Научная статья на тему 'XRISTIANLIK DINNING MUQADDAS MANBASI INJIL KITOBINING TASNIFI VA TALQINI'

XRISTIANLIK DINNING MUQADDAS MANBASI INJIL KITOBINING TASNIFI VA TALQINI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
9627
290
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Muso (a.s) / Iso (a.s) / Muhammad (s.a.v) / xristianlik / yahudiylik / Bibliya / Qadimgi Ahd / Yangi Ahd / Injil / Matto injili / Mark injili / Luka injili / Yuhanno injili / Pyotr / Pavel / Barnava injili / Ayyubiylar injili. / Moses (pbuh) / Jesus (pbuh) / Muhammad (pbuh) / Christianity / Judaism / Bible / Old Testament / New Testament / Bible / Gospel of Matthew / Gospel of Mark / Gospel of Luke / Gospel of John / Peter / Paul / Gospel of Barnabas / Gospel of Job.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mohira Mannop Qizi Qobilova

Ushbu maqolada Xristianlik dining muqaddas kitobi bo’lgan Bibliya tarkibiy qismlari ochib berilgan. Qadimgi Ahd va Yangi Ahd qismlarining paydo bo’lishiga to’xtalingan. Yangi Ahd qismiga kiruvchi Injil kitobi tarkibi, paydo bo’lishi, yozilish tarixi ko’rsatib berilgan. Ulardan bo’lgan Mark, Luka, Matt ova Yuhanno injillarining o’ziga xosligi, bir biridan farqli va o’xshash jihatlari hamda olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar dalillar bilan keltirilgan. Bundan tashqari islom olamida mashxur bo’lgan Barnava hamda Ayyubiylar injilining o’ziga xos jihatlariga ham to’xtalib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE BIBLE CLASSIFICATION AND INTERPRETATION OF THE HOLY SOURCE OF CHRISTIAN RELIGION

This article explains the components of the Bible, the holy book of Christianity. Focuses on the emergence of Old Testament and New Testament parts. The New Testament contains the contents of the Bible, its origin, and the date of its writing. Among them are the uniqueness, differences and similarities of the Gospels of Mark, Luke, Matt and John, as well as research by scholars. It also discusses specific aspects of the Gospel of Barnabas and the Jews, which are well-known in the Islamic world.

Текст научной работы на тему «XRISTIANLIK DINNING MUQADDAS MANBASI INJIL KITOBINING TASNIFI VA TALQINI»

XRISTIANLIK DINNING MUQADDAS MANBASI INJIL KITOBINING

TASNIFI VA TALQINI

Mohira Mannop qizi Qobilova

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi 1302mohira@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Xristianlik dining muqaddas kitobi bo'lgan Bibliya tarkibiy qismlari ochib berilgan. Qadimgi Ahd va Yangi Ahd qismlarining paydo bo'lishiga to'xtalingan. Yangi Ahd qismiga kiruvchi Injil kitobi tarkibi, paydo bo'lishi, yozilish tarixi ko'rsatib berilgan. Ulardan bo'lgan Mark, Luka, Matt ova Yuhanno injillarining o'ziga xosligi, bir biridan farqli va o'xshash jihatlari hamda olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar dalillar bilan keltirilgan. Bundan tashqari islom olamida mashxur bo'lgan Barnava hamda Ayyubiylar injilining o'ziga xos jihatlariga ham to'xtalib o'tilgan.

Kalit so'z: Muso (a.s), Iso (a.s), Muhammad (s.a.v), xristianlik, yahudiylik, Bibliya, Qadimgi Ahd, Yangi Ahd, Injil, Matto injili, Mark injili, Luka injili, Yuhanno injili, Pyotr, Pavel, Barnava injili, Ayyubiylar injili.

THE BIBLE CLASSIFICATION AND INTERPRETATION OF THE HOLY

SOURCE OF CHRISTIAN RELIGION

ABSTRACT

This article explains the components of the Bible, the holy book of Christianity. Focuses on the emergence of Old Testament and New Testament parts. The New Testament contains the contents of the Bible, its origin, and the date of its writing. Among them are the uniqueness, differences and similarities of the Gospels of Mark, Luke, Matt and John, as well as research by scholars. It also discusses specific aspects of the Gospel of Barnabas and the Jews, which are well-known in the Islamic world.

Keywords: Moses (pbuh), Jesus (pbuh), Muhammad (pbuh), Christianity, Judaism, Bible, Old Testament, New Testament, Bible, Gospel of Matthew, Gospel of Mark, Gospel of Luke, Gospel of John, Peter, Paul, Gospel of Barnabas, Gospel of Job.

Xristianlikning muqaddas manbai "Qadimgi Ahd" va "Yangi Ahd" deb nomlanuvchi ikki bo'limdan tarkib topgan "Bibliya" (yunoncha - "kitoblar") kitobi hisoblanadi. "Qadimgi Ahd" qismi "Tavrot", "Zabur" va boshqa bir necha kitob va gimnlarni o'z ichiga olib, umumiy hisobda 39 kitob, ya'ni bo'limlardan iborat.

"Yangi Ahd" to'rt "Xushxabar" ("Injil", "Yevangeliya"), havoriylar faoliyati (bir kitob), havoriylarning maktublari (21 kitob) va "Vahiynoma" ni o'z ichiga olgan 27 kitob, ya'ni bo'limlardan tashkil topgan.

Bibliya yahudiylik va xristianlik dinlari ta'limotiga ko'ra, u Xudo tomonidan nozil qilingan, asosiy diniy aqida va axloq qonunlarini o'zida jamlagan muqaddas kitoblar majmuasidir. Bibliya so'zining grekchadan tarjimasi "biblia" - "kitob, o'ram" ma'nolarini anglatadi. Hozirgi Bibliya katolik nashrlarida 72 ta kitobdan, protestant nashrlarida esa 66 kitobdan iborat1. Ushbu kitob taxminan 1500 yil mobaynida 40 nafar muallif tomonidan yozilgan. Mazkur kitoblar turli adabiy janrlardan, chunonchi, tarixiy voqea, nasabnoma, she'r, hamd-u sano, marsiya, bashorat, tanbeh-u nasihat, hikmatlar va maktublardan iborat. Bu kitoblarning qariyb hammasi qadimgi ibroniy tilida yozilgan. Faqatgina Ezra va Doniyor kitoblaridagi ayrim parchalar oromiy tilida yozilgan.

Bibliyaning tarkibiga kiruvchi Injil ya'ni xushxabarlarning muallifi Mark, Matto (Matvey), Luqo (Luka) va Yuhanno (Ioan)lar hisoblanib, barcha xristianlar tomonidan teng kuchli va qonuniy (kanonik) kuchga ega, deb tan olinadi. Injillar orasida eng qadimiysi Matto Injili hisoblanib, u Iso vafotidan 4 yil keyin ibroniy-yahudiy tilida yozilgan. Mark, Matto va Luqo Injillari bir-biriga juda o'xshash bo'lgani sababli "sinoptik Injillar" deb ataladi. Muqaddas kitob muqaddas rivoyatlar (Papalar maktublari va xristian soborlarining qarorlari) bilan to'ldiriladi, lekin muqaddas rivoyatlar ba'zi xristianlik yo'nalishlari tomonidan tan olinmaydi. Imperator Konstantingacha Isoning o'gitlari kitob xoliga keltirilmagan edi. Konstantin yepiskoplardan yozma manbalarni to'plashni va kitob holiga keltirishni buyuradi. Kitobni tayyorlash jarayoni ancha uzoq kechdi. Bu orada Konstantin vafot etib, kitob holiga keltirilgan manbalar tasdiqlanmasdan qolib ketdi. Faqat 419-yilga kelib, xristianlik tarixi yoritilgan Yangi Ahd Karfagen yig'inida tasdiqlandi .

Xristianlar tomonidan "Yangi Ahd"ga kiruvchi bu kitoblarning havoriylardan yetib kelganligiga va to'g'ri ekanligiga ishoniladi. Shuning bilan birga Injillarning Iso (a.s) ning asari emasligi, keyinchalik va ehtiyojga ko'ra yozilganligi, Iso (a.s) fikr va tushunchalaridan uzoqlashilganligini aytuvchilar ham bo'lgan. Bundan tashqari, Injillarda Iso (a.s) aytganlarining barchasi ham joy olmaganidek, Iso (a.s) ga oid bo'lmagan ba'zi fikrlarning joy olganligini e'tirof etuvchi xristianlar va xatto xristian din olimlari bor. Hozirgi kunimizda Injillarning, Qur'oni karim kabi emas, balki hadislar kabi tushinilishi kerakligini aytgan xristian din odamlari va yozuvchilarni ham ko'rish mumkin. Abu Fath Muhammad ibn Abdulkarim ibn Abu Bakr Ahmad Shahristoniyning bildirishicha, aslida Iso (a.s) ga nozil qilingan Injillar shariat hukmlarini o'z ichiga olmagan. Ularda halol va harom ham ko'rsatilmagan. Unda

1 MyMHHOB.A. ^HHmyHOC^HK: TomKeHT; MexpaT, 2004. - E. 123.

2 Dinshunoslik asoslari (o'quv qo'llanma) Ma'sul muharrir I.Usmonov: Toshkent islom universiteti nashriyot-matbaa birlashmasi, 2013. -B. 168.

Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 748

faqatgina ramziy ma'no va matallar, va'z va tanbehlar bo'lgan. Shuning uchun ham yahudiylar Iso (a.s) ga iymon keltirishmagan. Uni Muso (a.s) shariati va Tavrotga

-5

ergashishi shart, degan da'voni qilishgan .

Injil so'zi - mujda, bashorat va xushxabar degan ma'nolarni bildiradi. Injillar xristian muqaddas kitobining (yunoncha Biblia: kitob) bir bo'limi bo'lmish Yangi Ahddan joy oladi.

To'rt Injil; Matto, Mark, Luka va Yuhanno Injillaridir. Bir muncha ziddiyatlarning mavjud bo'lishiga qaramasdan ilk uch Injilda o'xshashliklar mavjud bo'lganligi uchun ularga "Sinoptik Injillar" deyiladi. Sinoptik Injillarning 60-

85-yillar atrofida yozilganligi (kitob shaklida shakllanganligi) taxmin qilinadi. To'rtinchisi bo'lmish Yuxanno Injili esa 100-yillardan keyin yozilgan bo'lib, ilk uch Injilning sharhlarini o'z ichiga oladi.

Matn tadqiqotlari natijasida bir qancha mutaxassislar fikriga ko'ra, ilk Injil Mark Injili ekanligi xulosasiga borilgan. Matto keyinroq yozilgan. Luka Injili esa ilk ikki Injilga tayanadi. Lekin uch Injilning ham qo'lga kiritilmagan, oromiy tilda bo'lmagan bir Injilga asoslanganligi tarixchilar tomonidan e'tirof etilgan. Iso (a.s) ning mil. avv. 6 yoki 4-yilda tug'ilganligi, haq dinga da'vatining boshlanishi 30 yosh va xochga mixlanish voqeasining 33 yoshda ekanliklarida bo'lib o'tganligi nazarda tutilsa, mavjud eng eski Injilning undan eng kamida 30 yil keyin yozilganligi aniqlashadi.

Iso (a.s) shogirdlari orasida o'qish-yozishni biluvchilar kam bo'lgan. Injillarda keltirilgan ma'lumotlar, og'izdan-og'izga naql qilingan rivoyatlar shaklida edi. Injillarning yozuvga qog'ozga tushirilishi masalasi, mavhumlikka asoslangan bir mavzudir. Hozirgi mavjud Injillarda Iso (a.s) ularni yozdirganliklari ishora qiluvchi biron bir ma'lumotga duch kelish imkonsiz. Garchi, "Menga bergan kalomlaringni ularga topshirdim... Men ularga Sening kalomingni topshirdim..." (Yuhanno\17-bob; 8, 14) kabi ifodalar uchrasa-da, lekin Injillarning qanday yozilganligi mavzusida biron bir aniqlik yo'q. Ba'zi manbalarda ilk xristianlarning Injillari bo'lganligi qayd qilingan. Bu Injillar, yahudiylar va rimliklarning ta'qibi natijasida yozuvchilar tomonidan muhofaza qilish maqsadida yashirilgan yoki din dushmanlari tomonidan qo'lga kiritilib, yo'q qilib yuborilgan. Bugungi kundagi Injillarning ham noaniq manbalarining shular jumlasidan bo'lishi mumkinligi fikri ilgari surilmoqda.

Keyingi Injillarning yozilishida og'zaki an'ananing aniqlashtirilganligi, oldingi ba'zi Injillardan foydalanilgan holda yozilganligi borasida fikrlar mavjud esa-da, bu mavzuda aniq bir to'xtamga kelinmagan. Chunki ba'zi xristian manbalarida bu Injil matnlarining 3 yoki 4 marta o'zgartirilganligi ham aytiladi. Bu oldin ham aytilganidek, ilk xristianlar orasida fikriy bo'linish natijasida kelib chiqqan. Ular, o'z fikrlarini quvvatlash yoki bu fikrlarga ishonmaganlarni ishontirish uchun Injillarga o'zgartirishlar kiritishgan. Bundan tashqari, Injillarning yozilishida aniq bir me'yorning bo'lmaganligi,

3Al-Minal van Nihal. Abul Fath Muhammad ibn Abdulkarim Ibn Abu Bakr Ahmad Shahristoniy. -Bayrut. 1995. -B. 249.

Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 749

ularning nazorat qilinmaganligi, har kimlarning Injil yozish bilan shug'ullanganligi va shunday qilib 100 dan ortiq Injilning yuzaga kelganligi barchaga ma'lum haqiqatlardandir. Hozirda mavjud to'rt Injil, bu yuzdan ortiq Injil ichidan bir-biriga yaqinligi uchun tanlab olingan va ularning sahih ekanligi, Muqaddas Ruhning himoyasi ostida yozilganligiga xristian din mansublari tomonidan e'tiqod qilinadi.

Muhammad Izzat at-Tahtoviy o'zining "al-Mizan fiy Muqoranatil Adyon" nomli kitobida bu mavzuga doir ushbu fikrlarni aytadi: "Injillarning ko'payib ketishi va ularning buzilishiga sabab, Iso (a.s)ning so'zlari va da'vatlari og'zaki tarzda bo'lganligidir. O'z davrida Injillar biron bir kitob shaklida yozib, tartibga keltirilmagan. Buning ustiga Iso (a.s) da'vatlari Falastindagi Nosira shahrida, ba'zi o'qish va yozishdan uzoq, Bani Isroilning baliqchilar to'dasi orasida kechgan. Ular orasida johillik juda ham avjida bo'lgan. Bunga qo'shimcha tarzda yana shuni ham aytish kerakki, yahudiy xalqi uni yolg'onchiga chiqarib, risolati va payg'ambarligini inkor qilish bilan birga, o'ldirish uchun ham reja tuzib turishgan edi.

Xristian ta'limotiga ko'ra, Iso (a.s.)ga suiqasd uyushtirilganidan keyin uning havoriylari o'zlaridagi mavjud ma'lumotlarni tahrir qilishga kirishgan va uni Iso (a.s)dan yetib kelgan haqiqiy Injil sifatida da'vo qilib chiqa boshlashgan. Shu tariqa ular orasida munozara va kelishmovchiliklar avj olib ketgan. Ulardan har biri o'z atrofiga avom tabaqadan tarafdorlar to'plashgan. Lekin ular orasidagi keskinlik va ixtiloflar natijasida aqidalariga ham ba'zi bir buzuqliklar va botil e'tiqodlar kirib bo'lgan edi. Asta-sekin ulardagi e'tiqod va amallarda shirk va butparastlik o'z aksini namoyon qila boshlagan. Mana shu ixtiloflar sabab bo'lib, ular orasida juda ko'plab qonlar to'kilgan va bu holat milodiy IV asrgacha davom etgan.

Iso (a.s)ga nisbat beriluvchi kitoblar soni yetmishga yoki yuzga yetgan. Ularning yuztadan oshganligini ta'kidlaganlar ham bo'lgan. Buning natijasida yakkaxudolikka e'tiqod qiluvchilar bilan birga (dualist) ikkixudolik va (taslis) uchxudolik e'tiqodlari ham yuzaga kelgan"4.

Bundan tashqari cherkov Injil matnlariga qo'shimcha tarzda Pavel, Pyotr, Yuhanno, Ya'qub va Yahudoning maktublarini, Payg'ambarlarning ishlari (tax. Lukaning) va (Yuhannoning vahiyi) vaxiy kitoblarini ham to'g'ri deb bilib, hammasini ham Yangi Ahd tarkibiga kiritgan.

Mister Arser Findley o'zining "al-Kavnul Manshur" kitobida Injillarning hech qanday tarixiy mohiyati yo'qligini va ularning keyinchalik kimlardir tomonidan yozilganligini ta'kidlaydi. Unga ko'ra, Injillar quyidagi davrlarda qog'ozga tushirilgan: "Matto Injili milodiy 100-yillar atrofida, Mark Injili 70-yillar atrofida, Luka Injili 80- va 95-yillar orasida, Yuhanno Injili 110-yillar atrofida yozilgan.

4 Al-Mizan fiy Muqoranatul Adyon. Muhammad Izzat Tahtoviy. 1876. -B. 103-104.

Uzbekistan www.scientificprogress.uz

Ulardan oxirgisining tarixiy muhim voqea-hodisalarni tasdiqlashda yoki ma'lumot olishda hech qanday qiymati yo'qligi aniq. Undagi barcha ma'no -mazmunda kotibning xayol va fikrlari keng o'rin olgan"5.

Cherkovning sahih emas deb bilib Yangi Ahdga qo'shmagan Injillar va yozuvlar orasida Ebionit (Ayyubiy) lar va Barnaba Injillari mashhurdir. Bu Injillarda; hozirda xristianlardagi mavjud Injillarga zid o'laroq, Allohning birligi, Iso (a.s) ning Allohning quli va rasuli ekanligi, iloh emasligi, xochga mixlanganning u emasligi va Iso (a.s) dan keyin bir payg'ambar kelishi kabilar ma'lum qilingan. Ko'rib turganingizdek, bu yerda keltirilgan ma'lumotlar Qur'oni karimdagilarga to'la mos keladi.

"Yangi Ahd" tarkibiga kiritilgan kitoblar quyidagilar:

Matto bayon etgan muqaddas xushxabar (Matto Injili). Bu Injil eng qadimgi Injillardan hisoblanadi. U Iso (a.s) dan 4 yil keyin ibroniy-yahudiy tilida yozilgan. Ammo o'sha asl nusxa ham hozir mavjud emas. Hozirgisi ham uning tarjimasidir. Tarjimoni va qaysi tildan tarjima qilgani ham ma'lum emas. Buning ustiga eng asosiysi bu Injilning muallifi - Matto, Iso (a.s) ning havoriylaridan bo'lmagan.

Mark bayon etgan muqaddas xushxabar (Mark Injili). Bu Injil, yunon tilida Iso (a.s) dan 23 yildan keyin yozilgani aniq. Ammo kim yozgani aniq emas. Ba'zi xristian olimlari uni Pyotr yozgan desa, boshqalari esa Pyotrning o'limidan so'ng Mark yozgan, deydilar.

Luka bayon etgan muqaddas xushxabar (Luka Injili). Bu Injil Iso (a.s) dan 20 yildan keyin yozilgan. Luka U zotning emas, balki Polning shogirdi bo'lgan. Polning o'z ham Iso (a.s) ni shaxsan o'zi ko'rgan emas. Buning ustiga Pol yahudiy bo'lib, hiyla bilan xristianlikka kirib, ko'p buzg'unchiliklar qilgan.

Yuhanno bayon etgan xushxabar (Yuhanno Injili). Bu Injil Iso (a.s) dan 32 yil keyin yozilgan. Ba'zi xristian toifalari uni Iso (a.s) ning shogirdlaridan Yuhanno ibn Zabdiy yozgan, deydilar. 500 ta taniqli xristian olimlari ishtirokida yozilgan Britaniya ensiklopediyasi bu kitobni "qalbaki kitob" deb e'tirof etgan.

Kitobni mazmun jihatdan uch qismga bo'lsa bo'ladi:

1) dunyoda yovuz kuchlar mavjud. Iso (a.s) ning izdoshlari imon yo'lida azob chekishlari va hatto jonidan mahrum bo'lishlari mumkin.

2) Iso (a.s) Rabbiydir. U Xudoga qarshi bo'lgan hamma odamlarni va kuchlarni yengadi.

3) Xudoga oxirigacha sodiq qolgan odamlar uchun Iso (a.s) mukofotlar tayyorlab qo'ygan. Ayniqsa, Xudoni o'z jonidan ham ortiq ko'rganlarni U yuksak darajada taqdirlaydi. Kitob 22 bobdan iborat.

Bibliyaning tarkibiga kiritilmagan bo'lsada, lekin xristianlik ta'limotining mohiyatini ochib berishda muhim hisoblanuvchi kitoblar mavjud. Ulardan biri sifatida Barnaba Injili va Ayyubiylar Injilini misol qilib keltirsak bo'ladi.

5 O'sha asar, -B. 192-193.

Uzbekistan

Barnaba Injili (Barnabas). Bu Injil, Injil nusxalari ichida asliga eng yaqin bo'lgani, deb hisoblanadi. O'n ikki havoriydan birimi yoki yo'qligi ixtilofli bo'lgan Barnaba, ayni paytda asli Qibrisli bir yahudiy oilada dunyoga kelgan. Asl ismi Yusuf (Joseph) dir. Barnaba esa, unga "tasalli topgan" ma'nosidagi keyinchalik berilgan bir laqabdir.

Iso (a.s) ta'limotini yoyish uchun harakat qilgan uch yillik muddat ichida, u vaqtining ko'p qismini Iso (a.s) ni yaqindan tadqiq qiluvchi (o'rganuvchi) sifatida o'tkazgan. Iso (a.s) dan bilgan va o'rganlarini bir kitob shaklida tartibga keltirganligi ko'pchilikka ma'lum. Shuning uchun ham u yozgan kitobga, ismiga nisbatan "Barnaba Injili" deb nomlanadi. Lekin uning bu Injilni qachon yozganligi aniq ma'lum emas.

Barnaba Injili mil. 325-yilgacha Iskandariya cherkovlari tomonidan qabul qilinib kelingan. Iso (a.s) tavalludlaridan keyingi I-II asrlarda, tavhidni qo'llab-quvvatlovchi Erenyus (Iraneus, mil. 120-200) ning yozuvlarida qo'ldan qo'lga o'tgan (qo'lma-qo'l bo'lgan). Mil. 325-yilda mashhur Iznik konsili tashkil qilingan va unda taslis (uchlik) e'tiqodi va Pavelning, xristianlikning rasmiy ta'limotchisi ekanligi kabi masalalar e'lon qilingan. Bundan tashqari, bu konsilda cherkovning rasmiy Injillari sifatida; Matto, Mark, Luka va Yuhanno Injillari tanlab olingan. Yuqorida zikr qilinganlardan tashqari bo'lgan barcha Injillar (Barnaba Injili ham shular jumlasidan) ning o'qilishi va o'qitilishi ta'qiqlangan. Barnaba Injili haqidagi bu ta'qiq, keyingi asrlarda ham davom etgan. Mil. 366-yilda Papa Demesus (Damasus; 304-384) ning, bu Injilning o'qilmasligi haqida qaror chiqarganligi ma'lum qilingan. Bu qaror 395-yilda vafot etgan Kalisariya episkopi Glesus (Gelasus) tomonidan ham qo'llab-quvvatlangan. Uning "Apokrifal" kitoblar ro'yxatida; Barnaba Injili ham mavjud bo'lgan. "Apokrifa", oddiy tilida "xalqdan yashirin tutilgan, maxfiy", degan ma'noni bildiradi. Papaning, maxfiy kitoblari ro'yxatiga Barnaba Injilining ham kiritilganligi, uning haqiqiy Injil ekanligiga bo'lgan ishonchni oshiradi. Bundan tashqari Papaning, 383-yilda Barnaba Injilining bir nusxasini qo'lga kiritib, o'z shaxsiy kutubxonasida saqlaganligi ham ma'lum6.

Barnaba Injili haqida chiqarilgan barcha ta'qiqlovchi qarorlar va bu Injilning o'qilmasligi uchun olingan tadbirlar ko'p ham natijali bermagan. Zero; shuncha ta'qiq va tazyiqlarga qaramasdan Injil bugungi kunimizgacha yetib kelgan. Uning hozirgacha yetib kelishini ta'minlagan Fra Marino nomli bir rohib bo'lgan. Bu voqeaning tarixi quyidagicha bo'lgan:

Barnaba Injilining inglizcha tarjima qilingan qo'lyozmasi, Papa Sekstus (Sextus, 1589-1590) da mavjud bo'lgan. Sekstus, Injildan keng miqyosda foydalanuvchi Erenyusning yozuvlarini o'qiganidan keyin Injil bilan yaqindan qiziquvchi Fra Marino bilan o'rtoq bo'lgan. Bir kuni Marino, Sekstusni ko'rgani borgan. Ular birgalikda o'tirib tushlik qilishgan. Tushlikdan keyin Papa uyquga ketgan. Rohib Marino, Papaning

6 Jesus Prophet of Islam. Muhammad Atourrahim. Angliya. 1977. -B. 39-41.

Uzbekistan www.scientificprogress.uz

shaxsiy kutubxonasidagi kitoblarni ko'zdan kechira boshlagan va Barnaba Injilining italyancha qo'lyozmasini olgan va uni kiyimining ichiga yashirib, u yerdan olib chiqib ketgan va Vatikanga kelgan. Bu qo'lyozma keyinchalik, Amsterdamda katta bir shuxrat va obro'ga ega, hayoti davomida bu asarga alohida e'tibor bilan qaraganligi ma'lum bir shaxsga yetib borgunicha qo'lma-qo'l bo'lib yurgan. Uning o'limidan keyin esa Prusiya qiroli vakili J. E. Kramer (J. E. Kramer) ning qo'liga o'tgan. 1713-yilda Kramer bu qo'lyozmani, kitob mutaxassisi, mashhur Savoylik Shaxzoda Yugen (Yeugen) ga bergan. 1738-yilda, kutubxonasi bilan birga Venadagi Hofbibliothekga qo'chirib o'tilgan va hozir ham mazkur Injil o'sha yerda saqlanadi. Mustaqil cherkov tarixchilaridan e'tiborli bir kishi bo'lgan Toland (Toland), bu qo'lyozmani o'rganib chiqqan va o'limidan keyin 1747-yilda bosib chiqarilgan har xil tadqiqodlarida, unga nisbatan ham ba'zi bir ma'lumotlarni keltirib o'tgan. U bu Injil haqida shunday degan: "Bu, go'yo bir muqaddas kitob mohiyatidadir"7.

Barnaba Injilining italyancha qo'lyozmasi, Kanon (Canon) va Mister Raj (Mrs. Ragg) tomonidan ingliz tiliga tarjima qilingan va 1907-yilda Oksfort Universiteti matbaasida bosib chiqarilgan. Inglizcha tarjimaning barchasi bir zumda va sirli tarzda sotuvdan yo'qolgan. Bu tarjimaning faqatgina ikkitagina nusxasigina borligi ma'lum: biri Britaniya Davlat Muzeyi (British Museum) da, yana biri Vashington Kongress (Washington Kongre) kutubxonasida saqlanadi. Vashingtondagi kitobning bir mikrofilm nusxasi qo'lga kiritilgan va inglizcha tarjimaning yana bir nashri Pokistonda tarqalgan8.

Barnaba Injili XX asrning boshida Misrda, Doktor Xalil Sodah tomonidan arab tiliga tarjima qilingan va bu asarga bir muqaddima yozilib, Muhammad Rashid Rizo tomonidan nashr qilingan9.

Barnaba Injilining boshqa to'rt Injildan ajralib turuvchi muhim jihatlari ushbulardir:

- Barnaba Injili, Iso (a.s) ning iloh yoki Allohning o'g'li ekanligi e'tiqodini tan olmaydi.

- Ibrohim (a.s) ning qurbonlik sifatida taqdim qilgan o'g'illari; Tavrotda bildirilganidek va xristianlarning e'tiqodidagidek Is'hoq (a.s) emas, Ismoil (a.s) ekanligi;

- Kutilgan payg'ambar Iso (a.s) emas, Muhammad (s.a.v) ekanliklari;

- Xochga mixlangan shaxsning Iso (a.s) emas, balki Yahuda ismli xoin ekanligi kabi mavzulardir10.

Barnaba injilining xristianlar tomonidan qabul qilinmasligining ko'pgina sabablari bor. Ulardan ba'zilari: mazkur kitobda keltirilgan hukmlarning o'z qo'llaridagi

7 Jesus Prophet of Islam. Muhammad Atourrahim. Angliya. 1977. -B. 41-42.

8 O'sha asar, -B. 42.

9 Al-Mizan fiy Muqoranatul Adyon. Muhammad Izzat Tahtoviy. -Misr. 1984. -B.215.

10 Hristiyanlik Uzerine Konferanslar. Muhammad Abu Zahro. -Istanbul. 1978. -B. 105-107.

mavjud 4 Injilda uchramasligi bo'lsa, ikkinchisi: bu kitobning, asliga yaqin hukmlarni tashiganligi uchun ham musulmonlar tomonidan qo'llab-quvvatlanishidir. Musulmonlar tomonidan kattagina qiziqish bildiriluvchi bu Injil, xristianlar tomonidan; "Musulmonlarning qo'li bilan yozilgan", deya baholanishiga "sazovor" bo'lgan.

Ayyubiy (Ebionit)lar Injili. Bu Injil oromiy tilda yozilgan bo'lib, xristianlikda bir firqa bu Injilga e'tiqod qilgan. Bu Ayyubiylar firqasi uning quruvchisi Ayyubga nisbatan shunday nomlangan. Bu firqaga mansub bo'lganlar IV asr oxirigacha mavjud bo'lgan. Shundan keyin yo'q bo'lib ketgan. Bu Injil Muso (a.s) dan qolgan barcha shariat hukmlarini e'tirof etishi bilan hozirgilaridan ajralib turgan. Shuningdek u Barnaba Injiliga zid ravishda Iso (a.s) ni kutilgan Masih ekanligiga e'tiborni tortadi. Lekin uning ilohligini inkor qilib, faqatgina oddiy inson va payg'ambar ekanligini ta'kidlaydi. Unda Iso (a.s) haqida Islom manbalaridagi mavjud fikrlar bilan bir xillikni ko'rish mumkin.

REFERENCES

1. Jesus Prophet of Islam. Muhammad Atourrahim. Angliya. 1977. -B. 41-42.

2. Al-Mizan fiy Muqoranatul Adyon. Muhammad Izzat Tahtoviy. -Misr. 1984. -B.215.

3. Hristiyanlik Uzerine Konferanslar. Muhammad Abu Zahro. -Istanbul. 1978. -B. 105107.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.