Научная статья на тему 'XVIXIX ASRLARDA YOZILGAN TARIXIY ASARLARDA BUXORO XONLIGI'

XVIXIX ASRLARDA YOZILGAN TARIXIY ASARLARDA BUXORO XONLIGI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
114
75
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Asarlar / ashtarxoniy / harbiy / siyosat / xon / tarix.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Choriyorov Shohjahon Anvar O’g’li

Tarixida Xonliklar davri tarixini yorituvchi adabiyotlar muhim ahamiyat kasb etib, ular O'zbekiston tarixining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlarni yoritishda xizmat qiladi. Ushbu tezisda xonliklar davrida yozilgan tarixiy asarlar haqida ma`lumot beriladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XVIXIX ASRLARDA YOZILGAN TARIXIY ASARLARDA BUXORO XONLIGI»

XVI- XIX ASRLARDA YOZILGAN TARIXIY ASARLARDA BUXORO XONLIGI

Choriyorov Shohjahon Anvar o'g'li

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti 4 bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10801658 Annotatsiya. Tarixida Xonliklar davri tarixini yorituvchi adabiyotlar muhim ahamiyat kasb etib, ular O'zbekiston tarixining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlarni yoritishda xizmat qiladi. Ushbu tezisda xonliklar davrida yozilgan tarixiy asarlar haqida ma lumot beriladi

Kalit so'zlar: Asarlar, ashtarxoniy, harbiy, siyosat, xon, tarix.

XVII-XVIII asrning birinchi yarmida Markaziy Osiyo xonliklarida qarama-qarshi va murakkab tarixiy jarayonlar kechdi. Ularni o'rganishda voqea-hodisalarga to'g'ri va xolis baho berishda bu davr oralig'ida yaratilgan manbalar mahalliy muarrixlarning asarlari, arxiv hujatlari, Markaziy Osiyo hududiga XVI-XIX asrning birinchi yarmida tashrif buyurgan elchilar, sayohatchilar, harbiylar va boshqa shaxslarning xotiralari muhim o'rin tutadi.

XVII-XVIII asr boshlari tarixini bayon etuvchi Muhammad Amin Buxoriyning "Ubaydullanoma", Muhammad ibn Muhammad Zamon Buxoriyning "Muhit ut-tavorix" (Tarixlar dengizi), Abdurahmon Tole'ning "Abulfayzxon tarixi", Muhammad Yusuf Munishiyning "Muqimxon tarixi" asarlari shu davrning mahsulidir. Bundan tashqari Mahmud ibn Vali ( "Bahr-ul asror"), Xoja Samandar Termiziyning "Dastur al-muluk" asari, Muhammad Vafo Karmanagiyning "Tuhfat ul-xoniy", Abdurahmon Davlatning "Tarixi Abulfayzxon" kabi tarixiy asarlari yaratildi. Subhonqulixonning zamondoshi shoir Turdi (1702-y vafot etgan) ning ijodi o'ziga xosligi bilan ajralib turadi.

Xoja Samandar Termiziyning "Dastur ul-mulk" (Podshohlar uchun dastur) asarini Subhonqulixon davri davlatchiligi tarixi va tuzumi haqidagi asardir. Mutribiyning "Tazkirat ush-muaro" Salexo Samarqandiyning "Muzakkir ul-ashob" (1602-y), Mulla Sodiq Samarqandiyning "Riyoz ush-shuaro" kabi tazkiralarida davr ilmiy muhiti haqida keng tasavvur beradi.

"Matlab ut-tolibin"("Haqiqat izlovchilarning maqsadi") Tojiddinning o'g'li AbulabbosMuxammad Tolib tomonidan 1663/64 yili yozib tamomlangan. Unda mashhur Jo'yboriy xojalardan xoja Muxammad Islom, xoja Sa'd, xoja Tojiddin Xasan, xoja Abduraxim (1575-1629), Abdixoja (1577-1607) va Muxammad Yusufxoja (1595-1652)larning xayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati bayon etilgan shuningdek ushbu asarda ular istiqomat qilgan Buxoro shahri va viloyati hududi, undagi savdo-sotiq, ijtimoiy-iqtisodiy hayot yoritiladi hamda Jo'ybor shayxlarining faoliyati va ularning vaqf mulklari sanab o'tiladi. "Matlab ut-tolibin" faqat biografik asar bo'lib qolmay, unda mamlakatning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga oid hamda Buxoro xonligi bilan Hindiston o'rtasida munosabatlarga tegishli o'ta muhim ma'lumotlar mavjud. Shuning uchun ham undan V.L.Vyatkin va P.P.Ivanov Jo'yboriy xojalarning yer-suvi va mol-mulkini tadqiq etishda asosiy manbalardan biri sifatida foydalanishgan. Muhammad Tolib haqida quyidagilar ma'lum. Asarda uchragan ba'zi ma'lumotlarga qaraganda, otasi 1608-yili vafot etganida u 39 yoshda bo'lgan. Shuni e'tiborga olinadigan bo'lsa, muallifning tug'ilgan yili 1569-yil bo'lib chiqadi. U xoja Tojiddin Xasanning ikkinchi o'g'li bo'lib, hamma vaqt otasi bilan birga Buxoroda istiqomat qilgan. 1623-yili ota-bola Balxga borganlar. Muhammad Tolibning ham xo'jaligi katta bo'lgan. Otasidan olgan ulushidan tashqari, 1632-1633 yillari befarzand xolasining yersuvi va boshqa mulki ham unga berilgan. Mulk otasi tirikligida 400 ming tangaga baholangan. "Matlab ut-tolibin" tarkibi an'anaga binoan muqaddima, xotima va sakkiz bobdan iborat.

Muqaddimada an'anaviy fotixa va hamdu sanolardan keyin, mazkur asarni yozishda muallif o'z oldiga qo'ygan vazifalar haqida so'z yuritiladi va asar mundarijasi keltiriladi. Lekin keyinroq atroflicha o'rganilgan "Baxr ul-asror", "Tarixi olamoroyi Abbosiy", "Silsilot us-salotin" asarlarida bu voqea xijriy 1009, milodiy 1601yili sodir bo'lgani ochiq aytilgan. "Matlab ut-tolibin"da shu fikr aniq va ishonarli dalillar bilan e'tirof qilingan. Yana shu bobda Abdullaxon soniy bilan uning o'g'li va taxt vorisi Abdulmo'min sulton o'rtasida boshlangan ziddiyat haqidagi ma'lumotlar tariximizning yaxshi yoritilmagan masalalariga aniqlik kiritishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jihatdan beshinchi bobda keltirilgan ma'lumotlar diqqatgan sazovordir. Bulardan biri, Jo'yboriy xojalarning mol-mulki yil sayin ortib borishidir. Masalan, xoja Sa'dning vorisi xoja Tojiddin Hasanning mol-mulklari orasida yangilari, yangi qurilgan Xasanobod qishlog'i, 50 nafar chorbog', 20 qator tuya va boshqalar ham bo'lgan. Shuni ham aytish kerakki, xoja Tojiddin fiqh, hadis va tarixga oid qimmatli kitoblar yig'ishga ham e'tibor bergan. "Matlab ut-tolibin" da keltirilishicha, uning kutubxonasida 1000 jild qimmatli qo'lyozmalar saqlangan. Ularning ayrimlari bezakli, tilla suvi berib yozilgan kitoblar bo'lgan. Keltirilgan parchadan qurol-yaroqchining vazifalari va huquqlari, ortiqcha izohsiz ham ko'rinib turibdi. Abdixo'janing XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida Buxoro xonligining ichki ahvoli va uning mamlakatning siyosiy hayotida tutgan o'rni va mavqeyi haqida asarda quyidagi ma'lumotlarni uchratamiz. So'nggi Shayboniy Pirmuhammad Soniy (1598-1601) davrida mamlakatning ichki ahvoli beqarorlikka yuz tutdi.Shu payt Abdixoja Buxoroni tark etib Samarqandga bordi. Uning hokimi Ashtarxoniy Boqi Muxammadning omadi yurishib, toj-taxtni egallaguday bo'lsa, ikkalari davlatni birgalashib boshqarishga ahd qildilar. "Matlab ut-tolibin"da Boqi Muhammadxonning mana bu so'zlari keltiriladi; "Agar biz Buxoro bilan Balxni egallashga muyassar bo'lsak, unda mamlakatni Siz, men va Vali Muxammad o'rtasida uchga taqsimlaymiz..." Ertasi kuni ertalab, nonushta paytida Abdixo'ja Boqi Muhammadxonnga murojaat qildi; "Tabriklaymiz, ulug' ajdodlarimiz Sizga poytaxt shahar Buxoroni in'om qiladilar". Boqi Muhammadxon (ichiga sig'may) suyunib ketdi va singlisini Abdixo'jaga xotinlikka berdi. Odatda, shaharlarning mavjudligini va yurt aholisining to'kin hayotini bozorlar ko'rsatgan. Bozorlarning katta-kichikligi, boyligi va boshqa jihatlari shaharlarning mamlakatda tutgan o'rni va siyosiy vaziyat bilan bog'liq bo'lgan. Ushbu asarda esa Buxoro shahrining bozorlari va undagi rastalar ham tasvirlanadi.

I. A. Remez, K. A. Sheyko, K. Z. Hakimova, L. N. Kravets, A. Ya. Sokolov, M. A. Boboxo'jayev tadqiqotlarida Buxoro xonligi ichki va tashqi siyosati, qishloq xo'jaligi, haqida ma'lumotlar tahlil etilgan.Albatta ularning hammasi manbalarni o'rgangan holda buni talqin qilishgan.

Mazkur davr tarixini yoritgan xorijlik tadqiqotchilar guruhini M. Xoldsvort, G. Meyendorf, G. Bonvalot, Jorj Fredrik Rayt, J. Kunit va h. k. tadqiqotchilar asarlari tashkil etadi. Mazkur olimlar ishlarida Buxoro xonligining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tarixi, jumladan, davlat boshqaruvi masalalari tahlil qilingan. Ayniqsa, Angliya hukumatining Osiyoga nisbatan olib borgan siyosati natijasida ingliz tarixchilari Buxoro xonligi tarixiga taalluqli voqea-hodisalarni muntazam o'rganganlar. Ingliz tadqiqotchisi Meri Xoldsvort Buxoro tarixini o'rganib, XVIII asrda ikkita asosiy sabablarga ko'ra Buxoro, Qo'qon va Xorazm tarixini o'rganishda zarur deb yozadi. Birinchi sabab, XVIII asr oxirida yoki undan oldinroq harbiy imperiyaning bir qismiga aylangan hududlar tarixini, shahar tarixi bilan birga ichki urf-odatlar hamda Buxoro xonligini Osiyo va Afrika mamlakatlari bilan taqqoslash, tashqi aloqalarini o'rganishda. Ikkinchi sabab, ingliz kitobxonlari uchun Buxoroo xalqlari, uning o'tmish tarixi haqida qiziqarli ma'lumotlar taqdim etish. Meri Xoldsvortning "Turkestan in the ninetteenith. Centry. A brief histore of the

Khanates of Bukhara, Kokand and Khiva" asarida Buxoro amirligining tashqi iqtisodiy ahvoli Buxoro - Afg'oniston, Buxoro - Eron o'rtasidagi elchilik aloqalari, tashqi savdo munosabatlariga doir ma'lumotlar keltirilgan.

Jorj Frederik Raytning "Rossiya Osiyosi" kitobida Markaziy Osiyoning moddiy madaniyatiga doir tarixiy manbalar, Buxoro - Rossiya, Buxoro - Afg'oniston, Eron - Hindiston munosabatlari haqida ma'lumotlar o'z aksini topgan. Joshua Kunitning "Samarqand bo'ylab tong, O'rta Osiyoning qayta tug'ilishi" nomli asarida Buxoro xonligida davlat boshqaruvi tizimi quyidagicha izohlangan: "Xonning hokimiyati mutloq edi. Turli muassasalar boshliqlari, hokimlar u tomonidan tayinlanar va faqat unga mas'ul edi. Mamlakat ma'muriy birlashmalar, viloyatlar, tumanlar va qishloqlarga bo'linardi. Ma'muriy amaldorlar beklar, amloqdorlar oqsoqollar edi". Mavzu tarixshunosligining tahlili shuni ko'rsatadiki, Buxoro xonligining tarixshunosligi masalasi nafaqat mahalliy, balki xorij tarixshunosligida ham alohida tadqiqot ob'ekti bo'lgan. Xonlik tarixiga oid yaratilgan tadqiqotlar va nashrlarda asosiy e'tibor Buxoroning siyosiy tarixi, Rossiya bilan munosabatlari, davlat tuzilishi, boshqaruvning xususiyatlari kabi masalalarga qaratilgan.

REFERENCES

1. Tarixiy manbashunoslik. Tuzuvchilar: A.A. Madraimov, G.S. Fuzailova. - T.: Fan, 2006. -B. 253-259.

2. Агзамова Г. А. Сунгги урта асрлар Урта Осиё шахдрларида хунармандчилик .- Т., 2000. - Б. 53.

3. https://uz.wikipedia.org/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.