Научная статья на тему 'XURSHID DAVRON SHE’RIYATIDA AYOL POETIK TIMSOLI VA MUHABBAT MAVZUSI IFODASI'

XURSHID DAVRON SHE’RIYATIDA AYOL POETIK TIMSOLI VA MUHABBAT MAVZUSI IFODASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

135
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Poetik timsol / o’zbek she’riyati / oksyumaron / usul / antipod / nasr / muhabbat timsoli / she’riyat / adabiyotshunoslik / lirik qahramon

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Dilfuza Erkinovna Tajibayeva

Maqolada XX asr o’zbek she’riyatining iqtidorli vakillaridan biri Xurshid Davron ijodida ayol poetik timsoli va muhabbat mavzusi ifodasi tahlilga tortilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XURSHID DAVRON SHE’RIYATIDA AYOL POETIK TIMSOLI VA MUHABBAT MAVZUSI IFODASI»

XURSHID DAVRON SHE'RIYATIDA AYOL POETIK TIMSOLI VA MUHABBAT MAVZUSI IFODASI

Dilfuza Erkinovna Tajibayeva

Namangan davlat universiteti ,dotsent [email protected]

ANNOTATSIYA

Maqolada XX asr o'zbek she'riyatining iqtidorli vakillaridan biri Xurshid Davron ijodida ayol poetik timsoli va muhabbat mavzusi ifodasi tahlilga tortilgan.

Kalit so'zlar: Poetik timsol, o'zbek she'riyati, oksyumaron, usul, antipod, nasr, muhabbat timsoli, she'riyat, adabiyotshunoslik, lirik qahramon

ABSTRACT

The article analyzes representation of the poetic figure of the woman and the theme of love in Khurshid Davron's poetry, one of the talented representatives of Uzbek poetry of the 20th century.

Keywords: Poetic symbol, Uzbek poetry, oxymoron, method, antipode, prose, symbol of love, poetry, literary studies, lyrical hero

KIRISH

G'arb va Sharq she'riyatining eng ko'hna davrlaridan boshlab yaratilgan asarlarda ayolning oilada tutgan o'rni, uning go'zallik va muhabbat timsoli ekanligi xususida ko'plab she'rlar yozilgan. She'riyat yaralibdiki, shoirning ilhomini keltirgan, hayratini oshirgan ham ayol va uning muhabbati hisoblangan.

XX asr o'zbek she'riyatining iqtidorli vakillaridan biri Xurshid Davron yaratgan lirik she'rlarda ham ayol poetik timsolining turli xil xarakter qirralari ko'z o'ngimizda gavdalanadi. Uning "Shoirning onasi", "Kampir haqida she'r", "Sizga ishonardim", "Meni quvontirar bu kun, bu yomg'ir", "Opa", "Ayol, qayg'u va muhabbat haqida" kabi she'rlari shular jumlasidandir.

ADABIYOTLAR TAHLILI:

Adabiyot tarixini kuzatganda Sharqda ham, G'arbda ham poetik uslub haqida qimmatli kuzatish va ma'lumotlar mavjud ekanligini ko'ramiz. Xususan, Arastu hakim "Poetika" asarida: "Ba'zi kishilar mahorat, ba'zilar malaka sababli, yana ba'zilar tug'ma iste'dodlari tufayli bo'yoqlar va shakllar yordamida ko'p narsalarning tasvirini - o'xshashini

May, 2023

439

yaratadilar. Hozirgina eslab o'tilgan san'atlarning hammasida ham alohida yo ritm, yo so'z va yoxud garmoniya yordamida yoki shularning hammasi uyg'unligida tasvirlaydilar", deb yozgan.[1.20].

Arastu hakim bu o'rinda ijodkorlardagi mahorat, malaka, tug'ma iste'dod kabi o'ziga xosliklar, ijodkor individualligini nazarda tutadi. Ijodkorning o'ziga xos uslubi esa poetik timsollarda yuzaga chiqadi.

Ma'lumki, badiiy timsol orqali san'at va adabiyotda inson tasvirlanadi. Yoki, boshqacha qilib aytganda, badiiy shaklda aks ettirilgan manzara va xarakterlar san'at va adabiyotda poetik timsol vositasida gavdalantiriladi. Timsol tushunchasi o'z xarakteri, mazmuniga ko'ra murakkab va keng qamrovlidir. Bugungi adabiyotshunoslikda "badiiy obraz", "lirik obraz", "poetik obraz", "poetik timsol" kabi atamalar deyarli bir ma'noda qo'llanilmoqda. Shuningdek, hozirgi o'zbek she'riyatidagi poetik timsol turlari: lirik xarakter, tarixiy xarakter, tabiat obrazi, ramziy-majoziy (metaforik, allegorik) timsol tushunchalari haqida so'z yuritilganda ham, asosan, poetik timsol mohiyatidan kelib chiqib nazariy xulosalar qilinmoqda. Bunday nazariy qarashlar asosida A.A.Potebnya nazarda tutgan badiiy ijodning uch omili: tashqi shakl, ichki shakl va mazmun hamda ularning poetik ifodasi bo'lgan so'z, obraz - timsol, g'oya - niyat yotadi. [6.175-76.].G.N.Pospelov nazariy poetika obyektini belgilar ekan, asarning tarkibiy jihatlari sifatida obraz, syujet va epitet (va umuman, tasvir vositalari)ning shunchaki mavjudligini emas, balki ularning o'zaro aloqadorligi va bu aloqadorlikning asar strukturasida aks etishini, ya'ni uslubni vujudga keltirishdagi ishtirokini o'rganishni tavsiya etgan. [7.42-43.].Shuning uchun ham biz poetik uslub haqida so'z yuritishdan avval uning namoyon bo'lish shakli -timsol ekanini ta'kidlaymiz va uslubning o'ziga xosligini ko'rsatuvchi omil sifatida poetik timsol tushunchasiga yuzlanamiz.

Poetik timsol, bu ijodkor tomonidan akslantirilgan voqea-hodisalar, insoniy xususiyatlarning asardagi ko'rinishi va ifodasidir. Poetik timsol orqali biz tabiat va jamiyatdagi mavhum tushunchalarni jonli tasavvur qila olamiz. Ijodkor badiiy adabiyotning tasvir obyekti bo'lgan inson hayotini umumlashtirib tasvirlaydi va o'zining badiiy-estetik ideallari, xayollari, o'y-kechinmalari va tafakkuridagi shuurni poetik timsollar yordamida yuzaga chiqaradi. Badiiy asarda borliqdagi voqea-hodisalarni jonlantirish, o'xshatish, qiyoslash va ulardagi insonga xos xususiyatlarning namoyon bo'lishida ham poetik timsol muhim rol o'ynaydi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Mazkur maqolada mavzuni yoritishda tarixiy-qiyosiy va tipologik tahlil usullaridan foydalanilgan.

May, 2023

440

NATIJALAR VA TAHLILLAR

Xurshid Davron ijodida ham ayol timsoli va muhabbat mavzusi o'zgacha ifoda etiladi. Quyidagi she'rda oshiq yigitning ayriliq dardida azob chekayotganini sezib turgan qizning yigit ko'ziga qarab, jilmayib turishi, xuddi uni "ermak" qilayotgandek "toqati"ni "toq" qilishi ifoda etiladi: "Qanday og'ir sizdan ayrilmoq"! Jilmayasiz ko'zimga boqib. Toqatimni qildingiz-ku toq, Ermak uchun qalbimni yoqib. [5.75.].

Oshiq yigit uchun qizning nayranglari ham sezilmaydi. Uning uchun kecha bilan kunduz, o'ng bilan tush, quvonch bilan qayg'uning orasi yaqin. Shuning uchun tushlarida ham sevgilisini ko'rib chiqadi. Oshiqning ko'nglida muhabbatning yuki misoli sevgilisining surati joylashgan:

O'ngimdagi alamlar kamdek, Tushlarimda o'ylardim sizni Ko'kragimda bamisli g'amdek Ob yuraman suratingizni. [5.75.].

Yigit o'zini "qulfsiz kishanlangan kimsaga o'xshatadi. "Qulfsiz kishan"dan ozod bo'lish uning o'ziga bog'liq. Biroq ozod bo'lish oson ish emas. Chunki bu ish ko'ngil degan qaysar bir sir-u sinoatning izmida. Har safar do'stlari uning holatidan kulishib, hatto dushmani achinish ila qaraganida ana shu qulfi yo'q kishan, yodga tushaveradi:

Va do'stlarim ustimdan kulib, Achinganda menga dushmanim Sizni ko'rsam yodga tushardi Qo'limdagi qulfsiz kishanim. [5.75.].

Shoir Xurshid Davron she'riyatida ayol timsoli goh ona, goh sevikli yor, goh ayyor qiz, goh yetib bo'lmas orzu sifatida gavdalanadi. Shoirning "Meni quvontirar bu kun, bu yomg'ir" deb nomlangan she'rida yomg'irli kun uning kechmishini yodga soladi:

Meni quvontirar seni kutishim -Xonamga sen nogoh kirib kelganda Va menga uyalib mungli kulganda Qo'lingni kaftimda qushdek tutishim. Soyaboning silkib yozib qo'yarman Deya o'ylashim ham quvontiradi, Seni ko'rmaymanu mungli ko'zlaring

May, 2023

441

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

Qarshimda cho'g'dayin yonib turadi. [5.98.].

"She'r - jonli vujud, u yozilmaydi, faqat yaratiladi," [2.99.]. - deya ta'kidlaydi adabiyotshunos olim Botirxon Akramov. She'rda shoir xayolida kechayotgan ichki quvonchning juda go'zal tasviri chiziladi. Sevgilisining xonaga kirib kelishi, unga mungli jilmayishi, qo'lini kaftida tutishi, soyabonini silkib yozib qo'yishi kabilar xuddi o'ngida bo'layotgandek. Shoirning "deya o'ylashim ham quvontiradi" so'zlari uning xayol og'ushida ekanligini anglatadi. She'r so'nggida esa Seni ko'rmaymanu mungli ko'zlaring Qarshimda cho'g'dayin yonib turadi" deya ta'kidlaydi. Uning qalbini, xayolini o'g'irlagan mungli ko'zlarning "cho'g'day" yonib turishi orqali adabiyotshunoslikda oksyumaron deb atalgan usul orqali hayolat yanada jonliroq ko'rsatiladi.

Xurshid Davronning "Sizga ishonardim..." deb boshlanuvchi she'rida ham ishonchini yo'qotgan, aldamchi sevikli yor timsoli va aldangan ko'ngilning alamzada ruhiy holati ifodalangan:

Sizga ishonardim, Sizni sevardim,

Sevardim sevgandek butun olamni. Siz-chi, aldadingiz, Toshdek sovidim -

Bugun esa urdim men o'z bolamni. [5.105.].

Shoirning o'z bolasi - yillab ardoqlab kelgan sevgisi, uni urgani shunchaki sevgidan osongina voz kechgani emas, balki toshdek sovush oldidagi iztirobning ifodasi. Shoir uslubida tuyg'ularning mana shunday tug'yonli holatlari tasvirlanar ekan, satrlar orasida to'ldirilishi lozim bo'lgan nimadir bo'lgani va bo'layotganini she'rxon ilg'ab turadi. Biroq Xurshid Davron nasrdagiday barcha rangin iztiroblarni ketma-ket batafsil tasvirini bermaydi, buni she'r ko'tarmasligini, she'r, aslida, qaynoq ehtiroslar orqali tuyg'ularni bir-biriga ulash mahorati ekanini shoir yaxshi anglaydi. Ayni shu holni ushbu yo'nalishdagi "Ayol, qayg'u va muhabbat haqida" nomli uch qismli she'rida ham kuzatamiz. Shoir dastlab kamsitilgan va xo'rlangan ayol timsolini chizadi, so'ngra uni g'am chekayotgan, yuzlari qayg'uga botgan holda tasvirlaydi. She'rning yakunida esa poetik timsol o'zgaradi: avvalgi xo'rlangan va qayg'uli ayol qalbida muhabbat hukmron. U sevikli yori uchun har qanday ishlarni bajarishga qodir, Muhabbat unga shijoat va g'ayrat ato etganini shoir batafsil bo'lmasa-da, izchil tasvirlaydi:

Men sevaman shivirlar ayol -

Kirlaringni yuvib beraman. Dazmollayman ko'ylaklaringni

May, 2023

Seni quchgan qo'llaгim bilan .[5.18.].

Demak, ayol muhabbati tufayli bu qo'l^ faqat quchishga emas, balki o'z yorining koriga yarashga qodir. Ayol qalbida, vujudida sevgi tiriladi: Bir kun tongda to'shakda yotib Jilmaygancha shivirlasam, bas. "Yuragimning ostida kimdir Xuddi sendek olmoqda nafas". [5.18.].

Ko'rinadiki, Xurshid Davron she'riarida shoirning yoki lirik qahramonning ayolga bo'lgan turli xil munosabati ifodalangan. Ayol har qanday sharoitda ham go'zallik va muhabbatning timsoli bo'lib qolishi she'ráa yaxshi aks etgan.

"Opa" she'rida shoir poetik timsolga murojaat qilishi orqali uning qiyofasini kitobxonga tanishtiradi. Uning buzuq niyati, sotqinligi, qotilligi o'quvchi ko'z o'ngida namoyon bo'ladi:

Opa, jallod kundasida qon Ko'rnoq uchun bizlarni sotding, Qabrin buzib, Necha erlarning

Yana qaytib ko'ksidan otding. [5.40.].

Mustabid tuzum davrida xalqiga xoinlik qilgan, o'zligini, tili va dinini unutgan, bir necha yillar rahbarlik lavozimini egallab kelgan ayol timsoli tasvirlanar ekan, erlarning qabrini buzib, go'yo uni qayta otgandek holati qotillik bilan tenglashtiriladi.

"Shoirning onasi" she'гida yuqoridagi ayolning antipodi - olis qishloqdan shaharga o'g'linikiga kelgan ona timsoli ifodalangan. Ona o'g'lining tinchini mustahkamlash maqsadida qo'lidan kelgan ishlarni qiladi. Farzandlarining kirlarini yuvadi, gullarni parvarish qiladi, nevaralariga ertaklar aytib beradi. U suygan o'g'li oilasining tinchini saqlayotgan pallada o'g'li she^ yozish bilan band bo'ladi. Ammo bir kuni onaning ko'z o'ngi qorang'ilashib, qo'lidagi piyola tushib ketadi va chil-chil sinadi. Shu zahoti yugurib chiqqan o'g'liga ona: "Ketaymi, bolam?" - deydi. Bu she'ráagi ona timsolida farzandi xonadonining tinchi uchun "xavotir" bilan qadam bosayotgan, "nafas olishga" ham qo'гqayotgan mushtipar ona qiyofasi gavdalantiriladi.

XULOSALAR

She'riyatning vazifasi inson va uning muammolari, kundalik turmushdagi voqea-hodisalarni aks ettirishdan iboratdek tuyulgani bilan uning tushunib bo'lmas, ko'z ilg'amas manzillari bisyor. Ana shu manzillarni ko'zlash uchun ijodkorning rangin dunyosiga,

May, 2023

443

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

individual olamiga kirib borish zarur. Shundagina uning o'ziga xosligi, badiiy ijoddagi mahorati birma-bir o'zligini namoyon qila boshlaydi.

Xurshid Davron poetik uslubining o'ziga xosligi shoir kashf etgan badiiy olamda ishonchini yo'qotgan, aldamchi sevikli yor, aldangan ko'ngilning alamzada ruhiy holati, xo'rlangan va qayg'uli ayol qalbidagi muhabbat, farzandi xonadonining tinchi uchun "xavotir" bilan qadam bosayotgan, "nafas olishga" ham qo'rqayotgan mushtipar ona qiyofasi, buzuq niyati, sotqinligi, qotilligi o'quvchi ko'z o'ngida namoyon bo'ladigan "opa" poetik timsollarida gavdalantiriladi.

REFERENCES

1. Арасту. Поэтика. Ахлоки кабир. Риторика. - Тошкент: Янги аср авлоди, 2011.

2. Акрамов Б. Оламнинг бутунлиги. - Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1988- Б.99.

3. Адабиёт назарияси. Икки томлик. - Тошкент: Фан, 1978. - Т.1. - 416 б; 1979. -Т.2. - 445 б.

4. Бобоев Т. Адабиётшунослик асослари. - Тошкент: Узбекистан, 2002. -560 б. 5.. Даврон Хуршид. Бахррдан бир кун олдин. - Тошкент: Шарк, 1997. - Б.18.

6. Потебня А.А. Эстетика и поэтика - Москва: Наука, 1976. - С. 175-176.

7. Поспелов Г.Н. Вопросы методологии и поэтики. - Москва: Изд-во МГУ, 1983. - С. 42-43.

8. http://ww.t-science.org/arxivDQI/2020/n-9m 1-91-73.html

9. http://t-science.org/arxivDQI/2021/06-98/06-98-46.html

10. http://t-science.Org/arxivDQI/2019/11-79/11-79-18.html

11. https://repo.journalnx.com/index.php/nx/article/view/3758/3615

12. https://kutuphane.karabuk.edu.tr/yuklenen/dosyalar/1262142020100354

Б. 20.

May, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.