XX ASRNING SO'NGGI CHORAGI O'ZBEK SHE'RIYATIDA OLOV
TIMSOLI IFODASI
Dilfuza Erkinovna Tajibaeva
Namangan davlat universiteti Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent
tojiboyeva.dilfuza66@gmail.com
ANNOTATSIYA
Maqolada XX asrning so'nggi choragi o'zbek she'riyatining iqtidorli vakillaridan Shavkat Rahmon, Xurshid Davron, Usmon Azimlar ijodida qo'llanilgan ramziy- majoziy timsollar tahlilga tortilgan va shoirlar ijodida qo'llanilgan olov poetik timsoli tadqiq etilgan.
Kalit so'zlar: o'zbek she'riyati, ramziy- majoziy timsollar, poetik timsol, badiiy idrok, mavzu, g'oya, ifoda uslubi, shoir iste'dodi, emotsionallik.
ABSTRACT
In the article, the symbolic and figurative symbols used in the work of Shavkat Rahman, Khurshid Davron, Usman Azimlar, among the talented representatives of Uzbek poetry of the last quarter of the 20th century, were analyzed, and the poetic symbol of fire used in the works of poets was studied.
Keywords: Uzbek poetry, symbolic and figurative symbols, poetic symbol, artistic perception, theme, idea, style of expression, poet's talent, emotionality.
KIRISH
XX asr o'zbek she'riyatining iqtidorli vakillaridan Shavkat Rahmon, Xurshid Davron va Usmon Azimlar bir davrda yashab ijod qilganligi, mavzu, g'oyalar mushtarakligiga qaramay, aynan badiiy idrok va ifoda uslubining o'ziga xosligi bilan o'zbek adabiyotida o'z o'rniga ega. Bu o'ziga xosliklar shoir iste'dodi tabiati va ularning rang-barang timsollari orqali namoyon bo'ladi. Ayniqsa she'riyatda qo'llanilgan ramziy-majoziy timsollar ma'no anglatishda, she'rga ta'sirchanlik, yuksak emotsionallik baxsh etishda muhim rol o'ynaydi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Ma'lumki, badiiy timsol orqali san'at va adabiyotda inson tasvirlanadi. Yoki, boshqacha qilib aytganda, badiiy shaklda aks ettirilgan manzara va xarakterlar san'at va adabiyotda poetik timsol vositasida gavdalantiriladi. Timsol tushunchasi o'z xarakteri, mazmuniga ko'ra murakkab va keng qamrovlidir. Bugungi adabiyotshunoslikda "badiiy obraz", "lirik
November, 2024
366
obraz", "poetik obraz", "poetik timsol" kabi atamalar deyarli bir ma'noda qo'llanilmoqda. Shuningdek, hozirgi o'zbek she'riyatidagi poetik timsol turlari: lirik xarakter, tarixiy xarakter, tabiat obrazi, ramziy-majoziy (metaforik, allegorik) timsol tushunchalari haqida so'z yuritilganda ham, asosan, poetik timsol mohiyatidan kelib chiqib nazariy xulosalar qilinmoqda. Bunday nazariy qarashlar asosida A.A.Potebnya nazarda tutgan badiiy ijodning uch omili: tashqi shakl, ichki shakl va mazmun hamda ularning poetik ifodasi bo'lgan so'z, obraz - timsol, g'oya - niyat yotadi. [3;175-176]. G.N.Pospelov nazariy poetika ob'ektini belgilar ekan, asarning tarkibiy jihatlari sifatida obraz, syujet va epitet (va umuman, tasvir vositalari) ning shunchaki mavjudligini emas, balki ularning o'zaro aloqadorligi va bu aloqadorlikning asar strukturasida aks etishini, ya'ni uslubni vujudga keltirishdagi ishtirokini o'rganishni tavsiya etgan. [2;42-43]. Shuning uchun ham biz poetik uslub haqida so'z yuritishdan avval uning namoyon bo'lish shakli - timsol ekanini ta'kidlaymiz va uslubning o'ziga xosligini ko'rsatuvchi omil sifatida poetik timsol tushunchasiga yuzlanamiz.
Poetik timsol, bu ijodkor tomonidan akslantirilgan voqea-hodisalar, insoniy xususiyatlarning asardagi ko'rinishi va ifodasidir. Poetik timsol orqali biz tabiat va jamiyatdagi mavhum tushunchalarni jonli tasavvur qila olamiz. Ijodkor badiiy adabiyotning tasvir ob'ekti bo'lgan inson hayotini umumlashtirib tasvirlaydi va o'zining badiiy-estetik ideallari, xayollari, o'y-kechinmalari va tafakkuridagi shuurni poetik timsollar yordamida yuzaga chiqaradi. Badiiy asarda borliqdagi voqea-hodisalarni jonlantirish, o'xshatish, qiyoslash va ulardagi insonga xos xususiyatlarning namoyon bo'lishida ham poetik timsol muhim rol o'ynaydi.
Mazkur maqolada mavzuni yoritishda tarixiy-qiyosiy va tipologik tahlil usullaridan foydalanilgan.
TAHLILLAR VA NATIJALAR:
Shavkat Rahmon ijodida ramziy ma'noda qo'llangan poetik timsol turlarining ham o'ziga xos ifodasi kuzatiladi. Shoir bir she'rida olov poetik timsolini yaratadi va o'zining ichki his-tuyg'ularini oshkor etadi: Lablarimni kuydirib o'pdim, oxir senga yetishdim, olov! Titrayotgan kuchli qo'limda Hilpiraydi bamisli yalov . [6;60].
Ma'lumki, olov yonayotgan pallada hech narsani ayab o'tirmaydi. Borliq, tabiat, hayvonot dunyosi, insoniyatni ham bir zumda qulga aylantirishi hech gap emas. Olov - kuch, qudrat ramzi. She'riyatda olov timsoli kurash, kuch-qudrat ramzi sifatida qo'llaniladi. Yuqoridagi she'rda shoir qalbining ichki tug'yonlari kurashi va yurakning olov bo'lib
November, 2024
367
yonish darajasiga yetishi kuzatiladi. Shoirning ichki "men"i olov bilan o'zini kuchli, qudratli sezadi.
Yolqiningda qayragin, isit qishki osmon kabi ko'zimni. Senday qo'hna isyonkor bilan qudratliroq sezdim o'zimni . [6;60].
Xurshid Davron ijodida o'tmish voqea-hodisalariga yuksak ma'naviy nazar bilan boqish, boshqalardan ham mana shu e'tiborni talab qilish kabi munosabatlar borki, bu har qanday insonni millat tarixini himoya qilishga, milliy qadriyatlarni e'zozlashga undaydi. U moziy sahifalarini bilmay turib bugunni anglab bo'lmasligini yaxshi tushunadi. Shunday tuyg'u va kechinmalari uni Samarqanddagi ozodlik haykali qoshiga olib keladi: Xazonlar...
Xazonlar boqqa hukmron, Tillarang bo'yoqqa bo'yalgan olam. Ozodlik haykalin qoshiga bu on Ezgu o'ylarimni olib keldim men. [5;66]. Shoirning tashrifi oltin kuz fasliga to'g'ri kelyapti. Chunki shoir tasvirlaganidek Tillarang bo'yoqqa bo'yalgan olam da, ya'ni kuzda inson xayollari uzoqlarga ketadi. U mana shu daqiqalarda ozodlik uchun, erk uchun kurashgan botirlar ruhi bilan suhbatlashishni maqsad qiladi: Bu yerda ko'ksimga iztirob bitgan Qissalar toshini irg'itib, tinib, Shu qutlug' zaminning qo'ynida yotgan Botirlar ruhini chorlayman yonib . [5;66].
Shoir ko'z o'ngida birdan tarix, o'tmish qayta jonlanadi , undagi erlarning ovozlari qulog'iga eshitiladi. Yerdan yaproqlarga qonlar sachraydi va endi shoir xayolida: Daraxtlar erk deya kurashgan lashkar, Qo'liga inqilob bergan yalovdek, Daraxtlar erk deya navqiron askar, Yongan, ozodlikning qalbi-olovdek. Daraxtlardagi holat lirik qahramon qalbini ham zabt etadi. Uning yuragiga o't bo'lib kiradi.. Bu o't, olov shoir qarshisida guvillab yonadi , uning uchqunlarini shamol ko'kka uchiradi.Bu misralarda shoir daraxtlarni erk deya kurashgan lashkarga erk deya talpinayotgan navqiron askarga o'xshatadi. Shoir ramziy timsolning yetakchi xususiyatidan foydalanadi. Ramz obrazli ifodaning bir ko'rinishi sifatida namoyon bo'ladi. Ozodlik! Tilingda hayqiriq bo'lgan So'zni kim o'chirar qabrtoshlardan?! Ozodlik! Uyqusiz ko'zingga to'lgan Terday achchiq, qonli va sho'r yoshlardan. - deya, ozodlikning o'chmas, mangu qiyofasini gavdalantiradi. Shoir bobolarini ozodlik qarshisidagina tiz
November, 2024
368
cho'kib o'lganligini, faqat ozodlikkagina tiz bukkanini ta'kidlaydi Haykal ostida yonib turgan olovni shoir olov ozodlik undirgan giyoh deb ataydi. Bu olovning taftidan yurak yonadi, olov yurak shakliga kiradi.
She'rdagi daraxt, giyoh, olov kabi ramziy timsollarning yana bir muhim vazifasi shuki, u lirik qahramon ruhiyatida tug'yon uyg'otadi. Shoir xayollari ozodlik uchun kurash olib borgan, hayotini erk uchun tikkan o'tmishdagi ota-boblarining ruhidan forig' bo'la olmaydi. She'rda daraxt, giyoh, olov kurash ramzi sifatida kelayotgani ravshan.
Usmon Azim she'riyatida ham "olov" poetik timsolini kuzatish mumkin. Shoirning "Bir daraxtning so'nggi qo'shig'i" nomli she'rida daraxt poetik timsoli orqali hayotda omadi kelishmagan, o'z yashash tarzidan ko'ngli to'lmagan, omadsiz kishining majoziy timsoli ifodalanadi. Uning "sumbati egri", "gullari" qalblarni ham hayajonga solmaganligi, mevasiga ham hech kim mehr qo'ymaganligini kuylaydi va "Alvido!" deya vidolashadi:
Alvido! Men endi maqsadga yetdim, Bog'doshlar, so'ng yo'lga kuzating, qani... Men o'tin bo'lgani uzlatga ketdim, Men ketdim, do'stlarim, olov bo'lgani! [4;17].
O'z hayotidan hech ko'ngli to'lmay yashagan daraxt bu dunyoni tark etmoqda. U bog'doshlari bilan xayrlashib, so'nggi yo'lga kuzatib qo'yishlarini so'ramoqda. Daraxt kesildi, u endi o'tin bo'lishini biladi. Ammo o'tin bo'lishdan qo'rqmasdan, aksincha, bu holatni xursandchilik bilan qarshi olmoqda. Chunki u o'tindan olovga aylanishini yaxshi biladi. Endi uning keyingi hayoti butunlay boshqacha tarzda davom etishi mumkin. Endi katta kuch-qudratga ega olov yonib yashaydi.
Usmon Azimning yana bir she'ri "Yonayotgan odam" deb nomlanadi. She'rda ko'chada ketib borayotgan, qalbi olov bo'lib yonayotgan "gulxan odam" timsoli gavdalanadi. U ko'chada paydo bo'lishi bilan gulxanning tafti, ya'ni issiq havo odamlar yuziga urila boshlaydi. Buni sezgan kimdir darrov o'zini chetga oladi, kimdir qo'lini yuziga to'sadi, kimdir teskari qaraydi. Bir qiz bo'lsa dugonasini soyaga tortadi, issiqdan yuzimizga dog' tushmasin, - deydi. Yana kimdir o'zini avtobusga ursa, kimdir magazinga qarab yo'lini buradi. Odamlar: Axir, hozirgina tinch edi olam, Qaydan paydo bo'ldi, bu gulxan odam? Qanday yaxshi edi bugungi havo! Shaharga lovullab chiqdi bir balo..." deya g'azablanishadi. "Yonayotgan odam" esa gurkirab ko'chadan mag'rur boraveradi:
Mangu olov kabi gurkirab, bardam, Ko'chadan borardi yonayotgan odam. O'tga topshirgandi bardoshin, kuchin, Hatto aytolmasdi:
November, 20241
- Axir, siz uchun... [4;125].
She'rda isyonkorlikning ramziy va majoziy ko'rinishlari ifodalanadi. Bu qahramon haqiqat va ezgulik yo'lida o'zini qurbon qilishga, xalq manfaatlarini himoya qilishga, adolatsizlik va har qanday razilliklarga qarshi kurashishga tayyor isyonkor xarakterning majoziy ko'rinishidir. Olov timsoli esa ramziylik kasb etadi. Chunki olov va olov rang - kuch-g'ayrat, shijoat, yoshlik, jasurlik ramzi. Ko'chada barchani lol qoldirib yonib borayotgan inson esa ijtimoiy hayotdagi muammolarga befarq bo'lmagan, jasur, mard kishi timsoli. Bu olov bo'lib yonayotgan shaxs o'z dardi bilan emas, balki xalq dardi bilan gulxan bo'lib yonmoqda. Shuning uchun ham shoir Axir, kim yonibdi o'z dardi bilan? Yonsa ham bo'lmagay bunday sha'n gulxan, - deydi. Olov bo'lib yonish yashamoqlikni, o'zini anglagan holda olg'a qarab intilmoqlikni bildiradi. Har qanday tuzumda ham xalq fidoyilari mavjud bo'lgan. Bunday kishilar xalq uchun, uning istiqboli uchun jonini fido qilganlar. Usmon Azim fantaziyasidagi mana shu poetik timsol o'zligini millati uchun, Vatanining istiqboli uchun bag'ishlagan isyonkor kishi timsolidir. Muallif ham butun xalqqa murojaat etib: Xaloyiq, yaqin bor, angrayma beshon! Sen ham unga qo'shil! Olov bo'lgin! Yon! deya hayqiradi. Shoir yaratgan bu timsol xarakteridagi bunday isyonkorlik, jasurlik, mardlik hamma insonlarda ham bo'lishi mumkin emas. Lekin ana shu bitta inson boshqalarni ham loqaydlikdan, befarqlikdan qutqara oladi. O'zining xatti-harakatlari bilan mudroq qalblarni uyg'otadi.
XULOSALAR:
Xurshid Davron zamon muammolarini betakror ramziy-majoziy timsollar orqali ifodalar ekan, daraxt, giyoh, olov kabi ramziy timsollarning yana bir muhim vazifasi shuki, u lirik qahramon ruhiyatida tug'yon uyg'otadi. Shoir xayollari ozodlik uchun kurash olib borgan, hayotini erk uchun tikkan o'tmishdagi ota-boblarining ruhidan forig' bo'la olmaydi. She'rda daraxt, giyoh, olov timsollari kurash ramzi sifatida ramziylik kasb etadi. Bunday ramziy-majoziy timsollar vositasida shoirning tuyg'ulari o'zgacha lavha, o'zgacha manzara yaratadi
Shavkat Rahmon zamon bilan hamnafas ijodkor. Jamiyatning ijtimoiy, siyosiy va ma'naviy tomonlariga chuqur nigoh bilan nazar tashlaydigan, hayot zaminida paydo bo'ladigan illatlarni, muammolarni to'g'ri anglab yetadigan, loqaydlikdan nafratlanadigan, tuyg'ulari samimiy va yashovchan shoir. Shoir she'riyatida olov timsoli kurash, kuch-qudrat ramzi sifatida qo'llaniladi. Yuqoridagi she'rda shoir qalbining ichki tug'yonlari kurashi va yurakning olov bo'lib yonish darajasiga yetishi kuzatiladi.
Usmon Azim she'rlarida isyonkorlikning ramziy va majoziy ko'rinishlari ifodalanadi. Shoir ifodasidagi olov bo'lib
November, 2024
370
yonayotgan shaxs o'z dardi bilan emas, balki xalq dardi bilan gulxan bo'lib yonib borayotgan shaxsdir. Bu qahramon haqiqat va ezgulik yo'lida o'zini qurbon qilishga, xalq manfaatlarini himoya qilishga, adolatsizlik va har qanday razilliklarga qarshi kurashishga tayyor isyonkor xarakterning majoziy ko'rinishidir.
REFERENCES
1. Арасту. Поэтика. Ахлоки кабир. Риторика. - Тошкент: Янги аср авлоди, 2011. - Б. 20.
2. Поспелов Г.Н. Вопросы методологии и поэтики. - Москва: Изд-во МГУ, 1983. - С. 42-43.
3. Потебня А.А. Эстетика и поэтика - Москва: Наука, 1976. - С. 175-176.
4. Усмон Азим. Сайланма. - Тошкент: Шарк, 1995. - 432 б.
5. Хуршид Даврон. Тумариснинг кузлари. - Тошкент: Ёш гаврдия, 1984. -112 б.
6. Шавкат Рахмон. Абадият оралаб. - Тошкент: Мовароуннахр, 2012. - 384 б.
7. Шавкат Рахмон. Сайланма. - Тошкент: Шарк, 1997. 384 б.
8. Тажибаева Д. Шавкат Рахмон шеъриятида рамзий ва мажозий тимсоллар. Узбек филологияси ва уни укитишнинг долзарб муаммолари. - Фаргона, 2013,135 - 136 - б.
9. Тажибаева Д. Interpretations of the symvol "fire" in modern uzbek poetry. nternational Scientific Journal Theoretical & Applied Science p-ISSN: 2308-4944 (print) e-ISSN: 2409-0085 (online) Year: 2019 Issue: 11 Volume: 79 Published: 18.11.2019 P.74-76
10. Тажибаева Д. ХХ асрнинг сунгги чораги узбек шеъриятида поэтик услуб масаласи. Монография. -Тошкент: "Мумтоз суз", 2019.
© О
©
О
November, 2024^ Multidisciplinary Scientific Journal
©
371