Научная статья на тему 'XORAZM VILOYATIDA KO’P KVARTIRALI UYLARNING TEXNIK HOLATINI BOSHQARISH VA MONITORINGI'

XORAZM VILOYATIDA KO’P KVARTIRALI UYLARNING TEXNIK HOLATINI BOSHQARISH VA MONITORINGI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
21
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
binolar / ko‘p kvartirali uy-joylar / monitoring / ekspluatatsiya / instrumental o’rganish / renovatsiya / texnik holati / ko‘p qavatli / jismoniy eskirish / ma’naviy eskirish. / buildings / multi-apartment housing / monitoring / exploitation / instrumental learning / renovation / technical condition / multi-storey / physical wear / moral wear.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Axmedjanov, Sirojiddin Shokir O’G’Li, Radjapova, Mohira Pirnazarovna, Nurimetov, Sherzod Baxadirovich

Ushbu maqolada shaharsozlikda ekspluatatsiyadagi ko’p kvartirali uy-joylarni renovatsiya qilishda e’tibor qaratiladigan jismoniy eskirish va texnik holat ko’rsatgichlari bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MANAGEMENT AND MONITORING OF THE TECHNICAL CONDITION OF MULTI-APARTMENT BUILDINGS IN KHORAZM REGION

This article describes the indicators of physical deterioration and technical condition, which are taken into account in the renovation of multi-apartment houses in operation in urban planning.

Текст научной работы на тему «XORAZM VILOYATIDA KO’P KVARTIRALI UYLARNING TEXNIK HOLATINI BOSHQARISH VA MONITORINGI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

XORAZM VILOYATIDA KO'P KVARTIRALI UYLARNING TEXNIK HOLATINI BOSHQARISH VA MONITORINGI

Ushbu maqolada shaharsozlikda ekspluatatsiyadagi ko 'p kvartirali uy-joylarni renovatsiya qilishda e'tibor qaratiladigan jismoniy eskirish va texnik holat ko 'rsatgichlari bayon qilingan.

Kalit so'zlar: binolar, ko'p kvartirali uy-joylar, monitoring, ekspluatatsiya, instrumental o 'rganish, renovatsiya, texnik holati, ko 'p qavatli, jismoniy eskirish, ma 'naviy eskirish.

This article describes the indicators of physical deterioration and technical condition, which are taken into account in the renovation of multi-apartment houses in operation in urban planning.

Keywords: buildings, multi-apartment housing, monitoring, exploitation, instrumental learning, renovation, technical condition, multi-storey, physical wear, moral wear.

Bugungi kunda zamonaviy shaharlarning katta-kichikligiga qarab urbanizatsiya natijasida insonlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida bino-inshootlarning tutgan o'rni, ahamiyati ortib borishi evaziga ularni istiqbolli loyihalash va loyiha asosida qurishdan tashqari, instrumental o'rganish va renovatsiya talablari qo'yilmoqda.

Bu talablar ekspluatatsiyadagi mavjud turar-joy binolarini rekonstruksiya qilish, ko'p kvartirali uylarning holatini shahar bosh rejasida tutgan o'rnini, jismoniy va ma'naviy jihatdan eskirgan uy-joy fondi bo'yicha istiqbolli renovatsiya dasturlarini yaratish kabi ishlarni o'z ichiga oladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ko'p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, boshqaruv organlarining moliyaviy barqarorligini ta'minlash hamda ko'p kvartirali

Axmedjanov Sirojiddin Shokir o'g'li Radjapova Mohira Pirnazarovna Nurimetov Sherzod Baxadirovich

Urganch davlat universiteti o'qituvchilari

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISh

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

uy-joylarning umumiy mol-mulkini saqlash, undan samarali foydalanish va uni ta'mirlash, ularga tutash yer uchastkasini obodonlashtirish ishlarining izchil amalga oshirilishini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ko'p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida"gi qarorining 2-ilovasiga muvofiq Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar kesimida 2022 — 2025-yillarda ko'p kvartirali uy-joylarni mukammal va joriy ta'mirlash bo'yicha reja ko'rsatkichlari qabul qilingan.

Bunga asosan Xorazm viloyatida sohaga doir amalga oshirilishi kerak bo'lgan ko'satgichlar 1-jadvalda keltirilgan1.

1-jadval

2022-2025 yillarda Kapital ta'mirlash lozim (dona) shu jumladan, ish turlari bo'yicha:

tomni ta'mirlash kirish yo'laklarini ta'mirlash (podyezd) yerto'la qismidagi muhandislik kommunikatsiyalari ni ta'mirlash uy ichidagi muhandislik tarmoqlarini ta'mirlash fasadni ta'mirlash

uylar soni (dona) yo'laklar soni (dona) uylar soni (dona) uylar soni (dona) uylar soni (dona)

Shu jumladan yillar bo'yicha:

2022-yil 78 36 143 29 41 59

2023-yil 94 61 194 22 22 76

2024-yil 79 36 143 29 41 59

2025-yil 175 103 426 91 7 143

Jami: 426 236 906 171 111 337

Bundan tashqari qarorda 2022 — 2025 yillarda ko'p kvartirali uy-joylarning tutash hududlarida obodonlashtirish bo'yicha ham amalga oshirilishi kerak bo'lgan ko'rsatkichlar belgilangan.

Xususan Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar kesimida 2021-2022 yillar davomida davlat dasturlariga asosan ko'p kvartirali uy-joylarda olib borilgan ta'mirlash ishlarini ko'rishimiz mumkin (1-rasm)2.

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi PQ-5152-son qarori.

2 https://kommunal.uz/uz/views/2021-2022-yillar-davomida-respublika-boyicha-davlat-dasturlariga-asosan-kop-kvartirali-uy-zhoylarda-olib-borilgan-tamirlash-ishlari

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

1-rasm. 2021-2022 yillar davomida Respublika bo'yicha Davlat dasturlariga asosan ko'p kvartirali uy-joylarda olib borilgan ta'mirlash ishlari diagrammasi

Ushbu yillarda davlat dasturlariga asosan ko'p kvartirali uy-joylarda olib borilgan ta'mirlash ishlarini statistik tahlili shuni ko'rsatadiki, Xorazm viloyatida uy-joylarda olib borilgan ta'mirlash ishlari 2022-yil 2021-yilgiga qaraganda 5,5 marotabadan ortganligini ko'rishimiz mumkin.

Uy-joy fondini shakllantirish bo 'yicha istiqbolli rejalashtirishda axborot ta'minotining asosiy manbaasi bo'lib, ko'p kvartirali uylar bo'yicha o'tkazilgan tekshiruv ishlar natijasi hisoblanadi3.

Bunda Xorazm viloyatida mavjud ekspluatatsiyadagi ko'p kvartirali uylar bo'yicha ma'lumotlar bazasini yig'ish talab etiladi, viloyatidagi ko'p kvartirali uylarning soni 2023 yilgacha 1731 donani tashkil qiladi va bugungi kunda bu ko'rsatgich oshib bormoqda, viloyat kesimida quyidagicha (%) taqsimlanadi (2-3 rasmlar).

3 Шадарсозликда уй-жой фондини эскиришини бадолаш методологияси ва мониторинг тизимининг илмий асослари. Т.ф.д., дисс. А.Т. Хотамов. Тошкент.: ТАЩИ, 2021 й. - 390 в.

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(6), June, 2023

2-rasm Xorazm viloyati tuman va shaharlarining joylashuvi ketma-ketligi

■ 3-Bog'ot tiunaiii

■ 6-Urganch timiani

■ 9-Xonqa tiunaiii

■ 12-YaiigibozOTtiunaiii

5%

3,5 %

2,8 %

2%

0,4 %

3-rasm Xorazm viloyati tuman va shaharlarida mavjud ko'p kvartirali uylarning ulushi, (%)

MUXOKAMA VA NATIJALAR

Uy-joy fondini shakllantirishning asosi; har bir KKUlarga tegishli ishonchli ma'lumotlar bazasini shakllantirish hisoblanadi, bu juda murakkab va katta hajmdagi ishdir. Har bir KKU bo 'yicha barcha turdagi eskirishlarni aniqlash uchun batafsil kuzatuv-tekshiruv ishlari, zamonaviy diagnostika usullaridan foydalanish talab qilinadi.

KKU fondining jismoniy va ma'naviy eskirishning qiymati aniqlanadi. Jismoniy eskirish texnik holat kategoriyalari orqali, ma'naviy eskirish qiyosiy tahlillar usulida aniqlanadi4.

4 "ARXITEKTURA FA SHAHARSOZLIK. DIZAYN" TAQI, 3-son, 2021 yil "Shaharsozlikda ko'p kvartirali uylarning texnik holatini boshqarishning monitoringi asoslari" Xotamov A.T., Shukurova L.I., Axmedjanov S.Sh.

■ 1-Urgancli sliahri ■ 2-Xiva sliahri 4-Giirlan tiimani ■ 5-Qo'shko'pdr tiuiiani

■ 7-Xazorasp tiunaiii ■ 8-Tuproqqal'a nunani

■ 10-Shovot tiuuani ■ 11 -Yangiariq tiunaiii

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Bu ishlarni bajarish uchun viloyatda mavjud ekspluatatsiyadagi ko 'p kvartirali uy-joy fondining quyidagi ko 'rsatkichlari bo 'yicha guruhlarga bo 'lish talab etiladi.

Qurilgan yillari bo'yicha. Bu ko'p kvartirali uylarni yoshi bo'yicha ularning jismoniy va ma 'naviy eskirganligi ko 'rsatkichlarini aniqlash, eng avvalo renovatsiya dasturiga kiritilishi kerak bo 'lgan turar-joy maskanlarini aniqlash maqsadida bajariladi va buning natijasida eng eski turar-joy tumanlari viloyat bo'yicha aniqlanadi.

Xorazm viloyatidagi ko 'p kvartirali uylarning qurilgan yillari bo 'yicha taqsimlanishi to 'g'risida (2-jadval).

2-jadval

Qurilgan yillari bo'yicha Hudud

№ Hudud nomi 1991- 1991-dan 2016-dan 2021-dan bo'yicha

yilgacha 2016-yilgacha 2021-yilgacha 2023-yilgacha jami

1 Urganch shahri 491 121 123 44 779

2 Xiva shahri 123 29 9 23 184

3 Bog'ot tumani 29 3 6 17 55

4 Gurlan tumani 43 1 14 12 70

5 Qo'shko'pir tumani 60 - 5 10 75

6 Urganch tumani 87 12 42 42 183

7 Xazorasp tumani 34 9 3 13 59

8 Tuproqqal'a tumani 63 4 14 9 90

9 Xonqa tumani 60 5 7 14 86

10 Shovot tumani 42 1 11 6 60

11 Yangiariq tumani 34 - 3 11 48

12 Yangibozor tumani 11 11 4 9 35

13 Xiva tumani 1 - 6 - 7

Xorazm viloyatida jami: 1 078 196 247 210 1371

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Ushbu jadvalga asosan shuni ko'rishimiz mumkunki 2021-2023 yillarda qurilgan ko 'p kvartirali uylar viloyatimiz hududida mavjud umumiy ko 'p kvartirali uylarning 15 % dan ko 'proq qismini tashkil etmoqda.

Qavatliligi bo'yicha. Viloyat bo'yicha qavatlilik - kam, o'rta va ko'p qavatli ko 'p kvartirali uylar soni bo 'yicha (3-jadval).

3-jadval

№ Hudud nomi 2 qavatl i uylar 3 qavatl i uylar 4 qavatl i uylar 5 qavatl i uylar 6 qavatl i uylar 7 qavatl i uylar 8 qavatl i uylar 9 qavatl i uylar Ko'p qavatl i uylar soni

1 Urganch shahri 227 28 368 115 2 24 2 13 779

2 Xiva shahri 143 5 13 23 - - - - 184

3 Bog'ot tumani 31 2 17 5 - - - - 55

4 Gurlan tumani 44 - 20 6 - - - - 70

5 Qo'shko'pi r tumani 60 - 7 8 - - - - 75

6 Urganch tumani 100 4 73 1 1 1 3 183

7 Xazorasp tumani 34 - 15 10 - - - - 59

8 Tuproqqal' a tumani 28 2 52 8 - - - - 90

9 Xonqa tumani 62 - 12 12 - - - - 86

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

1 0 Shovot tumani 43 - 11 6 - - - - 60

1 1 Yangiariq tumani 35 - 2 11 - - - - 48

1 2 Yangibozor tumani 23 - 6 6 - - - - 35

1 3 Xiva tumani 3 - - 4 - - - - 7

Xorazm viloyatida jami: 833 41 596 215 3 25 2 16 1371

Viloyat kesimida ko'p kvartirali uylarning qavatliligi bo'yicha o'rganishlar shuni ko'rsatdiki asosan kam qavatli va o'rta qavatli binolar umumiy binolarning 97% dan ortig'ini tashkil qilmoqda (4-rasm).

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

4-rasm. Xorazm viloyati tuman va shaharlarida mavjud ko'p kvartirali uylarning qavatliligi bo'yicha ulushi, (%)

Hududlarda ko'p kvartirali uy-joylar bo'yicha ishonchli ma'lumotlar bazasini shakllantirish va shakllangan ma'lumotlarga asosan istiqbolli renovatsiya dasturlari ishlab chiqiladi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki ko'p kvartirali uy-joy fondini kuzatuv ishlari jismoniy, iqtisodiy va moliyaviy ko'rsatgichari bo'yicha amalga oshiriladi.

Uy-joy fondini monitoring qilishda asosan o'rganilgan axborotlarning sifati va hajmi alohida o'rin tutadi. Axborotlarning asosiy manbasi sifatida instrumental o'rganish mobaynida ekspluatatsiyadagi ko'p kvartirali uylarni tekshirish bo'yicha olingan ma'lumotlar xizmat qiladi.

Jismoniy va ma'naviy jihatdan eskirishi aniqlangandan so'ng qaysi turdagi ta'mirlash ishlariga zarurat borligi, bunga asosan bir turar-joy guruhi, mikrorayon, turar-joy tumani uy-joy fondining tiklanish qiymatining miqdori aniqlanadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi PQ-5152-son qarori.

2. https : //kommunal .uz

3. Шадарсозликда уй-жой фондини эскиришини бадолаш методологияси ва мониторинг тизимининг илмий асослари. Т.ф.д., дисс. А.Т. Хотамов. Тошкент.: ТАЩИ, 2021 й. - 390 в.

4. Xotamov A.T., Shukurova L.I., Axmedjanov S.Sh. "ARXITEKTURA VA SHAHARSOZLIK. DIZAYN" TAQI, 3-son, 2021 yil "Shaharsozlikda ko'p kvartirali uylarning texnik holatini boshqarishning monitoringi asoslari"

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.