Научная статья на тему 'MAXMUDXO‘JA BEHBUDIY MILLIY TIL TARG’IBOTCHISI'

MAXMUDXO‘JA BEHBUDIY MILLIY TIL TARG’IBOTCHISI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
215
107
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Behbudiy / “Samarqand” / “Oyna” / gazeta / jurnal / “Til masalasi” / tanqid / “Sart”

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Hafiza Muhitdinovna Usmonova

Maqolada Maxmudxo‘ja Behbudiyning o‘zbek va fors-tojik tillarida maqola va asarlar yaratgani, “Samarqand” gazetsini oʻzbek va tojik tillarida, “Oyna” jurnalini nashr ettirgani va millatning taraqqiysi uchun bir necha til bilishni shartligi bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAXMUDXO‘JA BEHBUDIY MILLIY TIL TARG’IBOTCHISI»

MAXMUDXO'JA BEHBUDIY MILLIY TIL TARG'IBOTCHISI

Hafiza Muhitdinovna Usmonova

Annotatsiya: Maqolada Maxmudxo'ja Behbudiyning o'zbek va fors-tojik tillarida maqola va asarlar yaratgani, "Samarqand" gazetsini o'zbek va tojik tillarida, "Oyna" jurnalini nashr ettirgani va millatning taraqqiysi uchun bir necha til bilishni shartligi bayon etilgan.

Kalit so'zlar: Behbudiy, "Samarqand", "Oyna", gazeta, jurnal, "Til masalasi", tanqid, "Sart"

MAKMHUDHOJA BEHBUDI NATIONAL LANGUAGE PROMOTER

Hafiza Muhitdinovna Usmonova

Abstract: The article states that Mahmudhoja Behbudi created articles and works in Uzbek and Persian-Tajik languages, published the newspaper "Samarkand" in Uzbek and Tajik languages, the magazine "Oina" and that knowledge of several languages is necessary for the development of the nation.

Keywords: Behbudi, "Samarkand", "Oina", newspaper, magazine, "Til masalasi", criticism, "Sart"

Mahmudxo'ja Behbudiy buyuk ma'rifatparvar sifatida milliy madaniyatimiz tarixidan mustahkam o'rin egallagan yetakchi jadidchi. Abdurahmon Sa'diy ta'biri bilan aytganda, "O'zbek milliy adabiyotining negiz toshini" qo'yganlardan biri Mahmudxo'ja Behbudiy XIX asr oxiri, XX asr boshlarida Turkistonda keng qanot yozgan jadidchilik harakatining rahnomasidir.

Behbudiy o'zbek va fors-tojik tillarida ikki yuzdan ortiq maqola va asarlar yaratgan. Jumladan, 1903-yili «Muntaxabi jug'rofiyai umumiy» («Qisqacha umumiy jug'rofiya»), 1904-yilda «Kitob-ul-atfol» («Bolalar uchun kitob»), «Muxtasari tarixi islom» («Islomning qisqacha tarixi»), 1905-yilda «Amaliyoti islom», 1908-yilda esa «Rusiyaning qisqacha jug'rofiyasi» kabi darslik va kitoblar yozgan.

Behbudiy 1914-yilda "Samarqand" gazetasini chiqaradi. Gazeta o'zbek va tojik tillarida, haftada 2-marta chop etildi. Gazetaning 45-soni chiqqach, moddiy tanqislik tufayli nashr to'xtadi. 1914-yilning 20-avgustdan Behbudiy "Oyna" jurnalini chiqara boshladi. Bu suratli haftalik jurnal asosan o'zbek tilida bo'lib, unda ixcham forsiy she'rlar, maqolalar, ruscha e'lonlar ham berib borildi. Jadidlar "Oyna" jurnali haqida shunday deganlar: "Boshda haftada bir marta va ikkinchi yildan e'tiboran 15 kunda bir qatla chiqib, yigirma oy chamasi davom qildi. Kavkaz, Tatariston, Eron,

Afg'oniston, Hindiston va Turkiyagacha tarqalar edi... Jadidlarning sevikli jurnallari edi".

Behbudiy tashabbusi bilan "Oyna" jurnalida millat va uning haq-huquqiga, tarixiga, til va adabiyot masalalariga, dunyo ahvoliga doir qiziqarli maqolalar, bahslar berib borilgan. M.Behbudiy ayniqsa milliy til masalasiga katta e'tibor qaratdi. Behbudiy millatning taraqqiysi uchun bir necha til bilishni shart hisobladi. Jurnalning 1913-yil avgust, birinchi - nishona sonidayoq "Ikki emas, to'rt til lozim", degan maqola bilan chiqib, o'zbek, tojik, arab, rus va hatto biror uzoq xorij masalan, fransuz tilini bilish shart deb hisobladi. Behbudiy mazkur maqolasida turkistonliklar ijtimoiy turmush sharoitlariga ko'ra to'rt tilni bilishlari lozimligini dalillar bilan isbotlagan. O'zbeklar ona tillari o'zbekchani, mumtoz adabiyot tili bo'lgan forschani, madrasa tili bo'lgan arabchani, davlat tili - rus tilini bilsalar, ijtimoiy munosabatlarda, ilmiy va adabiy adabiyotlarni o'rganishda, umuman, turmushda qiynalmaydilar. Xuddi shu kabi tojiklar ham ona tillari - tojikchani bilganlari holda, yangi adabiyot va matbuot ko'p nashr etilayotgan turkiy (o'zbek) tilni, madrasa tili - arabcha va davlat tili -ruschani bilishlari lozim.

Behbudiy1914-yilda "Oyna" jurnalining 35-sonida "S.A." imzoli kishining tilning muhofazasi "Har millat o'z tili ila faxr etar"maqolasini chop etadi. Maqolada boshqa tillarni o'rganish qatorida har bir millat o'z tilining muhofazasi bilan shug'ullanishi shart, degan fikr juda ko'p dalillar bilan isbot qilib beriladi. "Agarda til va adabiyotimizni muhofaza qilmay, anga ajnabiy lug'at va so'zlarni qo'sha bersak, biroz zamonda til va milliyatimizni yo'qoturmiz. Milliyatimizni yo'qotganda diyonatimiz o'z-o'zi ila albatta, yo'qolur", deb yozadi muallif va «Bas, bizg'a tilimizni ajnabiy so'zlardan muhofaza qilmoqlik eng birinchi muhim bir vazifadur», deb xulosa chiqaradi.

"Oyna" jurnalining 1915-yil 7-sonida Fitratning bosilgan maqolalaridan biri «Himmat va saboti bo'lmagan millatning haqqi hayoti yo'qdur», deb nomlangan. «Tushundigim zamon ko'nglum yonar, yig'lamoq istarman, ko'z yoshlarim kelmaydur», deb boshlanar edi maqola. Adib taraqqiyot va turmushda Ovro'podan yer va osmon qadar uzilib qolgan Turkistonning fojiali ahvolidan so'z ochgan edi. Behbudiyning 1915 yilda jurnalning 11-12-sonlarida bosilgan "Til masalasi" maqolasida tillarning o'zaro munosabati haqidagi bahs davom etadi. Zero, Mahmudxo'ja Behbudiyning "Til masalasi" maqolasi Turkistonda turk tilini soflashtirish mavzuiga bag'ishlangan maqolalarga, birinchi galda "Sadoi Turkiston"dagi chiqishlarga munosabat tarzida e'lon qilingan. Muallif yozadi: "Tilimizdan forsiy va arabiyni quvayluq" - bu gap yengil orzu, ammo ijrosi mumkin emas orzulardandir". Negaki, "Toshkand", "Xo'qand" va boshqa minglar ila jug'rofiyoviy ismlarni rajoli tarixiya va yoinki tarixiy voqyealarni mahalliy va mashhur odamlarni va oy ham yili, kuni va ...larigacha tag'yir berib, turkiy ismlar

toqib, alarg'a yangi lug'atlar tayyorlab, yangidan tadvin etmoq lozim kelur". Forscha va arabcha so'zlar o'rniga qadimgi turkiy so'zlarni tiklash mushkullik tug'diradi, "Hamda ming yil avvalgi tilg'a qaytmoq qonuni tabiatga muxolifdur. Chunki moziyga ruju' mumkin yo'q. Begona tildan so'z olmoqdan qutulgan til yo'qdur ... Xulosa fikrimiz shuki, yalg'uz turkcha so'ylamak va yozmoq abadan mumkin yo'q. Baqadri imkon arabiy va forsiyni oz yozayluq" Ulug' ma'rifatchi tillarning bir-biridan o'rinli lug'at olishini tabiiy jarayon deb qaraydi. Eng boy tillardan bo'lgan inglizchaning ham "o'n minglar ila begona lug'atlarni majburan olganligini" dalil qilib ko'rsatadi va masalaning boshqa jihatiga - yagona adabiy til, til birligiga diqqatni qaratadi.

Adabiy tanqidga katta e'tibor berdi. 1914-yilda jurnalning 27-sonida "Tanqid saralamoqdir" maqolasida uning xususiyatlarini belgilashga urindi. Boshqa adabiy janrlar bilan teng huquqligi masalasini ko'tardi. Millat sha'nini oyoqosti qiluvchi fikr qarashlarga zarba berib, 1915-yilda jurnalning 22,23,25,26-sonlarida "Sart so'zi majhuldur" maqolasi bilan Turkiston xalqini o'z nomi bilan atamoq lozimligini talab qilib chiqdi. Mahmudxo'ja Behbudiy millat sha'nini himoya qilish naqadar muhim ish ekanini chuqur his etadi. Uzoq vaqtlar mustabidlarning o'zbeklarni "sart" deb atashlariga chidab kelgan Behbudiy "Sho'ro" jurnaliga bir material bosilishi munosabati bilan bu siyosatga qarshi o'ziga xos isyon ko'taradi. U Turkistonlik aholi, u xoh o'zbek bo'lsin, xoh tojik, o'zini "sart" deb atamaydi. Bir-biridan kimligini surishtirganda, "O'zbekmisan, tojik yoki mullamisan, xo'ja?" deb so'rashadi. Turkistonga qo'shni bo'lgan hududlar - Balx, Badaxshon, Chahor viloyatlari aholisi, Afg'onistonda istiqomat qiluvchi fuqarolar O'rta Osiyo xalqlarini "o'zbek" deydi, ular "sart" degan so'zdan bexabardirlar. Eron, Kavkaz va boshqa yerlardagi musulmonlar ham mazkur o'lka xalqlarini "sart" emas, "turk" yoki "o'zbak" deb atashadi. "O'zbaklar" deb ataluvchi qavmlar orasida "sart" degan urug' yo'q. "Temurnoma" va shunga o'xshash kitoblarda ham "sart" so'zi uchramaydi, Buxoro o'lkasidagi aholi orasida ham "sart" degan atama yo'q, Samarqandning ruslar, qirg'izlar va qozoqlar bilan ulfatchilik qilmaydigan, matbuot o'qimaydigan odamlaridan "Sart" degani nima?" deb so'ralsa, javob berisha olmaydi. "Sart"ning qanday ma'noda qo'llanilishini biladigan kishilar esa, "sart" atamasi "musulmoncha" degan so'zning ruschaga tarjimasi bo'lsa kerak, deydi. "Turkistonliklarni kimlar -sart" deb ataydi?" degan savolga muallif shaharliklarni, madaniy aholini, forscha so'zlashuvchilarni o'lkaning shimoliy qismida yashovchi sahroyi xalq "sart" deb atashsa kerak, degan fikrni bidiradi. Buning dalili sifatida u qozoq, qirg'iz va tatarlar Turkistondagi shahar yoki qishloqlarda yashovchi aholini, turkiycha yoki forscha gaplashishlaridan qat'i nazar, "sart" yoxud "sort" deb atashlarini keltiradi. Ayni paytda, Mahmudxo'ja Behbudiy "sart" so'zining ma'nosini aniqlashga, turkistonliklarni nega "sart" deyishlarining sababini bilishga intiladi. Muallifning

fikricha, "sart" so'zining asli ma'lum emas. Men qozoqlardan "Kimlarni "sart" deysizlar?" deb so'raganimda, ularning ayrimlari "tojiklarni", ba'zilari "sartlarni" deb javob berishdi. "Nega ularni "sart" deysizlar?" deb so'raganimda esa, "Qattiqtabiatligi, quvligi uchun", ayrimlari "Bizning cho'lning sirtida o'tirgani uchun" deb javob berishganini keltiradi. Ba'zi bir qozoqlar esa, "Sirdaryoning narigi yog'idagilarni "sart" deymiz", deganlar. Bularni, tabiiyki, Behbudiy ilmiy javob tariqasida qabul qilmagan. Tarix va adabiyotga doir ilmiy adabiyotlarda, qomuslarda ham "sart" so'zining ma'nosini topib bo'lmadi, deydi u. Shunday bo'lsa-da, Behbudiy "Turkistonning tojik va o'zbek xalqlarini "sart" demas. Turkiston forsiylarida o'zlarini "sart" demaslar. Turkistoniylarning eskilar va yangilar, ulamolar va juhalolar (johillar, bu yerda avom ma'nosida) go'yo ittifoq ila bilmam na uchun, "sart"likdan orlanurlar. Turk ismlari badalinda (o'rnida) "sart" deyilsa, orlanmak-da lozimdir" "Sart" so'zini qozoqlar qanday ma'noda tushunishlari haqida muallif shunday deydi: "Sart" so'zi nadir?" deb ruslar bir qozoq tarjimonidan so'ragonida, "Asli sarig' ... va oni tarkim va taxfif etib "sart" demishlar" degonida, o'yla qozoqni aslida qizil ... emishda muxaffiy qozoq atalmish yo'linda bir muqobilg'a duchor o'lmishdir". Bu yerda Mahmudxo'ja Behbudiy qozoqlar "sart" so'zini "sariq it" ma'nosida tushunadi, degan fikrni or qilganidan to'liq keltirmay, "it" so'zi o'rnida ko'p nuqta qo'yib ketganki, bu bilan yurtdoshlarini "sart" deb atashlaridan nomus qilganini bildirgan. Ayni paytda, bir xalqni "sariq it" deb atagan qavmning o'zini ham muqobil tarzda mazkur xalq haqoratli so'z bilan atashlari tayin ekanigini ta'kidlab o'tadi. Bu fikr faqat qozoq-qirg'iz qavmlarigagina taalluqli bo'lmay, balki mustabidlarga ham tegishli ekanini payqash qiyin emas. Demak, Mahmudxo'ja Behbudiy o'zbek xalqini haqoratomuz "sart" deb atashlariga "norozilik" bildirishgacha borgan. Bunday xislat xalqimizning or-nomusli barcha farzandlariga ham xos bo'lgan. Zero, Behbudiy, millat o'zini anglagandagina ijtimoiy-siyosiy masalalarga boshqalar bilan teng aralasha oladi, degan fikrda bo'ldi.

Xulosa qilib aytganda, XX asrning 20-yillariga kelib, xalqimizning rasman "o'zbek" deb atalishida Behbudiyning munosib hissasi bor. Maxmudxo'ja Behbudiyning chop etilgan maqolalari taraqqiyiarvar kishilar va ayniqsa, yoshlarning diqqat-e'tiborini qozongan va hozirgi kunda alloma qoldirgan rang-barang adabiy, madaniy va ma'rifiy ijodi xalqimizning boy merosiga aynalgan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mahmudxo'ja Behbudiy. Tanlangan asarlar. 3-nashri. (Nashrga tayyorlovchi, so'zboshi va izohlar muallifi B.Qosimov). Toshkent, "Ma'naviyat", 2006

2. O'zbek milliy uyg'onish adabiyotiga materiallar. (Nashrga tayyorlovchilar: B.Qosimov, U.Dolimov, N.Jabborov). Toshkent, "Universitet" nashriyoti, 2004.

3. Qosimov B. Milliy uyg'onish: jasorat, ma'rifat, fidoyilik. Toshkent, "Ma'naviyat" nashriyoti, 2002.

4. Qosimov B. Behbudiyning —Turkiston madaniy muxtoriyati loyihasi haqida. // "Jahon adabiyoti", 2003, 8-son, 146-156-betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.