Научная статья на тему 'XURSHID DAVRON SHE'RIYATIDA TARIXIYLIK VA ZAMONAVIYLIKKA YO‘G‘RILGAN VATAN TIMSOLI'

XURSHID DAVRON SHE'RIYATIDA TARIXIYLIK VA ZAMONAVIYLIKKA YO‘G‘RILGAN VATAN TIMSOLI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1610
110
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
badiiy qiyoslar / vatan va she’r haqidagi qarashlar / tush motivlari / she’riy obrazlar / ona yurt / erk / ozodlik. / artistic comparisons / views on homeland and poetry / dream motifs / poetic images / motherland / freedom / liberty.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Qurbonov Muzaffar, Husanova Fazilat

Ushbu maqolada Xurshid Davron she’riyatida qo‘llangan yurtga bo‘lgan badiiy qiyoslar Shoirning vatan va she’r haqidagi qarashlari tahlilga tortilgan. Maqolada she’riy obrazlardan tashqari tush motivlarini ham uchratasiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE SYMBOL OF HOMELAND IN KHURSHID DAVRON'S POETRY WITH THE FEATURES OF HISTORY AND MODERNITY

This article analyzes the poet's views on the homeland and poetry in comparison with the country used in Khurshid Davron's poetry. In addition to poetic images, you will find dream motifs in the article.

Текст научной работы на тему «XURSHID DAVRON SHE'RIYATIDA TARIXIYLIK VA ZAMONAVIYLIKKA YO‘G‘RILGAN VATAN TIMSOLI»

XURSHID DAVRON SHE'RIYATIDA TARIXIYLIK VA ZAMONAVIYLIKKA YO'G'RILGAN VATAN TIMSOLI Qurbonov Muzaffar

TerDU Adabiyotshunoslik yo'nalishi 2-bosqich magistranti Husanova Fazilat

TerDU Xorijiy tillar filologiyasi 4-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6653931 Annotatsiya. Ushbu maqolada Xurshid Davron she 'riyatida qo'llangan yurtga bo'lgan badiiy qiyoslar Shoirning vatan va she 'r haqidagi qarashlari tahlilga tortilgan. Maqolada she 'riy obrazlardan tashqari tush motivlarini ham uchratasiz.

Kalit so'zlar: badiiy qiyoslar, vatan va she 'r haqidagi qarashlar, tush motivlari, she 'riy obrazlar, ona yurt, erk, ozodlik.

THE SYMBOL OF HOMELAND IN KHURSHID DAVRON'S POETRY WITH THE FEATURES OF HISTORY AND MODERNITY Astract. This article analyzes the poet's views on the homeland and poetry in comparison with the country used in Khurshid Davron's poetry. In addition to poetic images, you will find dream motifs in the article.

Keywords: artistic comparisons, views on homeland and poetry, dream motifs, poetic images, motherland, freedom, liberty.

Астракт. В данной статье анализируются взгляды поэта на родину и поэзию в сравнении со страной, используемой в поэзии Хуршида Даврона. Помимо поэтических образов, в статье вы найдете мотивы сна.

Ключевые слова: художественные сопоставления, взгляды на родину и поэзию, мотивы сна, поэтические образы, родина, свобода, вольность.

Xurshid Davronning she'rlari, qissalari uning yurt tarixini yurakdan his qilishini namoyon etadi. U vatanimizning o'tmishi, bugungi kunini odamlar to'g'ri tasavvur etishi, har bir kishi yurti ravnaqi uchun chin dildan fidoyi bo'lishini istaydi. Shoir Vatan to'g'risidagi she'rlarida chinakamiga dilini ochadi, o'zini o'ylantirgan muammolarni insonning asl qiyofasini ko'rsatadigan ma'naviyat bilan bog'laydi. Shoirning ijodi xuddi shu jihati bilan e'tiborni tortadi. Xurshid Davron Vatan haqidagi she'rlarida o'zining og'riqli kechinmalarini ifodalaydi. Ular hayotga keng miqyosdan qarab, "Vatan", "millat" tushunchasini teran his qiladigan ziyoli insonning o'ylari bo'lib ko'rinadi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METADOLOGIYASI

Vatan mavzusi ijtimoiy-siyosiy xarakterda bo'lib, bu xususda so'z yuritganda davrning mafkurasi e'tiborga olinadi. Ijodkor Vatan haqida mulohaza bildirayotganida o'z zamonasi siyosatidan kelib chiqadi. Abdulla Oripov, Erkin Vohidovning Vatan haqidagi she'rlari Xurshid Davron, Usmon Azim, Sirojiddin Sayyidning shu mavzudagi she'rlaridan ancha farq qiladi. Xurshid Davron she'rlari markazida Vatan turadi. Uning boshqa mavzudagi she'rlarida ham ona yurt, uning tarixi to'g'risida so'z ketadi. Adabiyotning avvali bilan tutash bu mavzu ijodkordan

СИМВОЛ РОДИНЫ В ПОЭЗИИ ХУРШИД ДАВРОНА С ПРИЗНАКАМИ ИСТОРИИ И СОВРЕМЕННОСТИ

KIRISH

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2022 № 3

katta mas'uliyat talab qiladi. Unga yuzaki yondashib bo'lmaydi. Xurshid Davron she'rlarida "Vatanim, seni sevaman. Yurtim, sen uchun jonimni fido qilaman" demaydi. U boshqa ijodkorlarning vatan to'g'risida aytgan fikrini o'zgartirib takrorlamaydi. TADQIQOT NATIJALARI

She'r shoirning barcha hislarini oshkor qiladi. Chunki chinakam shoir she'rda qalbini to'la-to'kis ochadi. U boshqa paytda kayfiyat, kechinmalarini pardalab, yashira oladi. Ammo she'r bitayotganida u bunday qilolmaydi. Shu bois Xurshid Davron:

"Sen qo'rquvni qanchalik yashir, She 'r qiladi baribir oshkor./ Qo'rqoq bo'lsang, qo'rqoq bo'lar she 'r, / Mardman, deb jar solmog'ing bekor. / Ona yurtni kuylamoq uchun / Xuddi she 'rga bergandek yurak / Uni yurtga bermoq uchun ham / Doim tayyor turmog'ing kerak"

— deydi. (!Davron X. Bahordan bir kun oldin / She'rlar, rivoyatlar, tarjimalar. -Toshkent: Sharq, 1997.-B.18.)

Xurshid Davronning mustaqillikka erishilmasdan avval yozgan she'rlarining aksariyatida erk va ozodlik to'g'risida so'z yuritiladi. Shoir Vatani ozod bo'lishini istayotganini izhor etadi. Uning bu mavzudagi she'rlari ma'no-mazmuni, g'oyasi jihatidan O'zbekiston mustaqilligini orzu qilgan shoirlarning she'rlariga to'la uyg'un keladi. Usmon Azim: "Ona, Vatan - ulug' dard, / Ona, Vatan bog' bo'lsin. / She 'rda suratin chizsam / To'rt muchasi sog' bo'lsin", — degan bo'lsa, Xurshid Davron: "Hurlik - faqat inqilob emas, / Hurlik - Vatan! / Vatan -hurlikdir. / Vatansiz har qanday ozodlik/Dilni xo'rlar, /Qullik - zorlikdirl", — deb aytadi.\

Hamid Olimjon, G'afur G'ulom, Oybek, Maqsud Shayxzoda, Mirtemir kabi shoirlar ham Vatan mavzusida, xalq ozodligi, inson erki to'g'risida o'z davri mafkurasi imkon bergan darajada mulohaza yuritgan. Shuning uchun ular ayni she'rlarida o'zbek xalqi taqdirini rus xalqi bilan bog'lashgan. 80-yillarda ham ahvol o'zgarmadi. Xurshid Davron va uning tengdoshlari o'sha paytda O'zbekiston mustaqil bo'lishi shartligi, o'zbek xalqi dunyodagi boshqa ozod xalqlar singari erkinlikka erishishi zaruratini ochiq-oshkor aytolmagan. Bu gaplar pardalab, obrazlarga o'rab aytilgan. MUHOKAMA

Xurshid Davron erk, ozodlik haqida so'z aytish uchun tarixni vositaga aylantirgan. Uning turli mavzudagi she'rlarida, albatta, tarix tilga olinadi. Aytish mumkinki, tarixiy voqealikka e'tibor qaratish Xurshid Davron ijodiga xos asosiy xususiyat sanaladi. Adabiyotshunos Ibrohim G'afurov bu xususda fikr bildirar ekan: "Klod Lorren suvratlarini ko'rganman. Ularda qasrlarning vayronalari juda qadim zamonlardan qissalar aytayotganday... Xurshid Davronning she'rlarini o'qiganda Klod Lorren suvratlari yodga tushadi. O'xshashlik bor ular o'rtasida. Bu she'rlarda tarix dam hayqiradi, dam uzoq sukutga ketadi. Xurshid Davronga san'at, kitoblar, tarix, qadim adabiyot ko'proq ilhom beradi. Uning she'rlarida davrimizning ziyoli kishisi obrazi ancha boy kechinmalari bilan gavdalanadi" - deb ta'kidlaydi.!( !Davron X. Bahordan bir kun oldin. - Toshkent: Sharq, 1997. - B.3.)

Xurshid Davronning boshqa mavzudagi she'rlarida ham tarixga shunday hurmat, ishonch bilan qaraladi. U o'tmishga nazar solarkan, undan o'ziga kerakli quvvat oladi. Tarixni tilga olganda, voqealarni birma-bir sanab, yashab o'tgan mashhur siymolar nomi, jasorati, xizmatini o'quvchiga eslatib o'tirmaydi. Tarixiy mavzudagi aksariyat asarlarida ulug' shaxslarning nomi tilga olinib, o'tmishdagi voqealarga turli ishoralar qilinadi. Abdulla Oripovning "O'zbekiston -Vatanim manim", Erkin Vohidovning "O'zbegim" she'rlari bunga misol bo'la oladi. Qasida janridagi ushbu she'rlarda xalqimiz tarixining turli davrlariga o'ziga xos sayohat qilinadi. Tarixda nom qoldirgan shaxslarning faoliyati ta'kidlanadi. Juda mashhur mazkur she'rlar negizida xalqimiz tarixidan g'ururlanish, ajdodlardan faxrlanish hamda shunday xalqning mustamlaka ekanidan iztirobga tushish hissi turadi. She'r asosida maqtanish, madhiya tursa, uning ta'sir kuchi tezda so'nadi. Turli bayram, tantanali tadbirlar munosabati bilan madhiya xarakteridagi she'rlar ko'p bitiladi. Zarurat, buyurtma bilan yozilgan bunday she'rlar sal vaqt o'tgach, eskirib, yaroqsiz bo'lib qolgan matohday chiqitga chiqadi. Agar she'r negizida shoirning iztirobi tursa, u qaysi mavzuda bo'lishidan qat'i-nazar, zamonlar o'tsa-da, ta'sir kuchini saqlab qoladi. Asosida ijodkor iztirobi turgan asar, qaysi janrda bo'lmasin, hamisha yangi bo'lib qolaveradi, hech qachon kishilarni befarq qoldirmaydi. Qadimiy xalq qo'shiqlari, kuylari, adabiyot tarixi, san'at tarixi shundan dalolat beradi.

"Samarqandda oydin tun" she'rida: "Arvohlarning bezovta tushi -/Chinorlarni silkitgan shamol" /, — deyiladi. Ushbu metaforada shoirning hissiyot, kechinmalari ifodalanadi. Ayni chog'da unda so'zlarning kundalik muloqotda sezilmaydigan jihatlari ko'rinadi. Ushbu satrdagi so'zlar alohida holida ta'sirchanlik kasb etmaydi. She'rda ular odatdagi so'zlashuvda ko'rinmaydigan qirralarini namoyon qilib, turfa hissiyot, kechinmalar uyg'otadi. Shoir ushbu she'rini: "Mudroq nigoh bilan boqaman, / Moziy yodi meni qilar mast. / Go'yo daryo aro oqaman - / Manzilimni hech kimsa bilmas..." / deb tugatadi. U tarixga bo'lakcha mehr bilan qarashini, o'tmish bilan bog'liq narsa-hodisalar uni ohanrabo kabi o'ziga tortishini shu tarzda ta'kidlaydi. Tevarak-atrofda ro'y berayotgan adolatsizlik, nohaqlik, boylar, amaldorlarning beboshligi kishilar ko'nglidan olijanoblik, ertangi kunga ishonch hislarini sitib chiqaradi. Bunday paytda barchaning qalb qandili hasad, alam, iztirob illatlaridan xira tortadi. Odamlar faqat o'tmishga qarab tasalli olmoqchi bo'ladi.

Xurshid Davron she'rlarini o'qir ekansiz vatanni his qilish va uning tarixiylik tamoyili asosida kishilarda o'zgacha tuyg'ular uyg'otadi. Akasriyat vatan she'rlarida vanni sevish yoki uni qadtrlash borasida gap ketsa Xurshid Davron bundan boshqacharoq tarzda uni tarioxiylik va xotiralarga yo'llaydi. Vatan she'rlarini o'zgacha uslubda tush yoki sog'inch motivlari asosida ham bera oladi. Shoir she'rlarida mantiqiylik va kishilarni o'yga toldiradigan she'rlarni ko'ramiz

XULOSA

Foydalanilgan adabiyotlar

1. kh-davron.uz Xurshid Davron kutubxonasi veb sayti.

2. Davron X. Bahordan bir kun oldin. - Toshkent: Sharq, 1997. - B.3

3. Davron X. Bahordan bir kun oldin. - Toshkent: Sharq, 1997. - B.18

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.