Научная статья на тему 'AMIR XUDOYBERDI IJODIDA YARALISH, YASHASH VA YANGILANISH BOSQICHLARI: O’ZIGA VA O’ZBEKKA XOS IJOD'

AMIR XUDOYBERDI IJODIDA YARALISH, YASHASH VA YANGILANISH BOSQICHLARI: O’ZIGA VA O’ZBEKKA XOS IJOD Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
75
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ijod / ijodkor / she’r / she’riyat / tasvir / badiiyat / lirik hissiyot / lirik kayfiyat / ijodkorona ishq.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Z. Norboyeva

Ushbu maqolada Amir Xudoyberdi ijodi, shoir she’riyatidagi lirik hissiyot va kayfiyat chizgilari, Vatanga muhabbat va erk masalalarining muallif ijodidagi o’ziga xosliklari tadqiq qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AMIR XUDOYBERDI IJODIDA YARALISH, YASHASH VA YANGILANISH BOSQICHLARI: O’ZIGA VA O’ZBEKKA XOS IJOD»

H

o

n o r

H H

E

c

K H

E

HAYRH

Z. Norboyeva

AMIR XUDOYBERDIIJODIDA YARALISH, YASHASH VA YANGI-LANISH BOSQICHLARI: O'ZIGA VA O'ZBEKKA XOS IJOD

Ushbu maqolada AmirXudoyberdi ijodi, shoir she 'riyatidagi lirik hiss-iyot va kayfiyat chizgilari, Vatanga muhabbat va erk masalalarining muallif ijodidagi o 'ziga xosliklari tadqiq qilinadi.

Kalit so'zlar: ijod, ijodkor, she'r, she'riyat, tasvir, badiiyat, lirik hiss-iyot, lirik kayfiyat, ijodkorona ishq.

Naydan taralgan mayin kuy, tongda esayotgan huzurbaxsh shabada, sokin yangrayotgan alla qanchalik yoqimli bo'lsa, haqiqiy iste'dod bilan bitilgan she'r ham shunchalik hayotbaxshdir. Negaki undagi tasvir qudrati ruhimizni bir lahzada naydagi mungga, mayin epkinlar huzuriga va yoxud alla sehriga tutashtirishi mumkin. She'r tug'ilayotganda unga shoirning his-tuyg'ulari, o'ychan qalbi, baxtdan sarmast xayoloti, ko'nglini yorib chiqishga intilayotgan mehr-u qahrini yashiriqsiz tarzda she'rga ko'chiradi. Bu kayfiyat bevosita asar ta'sirchanlik quvvatini belgilab beruvchi asosiy mezon bo'lib xizmat qiladi. Ba'zan mutolaa qila turib sevimli adibimiz O 'tkir Hoshimov-ning: "Haqiqiy asar yozilmaydi, u tug'iladi" degan so'zlari nechog'liq haqiqat ekanligiga amin bo'lasan kishi. Milliy adabiyotimiz tarixida shu qadar mahorat bilan bitilgan, teran mushohadali, badiiyati istiqbolli asarlar yaratilganki, ular shunchaki hayqirishdan yiroq, yasama jimjimadorlikka begona. Misralar orasiga haqiqat quyoshi ustalik bilan yashiringanki, uni har qancha so'z pardozi ortiga bekitmasin baribir kitobxon ongiga bir hovuch nur bo'lib to'kilaveradi. Bunday asarlar yozish esa haqiqiy ilhom kishisidan katta mahoratni talab qiladi. Ana shunday she'rda shiddatli, so'zda sobit ijodkorlardan biri taniqli shoir, sevimli ijodkorimiz Amir Xudoyberdi. Haq so'zni aytishdan tab tortmaydigan sobitqadam, faqat ko'ngilda tug'ilgan yaratiqni qog'ozga ko'chirgan jonkuyar ijodkor. Erk mavzusida baralla kuylagan chin ma'nodagi haqiqiy insonparvardir. Bu hurfikrlilik uning qonida bor asli. Shoirning qizi Gulruhsor Amir bilan bo'lgan suhbatda u quyidagilarni takidlab o'tadi:" Dadam bizga ham ota, ham ustoz edilar. Nihoyatda oilaparvar inson. Yoshlik chog'larimizdan bizning ta'lim va tarbiyamizga alohida ahamiyat qaratardilar. Ammo hurfikr inson bo'lganliklari uchunmi, bizga keskin chegaralar, ta'qiqlar qo'ymaganlar. Hamisha har ishda maslahat va ko'rsatmalarini ayamaganlar, biroq doim oxirgi qarorni

© Z. Norboyeva, 2022.

o'zimizga qoldirardilar". Demak shoir she'rlarida aks etgan fikrda erkinlik xislati asli uning tabiatida to'laligicha namoyon bo'ladi. Amir Xudoyberdi ijodi o'zgacha, o'ziga xos. Hech kimnikiga o 'xshamagan tasvir, kayfiyatdagi isyonkorlik, so'z qo'llashdagi qatiyat bir dam o'qirmanni esankiratib qo'yadi. Uning she'rlarida kelgindilar bos-qini sabab toptalgan Vatan, "o'zidan chiqqan baloga davo topolmay" yurak bag'ri qon bo'lgan sarsona millat, kunda bir nohaqlikni ko'raverib dil-zaboni majruh elning, jim turmoqqa orlangan shoir ruhiyati o'zaro aralashib original badiiylik kasb etadi. Tarjimayi holim Oddiy. Ismim she'r. Millatim ezgulik, Vatanim yurak. Yoshim-o 'tmish bilan Olis kelajak O'rtasida tugun-Bugun.

Yuqorida keltirilgan misralarda nafaqat ona yurtga mehr, millatga jonkuyarlikni ko 'rish mumkin, balki she'riyatni o'ziga qismat bilgan kuyunchak qalbni ilg'ash qiyin emas. She'rdagi ajoyibot o'ziga xos tarzda aks etgan. "Millatim- ezgulik" hamda "Vatanim-yurak" tasvirlari g'oyat jozibali. Bunda shoir mening millatim ezgulik, qalb ezgu maqsadlarga makon deyish bilan birga sevikli millatini ezgulik nomi bilan atab kelgan. O'zbekning otash qalbi faqat yaxshi o'y-maqsadlar bilan, ezgu g'oyalar bilan qadr-qimmatli ekanini o'ziga xos tarzda ifodalagan. "Vat-anim-yurakda". Vatan ezgu tushuncha, azaliy qadriyat, qimmati tomirimizga tutashib ketgan yurakka yaqin makon. Muallif ushbu tasvir orqali fikrni yanada rivojlantirgan. Vatan bu yurakka yaqin maskan emas, balki yur-akning o'zidir. Vatanni sevish, uni iymon bilan asrash, unga bo'lgan muhabbat yurakda bo'ladi degan izhorlarni aks ettirgandek.

Kasbim-sevish. Azoblanish Maslagim toblanish. Orzuyim-olamni Oq ko'ylakda ko'rish. Ustozim-aldanish. Shogirdim-tashvish.

Sevsa, bu segisi azobga duchor etsa mayli, shu sevgi yo ' lida toblanish uning maslagi. Adashish poyonlarida sarson tentirasin, ammo bu dunyoni oq rangda ko'rsa bas. Muallif bu she'rni ezgulikka tashna qalb, dil to'la or-ziqish, chinakam ijodkorona tuyg'ular bilan bitganligi oshkora tasvirlangan. Aslida dunyo ahlining qalbini oqqa bo'yab qo'yish edi uning maqsadi. Dunyoni oq tusda ko'rmoq edi uning hayotiy maslagi.

Amir Xudoyberdi haqiqiy ma'nodagi Vatan kishisi, Vatanning sodiq va sobit farzandi. U Yurtiga muhabbatini "Men Vatanimni sevaman" deb biror she'rida baralla aytmagan bo'lsa-da anglash qiyin emas. Quyidagi misralar aynan fikrimizning tasdig'idir: Do'stim yo'q, Tanigan dushmanim uchta: Loqaydlik, soxtalik Hamda xiyonat.

Loqayd yurakda hech qachon o't chaqnamaydi. So'niq uchqun elning jonini isitmaydi. Soxta iqrorlardan haqiqat yaralmaydi. Soxta va'dalardan ijobat tug'ilmaydi. Buning elga hech bir nafi tegmaydi. Xiyonatdan esa na bir el, na bir jon yayramagan hech zamon. U faqatgina jonni yoqmoqqa qodir. Shu kungacha joni ming azoblar ichra yongan xalq ne ne xiyonatlarni ko'rmadi. Jonidan yaralgan jondoshlarning xiyonati, shirin til bilan ertangi kunga umid bergan, ammo dam o'tmay o'sha umidni lafzsizlik pichog'i bilan tilkalagan subutsizlar xiyonati, o'zi elga madadkor qilib bergan farzandlarini xilvatda ottirgan davr xiyonati ... Bu kabi eslasang butun yodingni mayib qilib qo'yadigan xotirotlar naqadar mahzun. Yuqoridagi she'rda shoir tomonidan:" Bo'ldi bas, bizga xiyonatdan so'z ochmang. Xiyonat eng taniqli dushmanimizdir" degan mazmundagi, ta'qiq ohangidagi da'vat o'z aksini topgan. Sog'inganim-erk, Sog'inganim-erk! Izlaganim-haq Topmaganim-haq.

Ushbu misralar ijodkorning butun hayoti, ko'ngil dunyosi, maqsad-muddaolaridan so'z ochuvchi bitiklardir. Erkka tashna, Haqdan, haqiqatdan umidvor yurakning zorlanishi, iddaosidir. Shoir she'rlarining deyarli har baytida azal-azaldan o'zbekka xos bo'lgan erkparvarlik, haqparastlik ko'zga tashlanadi. Bu xususiyatni shoirning ijodiy da-stxati deya e'tirof etsak to'laqonli haqli bo'lamiz. Boshimni kundaga qo'yib aytaman, G'aflatdan ko'z ochib, oyoqqa tur, xalq!

She'rning avj pardalarda kuylanishi bevosita xotima misralarida ifodalangan. Misralarda da'vat-chaqiriqning ustuvorligi, ishonchning mustahkamligi tantanavor ruhda aks ettirilgan. Jadid ma'rifatparvari Ab-dulla Avloniy bir o'rinda haq edi: "Xalqni ma'naviyatli qilish uchun uni eng avvalo g'aflat uyqusidan uyg'otish kerak". Darhaqiqat, xalqning mudrab yotgan ko'ngillariga ishonch ruhi bilan ta'sir qilmasa, ma'naviy uyg'oqlikka chorlamasa ming sahifalik qoralamalardan ne foyda. Amir Xudoyberdi ijodi xalqni haq tomon boshlamoq yo'lida hatto boshini kundaga qo'ymoqqa tayyor. Ayni o'rinlarda haqiqiy Vatan fodoiysi, haqiqiy she'riyat jonkuyari timsoli mohirona chizilgan. Ushbu misralardagi shoirning oshkora jasoratiga qoyil qolsak arzirlidir.

Bu kabi iqrorlar, yurt taqdiri yo'lida o'zini fido etishlar shoir badiiyatida ko'plab, takror uchraydi. Uning she'riy asarlari badiiy tafakkurimizda yanada kengliklar talab qiladi. Bir she'r mutolaasi sababchi bo'lgan taajjubni yengishga ulgurmay, yangi bir she'rida aytilgan yangicha fikr hayratimizning ikki karra ortishiga sabab bo'laadi. Bu kabi holatlar shoirning badiiy mahoratining puxtaligidan dalolat beradi.

Shoirning "Sarkash" she'ri o'zining badiiy barkamolligi, tasviriy originalligi, shoirona izhoriyligi bilan diqqatga sazovor. Unda ulkan dil, ozodlikka chanqoq shoir ruhiyati, hayot tahdidlariga yengilmas chin inson qonidagi qay-noqlik akslangan.

Otasin beliga sig'madi Sig'madi onasin qorniga. Tug'ildi, Yashadi, Nihoyat Sig'madi uyiga, Olamga.

Lahadga ko'mdilar sig'madi, Maysa bo'lib chiqdi qabridan. Quyoshga osilib yig'ladi, Shamollar uyg'ondi dardidan. Va o'zi ham daydi shamolga Sarkash, u hech qachon sig'maydi. Jo bo'lmas na biror makonga, U nimani giryon izlaydi.

Bir shiddat dunyoga keldiki, otasin beliga, onasin qorniga-da sig'madi. Yorug' olamlar unga torlik qildi. Uning shaxdidan dunyolar yaratilishga qodir. Oxir uning ovozini bo'g'ish, qaddini bukish uchun tor lahadga tiqdi-lar, zora jismini majruh, ruhini yo'qlik olamiga mahkum qilsa. Yo'q. unga kor qilmadi. Maysa bo'lib yer yuziga bosh chiqardi. Endi uning shiddati bir necha marta oshgan, qasosi qattiq, maqsadi oliy. Shoir she'rda ruhi isyonga moyil inson obrazini chizayotgandek. Asar mohiyatiga yanada yaqinroq borilsa, berkitib bo'lmas haqiqatning badiiy timsolini yaratgan. Zotan, haqiqat qanchalik berkitilmasin. Baribir yuzaga qalqiydi. U shunday kuchki,yer ostidan-da tepchib chiqishga qodir. Haqiqat zamon, makon tanlamaydi. U chegara bilmaydi. Shoirning "Sarkash" she'ri bizga yuqorida aytib o'tilgan fikrlarni, haq va haqiqat haqidagi azaliy qonuniyatlarni xotiramizda qayta jonlantiradi va qalbimizda haqgo'ylik qo'shig'i bo'lib kelsa ajab emas.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Amir Xudoyberdi. Evrilish. Saylanma. Yangi asr avlodi. Toshkent. 2002

2.O'tkir Hoshimov. Daftar hoshiyasidagi bitiklar. Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi. Toshkent. 2013

3. library. ziyonet. uz

NORBOYEVA ZARINA - Qarshi davlat universiteti, Filologiya fakulteti talabasi, Qarshi davlat universiteti, Filologiya fakulteti talabasi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.