Научная статья на тему 'O’RTA QAVATLI TURAR-JOY BINOLARI YUZALARINING IQTISODIY SAMARADORLIGI (XORAZM VILOYATI MISOLIDA)'

O’RTA QAVATLI TURAR-JOY BINOLARI YUZALARINING IQTISODIY SAMARADORLIGI (XORAZM VILOYATI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
792
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘rta qavatli / mahalla / urf-odat / jamiyatimiz / ehtiyoj / ta’minlash / qavatli / loyiha / turar-joy / bino. / Middle floor / mahalla / custom / society / need / provision / floor / project / residential building / building.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Setmamatov, Maqsud Bekturdiyevich, Abdullayeva, Qunduz Ahmedovna

Mazkur maqolada O'rta qavatli turar-joy binolari xonadon yuzalarining me'yoriy talablar asosida iqtisodiy jihatdan arzonlashtirilgan variantlarini yaratish tavsiyalari berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ECONOMIC EFFICIENCY OF SURFACES OF MEDIUM-STOREY RESIDENTIAL BUILDINGS (ON THE EXAMPLE OF KHOREZM REGION)

This article provides recommendations for the creation of economical options for the surfaces of apartments of medium-rise residential buildings based on regulatory requirements.

Текст научной работы на тему «O’RTA QAVATLI TURAR-JOY BINOLARI YUZALARINING IQTISODIY SAMARADORLIGI (XORAZM VILOYATI MISOLIDA)»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'RTA QAVATLI TURAR-JOY BINOLARI YUZALARINING IQTISODIY SAMARADORLIGI (XORAZM VILOYATI MISOLIDA)

Setmamatov Maqsud Bekturdiyevich

UrDU Texnika fakulteti, "Arxitektura" kafedrasi mudiri, Arxitektura fanlari nomzodi, dotsent. Abdullayeva Qunduz Ahmedovna UrDU, Magistratura bo'limi, "Bino va inshootlar arxitekturasi"

211-guruh magistranti.

Mazkur maqolada O'rta qavatli turar-joy binolari xonadon yuzalarining me'yoriy talablar asosida iqtisodiy jihatdan arzonlashtirilgan variantlarini yaratish tavsiyalari berilgan.

Kalit so^zlar: O'rta qavatli, mahalla, urf-odat, jamiyatimiz, ehtiyoj, ta'minlash, qavatli, loyiha, turar-joy, bino.

This article provides recommendations for the creation of economical options for the surfaces of apartments of medium-rise residential buildings based on regulatory requirements.

Keywords: Middle floor, mahalla, custom, society, need, provision, floor, project, residential building, building.

В данной статье даны рекомендации по созданию экономичных вариантов поверхностей квартир средне этажных жилых домов на основе нормативных требований.

Ключевые слова: Средне этажный, махалла, обычай, общество, потребность, обеспечение, этаж, проект, жилой дом, здание.

Jamiyatimiz tarraqqiy etishida uy joylarga bo'lgan ehtiyojni ta'minlash borasida bir qancha sa'y-harakatlar amalda oshirilib, aholining uy joyga bo'lgan ehtiyojlarini ta'minlamoqda. Shunday imkoniyatlar mavjud bo'lgan jamiyatda har qanday qulay bo'lgan yangicha yechimdagi o'rta qavatli turar joy binolarning eng ma'qul variantlarini loyihalab aholiga taqdim etish va ushbu variantlar ayniqsa Xorazm iqlim sharoiti uchun juda tahliliy hal etilib yozda juda issiqdan qishda esa juda sovuqdan himoyalanishga xizmat qilishi bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Jamiyatimiz taraqqiy qilishi natijasida turarb joylarga bo'lgan ehtiyojning ortishi natijasida turar-joy dahalarining rivojlanishi butun Respublikamiz hududlarida konsepsiya asosida keng ko'lamdagi 4-5 qavatli turar-joy binolari qad ko'tarmoqda. Qurilish materiallari, qurilish-texnik bazasi tashkil etildi, temir-betondan monolit binolar qurilishi soni ortdi.

Xorazmda o'rta qavatli turar-joy binolari kompozitsion yechimiga ko'ra quyidagi turlarga bo'lindi. Eng ko'p tarqalgani lentasimon yechimdagilari bo'lib, bular o'z navbatida qurilish konstruksiyasiga ko'ra pishiq g'ishtdan, silikat g'ishtdan, krupnopaneldan qurilgan uylardir, keyingisi minorasimon tipdagi kompozitsion yechimdagi uylar bular asosan pishiq g'ishtdan qurilgan. Bulardan tashqari, burchakli tipdagi, perimetral yechimdagi o'rta qavatli turar-joy binolari qurilgan. O'rta qavatli turar-joy binolarini loyihalashda qurilishning tabiiy-iqlimiy, demografik, milliy-maishiy sharoitlarini hisobga olgan holda olib borish zarur.

O'rta qavatli turar-joy binolarini loyihalashda asosiy funksional talablar quyidagilar;

-Aholining demografik tuzilishini hisobga olgan holda joylashtirish uchun qulay sharoitlar yaratish.

-Turar-joyda asosiy funksional guruh xonalarini aniqlash va ularda hayot jarayonlarining kechishi bilan mos holda kerakli bo'lgan o'zaro aloqalarni ta'minlash.

-Turar-joy xonalarida kechadigan hayot jarayonlariga qarab ularni 2 ta asosiy funksional guruhlarga bo'lamiz: l.Dam olish, uxlash va shug'ullanish uchun mo'ljallangan (yotoqxonalar). 2.Xo'jalik maishiy jarayonlar, muloqot, mehmonlarni qabul qilish, ya'ni kunduzi va kechki faollik (umumiy xona, mehmonxona, oshxona, vannaxona, xo'jalik xonalari) uchun mo'ljallangan.

Turar joy binolari qurilishida asosiy ko'pchiligi lentasimon kompozitsion tuzilishda qurilayotgani barchamizga ayondir. Ushbu loyiha yechimi o'zining shamollatish va yoritish imkoniyati qulayligi ixchamliligi va boshqa qulay tomonlari bilan o'z isbotini topib asrlar davomida uning fasad ko'rinishidagi ayrim o'zgarishlari bilan farqlanib kelmoqda.

Bugungi kunga kelib, binolar eni 15-20 metr va undan ham ortiq bo'lishi kuzatilgan bu esa o'z navbatida xonadonlardagi xonalarning yuzalarini QMQ asosida o'rtacha bitta kishiga 16-18 kv.m to'g'ri keladigan holatda loyihalanib, qurilish amaliyotida qo'llanilib kelgan. Bunday loyihalar endilikda eni 9 metr qilib olinib, uning ichki xonalari nihoyatda kichiklashtirilgan loyihalar qurilishi amaliyotga tatbiq qilinmoqda. Bu qaysi ma'noda iqtisodiy tejamkorlikga ega. Bunday uylar kridit

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

asosida yoki subsidiya asosida aholiga berilgan. Izlanishlar va tahlillar asosida ko'pchilik yashovchilar xohish-istaklari o'rganildi. Unga ko'ra ko'pchilik hali bunday kichik sig'imdagi uylarda yashashga ko'nika olmayotgani, katta hajmdagi derazalar o'rnatilgani sababli uylarning yozda isib ketish holatlari qishda esa sovib ketish holatlari kichik hajmdagi xonalarga bo'yicha ham fikrlar bayon qilindi. Ko'pchilik sig'imi nihoyatda kichik bo'lganligi sababli kridit yopilishi bilan uyni sotish rejasida. Psixologik yondashuvlar nimani taqozo etadi degan savol ko'ndalang turishi aniq. Bunda barcha olgan shaxslar sotib ketishsa, u uylar vaqtinchalik yashasa bo'ladi degan fikr odamlarda paydo bo'la boshlaydi. Buni vaqt ko'rsatadi. Chunki oldinlari ham xonadonlarda kichik sig'imdagi xonalar ko'p bo'lganligi va ularda ko'plagan insonlar istiqomat qilganligi manbalardan ma'lum. Bu turar joy binolari 20-30 yillar o'tib 3-4 avlodni shu xonadonlarda yashab moslashuvi bilan ham bog'liqdir. Chunki ko'nikma hosil qilish uchun moslashish kerak. Xo'sh, shunday ekan nimaga aholi ko'nika olmayotgan tomoniga e'tiborimizni qaratamiz. 1-rasm.

1-rasm. Bo 'linmali lentasimon kompozitsion yechimda qurilgan o 'rta qavatli turar joy binosi.

Ikki xonali xonadondagi xonalarning eng kattasi 12,2 kv.m bo'lib, 4,20x2,90 o'lchamda. Umumiy maydoni 42,3 kv.m shundan 24,4 kv.m yashash xonalaridir. Uch xonali xonadondagi xonalarning umumiy maydoni 52,3 kv.m shundan 34,4 kv.m yashash xonalaridir. Yosh oilalar uchun barcha qulayliklar mavjud.

O'rta qavatli turarb joy binolarini qurilishga tatbiq qilishda shunday yechim qo'llash lozimki, aholining birgalikda yashash tarzi, mahalla tizimi asrlar davomida boshqacha o'zgarishi ehtimoli yuqoriligini inobatga olib, qo'shnilarning mehr-oqibat, qarindosh-urug'chilik, bordi-keldi kabi milliy urf-odatlarimizni davomiyligini ta'minlashni inobatga olish nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. Mahallalar uchun

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

xalqimizga xizmat qiladigan turar joy binolarnining maqbul variantlarini kelajakda barcha hududlarda qurish konsepsiyasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq qilish lozimdir. Bu maqbul variant bitta 4 qavatli turar joy binosida 2 ta bo'linma (pod'ezd) bo'lib 4 ta xonadan bitta bo'linmadan kirib chiqishi rejalashtirildi. Bitta uyda 8 ta xonadan yashash imkoniyati yaratiladi. Unga ko'ra ko'p sonli yashovchilarga kichik hajmdagi xonalar yetarli darajada ta'minlanishiga erishiladi. Tajriba Urganch shahri Xonqa ko'chasidagi 117 uylarda olib borilgan izlanishlar natijasida shunday xulosaga kelindi. Bu uylar 3 qavatli bo'lib, pastki 1-qavati do'konlar bo'lib qolgan 2-3 qavatlari turar joy binolaridir. Ularning qulaylik darajasi juda yuqori bo'lib, bitta bo'linmadan 2 ta xonadon kirib chiqadi. Har bir xonadon 4 xonadan iborat. Xonalar hajmi turli xilda loyihalangan. Ushbu uyni kelajakda kichik hajmda ixcham qilib loyihalasak, iqtisodiy narxining ham arzon bo'lishiga erishiladi. Bunday uylar mahallalarga qurilsa, mahalliy aholi uchun juda qulayliklar yaratadi.

REFERENCES

1. YSangynnaeB X.M., HH0raM0B M.M., Typap^oft Ba ^aMoar 6nHonapHHH noHxanarnHHHr ranonoraK acocnapn (gapcnHK)T. «Bopnc»2009 h.

2. https://vrazno.ru/klassifikatsiya-domov-po-etazhnosti/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.