Научная статья на тему 'XO’JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARDA EKSPORT-IMPORT OPERATSIYALARI BO’YICHA HISOBLASHUV MUOMALALARI HISOBI'

XO’JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARDA EKSPORT-IMPORT OPERATSIYALARI BO’YICHA HISOBLASHUV MUOMALALARI HISOBI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
22
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
eksport / import / globallashuv / ijtimoiy-iqtisodiy / taraqqiyot / savdo-sotiq / investitsiya / moliyaviy qo’yilma / xizmatlar ko’rsatish / litsenziya / savdo markazi / dastur / patent / bojxona / tarif / iqtisod / tashqi / savdo-sotiq / investitsiya / sub’ekt / bank / tovar-pul vositalari / hisob-kitob / xalqaro / hujjat / shartnoma / sarmoya.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Misirov A.

Maqolada еksport-import operatsiyalari Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda eksport-import operatsiyalari bo’yicha hisoblashuv muomalalari hisobini tashkil etishning me’yoriy xuquqiy asoslari, muammo yechimlari, mamlakatimizda bugungi kunda eksport-import soxasidagi o’zgarishlar va isloxotlari ochib berilagan va mavzu doirasida xulosa va takliflar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XO’JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARDA EKSPORT-IMPORT OPERATSIYALARI BO’YICHA HISOBLASHUV MUOMALALARI HISOBI»

XO'JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARDA EKSPORT-IMPORT OPERATSIYALARI BO'YICHA HISOBLASHUV MUOMALALARI HISOBI

Misirov A.

SamISI «Buxgalteriya hisobi» kafedrasi stajer-assistenti

Annotatsiya: Maqolada eksport-import operatsiyalari Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarda eksport-import operatsiyalari bo'yicha hisoblashuv muomalalari hisobini tashkil etishning me'yoriy xuquqiy asoslari, muammo yechimlari, mamlakatimizda bugungi kunda eksport-import soxasidagi o'zgarishlar va isloxotlari ochib berilagan va mavzu doirasida xulosa va takliflar berilgan.

Kalit so'zlar: eksport, import, globallashuv, ijtimoiy-iqtisodiy, taraqqiyot, savdo-sotiq, investitsiya, moliyaviy qo'yilma, xizmatlar ko'rsatish, litsenziya, savdo markazi, dastur, patent, bojxona, tarif, iqtisod, tashqi, savdo-sotiq, investitsiya, sub'ekt, bank, tovar-pul vositalari, hisob-kitob, xalqaro, hujjat, shartnoma, sarmoya.

O'zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida amalga oshirilgan tadbirlar natijasida ochiq iqtisodiyotni shakllantirish va tashki iqtisodiy alokalarni erkinlashtirish uchun mustaxkam huquqiy asoslar yaratildi. Jumladan, "Eksport-import munosabatlari to'g'risida"gi, "Chet el investorlar faoliyatining kafolatlari to'g'risidagi", "Erkin iqtisodiy zonalar to'g'risidagi" qonunlar, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining karorlari va boshka me'yoriy xujjatlar tashki iqtisodiy alokalar hamda eksport-import munosabatlarini tartibga solib turadi, chet el investitsiyalarini jalb qilish va ragbatlantirish tartibini belgilab beradi. Xususan, tashki iqtisodiy alokalarni amalga oshirishning asosiy tamoyillari va tartiblari "Eksport-import munosabatlari to'g'risidagi" Qonunda belgilab berilgan.

Xalkaro huquqning umume'tirof etilgan me'yorlariga muvofik, mulkchilik shakllaridan kat'iy-nazar, tashki iqtisodiy alokalar ishtirokchilarining huquqlari, manfaatlari va mol-mulklari ximoya kilinadi. "Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari to'g'risidagi" qonunda xujalik jamoalari va shirkatlarida, banklar va sug'urta tashkilotlarida xissadorlik asosida ishtirok etish, ya'ni mulklarni aktsiyalar va boshqa qimmatli qog'ozlarni sotib olish, shuningdek, erga (jumladan, ijaraga olingan erga) va tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqi ham chet el investitsiyalarini amalga oshirish shakllari bo'lib xizmat qilishi mumkinligi kayd etilgan. Bu qonunning chet ellik sarmoyador huquqlarini kafolatlovchi muxim jixatlaridan yana biri shuki, agar O'zbekiston Respublikasining keyingi qonunlari investitsiya sharoitini yomonlashtirib ko'yadigan bo'lsa, u xolda chet ellik investorlarga nisbatan o'n yilgacha bo'lgan muddatga investitsiyalar amalga oshirilib turgan paytda amalda bo'lgan qonunlar tatbiq etiladi.

Shu bilan birga, qonunda chet el investitsiyalari milliylashtirish amalga oshirilmasligi kafolatlanadi, shuningdek, ularni majburan sotib olish ham mumkin

emas, lekin tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar (xayvonlar ulati) yuz bergan xollar bundan mustasno. Bunday xollarda chet ellik investorlarga tulanadigan kompensatsiyani keltirilgan zararga barobar bo'lishi nazarda tutiladi. Chet ellik sarmoyadorlarning o'z investitsiyalarini ixtiyoriy ravishda sug'urta qilish huquqi investorlarni uz mulklarining ekspropriatsiya kilinishidan, mamlakat ma'murlarining sug'urta tashkiloti bilan investor o'rtasidagi shartnomaviy munosabatlari aralashuvidan, milliy va boshka valyutalar almashtirishni hamda ularni mamlakat tashkarisiga chiqarishni cheklashlardan va boshka xatarlardan muxofaza qilishni ta'minlaydi.

1-jadval

Tashqi iqtisodiy faoliyat bo'yicha hisoblashuv muomalalari hisobini tashkil

_etishning me'yoriy xuquqiy asoslari tizimi1_

_1 - POG'ONA_

Tashqi iqtisodiy faoliyat bo'yicha hisoblashuv muomalalari hisobini bevosita va bilvosita tashkil etishni tartibga soluvchi qonunlar va qonuniy xujjatlar (O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi

qarorlari)._

_2 - POG'ONA_

Tashqi iqtisodiy faoliyat bo'yicha hisoblashuv muomalalari hisobini tashkil etishini bazaviy tamoyillarini umumlashtiruvchi me'yoriy xujjatlar (yo'riqnomalar, nizomlar, buxgalteriya hisobi

milliy standartlari va boshqalar)._

_3 - POG'ONA_

Korxonalarda tashqi iqtisodiy faoliyat bo'yicha hisoblashuv muomalalari hisobini yuritish mexanizmi, xususiyatlarini aks ettiruvchi ishlab chiqarish hisobini tashkiliy, texnik va uslubiy jixatlarini mujassamlashtirgan hisob siyosati._

Eksport-import munosabatlarining huquqiy asoslari xakida so'z yuritganda, bu erda albatta xalqaro bitimlar to'g'risida ham biroz to'xtalib o'tish maqsadga muvofiqdir. Chunki, ikkita yoki bir nechta xalqaro munosabatlar qatnashchilarining xar qanday birgalikdagi faoliyati, kelishilgan, huquqiy kuchga ega bo'lgan xujjatlar asosida amalga oshiriladi.

Ikki va o'ndan ortiq davlatlar o'rtasida xalqaro bitimlar tuziladi va ular quyidagi turlarga bo'linadi:

• umumiy tusdagi bitimlar. Ushbu bitim ikki davlat o'rtasida tuzilgan xalqaro bitim bo'lib, uz ichiga munosabatlar asosi, diplomatik munosabatlarni o'rnatish xaqida bitimdir. Unda iqtisodiy munosabatlar aloxida bo'lim sifatida ajratilib ko'rsatiladi.

• mahsus bitimlar. Bu bitimlar asosan, iqtisodiy masalalar bo'yicha ikki yoki ko'p tomonlama tuziladigan quyidagi bitimlardir:

a) bitimlar va shartnomalar. Bu bitimlar mahsulotlar va xizmatlar eksport-importining umumiy shartlari va tartibini aniqlovchi xujjatlardir. Ular qatorida aloxida ahamiyatga ega mahsulotlar va xizmatlarga taalluqli mahsus bitimlar ajratiladi. Masalan, o'simlik va xayvonot dunyosiniig yo'qolib borayotgan turlarining xalqaro savdosi bo'yicha Konventsiya, shuningdek, ishlab chiqaruvchi va iste'molchilar

1 G'ulomova F.G'. "Buxgalteriya hisobini mustaqil o'rganish uchun qo'llanma". Toshkent: NORMA, 2009 yil

manfaatlarini ko'zlagan xolda keskin narx tebranishining oldini olish yoki yumshatish maqsadida xom-ashyo resurslari savdosida qo'llaniladigan ko'p tomonlama shartnomalar.

Bu bitimlar konti^gent^ yoki xorijiy sheгiklaг o'гtasida xalqaro tijorat shartnomalari shartnoma tuzish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.

b) bojxona bitimlari;

v) soliq bitimlari. Masalan, ikki marta soliq olishning oldini olish maqsadida. Xalqaro munosabat qatnashchilarining soliq solish umumiy qoidalari, sharoitlari va tartibi to'g'risidagi soliq bitimlari;

g) investitsiyalarni himoyalash xaqidagi davlatlarara bitimla^ ya'ni iqtisodiy munosabat o'matilayotgan ikki mamlakat o'гtasida tuziladigan kapital qo'yilmalarning o'zaro kafolati va rag'batlantirish xaqidagi shartnomalardir.

Ushbu omillarni hisobga olgan xolda respublikada eksport-import munosabatlari va eksport-import munosabatlarini boshqarish tizimi shakllanmoqda hamda uning tarkibiy qismiga kirgan tashkilotlar faoliyati takomillashtirilmoqda.

Eksport-import munosabatlariga kadrlar tayyorlash soxasida ham, bir qancha murakkab vazifalar quyilgan edi. Bu vazifalarga quyidagilarni kiritish mumkin:

- respublikamizda faoliyat yuritayotgan institut va universitetlarning tashqi iqtisodiy munosabatlari, xalqaro marketing va menejment bo'limlarida qo'shimcha o'quv-konsalting markazlarini tashkil etish;

- universitet va unstitutlarning o'qituvchi kadrlarini tayyorlash va malakasini oshirish;

- iqtisodiyotning turli soxalarida faoliyat ko'rsatyotagan rahbar xodimlar va mutaxassislarni tashqi iqtisodiy taгkibda ish olib boгishlaгini ta'minlash, malakasini oshirish;

- chet el universitetlarida va kompaniyalarida o'qish va amaliyotga borishni tashkil etish va xokazolar.

Eksport-import munosabatlarining yangi strategiyasi iqtisodiyotning tarkibiy qismidagi inqirozni engib o'tish, iqtisodiy taraqqiyot va xalqaro mexnat taqsimotida, jahon savdosida yuqori sifatli mahsulotlar bilan ishtirok etish hamda eksport-import munosabatlarini takomillashtirish asosiy vazifalardandir. Buning uchun:

Birinchidan, eksport saloxiyatini tiklash, rivojlantirish va eksport tarkibini yaxshilash. Buning uchun, qisqa fursat ichida eksportga muljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni kuchaytirish, bu erda nafakat xom-ashyomiz va tabiiy resurslarimiz hisobiga balki, ilmiy-texnikaviy bilimlarimiz, arzon ishchi kuchi hisobiga, ishlab chiqarishning ustuvor soxalarini rivojlantirish hisobiga erishish kerak.

Ikkinchidan esa, importni ratsionallashtirish muxim vazifalardan biri bulib, bu erda import siyosati nafaqat aholining turmush tarzi va manfaatlarini ko'zlab, balki iqtisodiyotni yangilash va raqobatbardoshligini ta'minlashga xizmat qiladi. Mashinasozlik importida imkon boricha tayyor mashinalar, transport vositalari va texnologik asbob-uskunalari ko'praq foydali qazilmalar qazish ishlari uchun va qayta ishlovchi soxalar uchun sotib olinishi kerak. Importning samarasini oshirilishida yana, O'zbekiston iqtisodiyoti uchun zarur bo'lgan mahsulotlar o'mini bosuvchi va kam

xarajatlar sarflanadigan (ya'ni, bu erda albatta sotib olish va olib kelish uchun ketgan xarajatlar e'tiborga olinib) mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish ham asosiy yo'nalishlardandir.

Uchinchidan, respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning jahon bozorlarida raqobatbardoshligini oshirishdir. Eksport potentsialini kengaytirishda va jahon xo'jaligiga kirishning integratsiya jarayonida, O'zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar iloji boricha sifatli va kam xarajat qilingan, jahon bozori shartlari va talablarini qoniqtiradigan darajada bo'lishi shart. Buning uchun esa, asta-sekinlik bilan ichki va jahon ishlab chiqarish andozalari va mahsulotlar sifatini bir-biriga yaqinlashtirish kerak.

Turtinchidan, texnologiyani yangilash va kengaytirilgan ishlab chiqarish saloxiyatini tashkil qilishga chet el investitsiyalarini jalb qilish. Chet el kreditlari uzoq muddatli va katta masshtabli investitsiyalarni ta'minlashning yagona manbasi ekanligi ma'lumdir. Bu masalada aniq bir maqsad sari intilish kerakligini ta'kidlab o'tish lozim.

Respublikada chet el sarmoyalarini siyosiy va iqtisodiy riskdan sug'urta qiluvchi institutlar yaxshi ishlamasa, chet el investitsiyasining respublikamizga kirib kelishi qiyinlashadi. Shuning uchun, respublikamizda chet el investitsiyasi uchun qulay shart-sharoitlar, aniq maqsad sari yo'naltirilgan vazifalar yo'lga qo'yilishi zarur.

Beshinchidan, O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash. Eksport-import munosabatlari soxasi shartlari tashkil etilishida iqtisodiy xavfsizlik asosiy rollardan birini o'ynaydi. Milliy xavfsizlikni ta'minlashda tartibga solishning asosiy 3 xil ko'rinishi mavjud:

1. Valyuta nazorati.

2. Eksport va import nazorati.

3. Xom-ashyoning strategik turlari olib chiqilishini tartibga solish.

Ushbu soxalarning o'ziga xos shakllari va tartibga solish uslublari mavjud. Albatta, yuqorida keltirilgan fikr-muloxazalarga, tahliliy qarashlarga hamda nazariy xulosalarga ustuvor yo'nalish sifatida e'tibor berish, shak-shubxasiz eksport-import munosabatlarini rivojlantirish uchun xizmat qiladi

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. PQ-4611-son «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. 2020 yil 24 fevral;

2. O'zbekiston Respublikasi "Buxgalteriya hisobi to'g'risida" gi Qonuni, Yangi taxriri. 2016 yil 13 aprel;

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 07.05.2020 yildagi PQ-4707-son « Eksport faoliaytini yanada qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida»;

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.08.2022 y. PF-198-son «Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo'l qo'ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoni;

5. O'zbekiston Respublikasi Vaz^^ Mahkamasining qaгoгi, 30.01.2020 yildagi 46-son «"O'ZBEKINVEST" eksport-import milliy sug'urta kompaniyasining faoliyatini yanada takomillashnirish chora-tadbirlari to'g'risida»;

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son 2022 — 2026-yillarda mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqiyot strategiyasi to'g'гisida»;

7. Mimyoev Sh.M. Eгkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini biгgalikda barpo etamiz. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag'ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo'shma majlisidagi nutq /Sh.M. Mirziyoev. - Toshkent: O'zbekiston, 2017. - 56 b;

8. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garavi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'гuza. 2016 yil 7 dekabr /Sh.M.Mirziyoev. - Toshkent: "O'zbekiston", 2017. - 48 b;

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.