INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 j ISI: 0.539 j VOLUME 2, ISSUE 1, 2024
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
XX ASR BOSHIDAGI IJTIMOIY-TARIXIY JARAYONNING O'ZBEK TILIGA
TA'SIRI
Raxmatova Dilafruz Nusratilloyevna
Samarqand davlat chet tillar instituti katta o 'qituvchisi, Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori PhD, e-mail: [email protected]
Annotatsiya: XIXasr oxiri XXasr boshlarida Turkistonda ro'y bergan ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma'naviy hayot o'zbek tili tarkibiy qismining keskin o'zgarishiga sabab bo'ldi. Bu hol, tabiiyki, jadid adabiyotida ham namoyon bo'ladi. Birinchidan, shu paytgacha adabiy me'yor sanalgan arab, fors-tojikcha so'zlarning ishlatilishida turli cheklovlarning paydo bo'lganligi kuzatilsa, ikkinchi tomondan Turkistonga rus tilining kirib kelishi bilan namoyon bo'ladi. Rus tili orqali Yevropa tillarining kirib kelishi esa o'zbek tilining lug'at tarkibi yanada boyishiga sabab bo'ldi. Samarqandjadidchilik maktabi vakillari asarlari tilini tahlil qilish orqali ijodkorning tildan foydalanish mahoratini kuzatish mumkin.
Kalit so'zlar: Turkiston, ijtimoiy-tarixiy jarayon. "usuli savtiya" jadid maktablari, darsliklar, til va til taraqqiyoti, badiiy obrazlat tili, dialektizm, jargon so'zlar
https://doi.ors/10.5281/zenodo.13387488
Аннотация: Общественно-политическая, культурная и духовная жизнь, происходившая в Туркестане в конце XIX - начале XX века, вызвала резкое изменение структуры узбекского языка. Естественно, эта ситуация находит отражение и в современной литературе. Во-первых, отмечается появление различных ограничений в употреблении арабских, персидско-таджикских слов, считающихся до сих пор литературной нормой, а во-вторых, это проявляется внедрением в Туркестан русского языка. Внедрение европейских языков через русский язык еще больше обогатило словарный запас узбекского языка. Анализируя язык произведений представителей самаркандской джадидской школы, можно наблюдать мастерство использования языка джадидами.
Ключевые слова: Туркестан, общественно-исторический процесс. Современные школы «усули савтия», учебники, язык и языковое развитие, язык художественных образов, диалектизм, жаргонные слова.
Abstract: The socio-political, cultural and spiritual life that took place in Turkestan at the end of the 19th - beginning of the 20th century caused a sharp change in the structure of the Uzbek language. Naturally, this situation is reflected in modern literature. Firstly, there is the emergence of various restrictions in the use of Arabic, Persian-Tajik words, which are still considered the literary norm, and secondly, this is manifested by the introduction of the Russian language into Turkestan. The introduction of European languages through the Russian language further enriched the vocabulary of the Uzbek language. Analyzing the language of
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
the works of representatives of the Samarkand Jadid school, one can observe the mastery of the use of language by the Jadids.
Key words: Turkestan, socio-historical process. Modern schools "usuli savtiya", textbooks, language and language development, language of artistic images, dialectism, slang words.
Kirish. Tilshunoslikda Matnning tili va uslubiyatini tahlil qilish orqali insoniyat ma'naviy madaniyatining tarixi va mohiyatini o'rganish mumkin. Uslubiyat tilshunoslikning tildan foydalanish uslublarini o'rganadigan tarmog'i sifatida til uslublari, nutq uslublari, janr uslublari, ma'lum bir yozuvchining individual uslubini tadqiq qiladi. Tilning ifodaviy vositalarini va ulardan turli nutqiy munosabatlarda foydalanish usullarini o'rganadi. Shunga ko'ra tilshunos olimlar uslubiyatni uch turga bo'lib tadqiq qilishni tavsiya etadilar1 . Unga ko'ra: a) til uslubiyati; b) nutq uslubiyati; c) matn uslubiyatiga bo'lib o'rganish mumkin. Til uslubiyatini funksional uslubiyat sifatida til birliklarining ma'lum sharoitdan tashqaridagi holati o'rganiladi. Nutq uslubiyati tilning ijtimoiy hayotda, ma'lum shaklda qo'llanishiga qarab ajratiladi. Matn uslubiyati amaliy uslubiyat deb ham yuritiladi. Bunda matn uslubi, yozuvchi uslubi, adabiy oqim uslubi o'rganiladi. Matnda til faqat fikr shakli bo'lib qolmay, balki badiiy obraz unsuri sifatida ham qaraladi. Matnda har qanday til fakti badiiylik vazifasini bajarishi mumkin. Bunga adabiy tilga kirmagan dialektizmlar, jargonlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Til materialining vazifasi matnda o'zgaradi. Matn uslubiyati tilning adabiyotda qanday qilib san'at hodisasiga aylanganini tekshiradi. Matn uslubiyati faqat yozuvchining tildan foydalanishdagi o'ziga xosligini, asar tilining xususiyatlarini tadqiq etish bilan chegaralanishini hisobga olsak, har bir yozuvchining individual munosabati namoyon bo'ladi.
Adabiyotlar tahlili va metodologiyasi. Tadqiq qilinayotgan XIX asr oxiri va XX asrning boshlarida jamiyatda katta siyosiy, ijtimoiy, madaniy, tarixiy o'zgarish yuz berdi. Bu esa, tabiiyki tilda o'z aksini topdi. Bu hol, adabiy tilning yangi so'z va jumlalar bilan boyib borishini hamda ishlatilib turgan so'zlarning yangi ma'no nozikliklari kasb etishini, tilning morfologik va sintaktik qurilishdagi takomillashuvini aniqlashni taqozo etadi. Shu bilan birga, aloqa vositasi bo'lgan tilning fan, madaniyat, adabiyot va san'at taraqqiyotiga ta'sirini o'rganishni, adabiy til taraqqiyotida ijtimoiy rivojlanish qonunlarining aks ettirilishini hamda til taraqqiyotining o'ziga xos xususiyatlarini o'rganadi.
"Har bir adabiy tilning vujudga kelishi ijtimoiy-tarixiy jarayonlarning mahsuli bo'lgani kabi, undagi funksional stillarning shakllanish taraqqiyoti ham bevosita ana shu jarayonga bog'liq. Shunday ekan, har bir tildagi uslublarning paydo bo'lishi va rivojlanishi tilning o'zi qadar uzoq davrlarni qamrab oladi"2.[2.44] Tilshunos olim Suyun Karimov o'zbek tili va adabiyotining boshlanish davri salkam ming yillik tarixni o'z ichiga olishini inobatga olib, XI asrdan chinakkamiga rivojlana boshlagan o'zbek badiiy ijodining bir qadar murakkab yo'llardan borganligiga e'tibor qaratadi. XIX asrning ikkinchi yarmigacha bo'lgan davrini bir
1 Tursunov U., O'rinboyev B., Aliyev A. O'zbek adabiy tili tarixi. -Toshkent:G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va San'at nashriyoti, 1989 y. -B-10.
2 Karimov S. Badiiy matnning uslubiy alomatlari. O'quv qo'llanma.-Samarqand: SamDU nashri, 1992.- B-3.
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
va undan keyingi davrni ikkinchi bir bosqich sifatida o'rganishni taklif etadi. Birinchi davr o'zbek badiiy uslubiga Sharq adabiyotining bevosita, ikkinchi davrga esa Yevropa adabiyotining bilvosita ta'siri sezilarli darajada bo'lganligi til birliklari orqali namoyon bo'ladi, deb ta'kidlaydi. Yevropa adabiyoti ta'siri jadid namoyandalarining badiiy asarlarida ham seziladi.
"Agar biz O'rta Osiyo xonliklarining Moskva davlati bilan XVI-XVII va XIX asrlarda olib borgan savdo va diplomatik aloqalariga oid turli yorliqlar, elchilar maktublari, tarixiy-maishiy hujjatlarni ko'zdan kechirsak, o'rus, knoz, put (pud), dujna (dyujina), yashik, samovar, konfut (konfeta), patnus (patnos), lampa kabi so'zlarning qo'llanganligini ko'ramiz. Ushbu so'zlar ko'proq og'zaki so'zlashuv orqali kirgani uchun fonetik o'zgarishlarga uchrab, o'zbek tilining ichki taraqqiyot qonunlariga bo'ysungan"3.[1.84]
Bu holat O'rta Osiyoning ruslar bosib olgandan keyin jadallashdi. Natijada o'zbek tilining lug'at tarkibiga siyosat, savdo, transport, moliya, pochta-telegraf, sanoat, harbiy-ma'muriy, uy anjomlari, tabobat, san'at, adabiyot va boshqa sohalarga xos so'z va atamalar kirib o'zlasha boshladi.
Xususan, rus tili va rus tili orqali Yevropa tillaridan kirgan so'zlar:
Politseyskiy, pristuv (pristuf), interesniy, dyujina, izvozchik, zako'n (zakon), doktor, injener, sudya, izvinit, isprizdim, izvinit, ispasiba, priexal, mersi, dobriy vechrim ("Padarkush" Mahmudxo' ja Behbudiy).
Duma vakili, gosudarstvenniy, gosudarskiy, vagon, no'mra (nomer), paraxo'd, mineralniy vo'da, istansa, vokzol, imperatur, do'xtir, moshina, elektrli tramvay, ofisar, konsul, bilet, gimnoziyo, po'lis, jandarm, paspo'rt, matros ("Qasdi safar" Mahmudxo'ja Behbudiy).
Panlava, Chemberlen, Liga nosa, kommunist, kultur, bonka (bank), chervon, dekret, teatr, jurnol, gazet, kon'yak (Saidahmad Siddiqiy-Ajziy. Davr matbuotida bosilgan she'rlari).4 [3.233]
Missioner, volost, volostnoy, o'ktabr (oktyabr), manifest, duma, nomer, susiyolizm (sotsiolizm), prog'rom (programma), jug'rofiya, g'azeta, isxulostiki (sxolastika), filo'suf, prutest, paroxud, teregrof, ayruplon (Hoji Muin. Tanlangan asarlar). 5[4.129]
Tipichniy, yubiley, komissar, plan, suflyor, zajigalka, lirika, pyesa, klassik, simvolicheski va boshqalar (Vadud Mahmud. Tanlangan asarlar). 6[5.154]
Ishlab chiqarish va savdoning rivojlanishi, sinflarning vujudga kelishi, yangi davlatning paydo bo'lishi yoki qayta shakllanishi, ilm-fan va adabiyotning taraqqiyoti kabi ijtimoiy, tarixiy, siyosiy omillar til taraqqiyotida katta ta'sir ko'rsatganligini va bu har bir omil o'zbek adabiy tilida o'z aksini topish bilan chegaralanib qolmay, balki badiiy tasvir vositalari
3 Tursunov U., O'rinboyev B., Aliyev A. O'zbek adabiy tili tarixi. -Toshkent:G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va San'at nashriyoti, 1989 y. -B-50.
4 Ibrat, Siddiqiy-Ajziy, So'fizoda. Tanlangan asarlar.-Toshkent:Ma'naviyat, 1999. B-232.
5 Hoji Muin. Tanlangan asarlar. -Toshkent:Ma'naviyat, 2005. -B.129.
6 Mahmud Vadud. Tanlangan asarlar- Toshkent: Ma'naviyat, 2007.-B.104
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
taraqqiyotiga ham o'z ta'sirini ko'rsatganligini tilshunos olim Suyun Karimov ta'kidlagan. 7[2.44]
Muhokama va natijalar. O'zbek adabiy tilining tarixiy taraqqiyot davriga nazar tashlab, o'zlashgan so'z va so'z shakllari turli davrlarda turlicha ijtimoiy sabablar bilan kirib kelganligining guvohi bo'lish mumkin.
Jahonda hech bir til yo'qki, uning lug'ati faqat o'z so'zlaridan tashkil topgan bo'lsin. Boshqa tillardan olingan so'zlar o'sha tilda yo o'z shaklini qanday bo'lsa, shunday saqlaydi, yoki uning leksik tizimi, tabiati, grammatik qurilishi, so'z yasalishi va imlo qoidalariga uyg'unlashadi. O'zbek adabiy tili va shevalarida boshqa tillardan kirgan so'zlar ham og'zaki so'zlashuv orqali, ham kitobiy til orqali o'zlashgan. O'zbek shevalari lug'at tarkibiga esa asosan og'zaki so'zlashuv orqali kirib kelgan.
O'zbek va tojik xalqlari qadim zamonlardan beri bir makonda yashab, bir-birlari bilan doimo xo'jalik, iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy munosabatda bo'lib kelganlar. Ular o'tmishda yirik qurilish ishlarini barpo etganlar, dushmanlarga qarshi kurashganlar, oilaviy hayot kechirganlar hamda tabiat va jamiyat silsilasiga bardosh berganlar. Madaniy yodgorliklardan hamkorlikda foydalanganlar. Ikki millat va bir xalq deb ta'rif beriladigan ushbu aholi o'rtasidagi yaqinlik milodiy VI asrda boshlanganligini akademik B. G'afurov ta'kidlagan edi. 8[6.110]
O'zbek va tojik xalqlari o'rtasidagi hamkorlik va yaqinlik ularning tillariga ta'sir etmay qolmadi. Natijada tojik tilidan o'zbek tiliga ko'pgina so'zlar, so'z shakllari, iboralar, izofali birikmalar o'tib, o'zlashdi. O'zbek tilining lug'at tarkibida ijtimoiy hayot, kasb-hunar, adabiyot-san'at, hayvonot dunyosi, jonivorlar, o'simliklar, tabiat hodisalari, vaqt, masofa, o'rin-joy va boshqa sohalarga oid bo'lgan tojikcha so'zlar uchraydi.
Fors-tojikcha so'z, ibora, izofali birikmalar jadid adabiyoti namoyandalarining 1910 yilgacha bo'lgan asarlari tilida ko'p uchraydi. Turkistonlik jadidlar tilni soflashtirish va soddalashtirish, o'z ichki imkoniyat - sheva va lahjalardan foydalanib, tilni boyitishga harakat qilishgan bo'lishsa-da, asarlarida quyidagi fors-tojikcha so'z va izofali birikmalarni uchratish mumkin:
nekbaxt, nochor, mozoriston, xomushona, shams, ob, giriftor, duoxon, ziyon, oftob, aslo, devona, shashqator, otashin, chehra, poymol, yodgori, shoyadki, behuda, paymuda, so'zan, bedard-bedavo, havoi sof, libosi motam, yaki digar, sohibi chehra, ro'yi rizo, baroi hujum, naqshi zar,olami hama (Mahmudxo'ja Behbudiy "Oq yelpog'ichli chinli xotun"). 9[7.106]
dastijon, urfon, donish, chashma, shabiston, guliston, sarukor, raftor, dastor, sarxush, dushvor, giryon, xunrez, yaksar, osori jadid, siynayi parxun, gulshani javlon, Shar'i Qonun, ahli zunnor, sohibi ehson, chashmi xunbor (Saidahmad Siddiqiy-Ajziy "Oyina" jurnalining №37,38 sonlarida chop etilgan she'rlari). 10[3.232]
7 Karimov S. Badiiy matnning uslubiy alomatlari. O'quv qo'llanma.-Samarqand: SamDU nashri, 1992.- B-13. (hammasi 44)
8 Gafurov B.G. Istoriya tadjikskogo naroda.-Moskva,1952. -str. 99-110
9 Behbudiy Mahmudxo'ja. Tanlangan asarlar. Oq yelpog'ichli chinli xotun -Toshkent: Akademnashr, 2018.-B.106
10 "Oyina" jurnalining ushbu sonlari Samarqand davlat qo'riqxonasida №KP-5512/661 raqami ostida saqlanadi.
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
qalamtarosh, noshukur, behuda, po'stin, kambag'al, bacha, oshno, panjara, pishak, savdogar, bo'ston, behroq (Saidrizo Alizodaning kichik yoshdagi bolalar uchun yozgan matnlari).11 [9.52]
yoron, obro'y, nodon, amaldor, hamyon, pistadahon, masxaraboz, boybachcha, sarafroz, dardkash, qimorboz, ordfurush, oshxona, ko'knorxona, nimg'urma, sho'rapo'sht, Sunnati Xudo, Bandai Xudo, hifzi sihhat, chashmai shifo, sunbuli sahro (Hoji Muin "Mashrab" jurnalining 1925 yilgi sonlarida chiqqan hajviy matnlari). 12[4.121]
chaman, sabo, panja, darmon, arjumand, giryon, guftor, ko'hsor, dastgir, digarxun, purkor, zeru po, zadai ta'b, kulbai ahzon, la'li nob (Vadud Mahmud "Tanlangan asarlar"dan). 13[5.124] Yuqoridagi fors-tojikcha so'zlar, asosan, ot turkumiga, qisman sifat, ravish, son turkumlariga oid bo'lib, ularning ayrimlari o'zbek tili lug'atiga o'rnashib qolgan.
Jadid adabiyoti namoyandalarining badiiy asarlarida fors-tojikcha so'z va iboralar, izofali birikmalarning ko'pligini Turkiston elining ikki tilliligi bilan ham izohlash mumkin. Alisher Navoiy yozadi: "... turkning kattadan kichigigacha, xizmatkorlaridan begigacha sart (tojik-fors) tilidan bahramanddirlar. Shundayki, o'z tirikchiliklariga oid ahvollar so'zlata olurlar, balki ba'zilari adabiy ravishda so'zlasha olurlar. Hattoki, turk shoirlari forsiy tilda rangdor she'rlar va shirin hikoyalar yuzaga chiqara olurlar". 14[10.46]
O'zbek adabiy tili lug'at tarkibida arab tilidan kirib o'zlashgan so'zlar ham mavjud. Bu so'zlarning kirib kelishi arablarning Movarounnahrga qilgan istilochilik harakatlari bilan aloqadordir. Arablar VII asrning ikkinchi yarmi va VIII asrda O'rta Osiyoni bosib olganlaridan so'ng mahalliy aholi Islom dinini qabul qilishga majbur bo'ladi. Islom dini bilan birga arab yozuvi ham keng tarqala boshlagan. Maktab, madrasa, masjid va idora ishlari asosan arab yozuvi hamda arab tilida olib borilgan. Arab tilining kitobiy til hamda davlat tili bo'lib qolish an'anasi ancha vaqtgacha davom etib kelgan. Ana shu jihatdan yondoshsak, arabcha so'z, so'z shakllari va iboralar o'zbek adabiy tiliga kitobiy til va qisman og'zaki so'zlashuv nutqi orqali kirib o'zlashgan. Arab tilida ilmiy atamalarning puxta ishlanganligi, uning lug'at boyligi va uslubiy imkoniyatlari rang-barangligi, qulayligi, xususan, jahon miqyosidagi adabiy tillardan biri bo'lgani uchun mahalliy olimlar o'z asarlarini ana shu tilda yozganlar. Bu esa, tabiiyki o'zbek tili tarkibidagi arabcha so'zlarning oshishiga sabab bo'ldi.
adib, fano, rihlat, tolib, ruju', maqsud, mushtag'il, mavt, xotiman, munavvar, zahmat, ihota, muttasilan, mutaasif, tahayur, ishq, muhabbat, kulfat, muqtase', zinhor, asror, ahd, ta'ziyat, soliha, mustaqbala, tafakkur (Mahmudxo'ja Behbudiy "Oq yelpog'ichli chinli xotun"). 15[7.118]
11 Saidrizo Alizoda. Birinchi yil. Alifbe. -Samarqand: Samarqand davlat chet tillar instituti nashriyoti, 2022.-B. 52.
12 Hoji Muin. Tanlangan asarlar.-Toshkent:Ma'naviyat, 2005.-B-129
13 Mahmud Vadud. Tanlangan asarlar.-Toshkent: Ma'naviyat, 2007. -B.104.
14 Navoiy Alisher. Muhokamat ul-lug'atayn. -Toshkent;1940. -B.46.
15 Behbudiy Mahmudxo'ja. Tanlangan asarlar. Oq yelpog'ichli chinli xotun -Toshkent: Akademnashr, 2018.-B.106
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
tamaddun, g'aflat, maktab, ta'lim, mujarrab, mumtane', imon, isloh, ruh, maqsud, malhuz, jannat, mahfuf, sabr, vahshat, maorif, ma'rifat (Saidahmad Siddiqiy-Ajziy "Oyina" jurnalining №37,38 sonlarida chop etilgan she'rlari). 16[3.210]
himmat, navo, taqvo, tasbeh, ixlos, xalos, mazhab, gumon, imon, olim, olam, hikoyat, fig'on, rohat, muborak, lazzat, vajh, (Saidrizo Alizodaning kichik yoshdagi bolalar uchun yozgan matnlari). 17[9.52]
makr, sajda, nafs, murod, da'vo, juvon, musharraf, alhaq, bazm, majlis, zohir, taajub, ummat, istirohat, taqvo, musulmon, haq (Hoji Muin "Mashrab" jurnalining 1925 yilgi sonlarida chiqqan hajviy matnlari). 18[4.129]
mahmar, madrasa, ta'zim, g'urbat, manfur, mutaasir, altof, iqtifo, istinod, ixtilol, majhul, muzahhab, muntahab, muqtado, ofiyat, riyosat (Vadud Mahmud "Tanlangan asarlardan").19 [5.124]
O'zbek tilida ishlatiladigan arabcha so'zlar turli sohaga xos so'zlardan iborat bo'lib, bular ham fors-tojik tilidan o'tib o'zlashgan so'zlar kabi fonetik, morfologik, semantik va imlo jihatdan uyg'unlashgan holda qo'llaniladi.
Jadid adabiyoti namoyandalari asarlarida shunday so'zlar ham uchraydiki, ularning qaysi tilga taalluqli ekanini aytish mushkul. Bu so'zlarning tarkibi o'zbekcha-arabcha, arabcha-tojikcha, arabcha-o'zbekcha, arabcha-o'zbekcha-tojikcha, tojikcha-tojikcha-arabcha yoki uning aksicha tuzilgan.
Beqaror (f-t.be+ar.qaror), beandisha (f-t.be+toj.andisha), bee'tibor (f-t..be+ar.e'tibor), nomuntazam (f-t.no+ar.muntazam), sarlavha (f-t.sar+ar.lavha), kitobfurush (ar.kitob+f-t.furush), duogo'y (ar.duo+f-t.go'y), dimog'dorlik (o'z.dimog'+f-t..dor+o'z.lik), soatsoz (f-t.soat+f-t.soz), muomalador (ar.muomala+f-t.dor), musulmoniy (ar.musulmon+f-t.iy), tarbiyasizlik (ar.tarbiya+o'z.siz+o'z.lik), padarkushlik (f-t.padar+f-t.kush+o'z.lik), bachagiryon (f-t.bacha+f-t.giryon), ilmsizlik (ar.ilm+o'z.siz+o'z.lik), betarbiyalik (f-t.be+ar.tarbiya+o'z.lik), hukmfarmo (ar.hukm+f-t.farmo).
O'zlashgan so'zlarning ma'lum bir qismi davrlarning o'tishi bilan o'z o'rnini boshqa kirib kelgan yangi so'zlarga beradi va qabul qilgan til lug'atidan arxaik yoki tarixiy so'z sifatida chiqib ketadi. Masalan, ilm-fanga oid arabcha atamalar rus va Yevropa tillari orqali qabul qilingan terminlar bilan almashtirildi. "Bu harakat 1989 yilgacha, ya'ni o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgunga qadar tez sur'atlar bilan davom etdi. O'zbekcha so'z va atamalarni almashtirish masalasiga, xususan, ruslashtirishga ijobiy masala, taraqqiyot omili, deb qaralgan bo'lsa ham, aslida tilimiz tabiatini yo'qotishga, uning o'zligini unutishga yaqinlashtirib qo'yilgan edi".20[1.149]
16 "Oyina" jurnalining ushbu sonlari Samarqand davlat qo'riqxonasida №KP-5512/661 raqami ostida saqlanadi.
17 Saidrizo Alizoda. Birinchi yil. Alifbe. -Samarqand: Samarqand davlat chet tillar instituti nashriyoti, 2022.-B. 52.
18. Hoji Muin. Tanlangan asarlar.-Toshkent:Ma'naviyat, 2005.-B-129
19 Mahmud Vadud. Tanlangan asarlar.-Toshkent: Ma'naviyat, 2007. -B.104.
20 Tursunov U., O'rinboyev B., Aliyev A. -Toshkent:G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va San'at nashriyoti, 1989.-B.32
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Jadidlar yaratgan asarlar, darsliklarning tarkibiy tuzilishi, o'quvchilarning yosh xususiyatiga mos matnlar tanlanishi mezonlari, o'qitish usullari chuqur tadqiq qilinishi zarur. Asarlar arab imlosida nashr etilgan ekan, ularni faqatgina o'qish bilan chegaralanib qolmay, adabiy idrok, uslubchiga xos bilim zarur. Bundan tashqari davr xususiyatini ham anglash ahamiyatga molik.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:
1. Tursunov U., O'rinboyev B., Aliyev A. O'zbek adabiy tili tarixi. -Toshkent:G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va San'at nashriyoti, 1989 y. -B.259
2. Karimov S. Badiiy matnning uslubiy alomatlari. O'quv qo'llanma.-Samarqand: SamDU nashri, 1992.- B.44.
3. Ibrat, Siddiqiy-Ajziy, So'fizoda. Tanlangan asarlar.-Toshkent:Ma'naviyat, 1999. B.232.
4. Hoji Muin. Tanlangan asarlar. -Toshkent:Ma'naviyat, 2005. -B.129.
5. Mahmud Vadud. Tanlangan asarlar- Toshkent: Ma'naviyat, 2007.-B.104
6. Gafurov B.G. Istoriya tadjikskogo naroda.-Moskva,1952. -str. 99-110
7. Behbudiy Mahmudxo'ja. Tanlangan asarlar. Oq yelpog'ichli chinli xotun -Toshkent: Akademnashr, 2018.-B.106
8. Samarqand davlat qo'riqxonasida №KP-5512/661 raqami ostida saqlanayotgan "Oyina" jurnali.
9. Saidrizo Alizoda. Birinchi yil. Alifbe. -Samarqand: Samarqand davlat chet tillar instituti nashriyoti, 2022.-B. 52.
10. Alisher Navoiy. Muhokamat ul-lug'atayn. -Toshkent;1940. -B.46