloqot madaniyati takomillashtiriladi. Tarbiyaviy maqsad asosida esa ma'naviy, g'oyaviy, nafosat tarbiyasi beriladi. Til o'rganish jarayonida xalqning madaniy-axloqiy qadriyatlariga yaqinlashtirish imkoni paydo bo'ladi.

Ulug' donishmandlardan biri «...kelajak tashvishi bilan yashasang, farzandlaringga yaxshi bilim ber, o'qit», degan ekan. Yurtimizda ta'lim-tarbiya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqiqiy ma'noda bir-ikki yillik yoki qisqa davrda samaraga erishishga qaratilgan ish emas, balki chin ma'noda bir necha yuz yillarga tatiydigan o'zgarish bo'ldi, desak xato bo'lmaydi. Bu prezidentimizning kelajagimiz, kelajak avlodimiz haqida qayg'urib, yurtimizning barcha farzandlari - mening farzandlarim, ular bizlardan ko'ra kuchli, bilimli va albatta baxtli bo'lishlari kerak, degan g'oyasi zamirida donishmandlarcha siyosat yotganini ko'rsatadi.

Ma'lumki, ta'limda ilg'or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalarini tatbiq etish o'quv mashg'ulotlarining samaradorligini oshiribgina qolmay, ilm-fan yutuqlarini amaliyotda qo'llash orqali mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, har tomonlama barkamol yuksak ma'naviyatli shaxsni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday bo'lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o'quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o'rgatilgan bo'lsa, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topish, mustaqil o'rganish va fikrlash, tahlil qilish, hatto yakuniy xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishga o'rgatadi. O'qituvchi bu jarayonda shaxs rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Bugungi kunda ta'limda «Aqliy hujum», «Fikrlar hujumi», «Tarmoqlar» metodi, «Sinkveyn», «BBB», «Beshinchisi ortiqcha», «6x6x6», «Bahs-munozara», «Rolli o'yin», FSMU, «Kichik guruhlarda ishlash», «Yumaloqlangan qor», «Zigzag», «Oxirgi so'zni men aytay» kabi zamonaviy texnologiyalar qo'llanmoqda.

Dars mashg'ulotlarida o'yin-topshiriqlarni takrorlash yoki mustahkamlash darslarida foydalanilsa ijobiy natija beradi. O'yin-topshiriqning qaysi bir turini tanlash darsning turiga, sinf o'quvchilarining o'yin-topshiriqlarni bajarishga o'rgatilganlik darajasi, ularning bilim saviyasi, mustaqil ijodiy ishlash imkoniyatlari, o'rganilganlarni xotirada tez tiklay olishi, ijodkorlikning qay darajada shakllanganiga ham bog'liq bo'lishi kerak.

Ta'limda o'quvchi shaxsini fikrlashga, o'zgalar fikrini anglash va shu fikrni og'zaki hamda yozma shaklda savodli bayon eta olishga o'rgatish masalasiga e'tibor qaratilgan bo'lib, mustaqil fikrlaydigan, nutq madaniyati rivojlangan savodxon shaxsni kamol toptirish asosiy o'rin egallaydi. Millatning turmush tarzi, madaniy yaratuvchanligi uning boy tarixiy merosi asosida o'rganiladi.

Bugungi kun o'qituvchidan ilg'or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalaridan o'quv jarayonida foydalanishni talab etmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib, tajribalarimiz asosida dars mashg'ulotlarida interfaol metodlarni qo'llash orqali ta'lim-tarbiya berish yo'llariga doir fikrlarimizni bayon etamiz. O'ylaymizki, u o'quv mashg'ulotlari samaradorligini oshirishda hamkasblarimizga amaliy yordam beradi. Shuningdek, o'quvchilarni o'z yo'nalishini tanlash va mustaqil hayotga tayyorgarlik ko'nikmalarini shakllantirishdek mas'uliyatli vazifani bajarishda ularning yaqin ko'makchilardan biriga aylanadi.

XXI asr o'quvchisi uchun zarur ko'nikmalarini o'rgatuvchi model - 4K haqida

Yangi o'quv yilidan boshlab boshlang'ich sinf o'quvchilari yangi avlod darsliklari asosida ta'lim oladi. Darsliklarning asosiy xususiyatlaridan biri - ularning 4K tamoyili asosida ishlab chiqilganidadir. Ya'ni bu tamoyilda quruq ma'lumotlarni yodlatish yoki shunchaki o'qish/yozishni o'rgatish bilan cheklanilmaydi. O'quvchilar nafaqat fanlarni, balki XXI asrda zarur bo'lgan hayotiy ko'nikmalarni ham o'rganadi.

Yangi model yaxshi ishlashi uchun qanday sharoit kerak?

"4K" modeliga asoslangan innovatsion yondashuv maktablarda qo'llash uchun alohida sharoitlar talab etmaydi. Masalan, o'quvchilarda tanqidiy fikrlash qobiliyati savol-topshiriqlar bilan, muloqot ko'nikmasi esa savol-topshiriqlar va mashg'ulotlar orqali rivojlanadi. Maktablarda bu usullarni ishlatish uchun sharoit yo'q deb aytish noto'g'ri.

Yangi yondashuvni qo'llay olish asosan o'qituvchilarga bog'liq. Shuning uchun ham yaqinda Toshkentda respublikadan yig'ilgan 300 dan ortiq trener o'qituvchilar tayyorlandi. Ular mamlakatdagi boshqa barcha o'qituvchilar malakasini oshirishga yordam beradi.

Yangi innovatsion yondashuv natijasini o'quvchining dunyoqarashi, fikrlashi o'sishida ko'rish mumkin. XXI asr o'quvchisi portretida XXI asr ko'nikmalari bo'lishi kerak. Innovatsion yondashuvni qo'llashdan asosiy maqsad ham shu. Qolaversa, ta'limning asosiy maqsadi -o'quvchilarga nafaqat bilim berish, balki olgan bilimlarini hayotda qo'llay olishga o'rgatishdan iborat.

Xulosa

Ilm maktab ostonasidan boshlanadi deyilishi bejiz emas. Chunki inson butun umri davomida oladigan bilim, ko'nikma, malakani boshlang'ich sinflarda maktab partasida egallaydi.

Boshlang'ich maktab - inson hayotidagi butunlay yangi sahifa ekanligi uchun ham o'ta muhimdir. Bu yoshda bola uchun yangi olam bo'lmish maktab davri, bilim olish bosqichi boshlanadi. Aynan shu pallada o'quvchining maktabga nisbatan mehrini qozonish, ta'limga qiziqtira olish uning kelgusidagi muvaffaqiyatlari uchun asos bo'ladi. Bu esa oson ish emas.

Maktabga endigina qadam qo'ygan bolalarga yangi darsliklar tayyorlashda "4K" modelidan foydalanish ko'plab sinovlardan o'tgan, muhimi, zamonaviy yondashuvdir. Biz avvallari bolalarning yozuviga ko'proq e'tibor qaratganmiz, diktantlar yozdirganmiz. Yangi tajriba bilan esa bolalarning tanqidiy fikrlashi, o'z fikrini erkin bayon eta olishiga ko'proq ahamiyat beriladi.

REFERENCES

1. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardayev A. "Ta'limda innovatsion texnologiyalar " Amaliy tavsiyalar. - T: -- Istedod jamg'armasi, 2008.

2. Olimov Q.T. "Pedagogik texnologiyalar". — T: — Fan va texnologiyalar nashriyoti, 2011.

3. " Biz bilgan va bilmagan kimyo" M. Primqulov, R.Ziyayev, B.Akbarov, U.Haydarov— O'qituvchi nashriyoti-matbaa ijodiy uyi Toshkent 2011.

4. Бабашев, Ф. А. (2018). Реформы, нацеленные на дальнюю перспективу. Вопросы науки и образования, (1 (13)), 118-119.

5. Джураев, Б., & Шодмонов, Ш. А. (2014). Правовое воспитание учеников подросткового возраста в различных видах деятельности. In Педагогика: традиции и инновации (pp. 189-191).

6. Кузнецов В.И. Эволюция представлений об основных законах химии. М.; Наука, 1967, 311 с.

7. Omonov N.N., Jo'rayev M.M. Maktabda kimyo amaliy mashg'ulot darslarini AKT dan foydalanib tashkil etish (7-8-sinflarda). "Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida" mavzusidagi 8-sonli respublika ilmiy konferensiyasi 2023. T 8. №.8. 44-47 betlar.

8. Saminova M. T. et al. Ta'limda AKT va undan foydalanish //Science and Education. 2022. Т. 3. №. 4. с. 708-710.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.