Научная статья на тему 'XOJA MUHAMMAD PORSO VA UNING MEROSIDA NAQSHBANDIYLIK TAJRIBALARIGA OID MASALALAR'

XOJA MUHAMMAD PORSO VA UNING MEROSIDA NAQSHBANDIYLIK TAJRIBALARIGA OID MASALALAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
4
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xoja Muhammad Porso vafotidan keyin uning tariqat va ma’rifat sulukini o‘g‘li Xoja Abu Nasr Porso davom ettiradi va Naqshbandiya tariqati tarkibida «Porsoiya» shu’basini ta’sis etadi.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Xolnazarov Ismatullo

Tasavvuf ilmining Naqshbandiya maktabi islom olamiga mutasavvuf shayxlar bilan bir qatorda yetuk olimlarni ham yetishtirib bergan edi. Xoja Muhammad Porso va Ya’qub Charxiy shunday yirik mutasavviflardan hisoblanadilar. Ular madrasalarda o‘qib, Qur’on, hadis, kalom kabi turli liniy ilmlarni chuqur o‘rganib, zamonasining zabardast kishilardan biri bo‘lib yetishdilar va Bahouddin Naqshbanddan so‘ng Markaziy Osiyoda naqshbandiya oqimining eng yirik vakili hamda targ‘ibotchisi sifatida tanilganlar

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XOJA MUHAMMAD PORSO VA UNING MEROSIDA NAQSHBANDIYLIK TAJRIBALARIGA OID MASALALAR»

Central Asian Journal of

Education and Innovation

XOJA MUHAMMAD PORSO VA UNING MEROSIDA NAQSHBANDIYLIK TAJRIBALARIGA OID MASALALAR

Xolnazarov Ismatullo Buxoro davlat universiteti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11018993

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10-April 2024 yil Ma'qullandi: 15- April 2024 yil Nashr qilindi: 22- April 2024 yil

KEY WORDS

Xoja Muhammad Porso vafotidan keyin uning tariqat va ma'rifat sulukini o'g'li Xoja Abu Nasr Porso davom ettiradi va Naqshbandiya tariqati tarkibida «Porsoiya» shu'basini ta'sis etadi.

Tasavvuf ilmining Naqshbandiya maktabi islom olamiga mutasavvuf shayxlar bilan bir qatorda yetuk olimlarni ham yetishtirib bergan edi. Xoja Muhammad Porso va Ya'qub Charxiy shunday yirik mutasavviflardan hisoblanadilar. Ular madrasalarda o'qib, Qur'on, hadis, kalom kabi turli liniy ilmlarni chuqur o'rganib, zamonasining zabardast kishilardan biri bo'lib yetishdilar va Bahouddin Naqshbanddan so'ng Markaziy Osiyoda naqshbandiya oqimining eng yirik vakili hamda targ'ibotchisi sifatida tanilganlar.

Tasavvuf ilmining Naqshbandiya maktabi islom olamiga mutasavvuf shayxlar bilan bir qatorda yetuk olimlarni ham yetishtirib bergan edi. Xoja Muhammad Porso va Ya'qub Charxiy shunday yirik mutasavviflardan hisoblanadilar. Ular madrasalarda o'qib, Qur'on, hadis, kalom kabi turli liniy ilmlarni chuqur o'rganib, zamonasining zabardast kishilardan biri bo'lib yetishdilar va Bahouddin Naqshbanddan so'ng Markaziy Osiyoda naqshbandiya oqimining eng yirik vakili hamda targ'ibotchisi sifatida tanilganlar.

Tasavvuf ta'limotining XIV asr oxiridagi nazariyotchilaridan biri, Xojagon-Naqshbandiya tariqatining yirik vakili Xoja Muhammad Porso nomi bilan mashhur bo'lgan Muhammad bin Muhammad bin Mahmud al-Hofiziy al-BuXoriy (vaf. h.q. 865/ m. 1420 y. ba'zi manbalarda (1348-1420) ba'zi manbalarda esa (1355-1420)) ham ana shunday ulug' siymolardan biri hisoblanadi.

Xoja Porso Muhammad ibn Muhammad Buxoriy Movarounnahrning ulug' olimlaridan, Naqshbandiya tariqatining mashhur shayxi va Xoja Bahouddin Naqshbandning yaqin shogirdi. 1355 yilda Buxoroda tug'ilgan. Porso (dindor) laqabini unga ustozi Bahouddin Naqshband bergan. Fiqh ilmini ulug' olimlar silsila vakili bo'lgan Abu Tohirdan olgan. Rivoyat qilinishicha, Bahouddin Naqshband Xoja Porsoni yuksak qadrlagan va Hijozga ketayotganlarida vafot etishidan oldin barcha omonatni unga topshirib, o'z o'rniga uni tayin etgan.

Vatandoshimiz bo'lmish Xoja Muhammad Porso va uning tasavvuf tarixida tutgan o'rni haqida o'zbek va chet ellik sharqshunos, islomshunos va tarixshunos olimlar tomonidan ma'lum darajada ishlar amalga oshirilgan bo'lsa-da, uning diniy-irfoniy va falsafiy-axloqiy qarashlari, qolaversa, shaxsiyati bilan bog'liq bir qancha masalalar xususida haligacha jiddiy

bir tadqiqot yuzaga kelgani yo'q.

Xoja Muhammad Porso Buxoriy ilmiy merosi va falsafiy-irfoniy qarashlarini o'rganish nafaqat Naqshbandiya tariqati asoslari, balki umuman, tasavvuf ta'limoti tarkibida ming yildan ko'proq davr davomida shakllangan irfon falsafasining asl mohiyatini yanada chuqurroq o'rganishimiz uchun imkon beradi. Ayniqsa, uning "Fasl ul-xitob" va "Sharhi Fusus ul-hikam" nomli asarlarini tahlil va tadqiq etish orqali tasavvuf ta'limotining faqatgina aniq belgilangan rasm-rusumlar, urf-odatlar va muayyan axloq-odob qoidalaridan tarkib topgan bir majmuadan iborat bo'lmaganligi, aksincha, bu ta'limot Xudo, inson, din, iymon, dunyo, oxirat, axloq, hayot, borliq, ilm, ma'rifat, aql-idrok, tafakkur, hissiyot, ishq-muhabbat, shaxs, jamiyat... kabi ming yillardan buyon insoniyat diqqat-e'tiborini o'ziga jalb etib kelayotgan bir qator muhim masalalar va muammolar xususida ham ko'plab qiziqarli va ibratli fikrlarni taqdim etganligiga yana bir karra amin bo'lamiz.

Xojagon-Naqshbandiya tariqatining yirik vakili Xoja Muhammad Porso hayoti, shaxsiyati, kashfu karomatlari, sayru suluki, asarlari va qarashlari xususida ma'lumot berguvchi manbalar ko'p. XV asrda yozilgan bir qator tarixiy, diniy, irfoniy va adabiy manbalarda ushbu shaxs haqida ozmi-ko'pmi ma'lumotlar keltiriladi. Ammo Xoja Muhammad Porsoning hayoti, xususan uning maqomoti hamda kashfu karomatlari haqida eng ishonchli ma'lumotlar beradigan mo'tabar manbalar sifatida Mavlono Jomiyning "Nafahot ul-uns min hazarot il-quds" tazkirasi va "Risolai suxanoni Xoja Porso" nomli kichik hajmli asari, Xoja Ahrori Valiyning "Malfuzot", Alisher Navoiyning "Nasoyim ul-muhabbat" va Faxriddin Ali Safiyning "Rashahot ayn ul-hayot" nomli asarlarini eslatib o'tish mumkin. Xoja Muhammad Porso taxminan 1348 yilda Buxoroda tug'ilgan. Bolaligi, yoshligi va o'rta yoshligi BuXoroda o'tgan. Ilm tahsilotini ham Buxoroda olgan. U madrasalarda o'qib, Qur'on, tafsir, hadis, fiqh, kalom va tasavvuf kabi turli diniy ilmlarni chuqur o'rganib, Xoja Bahouddin Naqshbanddan so'ng Movarounnahr va Xurosonda Naqshbandiya ta'limotining eng yirik vakili hamda nazariyotchi olimi sifatida shuhrat qozonadi.

"Nafahot ul-uns" ma'lumotiga ko'ra Xoja Muhammad Porsoning to'liq ismi "Muhammad bin Mahmud al-Hofiz al-BuXoriy" bo'lib, "Porso" unga Xoja Bahouddin Naqshband tomonidan berilgan laqab ekan. "Rashahotu ayn ul-hayot" muallifi buning tafsilotini quyidagicha bayon qiladi: Muhammad Porso ko'chada kutib turardilar. Nogoh ichkaridan Hazrati Xoja (Bahouddin Naqshband) ning kanizaklari chiqib qoldi. Hazrati Xoja kanizakdan: "Ko'chada turgan kim?" - deb so'radilar. "Bir porso (taqvodor) yigit turibdi", dedi kanizak. Hazrati Xoja tashqariga chiqib, Xoja Muhammadni ko'rdilar va unga: "Siz porso ekansiz", dedilar.

Shundan so'ng xalq orasida u "Porso" - taqvodor laqabi bilan mashhur bo'lib ketgan ekan. Jomiy bergan ma'lumotlarga qaraganda, Xoja Bahouddin Naqshband har ikkala xalifasi -Xoja Alouddin Attor va Xoja Muhammad Porsoning ma'naviy maqomlariga yuksak baho bergan. Jumladan, Xoja Porso haqida: s^ja ¿Uhl ¿a. j ^iU^I j^ ¿14jI j^

jjj^ jl jl Oj^ ^JT j£l t^l (^ÜJJJ j ¿jj^ j^ ^ ljjl . 'j ^j^j jj£ ^ jl

Ya'ni: "uning yo'qligida suhbartdoshlar va do'stlar huzurida" (Jomiy ta'kidi) "bizning zuhurimizdan maqsad uning vujudidir. Uni jazba va sulukning har ikkala tariqasi bo'yicha tarbiyalaganmiz. Agar shug'ullansa, butun bir olam undan munavvar bo'lgay", deya o'z shogirdi va xalifasining yuksak ma'naviy maqomini e'tirof etgan.

Jomiyning yozishicha, Bahouddin Naqshband yana bir o'rinda o'z shogirdiga shunday

baho bergan: ^ ^ jl - - ¿^ .¿j^ ^ jl a^ja j J^ j c. Ya'ni: "Boshqa bir o'rinda shunday dedilar: U nimaiki desa, Haq ta'olo o'shani qilgay (amalga oshirgay)".

Hazrat Naqshband Xoja Porsoga tariqatning amaliy ishlari bilan shug'ullanishga ham rasman ijozat bergan ekan: m^j^ j! J^ A .j^ ^jW lj jl j j j^^ jjSii Ij jl J^ j^ j ji fji« j ^¿j-^ fl^ ¿¿^ j ¿jISj jl ¿jta Aaii. "...Va yana bir o'rinda unga zikri xufya talqinini (vazifasini) topshirib, unga tariqat rasm-rusumi va ilmining haqiqatlari hamda nozik jihatlaridan nimaiki bilsa, o'shanga amal qilishga ijozat berdilar".

Jomiy Xoja Bahouddin Naqshbandning Xoja Muhammad Porsoga xalifalik, ya'ni o'rinbosarlik maqomini berayotgan chog'ida nimalar deganini etadi bayon quyidagicha : j

j ;A£ tlUï jl^jl ^ji t ^l Aj j t.jl oJj^jà jl^jl ¿^ j^ — oj^ — "^jj! ^ A-^.lji t" j

m[ olj ùjl j^ A^l j '"'"'I o^jmj ' ■ ~ qjI Aj — ^Ajlj^il ^Iä ^iJâ — jü^.1ji jl.jli ^liii jl A£ ^^l^l

¿^ ¿ii Aj lj ^ijl^l jl j .jIj JjjÜ .^jJ^ t^jlc- Ullj^ '^jp j^lj! A^jlj^. t^pjj^] Aj lj ^ijl^l jl ti^^il —

Jjja j .j^j^j ¿^ijj jl^jl « ..jjl^j ajl ^ — AiUj^. Ya'ni: "Xojayi buzurg (Bahouddin Naqshband) quddisa sirrahu, u kishi (Xoja Porso) haqida as'hob (suhbatdoshlar, muridlar) huzurida shunday degan ekanlar: "Xojagon Xonadonining xalifalari - quddissallohu ta'olo asrorahumdan - bu zaif (faqir)ga yetgan va u kasb etgan haq va omonatni Sizga topshirdim, chunonchi diniy birodarimiz Mavlono Orif (Xoja Orif Revgariy) bizga topshirganidek. Ushbu omonatni qabul etmoq va Haq subhonahu xalqiga yetkazmoq lozim".

U kishi (Xoja Porso) tavozo' bilan qabul etdilar". Jomiy bergan ma'lumotlarga tayanadigan bo'lsak, Xoja Bahouddin Naqshband Xoja Muhammad Porso shaxsiga nisbatan katta ishonch va e'tibor bildirgan bo'lib chiqadi. Xoja Porsoning Xoja Bahouddin Naqshband bilan bo'lgan o'zaro munosabatlari shu davrda yashagan Muhammad Boqirning "Maqomoti Xoja Bahouddin Naqshband" nomli asarida ham mukammal bayon qilingan. "Tuhfat uz-zoirin" asarida ham "Nafahot ul-uns" da keltirilganidek, Xoja Muhammad Porso Xoja Bahouddin Naqshbandning ikkinchi xalifasi bo'lgan va Xoja Bahouddin Naqshband o'zining bu shogirdiga katta umid bilan qaragani haqida ma'lumot beriladi.

Xoja Porso ham 1420 yilda haj qilish niyatida yo'lga chiqadi va Nasaf, Sag'oniyon, Termiz, Balx, Hirot, Jom va boshqa shaharlarni ziyorat qiladi. Bu yerda unga katta hurmat ko'rsatiladi. Hajni ado qilgach, kasallikka chalinadi va Madinaga otlanadi. Shu yerda mazkur yilning 25-zulhijja oyida vafot etadi. Juma kuni Abbos (r.a.)ning qabri yoniga dafn etiladi. Vafotidan so'ng, uning o'rniga o'g'li Abu Nasr Porso Mahmud ibn Muhammad o'tiradi. U ham ilm va tasavvufda otasi kabi benazir edi.

Muhammad Porso, Amir Temurning farzandi Muhammad Jahongirning o'g'li Xalil Mirzo, shuningdek, Shohrux Mirzo yaxshi aloqada bo'lganlar. Muhammad Porso Shohrux Mirzo bilan turli masalalar bo'yicha yozishmalar ham olib borganligi manbalarda qayd etilgan.

Faxruddin Ali Safiy "Rashahot"da Xoja Bahouddin Naqshband zikridan so'ng "Hazrati Xoja Muhammad Porso (qaddasallohu ta'olo sirrahu)" nomi ostida Xoja Porso hayoti va faoliyati bilan bog'liq quyidagi ma'lumotlarni keltiradi: "Olar Hazrati Xoja (Bahouddin)ning ikkilanchi xalifalari turur. O'z zamonlarining a'lami va avra'i erdilar va Xonadoni Xojagon qaddasallohu arvohahumning tazkiralari tururlar". "Rashahotu ayn ul-hayot" muallifi ham Jomiy ma'lumotini takrorlab, Xoja Bahouddin Naqshband va Xoja Muhammad Porso bilan bog'liq quyidagi hikoyani keltiradi: Hijoz yo'lida Xojai Buzrug (Bahouddin Naqshband) kasalga chalindilar va vasiyatlar qildilar. Shu asnoda do'stlar huzurida bu majlisga yuzlanib: "Xojagonlar Xonadonining xalifalaridan bu zaifga nimaiki yetgan bo'lsa va bu yo'lda nimaniki

topgan bo'lsa, bu omonatlarning barini senga topshirdim. Bu omonatlarning barini Haq subhonahu xalqiga yetkiz", dedilar. Hijoz safaridan qaytganimizda esa do'stlar huzurida: "Bizda nimaiki bo'lsa, sen hammasini to'liq olding", dedilar. Hayotlarining oxirida esa: "Bizning vujudga kelishimizning sababi Muhammad (Porso)ning zuhuri (dunyoga kelishi) edi", dedilar.

Bahouddin Naqshband vafoti oldidan Xoja Muhammad Porsoni o'z o'rniga tayin qilganligini uning yaqinlaridan bo'lgan Xoja Ali Domod quyidagicha tavsiflaydi: "Hazrati Xoja Bahovuddin oxirgi bemorliklari paytida hozirgi jasadlari yotgan qabrni kovlashga buyurdilar. Qabrni kovlab bo'lib, ularning huzurlariga keldim. O'zlaridan so'ng irshod ishiga kimni buyurar ekanlar, degan fikr ko'nglimdan o'tdi. Ular to'satdan menga o'girilib: "Hijoz yo'lida aytgan gapim gapdir, kimki bizni orzu qilsa, Xoja Muhammad Porsoga nazar qilsin", dedilar". Bu ma'lumot juz'iy o'zgarishlar bilan Jomiy va Ali Safiy kitoblarida ham uchraydi.

Ammo, shunga qaramay, Xoja Bahouddin Naqshband vafotidan so'ng Naqshbandiyaning silsilai sharifi Xoja Muhammad Porso orqali emas, balki Xoja Alouddin Attor orqali davom etadi. Bizningcha, o'ziga Xos ijtimoiy sabablarga ega bo'lgan ushbu holat, afsuski, haligacha ilmiy yechimini topganicha yo'q. Faqat hozircha Xoja Porso amaliyotchi shayx emas, balki ko'proq nazariyotchi mutasavvif bo'lganligi va umrini asosan ta'lifu tasnif bilan o'tkazganligi sababli silsilai sharifga kirmagan, degan bir taxminni o'rtaga tashlash mumkin. Nima bo'lgan taqdirda ham, Xoja Bahouddin Naqshbanddan so'ng Xojagon-Naqshbandiya tariqati ikki yo'nalishga ajralib ketdi.

Birinchi yo'nalish Xoja Alouddin Attor orqali Xoja Ya'qub Charxiy (vaf. h.q. 851 y.)ga, undan Xoja Ubaydulloh Ahrori Valiy (vaf. h.q. 895 y.)ga borib taqalsa, ikkinchi yo'nalish Xoja Muhammad Porso orqali uning o'g'li - Abu Nasr Porso (vaf. h.q. 865 y.)ga, undan Nizomiddin Xomushga, undan esa Hazrati Jomiyning murshidi - Shayx Sa'diddin Koshg'ariy (vaf. h.q. 860 y.)ga yetib, keyingi davrlarda Porsoiya, Ahroriya, Xilvatiya, KumushXonaviya va Mujaddidiya kabi bir qancha tarmoqlar va shu'balarga bo'linib ketdi.

"Rashahotu ayn ul-hayot" sohibining yozishicha, Xoja Muhammad Porso kuchli kashfu karomat sohibi bo'lsa-da, buni iloji boricha yashirishga harakat qilgan. Ammo, qatgiq zarurat tug'ilgandagina uni oshkor qilishga majbur bo'lgan. Shunday voqealardan birining tafsiloti quyidagicha: Hadischi olimlarning peshvosi shayx Shamsuddin Muhammad ibn Muhammad ibn Muhammad al-Jazariy alayhir rahmat Mirzo Ulug'bek zamonida Samarqandga kelgan edilar. Ba'zi g'arazgo'y kishilar: "Hazrati Xoja Muhammad Porso BuXoroda ko'p hadislarni naql qiladilar, ularning asnodlari to'g'ri yoki noto'g'riligi hech kimga ma'lum emas. Hazrati Shayx buni tekshirib ko'rsalar yomon bo'lmas edi", dedilar.

Hazrati Shayx bu ishning payiga tushdilar. Mirzo Ulug'bekni ham bunga ko'ndirib, BuXoroga odam yubordilar va Hazrati Xoja (Muhammad Porso - J.X.)ni Samarkandga kelishlarini iltimos qildilar. Shunday qilib, Shayx Samarqandning shayxulislomi bo'lgan Xoja Isomiddin hamda ulamolarning eng ulug'lari bilan birga katga majlis tashkil qildilar. Xoja Muhammad ham majlisga yetib keldilar. Shayx undan iltimos qilib, asnodi bilan birgalikda bir hadis aytishni so'radilar. Xoja Muhammad aytgach, Shayx: "Bu hadisning to'g'riligiga shubha yo'q, biroq uning asnodi bizga ma'lum emas", dedilar. Bu so'zdan hasadchilar xursand bo'lib, bir-biriga ko'z qisdi-lar. Xoja Muhammad esa bu hadisning ikkinchi asnodini ham aytib berdilar. Shayx yana o'zining yuqoridagi so'zini takrorladi.

Xoja Muhammad qancha asnod aytsa ham so'zi bu yerda maqbul bo'lmasligini

fahmladilar. So'ng bir lahza muroqabaga berildilar, biroz sukutdan keyin Shayxga qarab: "Siz falon hadis kitobini tan olasizmi va undagi asnodlarni mo'tabar deb hisoblaysizmi?" - deb so'radilar. Shayx: "Ha, u kitoblardagi asnodlarning hammasi e'tiborli va ishonchga loyiqdir. Hadis fanini tahqiq etuvchilardan hech kim unga shubha qilmaydi, agar siz aytgan asnodlar shu kitobdan bo'lsa, u paytda bizning hech qanday e'tirozimiz yo'q", dedilar.

Hazrati Xoja (Muhammad Porso) Xoja Isomiddinga qarab: "Sizning kutubXonangizda falon tokchada, falon kitobning tagida, falon rangli va falon jildli kitob bor, unda biz aytgan asnod falon varaqdan so'ng, falon sahifada batafsil keltirilgan, iltifot qilib, Xodimlaringizdan bir kishini yuborsangiz, uni tezda olib kelsa, dedilar. Xoja Isomiddin, bu asnod (hujjat, dalil) o'sha yerda bormi-yo'qmi, deb ikkilanib turardi. Majlisdagilar esa hangu mang bo'lib o'yga tolgan edilar. Hazrati Xojaning bu shaxsiy kutubxonada bo'lmaganliklari hammaga ma'lum edi. Xoja Isomiddin o'z yaqinlaridan birini zudlik bilan uyiga yuborib, agar aytilgan narsalar o'sha yerda bo'lsa, olib kelishni buyurdi.

U kishi aytilgan belgilar bo'yicha kitob va asnodni topib, majlisga keltirdi. Aytilgan hadis o'sha asnodlar bilan o'sha sahifada hech bir tafovutsiz mavjud edi. Bu holatni ko'rgan majlis ahlidan hayrat ovozlari baland ko'tarildi. Shayx va boshqa ulamolar taajjub ichida qoldilar. Ayniqsa, Xoja Isomiddining hayrati boshqalarnikidan ziyoda edi, chunki u bu asnodli kitobning o'z uyida borligidan bexabar edi. Bu qissani eshitgan Mirzo Ulugbek Hazrati Xojani chaqirtirganidan xijolat bo'ldi. Hazrati Xojadan yuz bergan bu karomat odamlarning ularga nisbatan ixloslarini oshirdi.

Manbalarda keltirilishicha, Xoja Muhammad Porso ikki marta haj safarini ado etgan ekan. Birinchi marotaba Xoja Bahouddin Naqshband bilan, keyin 1419 yili BuXorodan Termiz, Balx va Hirot orqali Nishopurga, undan esa Madinaga kirib boradi. Xoja Muhammad bin Muhammad bin Mahmud al-Hofiziy al-BuXoriy hijriy 865/ m.1420 yilda haj ziyoratini amalga oshirgach, xastalanib, 72 yoshida vafot etadi. Uni Amir ul-mo'minin Abbos maqbarasi yoniga dafn etishadi. Shayx Zaynuddin al-Xavofiy Misrdan taroshlangan oq tosh keltirib, uning qabriga qo'yadi.

Xoja Muhammad Porso vafotidan keyin uning tariqat va ma'rifat sulukini o'g'li Xoja Abu Nasr Porso davom ettiradi va Naqshbandiya tariqati tarkibida «Porsoiya» shu'basini ta'sis etadi. Ammo Porsoiya shu'basi Naqshbandiya tariqatidagi bir qancha shu'balar kabi uzoq davom etmaydi. Bu shu'ba qisqa muddat - Xoja Alouddin Attorning davomchisi - Xoja Ahror Valiyning faoliyat maydoniga kelishi va u tomonidan «Ahroriya» shu'basiga asos solinishigacha faoliyat yuritadi.

Keyingi davrlarda vujudga kelgan Naqshbandiya bilan bog'liq biror-bir sho'baning silsilai sharifida Xoja Muhammad Porsoning ismi uchramasa-da, tarixiy va tasavvufiy manbalarda Naqshbandiya ta'limotining yirik vakili, Xojai Buzurg (Bahouddin Naqshband)ning xalifasi, "Porsoiya" tarmog'ining asoschisi, ko'pgina kashfu karomatlar sohibi va nihoyat, "Tafsir" (Qur'oni karim tafsiri), "Fasl ul-xitob", "Tahqiqot", "Sharhi Fusus ul-hikam" (tasavvuf ta'limotining ulug' nazariyotchilaridan biri Shayx ul-Akbar Muhyiddin ibn al-Arabiyning mashhur asari - "Fusus ul-hikam"ga sharh), "Maqomoti Xoja Bahouddini Naqshband", "Maqomoti Xoja Alouddini Attor", "Aqoid" ("Aqoidi firaqi islomiy"), "Risolai qudsiya"(Xoja Bahouddin so'zlari), "Silsilai tariqi Xojagon", "Risolai kashfiya", "Muqaddima" (Xoja Abdulxoliq G'ijduvoniy "Vasiyatnoma"siga debocha) kabi tafsir, fiqh, tasavvuf, kalom va islom tarixi ilmlariga oid bir qator qimmatli asarlarning muallifi sifatida tilga olinadi. Xoja

Muhammad Porso o'z asarlarini asosan fors-tojik tilida yozgan. Lekin uning forsiyda yozilgan barcha asarlarida Qur'oni karim va Hadisi sharifdan, shuningdek, din va irfon peshvolarining so'zlaridan keltirilgan dalilu hujjatlardan tashqari arabiyda yozilgan matnlar ham uchraydi. Arab tilidagi ushbu matnlarning asosiy qismi Xoja Porsoning qalamiga mansub.

Xoja Muhammad Porsoning jahon kutubXonalari va qo'lyozma nusxalar fondlarida saqlanayotgan asarlari kam emas. Jumladan, O'zbekiston FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti Qo'lyozmalar xazinasida Xoja Muhammad Porso Buxoriyning quyidagi asarlari saqlanadi:

1. «Risolai qudsiya» («Xoja Bahouddinning qudsiy kalimalari haqida risola»).

2. «Az anfozi qudsiyai mashoyixi tariqat» («Tariqat mashoyixlarining tabarruk so'zlaridan»).

3. «E'tiqodot» («Etiqod haqida»).

4. «Tahqiqot (Tasavvuf istilohlari haqidagi risola).

5. «Tafsiri Qur'on («Kur'on tafsiri»). 6. «Al-hadis ul-arba'una» («Qirq hadis»).

7. «Risola dar odobi murid» («Murid odoblari haqida risola»).

8. «Risolai kashfiya» («Karomatlar haqida risola»).

9. «Risolai mahbubiya» («Do'stlik haqida risola»).

10. «Sharhi «Fiqhi Kaydoniy» («Fiqhi Kaydoniy» asarining sharhi»).

11. «Fasl ul-xitob bi-vusuli-ahbob» («Do'stlar visoliga yetishishda oq ila qorani ajratuvchi kitob»).

12. «Muxtasari ta'rixi Makka» («Makka shahrining qisqacha tarixi»).

13. «Fusuli sitta» («Olti fasl»).

14. «Maktubi Xoja Muhammad Porso va Mavlono Zaynuddin» («Xoja Muhammad Porsoning Mavlono Zaynuddinga maktubi»).

15. «Maqomoti Xoja Alouddin Attor» («Alouddin Attor maqomoti»).

16. «Maqomoti Xoja Bahouddin Naqshband» («Xoja Bahouddin Naqshband maqomoti»).

17. «Mukdddima li-jomi' ul-kalim» («Jomi' ul-kalim» kitobiga mukdddima»).

18. «Haftodu du firqa» («Yetmish ikki firqa»).

Muhammad Porsoning «Risolai qudsiya» asari Xoja Bahouddin Naqshbandning qudsiy kalimalarini sharhlashga bag'ishlangan. Bu kalimalar Bahouddin Naqshbandning o'z og'zidan eshitilgan bo'lib, Muhammad Porso ularni to'plab yurgan. Bu haqda uning o'zi shunday deydi: «Bu so'zlar (ularning) muborak og'izlaridan chiqqan so'zlardan bir tomchisigina bo'lib, bu zaif banda... bu qudsiy kalimalardan ba'zilarini sadoqat va irodat yuzasidan tabarrukona va irshod sifatida qalamga olib yurardi». Muhammad Porso o'zining bu asarida ulug'vor ustozining qudsiy kalimlarini keltiribgina qolmay, ularni sharhlab ham beradi. Asar Bahouddin Naqshband hayoti, uning xizmatlari va ma'naviy dunyosini ochib berishi hamda Naqshbandiya sulukining asoslari haqida ko'p ma'lumotlarni qamrab olishi bilan katta ilmiy-tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan manba hisoblanadi. Tom ma'noda Xoja Porsoning eng ulug' karomati - uning bizgacha yetib kelgan bebaho ilmiy merosidir.

Tafsirga oid «Tafsir-i Qur'on» asari bo'lib, muallif qalamiga mansub bir qo'lyozma nusxasi O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Ayrim qismlarini Abdurahmon Jomiy yozgan. Forscha-arabcha va nasx xatidagi mazkur tafsirda Qadr surasidan Humaza surasigacha bo'lgan qismlar qamrab olingan. Xoja

Muhammad Porso tasavvuf peshvolaridan bo'lgani uchun ham boshqa asarlari qatori tafsirida ham unga e'tibor qaratadi. Tafsirda 30-juzning bir nechtagina surasi tafsir qilinganiga guvoh bo'lamiz. Bular: "Fotiha", "Qadr", "Bayyina", "Zalzala", "Adiyat", "Qoria", "Takasur", "Asr" va "Humaza" suralaridir. Bundan tashqari Hofiz tanish BuXoriyning "Abdullanoma"sida Xoja Abu Nasr Porsoning (vaf. 986/1537 y.) o'g'li Xoja Abduvali Porso haqida gapirilib, uning Nurotaga borgani zikr qilinadi.

XV asrlarga to'g'ri keladigan xatda fors tilida quyidagilar bitilgan (ma'nosi): "Ushbu tafsir haqiqatlar sultoni, mufassirlar va muhaddislar burhoni hazrati Xoja Muhammad Porsonikidir. Xatti sharif ham o'sha kishinikidir, Alloh sirlarini muqaddas va aziz kilsin. Bu sahifa avvalidan (keyingi) yangi bitilgan uch sahifadagi xatti sharif haqoiq panox maorifi dastgox hazrati mavlono Nuriddin Abdurahmon Jomiynikidir. Alloh uning qabrini nurga to'ldirsin". Demak, asar kotibi muallifning o'zi bo'lgan. Xoja Muhammad Porsoning bundan boshqa dastxatini O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida uchramaydi. Balki dunyoning boshqa kutubXonalarida saqlanyotgan xatda jumladan Texrondagi dastxatda bo'lishi mumkin.

Xoja Porso moturidiyaga muvofiq ravishda "muqallidning imoni sahih", deb aytadi: "Imon Allohning yagonaligi va boshqa sifatlarini qat'iy tasdiq etishdir. Qat'iy tasdiq yaxshi martabadir. Albatta orif banda muqalliddan yuqori darajada. Muqallid haq yo'lda bo'lsa, u mo'min hisoblanadi". Moturidiylikda shahodat kalimasini taqlidan aytgan kishi ham mo'min hisoblanadi. Ularning imoni zohiran e'tiborga olinadi, qalblarining holati Allohga havola qilinadi.Moturidiylik ta'limoti haqida gapirganda, Xoja Porso "Fasl al-xitob"da alohida faslni Imom Moturidiy va Hakim Samarqandiy mavzusiga bag'ishlaganini ta'kidlash kerak.

Foydalanilgan manba va adabiyotlar:

1. Хужаёров, А. (2023). УРТА АСРЛАРДА НАСАФ ВОХАСИ ИЛМИЙ-АДАБИЙ ХАЁТИ. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 2 (7), 41-43.

2. Ходжаёров, А. О. (2023). Сомонийлар даврида Насаф шахрининг ижтимоий, ицтисодий ва маънавий хаёти. Взгляд в прошлое, 6 (1).

3. Хужаёров, А. О. (2022). К^ашкддарё вохаси алломалари илмий меросининг ахамияти. In International conferences (Vol. 1, No. 21, pp. 99-103).

4. Khojayorov, A. (2023). The scientific-literary environment of the Nasaf oasis in the middle ages. Educational Research in Universal Sciences, 2(3), 885-888.

5. Хужаёров, А. (2022). Абу Райхон Берунийнинг "Хиндистон" асари ноёб этнографик манба сифатида. Academic research in educational sciences, (3), 399-411.

6. Asilbek, K. (2023). History of Sufism in Nasaf Oasis. Intersections of Faith and Culture: American Journal of Religious and Cultural Studies (2993-2599), 1 (6), 15-19.

7. Khojayorov, A. (2024). JURISPRUDENCE OF MUHAMMAD BAZDAWI (IX - XII CENTURIES). Collection of scientific papers «SCIENTIA», (February 23 2024; Amsterdam, Netherlands), 188-191.

8. Asilbek, X. (2024). O'RTA ASRLARDA NASAF VOHASI ALLOMALARINING FIQHIY ILMLAR RIVOJIGA QO'SHGAN HISSASI. Journal of Social Sciences, 1(01).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.