Научная статья на тему 'XORAZM VILOYATIDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSIYALARNI JALB QILISH'

XORAZM VILOYATIDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSIYALARNI JALB QILISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
turizm / innovatsiya / texnologiya / turistik korxonalar / ekologik omillar / turizm turlari tasnifi.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Abduvohidov Abdumalik Mahkamovich, Komilov Dostonbek Ro‘Zimboy O‘G‘Li

Ushbu maqolada “innovatsiya” tushunchasining mazmun mohiyati, shu mavzu bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazgan xorijiy va mahalliy olimlarning bergan ta’riflari ko‘rib chiqilgan hamda turizm sohasiga innovasion texnologiyalarni jalb qilinishi va ularni turizm turlariga ta’siri yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XORAZM VILOYATIDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSIYALARNI JALB QILISH»

XORAZM VILOYATIDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSIYALARNI JALB QILISH 1Abduvohidov Abdumalik Mahkamovich, 2Komilov Dostonbek Ro'zimboy o'g'li

1Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti,Turizm va servis kafedrasi, i.f.n., prof

abdumalik1957@mail.ru 2Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti taynch doktoranti(PhD) daston_kamilov@mail .ru https://doi.org/10.5281/zenodo.11003799

Annotatsiya. Ushbu maqolada "innovatsiya" tushunchasining mazmun mohiyati, shu mavzu bo'yicha tadqiqotlar o'tkazgan xorijiy va mahalliy olimlarning bergan ta'riflari ko'rib chiqilgan hamda turizm sohasiga innovasion texnologiyalarni jalb qilinishi va ularni turizm turlariga ta'siri yoritib berilgan.

Kalit so'zlar. turizm, innovatsiya, texnologiya, turistik korxonalar,ekologik omillar, turizm turlari tasnifi.

Аннотация. В данной статье рассматривается значение понятия «инновация», определения, данные зарубежными и отечественными учеными, проводившими исследования по данной теме а также привлечение инновационних технологий в сферу туризма и их влияние на виды туризма.

Ключые слова. туризм, инновации, технологии, туристские предприятия, факторы окружающей среды, классификация видов туризма.

Abstract. This article tells us about the meaning of the concept of "innovation", the devinitions given by foreign and local scientists who have conducted research on this topic, and the involvement of innovative technologies in the field of tourism and their impacton types of tourism.

Key words. tourism ,innovation, technology, tourist enterprises,environmental factors, classification of tourism types.

Turizm sohasida innovatsion texnologiyalarning rivojlanishi o'tgan asrning 70 yillarining boshida "United States Luggage" kompaniyasi xodimi Bernard Devid Sadou tomonidan g'ildirakli chemodonlar ixtirosi uchun patent olinishi bilan boshlangan. Hozirgi vaqtga kelib, turizmning to'la elektronlashuvi hamda unda sun'iy intellekt ishtirokining faollashuvi muhim omillaridan biri bo'lib qolmoqda. Yarim asr avval og'ir yuklar sabab paydo bo'lgan innovatsiya hamda bugungni kashfiyotlar mohiyatan bir negizga ega, innovatsiya muammo va uning yechimini izlashga aloqador bo'ladi.Bugungi kunda yangi texnologiyalar yangi ko'nikmalar, yangi materiallar, yangi xizmatlar va yangi tashkilot shakllariga olib keldi. Xususan, oxirgi 30 yillik davrda texnologik innovatsiyalar muhim rol o'ynadi. Turizmda yangi texnologiyalar "elektron turizm" deb nomlangan yangi biznesni yangi shaklini yaratdi va bugungi kunda yangi "elektron tijorat" shaklini misol qilib keltirishimiz mumkin.

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, turizm sohasida innovatsiyalarni joriy etish mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni, aholini ijtimoiy ahvoliga, hukumatlararo va halqaro bitimlarga jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Turizmda innovatsiya siyosatining asosiy maqsadi o'sishni rag'batlantirish va samaradorlikni oshirish hisoblanadi. Shuning bilan birga innovatsiya turizm biznesi korxonalarini raqobatbardoshligini oshirishning muhim unsurlaridan biri hisoblanadi. Turizm xizmatlari sohasida innovatsion faoliyatni rivojlantirish yo'nalishlari va ularning korxonalarda

qo'llanilishi, shuningdek, innovatsion jarayonlarni samaradorligi aniqlash bo'yicha ham ko'pgina tadqiqotlar amalga oshirilgan.

MDH olimlaridan M.M.Romanovga ko'ra, turizmda innovatsiya - bu o'ziga xos ijobiy natijalarni belgilaydigan hamda bir qator tamoyillarga muvofiq keladigan yangi mahsulot (marshurt yoki yangi dam olish joyi) yaratish hisoblanadi.[1]

A.P.Dudning fikricha, turizmdagi innovatsiyalar - bu zamonaviy texnologiyalar yordamida yangi turistik mahsulotlarni tashkil qilish jarayoni hisoblanadi. Mamlakatimiz olimlari tomonidan ham turizm sohasida innovatsiya va innovatsion texnologiyalarni tadbiq qilish bo'yicha bir qancha tadqiqotlar amalga oshirilgan. Jumladan iqtisodchi olimlar B.N.Navruz-Zoda va N.S.Ibragimovlarga ko'ra turizm sohasida innovatsiya - bu turizmni barqaror rivojlanish tizimini shakllantirish va raqobatbardoshligini oshirishga imkon beradigan yangiliklarni yaratishdir. Sh.J.Mamatkulova tomonidan turizmni innovatsion marketing asosida rivojlantirish masalalari, A.N.Norchaev tomonidan turizmga raqamli innovatsion texnologiyalarni joriy qilish masalalarin tahlil qilgan.[2]

Bugungi kunda Xorazm viloyatidagi noqulay ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash maqsadida qat'iy o'ziga xos nostandart chora - tadbirlarni amalga oshirish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy xo'jalik faoliyatini innovatsion texnologiyalarni joriy qilish asosida rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan va so'nggi yillarda bu borada ko'ng ko'lamdagi ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan "Orolbo'yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi" deb e'lon qilinishi bilan buning yaqqol isboti hisoblanadi.[3]

Ya'ni bunda "yashil iqtisodiyot", ekologik toza, energiya va suv tejaydigan texnologiyalar tamoyillarini kompleks tatbiq etish, shuningdek, ekoturizmni rivojlantirish ustivor yo'nalishlar sifatida belgilangan. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo'yi xalqaro innovatsiya markazini tashkil etish to'g'risida" qarorining qabul qilinishi bilan izohlash mumkin. Ushbu qarorga muvofiq, Orolbo'yi mintaqasida ekologik tizimni yaxshilash va mahalliy munosib hayot faoliyatini ta'minlash, tadqiqotlar va innovatsiyalarning ilg'or tajribalarini joriy qilishni nazarda tutgan. Orolbo'yi mintaqasida xalqaro innovatsiya markazining tashkil etilishi, innovatsion texnologiyalar va yondashuvlar asosida iqlim o'zgarishlariga moslashuvchanlikni belgilash, shuningdek, ekologik turizmni barqaror rivojlantirish imkoniyatini beradi.[4]

Tadqiqotlaramiz jarayonida Xorazm viloyatining turistik korxonalari, shu jumladan, turopertorlar, sayyohlik agentliklari, muzeylar, mehmonxonalar, oilaviy mehmonxonalar, turizmda transport korxonalari, umumovqatlanish korxonalari boshqaruvchilari bilan turizm sohasida innovatsiyalarining qo'llanilishi bo'yicha suhbatlar o'tkazildi. Turizm sohasi korxonalari vakillari bugungi kunda innovatsiyalarni qo'llashdan asosiy maqsad, innovatsiyalarni harakatga keltiruvchi asosiy kuchlar hamda innovatsiyalarni joriy qilish bo'yicha asosiy to'siqlar nimalardan iborat ekanligi to'g'risida berilgan javoblarini umumlashtirishga harakat qildik. Olingan javoblarga asoslanib, turizm sohasidagi innovatsiyalarni mahsulotlar va jarayonlar innovatsiyalarga ajratgan holda tahlil qildik.

Turistik mahsulot innovatsiyasi tarkibiga umumovqatlanish korxonalarida yaratilgan yangi mahsulot, mehmonxona nomerlarining zamonaviy ta'mirlanishi, yangi sog'lomlashtirish uskunalari va ilovalar, yangi arxitektura va dizayn, baho innovatsiyalari hamda yangi destinatsiyalar kiritish mumkin. Turistik jarayon innovatsiyasiga V2B axboroti va bronlashtirish

tizimlari, boshqarishning yangi tizimlari, kompaniyani qayta tashkil qilinishi, marketing va yetkazib berishning yangi tizimlari, turli sohalarda hamkorlik qilish, xodimlar malakasini oshirish, xizmatlarni optimallashtirish kiradi. Tadqiqotlarimiz jarayonida Xorazm viloyatida turizm sohasiga innovatsion texnologiyalarni joriy qilish holatini tahlil qildik. O'rganish jarayoni mintaqaning turizm sohasiga innovatsiyalarni tadbiq qilish masalalari yetarli darajada tashkil qilinmaganligini ko'rsatdi. Xususan, turistlar tashrif buyurayotgan turistik ob'ektlar, mintaqadagi turizm industriyasi korxonalari (mehmonxonalar, ovqatlanish korxonalari, transport korxonalari, turoperatorlar) hamda turizm infaturizilmalari innovatsiyalarni joriy qilish muhim zaruriyat hisoblanadi.[5]

Turistik mahsulot va jarayonlar innovatsiyasiga muvofiq, Xorazm viloyati turizmiga innovatsion texnologiyalarni joriy qilish natijasida sohaning raqobatbardoshligi, mintaqani turizm jozibadorligi, sayyohlarga xizmat ko'rsatish sifati yana oshadi.Yuqoridagilardan kelib chiqib, Xorazm viloyatida turizm sohasida innovatsiyalarni jalb qilishning ustuvor yo'nalishlarni ishlab chiqildi (3.7-rasm).

3.7- Xorazm viloyatiga turizm sohasiga innovatsiyalarni jalb qilishning ustuvor

yo'nalishlari

3.5-jadval

Xorazm viloyaitida innovatsion texnologiyalarni joriy qilgan holda, turizm turlarini

tasniflanishi

Ta'sir qilish omillari Turizm turlari Innovatsion texnologiyalar

Ehtiyotkorlik bilan munosabat Ekoturizm Kompleks turmarshurtlar, maxsus xizmatlar (ekoturizm sohasida maxsus mahsulotlar, maxsus joylashtirish vostilari, maxsus tadbirlar)

Ziyorat turizm Diniy marosimlar va an'analarni imitatsion texnologiyalar yordamida namoyish qilish

Harajatlarni yuqori darajasi Ekstremal turizm Ekstremal turizmni tashkil qilishni usullarini ishlab chiqish, ushbu turizm turini tibbiy kuzatuvini ta'minlash hamda har bir turistga individual yondoshish

Hissiy komponentlar Estremal turizm Yangi ekstremal turxizmatlarni shakllantirish, fantastik elementlar bilan ekstremal tadbirlarni tashkil qilishning yangi usullarini ishlab chiqish

Etnografik turizm Tarixiy o'tmishdagi qadimgi yaxshi an'analarni sayyohlarga ko'rsatish

Ekzotik turizm Turistik yo'nalishlarni rivojlantirishda noan'anaviy yo'nalishlarni tanlash, dam olishni tashkil yangi usullarini qo'llab, bayramona muhit yaratish, ekzotik ko'ngil ocharlarni rivojlantirish, sayyohlar uchun ovqatlanishni tashkil qilishda ekzotik taomlardan foydalanish

Rasmiy kontekst Kongress turizm Mintaqaning Nukus, Urganch va Xiva shaharlarida mahalliy va xorijiy OAVlari ishtirokida xalqaro ko'rgazmalar, simpozuimlar va anjumanlarni tashkil qilish

Biznes-turizm Zamonaviy texnolgiyalardan foydalangan holda ekskursiya doirasida ishbilarmonlik tadbirlari va biznes jarayonlarini tashkil qilish

Kognitiv ta' sir Ekzotik turizm Sayyohlarni yangi ekzotik turar joylar bilan tanishtirishni tashkil etish, yangi usullar bilan ovqat tayyorlashda bevosita turistning ishtirokini ta'minlash

Ekoturizm Sayyohlarni mintaqaning hayvonot va o'simlik dunyosiga jalb qilish, ekoturizm sohasida ma'rifiy va madaniy tadbirlar o'tkazish

Innovatsion texnologiyalarni tadbiq qilgan holda, 3.5-jadvalda keltirilgan turizm turlarini tashkil qilish natijasida quyidagi xulosalarni qilish mumkin.

Birinchidan, Xorazm viloyatida innovatsion texnologiyalar asosida turizm turlarining tashkil qilinishi va rivojlantirilishi qo'shimcha pul mablag'larini oqib kelishini, xalqaro biznes aloqalarini mustahkam o'rnatilishini hamda mintaqa turistik raqobatbardoshligini oshirishni ta'minlaydi. Ikkinchidan, Xorazm viloyatida turizm sohasining bozordagi mavqeani mustahkamlaydigan samarali boshqaruv tizimini shakllantiradigan innovatsion usullarni topish muammosi[5]

Xorazm viloyaitida innovatsion o'zgarishlarni asosiy yo'nalishlaridan biri bo'lib, barqaror turizmni rivojlantirish hisoblanadi. Turizmda innovatsion o'zgarishlarning ekologik omillariga -iqlim o'zgarishi, cho'llanishning kuchayishi hamda qo'l tegizilmagan tabiiy hududlarning qisqarib borayotganligi kiradi. Ushbu sohadagi salbiy tendensiyalar toza muhitni jamoatchilik fikrida katta ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatadi hamda bu sayyohlar tanloviga ta'sir qiladi. Bu sohadagi innovatsiyalarning bugungi kundagi asosiy trendi bo'lib, turistik korxona darajasida ham, mintaqa darajasida ham ekologik menejmentni joriy qilish etishdir.[5]

Xulosa qilib aytganda, turizm sohasida xizmatlarni diversifikatsiya va modernizatsiya qilish hamda innovatsion jarayonlarning marketing konsepsiyasini yaratish orqali yangi turistik mahsulotlarni ishlab chiqish soha samaradorligini oshirishida va mos ravishda, aholining ish bilan bandligini ta'minlashda, hududlar iqtisodiyotining mutanosib rivojlanishini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Романова М.М. Инновации в индустрии туризма // Инновации в науке. Сб. статей по материалам XXIX международной научно-практической конференции. - Новосибирск, 2014. - http://sibac.info/ 13053

2. Дудь А.П. Инновации в туризме // Научный вестник МГИИТ. - 2011. - № 4.

3. 3.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2018 yil 24 avgustdagi Turkmanboshi shaxrida orolni qutqarish xalqaro jamg'armasi ta'sischi davlat raxbarlari kengashining majlisdagi nutqi. "Xalq so'zi" 2018 yil 25 аvgust, №173(7131). 1 -bet.

4. "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi orolbo'yi xalqaro innovatsiya markazini tashkil etish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 oktabrdagi ПК-3975-son qarori

5. 5.Tadqiqotlar asosida muallif ishlanmasi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.