Научная статья на тему 'HUDUDLARDA TURIZM SOHASI RIVOJLANISHIGA INNOVATSION YONDASHUVLAR'

HUDUDLARDA TURIZM SOHASI RIVOJLANISHIGA INNOVATSION YONDASHUVLAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
398
57
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
innovatsiya / turizm / axborot texnologiyalari / tur / operator / metod. / innovations / tourism / information technologies / type / operator / method.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — B. Arzimatov

Innovatsiyalar va axborot texnologiyalari bugungi kunda har bir sohaning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi, shu jumladan turizm sohasida ham. Ushbu maqolada ushbu vositalarning sohada qo`llanilish tendensiyalari va afzalliklari muhokama etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INNOVATIVE APPROACHES TO THE DEVELOPMENT OF TOURISM IN THE REGIONS

Today, innovation and information technology have become an integral part of any industry, including tourism. This article reviews the trends and benefits of using these tools in the field.

Текст научной работы на тему «HUDUDLARDA TURIZM SOHASI RIVOJLANISHIGA INNOVATSION YONDASHUVLAR»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

HUDUDLARDA TURIZM SOHASI RIVOJLANISHIGA INNOVATSION

YONDASHUVLAR B.Arzimatov

Farg'ona Politexnika Instituti assistenti https://doi.org/10.5281/zenodo.7315696

Annotatsiya. Innovatsiyalar va axborot texnologiyalari bugungi kunda har bir sohaning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi, shu jumladan turizm sohasida ham. Ushbu maqolada ushbu vositalarning sohada qo llanilish tendensiyalari va afzalliklari muhokama etiladi.

Kalit so'zlar: innovatsiya, turizm, axborot texnologiyalari, tur, operator, metod.

ИННОВАЦИОННЫЕ ПОДХОДЫ К РАЗВИТИЮ ТУРИЗМА В РЕГИОНАХ

Аннотация. Сегодня инновации и информационные технологии стали неотъемлемой частью любой отрасли, в том числе и туристической. В данной статье рассматриваются тенденции и преимущества использования этих инструментов в полевых условиях.

Ключевые слова: инновации, туризм, информационные технологии, тип, оператор, метод.

INNOVATIVE APPROACHES TO THE DEVELOPMENT OF TOURISM IN THE

REGIONS

Abstract. Today, innovation and information technology have become an integral part of any industry, including tourism. This article reviews the trends and benefits of using these tools in the field.

Keywords: innovations, tourism, information technologies, type, operator, method.

KIRISH

Axborot texnologiyalarining ustunligi ularning axborotlarni to'plash, tahlil qilish va uzatishda yaratib beradigan katta imkoniyatlari bilan belgilanadi. Bu texnologiyalar ma'lumotlarni istalgan joyga, u qanday masofada joylashganligidan qafiy nazar, tezlik bilan va minimal xarajatlar evaziga yetkazib berish imkonini beradi. Axborot texnologiyalarining bu imkoniyatlarini insonning intellektual qobiliyati ro'yobga chiqaradi va undan foydalanishni ta'minlaydi. Yoki boshqacha qilib aytganda, axborot texnologiyalari inson intellektual qobiliyati imkoniyatlarini to'ldiradi, uni yanada kuchaytiradi.

Axborot texnologiyalarining turizmni rivojlantirishdagi roli beqiyos. Chunki turizmda axborotlar tez va uzoq masofalarga uzatilishi lozim boladi. Internet-texnologiyalar turizmni innovatsion asosda rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratib berdi, Aynan internet-texnalogiyalar tufayli turistik xizmatlarni iste'molchilarga multimedlyali reklama qilish bo'yicha axborotlarni yig'ish va taqdim etish elektron tizimlarini qollash imkoniyatlari paydo boldi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Turizmda zamonaviy innovatsion texnologiyalarini qo llash asosida xizmatlar ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiyalash hali boshlang'ich bosqichlarini boshidan kechirmoqda. Lekin kelajakda turizmda axborottexnologiyalarining ulkan istiqbollari togrisida hech qanday shubha yo q. Bizning nazarimizda, internet-texnologiyalari tizimi sohasida innovatsion jarayonlarni rivojlantirishning eng asosiy yo'nalishlaridan biriga aylanadi. Informatsion texnologiyalarining, telekommunikatsiya hamdaelektron savdoning turizmda keng tarqalganligiga qaramasdan, O zbekistonda 2000 yillardan boshlab turistik korxonalar va

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

tashkilotlar undan ancha faol foydalana boshladilar.

Internet turistik tashkilot va korxonalarga uncha katta bo'lmagan sarf- xarajatlar bilan taklif qilinadigan tur-mahsulotlar va ularni sotishni tashkil etish bo'yicha muayyan axborotlarni ko'p sonli iste'molchilarga yetkazib berish muammosini yechish vositasi hisoblanadi.

Bundan tashqari, u mijozlardan buyurtmalarni tez va samarali qabul qilish va zarurat bo'lganda buyurtmalarni oldindan joylashtirish, bozorda iste'molchilar bilan bo'ladigan aloqalarni osonlashtirish, xizmatga oid ma'lumotlarni chop etish va tarqatishni arzonlashtirishda ham muhim rol o'ynaydi.

TADQIQOT NATIJALARI

Iste'molchilarga turistik xizmatlarni taklif etuvchi subyektlar, jumladan mehmonlar an'anaviy usulda mijozlar bilan turoperatorlar, turagentlar, mehmonxona tarmoqlari, oldindan band qilishning (bronlamoq) kompyuterlashgan tarmoqlaridan foydalanib kelganlar. Ushbu sohada innovatsiyalarni qo'llash imkoniyatlari katta. Bu yo'nalishda virtual vositalardan, ya'ni turistik firma, mehmonxona saytlarini keng joriy qilish lozim bo'ladi. Bu sayohatchilar uchun o'rtadagi vositachilarsiz (turoperator, turagent) turistik xizmatlar haqida xilma-xil axborotlarni olish, ularni tanlash va ehtiyoj paydo bo'lganda xizmatlarga buyurtmalar berish imkonini yaratib beradi [1].

Keyingi yillarda jahon amaliyotida turistik xizmatlar savdosida internetning roli tobora oshib bormoqda. Bu sohada ayniqsa AQSH ancha ilgarilab ketdi. Tadqiqotlarga ko'ra ushbu mamlakatda turistlarning 60 foizi internet orqali o'zlariga ma'qul xizmat turlarini internet orqali axtarib topadilar. Turistik xizmatlarga talab ikkita omildan juda ko'p darajada bog'liq: birinchidan, xizmatning narxi va, ikkinchidan, xizmatga oid axborotlarni topishdagi qulaylik. Bu nuqtai nazardan uning boshqa barcha manba va vositalarga nisbatan katta afzalliklari bor va shu sababli imkoniyattug'dirib berilsa, iste'molchilar undan samarali foydalanishga harakat qiladilar.

Statistik ma'lumotlarga ko'ra, AQSHda onlayn texnologiyalarni qo'llash asosida turistik xizmatlarni sotish hajmi tez oshib bormoqda va bugungi kunda u 54 mlrd.AQSH dollorini tashkil etadi, uning jami turistik xizmatlardagi ulushi esa 23 foizga yetdi. Eng ko'p daromad aviabiletlarni onlayn texnologiyalari vositasida sotish hisobiga to'gri kelgan bo'lsa (23,3 mlrd. AQSH doll), ikkinchi o'rinni mehmonxonalarda o'rinlarni onlayn texnologiyalarda band etish (11,6 mlrd. AQSH doll.) egalladi. Rivojlangan mamlakatlarda tarmoqli xizmatlar hajmi yirik virtual turagentliklarda ham, turoperatorlar saytlarida ham yil sayin o'sib bormoqda va ushbu tendensiya muqarrar tarzda hali uzoq vaqt saqlanib qoladi. Tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, yangi onlayn texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish internet orqali mehmonxonalardagi o'rinlarni hamda aviachiptalarni oldindan band etish (bronirovanie) sonining ko'payishiga olib keladi va 2025 yilga kelib turoperatorlarning veb-saytlari orqali ularni sotish hajmining jami sotishlardagi ulushi 70 foizga yaqinlashib qolishi ehtimoldan yiroq emas (2019 yilda 62 foiz). Yevropa turistik xizmatlar bozorida ham onlayn texnologiyalar tez sur'atlar bilan rivojlanib bormoqda va shunga mos ravishda ularning turistik xizmatlar savdosidagi ulushi ko'paymoqda. 2016 yilda Yevropa bozorida onlayn tartibda sotilgan turistik xizmatlar hajmi 7,6 mln yevroni yoki umumiy sotish hajmining 3,6 foizini tashkil etgan bo'lsa, 2020 yilda uning ulushi qariyb uch martaga ko'paydi va 10 foizga yetdi. Bu kp'rsatkich bo'yicha bugungi kunda Buyuk Biritaniya birinchi o'rinda (ulushi 38%), ikkinchi o'rinda Germaniya (22%), uchinchi o'rinda Fransiya (12%), Finlyandiya, Islandiya va Skandinaviya mamlakatlari 11% ni tashkil etadi [2]. _Yevropaning qolgan davlatlarida ushbu ko'rsatkich 8-9 foizni tashkil etadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Ozbekistonda turistik biznesda internet texnologiyalarning salmog'i hali ancha past. Turistik biznes O zbekistonda saytlar soni bo'yicha hali oxirgi o rinlardan birini egallab turibdi [3]. Bu sohada peshqadamlik qilayotgan sohalar "ta'lim", "avtomobil", "qurulish", "tovarlar", "tibbiy xizmatlar" hisoblanadi. Hozirgi kunda kopgina turistik korxonalar innovatsiyalardan unumli foydalanmaydilar va odatda internetni turistik xizmatlar ko'rsatish bo'yicha oz imkoniyatlarini reklama qilishda katta e'lonlar taxtasi sifatida foydalanadilar. Bunday yondashuv tabiyki, mamlakatda turizm sohasida innovatsion jarayonlarni rivojlantirishda salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Turistik firmalar, mehmonxonalar amaliyotining tahlili shuni korsatdiki, iste'molchilar bugungi kunda quyidagi sabablarga kora internet texnologiyalar vositasida xarid qilishga nisbatan passiv munosabatda bo'lishlarining bir qancha sabablari bor:

- iste'molchilar turistik firma, mehmonxonalarning an'anaviy xizmat ko rsatish usullariga nisbatan innovatsiya usullarining afzalliklari hakida aniq va tola ma'lumotlarga ega emasliklari;

- turistik xizmatlar haqidagi internetdagi ma'lumodlarni to'la va aniqligiga shubha bilan qarashning mavjudligi;

- iste'molchilarning virtual agentliklarga unchalik ishonmasligi;

- iste'molchilarning ishonchli turistik saytlarni bilmasliklari hamda ulardan foydalanish bo'yicha bilimlarning yetishmasligi [5].

Mamlakatda kelajakda turistik xizmatlar, jumladan mehmonxona xizmatlarida innovatsion jarayonlarni jadallashtirish maqsadida yuqorida ko'rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish, iste'molchilarda onlayn texnologiyalarga ishonchini hamda foydalanish savodxonligini va tajribasini oshirish bo'yicha keng k'lamda tashkiliy ishlarni olib borish lozim. Shu bilan bir qatorda, onlayn texnologiyalarini keng joriy etish va undan unumli foydalanishning huqukiy asoslarini yaratish va takomillashtirish, shuningdek, iste'molchilarda turistik xizmatlarni to'lashda kredit kartalardan foydalanish uchun sharoit yaratish masalalarini ham hal etish lozim. Ana shu yo'nalishlar asosida turizm va mehmonxona xizmatlari sohasida onlayn texnologiyalarini keng qo'llash mamlakatda ushbu sohada olib borilayotgan xo'jalik subyektlarining mijozlarini saflarini kengaytirish, yangi mijozlarni jalb etish, xizmat ko'rsatish hududlarini kengaytirish hamda mijozlar bilan ishlashda vaqt va mablag'larni tejash imkonini beradi. Bunda nafaqat turistik xo'jalik subyektlari, balki iste'molchilarning vaqtlari ham tejaladi va turistik xizmatlarga bo'lgantalabning hajmiga katta ijobiy ta'sir ko'rsatadi, deb o'ylaymiz.

MUHOKAMA

Ozbekistonda turizm hamda uning asosiy bogini bolgan mehmonxona xizmatlarida ilg'or internet texnologiyalar asta-sekin nashrlarni siqib chiqarmokda, internetdagi reklamalar hamda axborotlar yoki boshqa innovatsion usullar an'anaviy usullarni almashtirib, ularning orniga mustahkam ornashib bormoqda. Internetda zarur bo'lgan axborotlarni izlab topishdagi qulayliklar tarmoqqa tez ulanish imkonini beruvchi yangi ixcham simsiz uzatish jihoz va moslamalarning yaratilishi, turistik sayohatlarga daxldor axborot hajmining kengayishi va sifatining yaxshilanib borayotganligi turistik biznes va elektron tijoratning katta istiqbollari haqida tasavvur hosil qilishga asos bo'ladi. Turizm sohasida internet xizmatlaridan foydalanuvchilar soni katta tezlik bilan ko'payib boradi. Chunki yangi telekommunikatsion tizimlar iste'molchilarga mustaqil ravishda hamda qulay sharoitlarda o'z sayohat dasturini rejalashtiradi, sayohat yo'nalishini belgilaydi, shunga mos ravishda chiptalarni buyuradi,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

mexmonxonani tanlaydi,oldindan joyni band qladi va hokazo.

O'zbekistonda turizm jahon bozori talablari bilan rivojlanib borayapti. Bugun yurtimizga tashrif buyurmoqchi bo'lgan sayyoh internet orqali o'z sayohatini rejalashtirishi, mehmonxona va aviakompaniyalar onlayn xizmatlaridan foydalanishi mumkin. Mamlakat hududida smartfonlardagi maxsus mobil ilovalar orqali taksi chaqirtirish, ovqatbuyurtma qilish, restoranda joy band qilish yoki borayotgan manzillari haqida internetdan ma'lumot olish imkoniyati bor. Axborot texnologiyalari shu tariqa sayohat industriyasida taraqqiy etishni davom ettiradi.

O'rta Osiyo va Kavkazorti mamlakatlaridagi yirik va jadal rivojlanayotgan onlayn agentlik hisoblangan Oriental Express CA O'zbekiston turistik xizmatlarini targ'ib qilishda faollik ko'rsatayapti, yildan yilga OrexCA.com foydalanuvchilari diyorimiz, undagi rang- barang urf-odatlar, turistik manzilgohlar haqida shu manbadan ma'lumot oladi. Qolaversa, O'zbekistonda turoperatorlar va mehmonxonalar o'rtasida internet vositasida axborot almashish servisi - Hotelios joriy qilingan. Mazkur tizim MDH davlatlari orasida muqobili yo'q bo'lgan innovatsion loyiha hisoblanadi. Sug'urta polislarini onlayn olish imkoniyatlarining mamlakatimizda joriy qilingani ham shular jumlasidandir.

Biroq, biz O'zbekistonga ko'proq sayyohlar tashrif buyurishiga erishish, bizda mavjud madaniy, tarixiy obidalar va o'ziga xos tabiatga ega manzilgohlarni ommalashtirish bo'yicha ko'p ishlarni amalga oshirishimiz kerak. Xalqimiz tinchligi va sarhadlarimiz xavfsizligi chora-tadbirlari ko'rilgan holda, yurtimiz mehmonlari, ularning shaharu qishloqlarimizga kelishi uchun iloji boricha qulayliklar yaratilsa, innovatsiyalar yordamida ularning xarajatlarini tejash masalalari hal qilinsa, O'zbekistondagi turistik xizmatlar yanada jozibador bo'ladi va ko'proq daromad olib keladi.

XULOSA

Soha yangiliklaridan boxabar va zamonaviy bilim, ko'nikmalarga ega kadrlar tayyorlash bo'yicha har bir o'tiladigan fan doirasida o'sha yo'nalishga oid innovatsiyalar, xususan, IT innovatsiyalar o'qitilishi - tegishli mavzular o'quv dasturlariga kiritilmoqda. "Turizmda axborot texnologiyalar" fanlari joriy qilinganligi ham bu bo'yicha qilinayotgan yaxshi ishlarga misol.

Shuningdek, xorijiy hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha ishlab chiqilayotgan rejalar onlayn konferensiyalar, vebinarlar va xorij mutaxassislari bilan masofaviy ma'ruzalar tashkil etish kabi axborot texnologiyalari faol murojaat qilingan loyihalarni o'z ichiga olishiga umid bildiramiz.

REFERENCES

1. Xusenov M.Z, Ergashev A.A. TURIZMNI RIVOJLANTIRIShDA AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYaLARDAN FOYDALANISh «Ipak va ziravorlar». 2018 yil

2. Doyl P. Marketingni boshqarish va strategiyasi. -London: Prentice-Hall Yevropa, 2019. -559 b.

3. Drok T. E. Innovatsion loyiha korxona innovatsion faoliyatining boshlang'ich elementi sifatida: kontseptsiya, mazmun va investitsiyadan oldingi tadqiqotlar // Yosh olim. -2015 yil. -No10.2.

4. Ayaganova MPInnovatsion loyiha innovatsiyalarni tashkil etishning yangi shakli sifatida Jurnal: QarDU axborotnomasi. Qarag'anda. 2015. https://articlekz.com/article/11868

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

[22/11/17].

5. Innovatsion loyiha innovatsion faoliyatning asosidir. 2018

6. www.ziyonet.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.