Научная статья на тему 'XURSHID DAVRON SHE’RIYATIDA “SAN’AT” MAVZUSINING IFODALANISHI'

XURSHID DAVRON SHE’RIYATIDA “SAN’AT” MAVZUSINING IFODALANISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xurshid Davron / she’riyat / adabiyot / san’at / lirik kechinma / obraz / sintezlashuv jarayoni. / Хуршид Даврон / поэзия / литература / искусство / лирический опыт / образ / процесс синтеза.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Maxmudov Sardorbek

Tildagi har bir so‘zning cheklanmagan darajada poetik imkoniyati mavjud. Faqat bu yashirin imkoniyatni ijodkor talanti, mahorati yuzaga chiqaradi. Turli avlodga mansub shoirlar she’riyati o‘zaro taqqoslansa, har bir davrga xos faol poetik so‘z, obrazli ifodalarni uchratamiz. Maqolada Xurshid Davron ijodida yashirin maqsadlar bilan san’at mavzusiga murojaat etilgan she’rlar tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ВЫРАЖЕНИЕ ТЕМЫ «ИСКУССТВО» В ПОЭЗИИ ХУРШИД ДАВРАН

Каждое слово в языке обладает неограниченным поэтическим потенциалом. Только талант и мастерство творца раскроют эту скрытую возможность. Если сравнить поэзию поэтов разных поколений, то можно найти активные поэтические слова и образные выражения, характерные для каждой эпохи. В статье анализируются стихотворения, обращенные к предмету искусства со скрытыми целями в творчестве Хуршида Даврона.

Текст научной работы на тему «XURSHID DAVRON SHE’RIYATIDA “SAN’AT” MAVZUSINING IFODALANISHI»

XURSHID DAVRON SHE'RIYATIDA "SAN'AT" MAVZUSINING IFODALANISHI

Maxmudov Sardorbek

Andijon davlat pedagogika institute O'zbek tili va adabiyoti ta'lim yo'nalishi magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7854823

Annotatsiya: Tildagi har bir so'zning cheklanmagan darajada poetik imkoniyati mavjud. Faqat bu yashirin imkoniyatni ijodkor talanti, mahorati yuzaga chiqaradi. Turli avlodga mansub shoirlar she'riyati o'zaro taqqoslansa, har bir davrga xos faol poetik so'z, obrazli ifodalarni uchratamiz. Maqolada Xurshid Davron ijodida yashirin maqsadlar bilan san'at mavzusiga murojaat etilgan she'rlar tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: Xurshid Davron, she'riyat, adabiyot, san'at, lirik kechinma, obraz, sintezlashuv jarayoni.

ВЫРАЖЕНИЕ ТЕМЫ «ИСКУССТВО» В ПОЭЗИИ ХУРШИД ДАВРАН

Аннотация: Каждое слово в языке обладает неограниченным поэтическим потенциалом. Только талант и мастерство творца раскроют эту скрытую возможность. Если сравнить поэзию поэтов разных поколений, то можно найти активные поэтические слова и образные выражения, характерные для каждой эпохи. В статье анализируются стихотворения, обращенные к предмету искусства со скрытыми целями в творчестве Хуршида Даврона.

Ключевые слова: Хуршид Даврон, поэзия, литература, искусство, лирический опыт, образ, процесс синтеза.

EXPRESSION OF THE THEME OF "ART" IN KHURSHID DAVRAN POETRY

Abstract: Each word in the language has unlimited poetic potential. Only the talent and skill of the creator will reveal this hidden opportunity. If we compare the poetry of poets of different generations, we can find active poetic words and figurative expressions characteristic of each era. The article analyzes the poems addressed to the subject of art with hidden goals in the work of Khurshid Davron.

Keywords: Khurshid Davron, poetry, literature, art, lyrical experience, image, synthesis process.

KIRISH

70-80-yillar she'riyatida san'at mavzusi keng ko'lamda ommalashdi. She'riyatda ommalashgan "yangi" mavzuning ortida turli xil his-kechinmalar, qarashlar, tushuncha va g'oyalar dunyoga keldi. Bu haqida D. Quronov shunday yozadi: "XX asr o'zbek she'riyati personajli lirikaning ko'plab go'zal namunalarini berdi. Unda lirik kechinma egasi sifatida goh tarixiy shaxs, goh esa zamondosh inson; goh xayoliy bir mavjudot, gohi esa kunda-kun ora ko'rib yurganimiz biror narsa yo hodisa, ba'zan hatto ruh... xullas, lirik personajlar galereyasi g'oyat kengki, shu masalaning o'ziyoq ko'lamli tadqiqodlarga manba bo'la oladi" [1, 202]

San'at mavzusining ommalashuvi va ko'lamining kengligini shu davrda ijod qilgan ijodkorlar asarlarini ko'rib, tahlil qilish jarayonida san'at mavzusida yozilgan she'rlarni quyidagi tematik guruhlarga ajratish orqali ko'rishimiz mumkin:

1) san'atkor qismatining badiiy talqini haqidagi she'rlar;

2) san'at mohiyati, vazifalari haqidagi she'rlar;

3) san'at asari haqidagi she'rlar

4) san'at asarlaridagi obrazlar haqidagi she'rlar.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Poetik janr va shakllardagi izlanishlar qanchalik ko'p bo'lsa, badiiy-estetik ma'noni ifodalash usullari, yo'llari shunchalik ko'pligini ko'rsatadi. Bu izlanishlar ortida, albatta, boshqa san'at sohalari bilan aloqa (sintezlashuvi), jamiyatdagi ijtimoylashuvning kuchayishi she'riyatda san'at mavzusining keng ko'lamda qalamga olinishiga yo'l ochgan asosiy omillardan biri deb bilamiz. San'at sohalarining o'zaro sintezlashuvi san'at sohasining yanada noziklashuviga, uning shu kungacha ko'rilmagan qirralarini ko'rishga imkon beradi. She'riyatning rassomchilik bilan teatr bilan va h.k. sohalar bilan sintezlashuvidan yaralgan go'zal she'rlarning san'at mavzusida yozilishi buning isboti bo'ladi. Masalan, Xurshid Davronning "San'at" nomli she'rini olsak, ushbu she'rida she'riyatda san'at mavzusini yozish bilan birga rassomchilik bilan sintezlashuv hodisasini ham ko'rishimiz mumkin:

Xona sovuq. Xontaxta uzra Bo'm-bo'sh shisha. Unda oy aksi Va burchakda turibdi muzlab Oq bo'zdagi g'amgin qiz rasmi.

She'rning birinchi misrasidanoq kitobxon ko'z oldida sovuq xonaning qaysidir qismida xontaxta (kitobxon o'z tasvvuriga ko'ra joylashtiradi), uning ustida ichilib bo'shagan shishaga tushayotgan oy aksi yaltiraydi. Shoir shu yerda "tomoshabin"larning nigohini burchakda muzlab turgan (ya'ni xona juda sovuq) oq bo'zga chizilgan g'amgin qiz rasmiga qaratadi. Kitobxon tasavvurida nogahon chizilayotgan suratni g'amga chayilgan bo'yoqlarda chizilgandagidek hisni tuyadi.

Derazada muzdan qatqaloq, Rassom yig'lar, ko'zlari xira. Uni qiynar olis xotira -Mo'yqalamda yashagan titroq.

Yangi banddan shoir "tomoshabin" nigohini xonaning boshqa qismiga sovuqdan derazada muzlab qolgan qatqaloqqa qaratadi va u yerda "tomoshabin" yig'lab ko'zlari xira tortgan, chuqur qayg'u va o'ylar girdobidagi rassomni ko'radi, butun umrini, hislari-yu, tug'yonlarini mo'yqalam bilan bo'lishganini his qiladi.

Taqdir kechar shunday hamisha -Xona sovuq, qotib qolgudek, Qotgan nonu bo'shagan shisha Va dunyoga kelgan mangulik [2, 9]. TADQIQOT NATIJALARI

She'rning yuqoridagi ikki bandida obyektivlashtirilgan tasvir ustuvor, lirik subyektni esa ko'rmadik. Uchinchi bandga kelib esa lirik subyekt ichki kechinmalarini ochiq ifodalaydi. Shu yerda kitobxon uni qiynayotgan olis xotiralar nima ekanligini anglaydi. O'limidan so'ng sud qilingan, millati uchun kurashib horlig-u faqirlik, tuxmat-u sotqinliklardan aziyat chekkan ma'rifatchilarimiz, umri qamoqlarda chirigan shoir-u ijodkorlarimizni eslaydi. Ushbu she'rda rangtasvir va she'riyatning sintezi yaqqol ko'rinadi. Ammo bu yerdagi san'at mavzusi va obyektiv tasvir bir vosita xolos. Lirik subyekt uchinchi bandda o'z xulosasini aytadi, bu tasvir ortidagi uni qiynayotgan asosiy og'riq qatag'onlik yillaridan beri davom etib kelayotgan zo'rlik edi, nazarimizda. She'r 1974- yili yozilgan. Ijodkorlarga endigina erkinlikning jonsiz epkinlari yela boshlagan palla edi. Ammo shoir chin erkinlik istaydi. Bir rassom qismatida boshqa san'at vakillarining qay qismat yo'lida kelganligi va qay qismat yo'lidan borayotganini chuqur dard bilan

ifodalaydi. She'rning mukammaligida ijodkor shaxsning badiiy universalligini ko'rishimiz mumkin.

A. Blok yozuvchini rasmdan saboq olishga undaydi, yozuvchi uchun rassomning psixologiyasi va dunyoqarashini, uning dunyoni idrok etishini juda muhim deb biladi, garchi fikrlar, his-tuyg'ular va taassurotlarni yetkazish vositalari har xil bo'lsa ham [3]. X. Davron yoshligidan tasviriy san'at bilan shug'ullanadi. Uning teran nigohida tabiatni, borliqni musavvirona ko'ra olish qobilyati yuksak. Ayni shuning uchun ham rangtasvir va she'riyatning go'zal sintezini uning she'rlarida juda ko'p ko'ramiz. Ushbu ikki san'atning ortiga ulkan ijtmoiy dardni mahorat bilan yuklaganini yuqorida guvohi bo'ldik. Shoir rassomchilikda anchagina qobilyatli edi va keyinchalik ham bu san'at bilan, rassomlar bilan yaqinlikni yo'qotmadi. Ijodkor avvalo jamiyat bilan hamnafas yashaydi. Biz asos qilib olgan ijodkorlarimiz she'rlarida ham xalqning dardi, quvonchi, his-kechinmalari o'z chizgilarini topgan. Ijodkor san'at mavzusiga o'zidan oldingi salaflarining dard- qayg'ularini, kechinmalarini his qilgan holda murojaat qiladi. Bu esa san'at mavzusining ko'lamining kengayishiga yana bir omil bo'lib xizmat qiladi. Ushbu omilnida yuqorida misol qilgan she'rimizda ham ko'rdik. MUHOKAMA

Xurshid Davron san'atkor qismati mavzusidagi she'rlaridan "Migel Ernandes so'zi" sarlavhali she'rida Ispan shoiri Migel Ernandesning o'limidagi holatiga (uning ko'zlari ochiq holatda o'ladi) ulkan ijtimoiy dardni yuklaydi. Shoirning e'tiqodicha, shoirlik bekordir, agar "Kulfat panjasida qolgan insonga Qalbini bahsh eta olmasa", chunki uning uchun shoirlik avvalo insonparvarlikdir. "Qanday yumay, kipriklarim qilichga aylansa, Vatan" deb boshlanuvchi she'rida "Qanday yumay?" degan savolni qayta-qayta ta'kidlaydi va bu savolning ortida nega yuma olmayotganligining sabablarini keltirib o'tadi. "Qanday yumay, do'stlarimni ko'rib tursam, Ko'rib tursam ular tutgan qurollarni" deya shoirning yuragida og'riqqa aylangan dadlarni birma-bir qalamga oladi. Bu dardlar yuqoridan pastga qarab gradatsiya orqali kuchayib boradi va davomida:

Ona xalqim sen ochlikdan, qullikdan, Muhabbatdan, nafrattan to'kkan ko'z Yoshlaringni bir o'zim to'ksam, Oqib tushib qorachig'im, yumilarmi ko'zlarim?

deya xitob qiladi. Shoir ko'zlarni nega yuma olmayotganini misrama-misra teranroq anglab boramiz-u, bu ijtimoiy chirkinlik, erkinlikning oyoqosti bo'lishi aynan bizda ham bo'lgandek, Migel Ernandesniku ko'zlari ochiqligini ko'rishibdi, ruhoniy chaqa qo'yib ko'zlarini yumibdi deymiz. Ammo qatag'onlik qurbonlari bo'lgan millatimizning ziyolilari-yu ijodkorlarining hatto o'liklari kafan ko'rmay ko'milmaganmidi; qabrlari uzoq o'lkalarda, muzliklarda, jarliklarda qolib ketmaganmidi, degan savollar bo'g'zingni achchiq bir tug'yon bo'lib bo'g'adi. Shoir ham shu dardlarni his etgan, albatta. Ammo buni ochiq ayta olmas edi. Shuning uchun ham o'zga bir yurt shoiri taqdirida buni akslantiradi. Shoir shu dardlarni his etib misralarda davom etadi: "Men hech qachon qo'shiq aytmaganman motam, azada. Biroq bugun bir xalq azasida kuylagim kelar, Qo'shiq aytgim kelar o'lmas xalq haqida. She'rlarimni yoqing, axir men bugun Haqiqiy she'rlar yozishga qudratim yetganda Qanday yumay ko'zlarimni, Qanday yumay?!"

XULOSA

Misralarni o'qiymizu, ko'z oldimizda ispan shoiri emas, balki xalqni uyg'otish ilinjida o'limini bo'yniga olgan Cho'lponlar-u, Qodiriylarning nigohlarini ko'rgandek bo'lamiz, go'yo. Ushbu misralarda shoir xalq azasi va o'lmas xalq so'zlarini bir-biriga qarama-qarshi qo'yadi. Aynan yuqorida aytgan ziyolilarning o'limi xalq azasi emasmidi? katta yo'qotish emasmidi? Ammo bu yo'qotishlar bilan xalqning ruhi sinmadi.

70- 80- yillar she'riyatida san'atkor qismati mavzusini yoritish orqali faqat san'atkor qismatini emas, balki inson erki, vatanga muhabbat, inson e'tiqodi kabi masalalarn ham bu mavzu orqali yoritib beriladi.

Adabiyotlar

1. Quronov D. Mutolaa va idrok mashqlari. - T.: Akademnashr, 2013.

2. Davron X. Bolalikning ovozi. - T.: Adabiyot va san'at, 1986.

3. Золотарева Л.Р. Взаимодействие изобразительного искусства и литературы. Вестник КарГУ. - Караганда, 2010. М., 1986. — С. 209.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.