Научная статья на тему 'EKSPORT-IMPORT OPERATSIYALAR HISOBI'

EKSPORT-IMPORT OPERATSIYALAR HISOBI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Eksport / import / operatsiya / qaror / xo’jalik yurituvchi sub’ektlar / shartnoma / invastitsiya / savdo faoliyati / bojxona tarifi / tovar / yo’ldagi tovarlar / ombordagi tovarlar / hisob-kitoblar

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Misirov Asliddin Mamasobirovich

Bugungi kun dolzarb masalalardan biri bu eksport-import operatsiyalar bilan hisob-kitoblarni xalqaro standartlar asosida takomillashtirish bo‘lib hisoblanadi. Mamlakatimizda so‘ngi yillarda qabul qilingan bir qator qarorlar, nizomlar, Markaziy bank yo‘riqnomalari eksport-import operatsiaylar bilan hisobkitoblarni yangi pog’onaga chiqarish vazifalarni belgilab beradi. Maqolada eksportimport operatsiyalari hisobi mazmun mohiyati va hisobini tashkil etish xususiyatlari va ular hisobini takomillashtirish bo’yicha xulosa va takliflar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «EKSPORT-IMPORT OPERATSIYALAR HISOBI»

EKSPORT-IMPORT OPERATSIYALAR HISOBI

Misirov Asliddin Mamasobirovich

SamISI "Buxgalteriya hisobi" Kafedrasi stajyor-assistenti

Annotatsiya. Bugungi kun dolzarb masalalardan biri bu eksport-import operatsiyalar bilan hisob-kitoblarni xalqaro standartlar asosida takomillashtirish bo'lib hisoblanadi. Mamlakatimizda so'ngi yillarda qabul qilingan bir qator qarorlar, nizomlar, Markaziy bank yo'riqnomalari eksport-import operatsiaylar bilan hisob-kitoblarni yangi pog'onaga chiqarish vazifalarni belgilab beradi. Maqolada eksport-import operatsiyalari hisobi mazmun mohiyati va hisobini tashkil etish xususiyatlari va ular hisobini takomillashtirish bo'yicha xulosa va takliflar keltirilgan.

Kalit so'zlar. Eksport, import, operatsiya, qaror, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar, shartnoma, invastitsiya, savdo faoliyati, bojxona tarifi, tovar, yo'ldagi tovarlar, ombordagi tovarlar, hisob-kitoblar

Jahon moliyaviy inqiroz sharoitida eksport-import operatsiyalarni, ya'ni tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug'ullanish jahon bozorining aktiv ishtirokchisi hamda sub'ektning bosh maqsadidir. Bu bevosita korxona, firma mahsulotlarining jahon bozoriga chiqishi va uni band etishi, o'z xaridorini topishida korxona istiqbolini belgilashi, faoliyati natijaviyligini o'stirishning muhim omili sifatida qaraladi. Hozirgi kunda xo'jalik yurituvchi sub'ektlarda eksport-import operatsiyalari hisobini yuritishda qator noaniqliklar mavjud va ularni hal etish jahon moliyaviy inqirozi sharoitida hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biri bo'lib hisoblanadi.

24.02.2020 yildagi PQ-4611-son "Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarga o'tish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"1gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori va 07.05.2020 yildagi PQ-4707-son «Eksport faoliaytini yanada qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida»2gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari eksport-import operatsiaylar bilan hisob-kitoblarni yangi pog'onaga chiqish vazifalarni belgilab beradi. Bularga:

Birinchidan, eksport-import operatsiyalari hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlar asosida takomillashtirish;

Ikkinchidan, eksport-import operatsiyalari hisobini tan olishda muhim xujjatlardan biri shartnomani xalqaro bozor talab etadigan shakl va mazmunda amalga oshirish;

Uchinchidan, eksport-import operatsiyalari hisobini yuritishda akkreditiv operatsiyalar xususiyatlarini o'rganish va xalqaro amaliyotni joriy qilish.

Ushbu yuqoridagi vazifalar eksport-import operatsiyalari va akkreditiv operatsiyalarni xalqaro standartlar asosida tan olish printsiplarini belgilab beradi.

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 24.02.2020 yildagi PQ-4611-son "Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarga o'tish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"

2 3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 07.05.2020 yildagi PQ-4707-son « Eksport faoliaytini yanada qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida»

Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish yo'li bilan, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalarini rivojlantirish muhim hisoblanadi. Xorijiy investitsiyalar mavjud korxonalar quyidagi yo'nalishlarda xorij kompaniya va fírmalari bilan moliyaviy xo'jalik muammolarini amalga oshiradilar:

• savdo-sotiq faoliyati - tuzilgan shartnomalarga asosan xorijdagi subyektlarga o'zining tayyor mahsulotlari yoki tovarlarini sotadi yoki ulardan tovarlarni sotib oladilar;

• investitsiya (moliyaviy qo'yilma) faoliyati - kelishilgan holda chet el sarmoyalarini o'zining faoliyatiga jalb qiladi yoki o'zining vaqtincha ortiqcha mablag'larini chet el firmalarining faoliyatiga ulush sifatida beradilar;

• ishlarni bajarish va xizmatlar ko'rsatish - tuzilgan kontraktlarga asosan chet el firmalarining buyurtmalari bo'yicha ishlarni bajaradilar va xizmat ko'rsatadilar va o'z navbatida chet el fírmalariga buyurtmalar beradilar. Ularning bajargan ishlarini qabul qiladilar va xizmatlarini iste'mol qiladilar;

• litsenziya, savdo markalari, dasturlar va patentlarni sotish yoki sotib olish va boshqalar.

Subyektlarning tashqi iqtisodiy faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish, avvalo, bojxona tartibi orqali amalga oshiriladi. Bojxona tizimida davlat chegarasidan o'tadigan tovarlar, ishlar va xizmatlar qo'llaniladigan tartiblar ko'rsatiladi:

• bojxona tarifi (olinadigan yig'imlar, to'lovlar);

• tovar va xizmatlarni chegaradan o'tkazish tartibi;

• kontrabandaga qarshi tadbirlar;

• o'tqaziladigan va kiritiladigan tovarlar, ishlar va xizmatlarning turlari va miqdori.

Tovar va ishlarning nomenklaturasiga asosan kuyidagilar tuziladi:

• dastlabki hujj atlarning shakli va uning mazmuni o ' rnatilgan xalqaro tartib va qoidaga asosan o'zgartirilgan holda;

• bojxona deklaratsiyasi - tegishli tovarlar, ish va xizmatlarning nomlari, miqdori va qiymati ko'rsatilgan holda;

• xalqaro yukxatlarning o'ziga xos xususiyatlari, mahsus belgilar qo'yilgan

holda.

Ushbu faoliyatda asosiy bosqichlardan bittasi tegishli kontraktlarni tuzish, miqdor, baho va tovarlarni etkazib berish tartibi va grafigi hisoblanadi. Chunki ushbu talablarning bajarilishi ustidan tezkor va qattiq nazorat o'rnatiladi.

Bundan tashqari hisoblashish jarayoni tashqi iqtisodiy faoliyatda asosiy o'rinlardan birini egallab, bu munosabatlar «Valyuta tartiblari va valyuta nazorati to'g'risida»gi Qonunga asosan amalga oshiriladi. Valyuta tartiblariga rioya qilish Markaziy bank tomonidan nazorati qilinadi, ushbu bankga kuyidagi vakolatlar yuklatilgan:

• xorij valyutalari muomalalarining tartibi va faoliyat jarayonlari;

• rezident va norezidentlar tomonidan valyuta muomalalarini amalga oshirish qoidalari;

• valyuta muomalalarini hisobga olish, hisoblab hujjatlashtirish va statistikasining umumiy tartibini o'rnatish.

Xalqaro tartiblar esa «Tovarlarning xalqaro oldi-sotdi to'g'risidagi shartnoma» BMT konventsiyasi, A/SONE. 97/18 Annex 1. va Inkoterms hujjatlariga asoslanadi. Ushbu hujjatlarda:

iqtisodiy aloqalarga qulay shart-sharoitlar yaratish, aloqa o'rnatish, shartnomalar tuzish va tegishli tartib va qoidalarni o'rnatish uchun ma'lumotlar va axborotlar bilan ta'minlash;

• tovarlarni olish va sotishdagi to'siqlardan o'tish, shartnomalar tuzish, tovarlarning turlari, miqdori va grafiklarini belgilash va etkazib berish uchun sharoitlar yaratish;

• tovarlarni sotib olish va sotish bo'yicha kamsitishlar (diskriminatsiya)ni tugatish, tomonlarning manfaatlarini ko'zlagan holda xo'jalik muammolarini amalga oshirish;

• shartnomalarni amalga oshirishga sarflanadigan vaqt va xarajatlarni qisqartirish maqsadida ko'rsatilgan shakllarda xarajatlarni hisobga olishda tasdiqlangan «Nizom» qoidalariga amal qilinadi. Yuqoridagi munosabatlarni korxona faoliyatida to'g'ri va aniq tarzda yuritish, eksport-import muomalalariga doir hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirish hamda bu munosabatlarning amalga oshirish jarayonini samarali boshqarish va nazorat qilish uchun eksport-import muomalalarining hisobi va uning tahlilini yuritish lozim bo'ladi.

Eksport-import operatsiyalari buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi -foydalanuvchilarni eksport-import operatsiyalariga oid to'liq va ishonchli moliyaviy hamda buxgalteriya axboroti bilan o'z vaqtida ta'minlashdan iborat.

Mamlakatimizdagi sohaga doir adabiyotlarda va normativ-huquqiy hujjatlarda eksport-import operatsiyalarni tan olishda shartnoma xususiyatlari etarlicha ochib berilmagan. Bu bizning amaliyotimiz uchun zarur ko'rsatkich bo'lib hisoblanadi. Shartnoma bir qancha xususiyatlarga ega. Kompaniya shartnomaga muvofiq tovar (ish, xizmatlar)ni xaridorga uzatganda qoplamalarni olishga bo'lgan huquqi yuzaga keladi.

Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida har qanday tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug'ullanuvchi korxonada boshqaruv tizimi eksport-import munosabatlari bo'yicha axborot bilan ta'minlashning tegishli tizimiga ehtiyoj sezadi. 1-chi jadvalda hozirgi kunda xalqaro hisob-kitoblarda eng keng qo'llanuvchi beshta davlatning milliy valyutasini ko'rsatish mumkin.

1- jadval

Tashqi iqtisodiy faoliyat bo'yicha hisoblashuv muomalalarida

№ Valyutalarning turlari Tashqi savdo bo'yicha hisob-kitoblarda Valyutalarning xalqaro miqyosda tan olingan belgilanishi Valyutalarga nisbatan qo'llanuvchi

salmog'i, % da koeffitsentlar

1 AQSh dollari 40 USD 1

2 Evro 30 EURO 100

3 Yaponiya ienasi 15 JPY 100

4 Buyuk Britaniya funt-sterlingi 8-11 GBP 1

Tashqi savdo shartnomasining quyidagi to'rt moliya - to'lov shartini ajratib ko'rsatish mumkin:

1. Baho valyutasi;

2. To'lov valyutasi;

3. To'lov sharti;

4. Hisob-kitob shakli.

Shu sababli, mazkur mavzu bo'yicha axborot to'plash, umumlashtirish va qayta ishlashning eng muhim vositalaridan biri - buxgalteriya hisobi va tahlildir. Bundan tashqari, eksport-import muomalalarining holati va harakatini o'z vaqtida hamda to'g'ri hisobga olishi, talqin etishi va ana shu asosda barqaror rivojlana olishi uchun bunday ma'lumotlarni yig'ish va qayta ishlashning samarali tizimiga ega bo'lishi kerak.

Xulosa va takliflar. Eksport-import munosabatlarining yangi strategiyasi iqtisodiyotning tarkibiy qismidagi inqirozni engib o'tish, iqtisodiy taraqqiyot va xalqaro mexnat taqsimotida, jahon savdosida yuqori sifatli mahsulotlar bilan ishtirok etish hamda eksport-import munosabatlarini takomillashtirish asosiy vazifalardandir. Buning uchun:

Birinchidan, eksport saloxiyatini tiklash, rivojlantirish va eksport tarkibini yaxshilash. Buning uchun, qisqa fursat ichida eksportga muljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni kuchaytirish, bu erda nafakat xom-ashyomiz va tabiiy resurslarimiz hisobiga balki, ilmiy-texnikaviy bilimlarimiz, arzon ishchi kuchi hisobiga, ishlab chiqarishning ustuvor soxalarini rivojlantirish hisobiga erishish kerak.

Ikkinchidan esa, importni ratsionallashtirish muxim vazifalardan biri bulib, bu erda import siyosati nafaqat aholining turmush tarzi va manfaatlarini ko'zlab, balki iqtisodiyotni yangilash va raqobatbardoshligini ta'minlashga xizmat qiladi. Mashinasozlik importida imkon boricha tayyor mashinalar, transport vositalari va texnologik asbob-uskunalari ko'proq foydali qazilmalar qazish ishlari uchun va qayta

' Manba: http://www.fxclub.org/

3

ishlovchi soxalar uchun sotib olinishi kerak. Importning samarasini oshirilishida yana, O'zbekiston iqtisodiyoti uchun zaïu bo'lgan mahsulotlaг o'mini bosuvchi va kam xarajat^ saгflanadigan (ya'ni, bu eráa albatta sotib olish va olib kelish uchun ketgan xarajat^ e'tiborga olinib) mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish ham asosiy yo^^h^^and^.

Uchinchidan, respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning jahon bozorlarida raqobatbardoshligini oshirishdir. Eksport potentsialini kengaytirishda va jahon xo'jaligiga kirishning integгatsiya jaгayonida, O'zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar iloji boricha sifatli va kam xarajat qilingan, jahon bozori shartlari va talablarini qoniqtiгadigan darajada bo'lishi shaгt. Buning uchun esa, asta-sekinlik bilan ichki va jahon ishlab chiqarish andozalari va mahsulotlar sifatini bir-biriga yaqinlashtirish kerak.

Turtinchidan, texnologiyani yangilash va kengaytirilgan ishlab chiqarish saloxiyatini tashkil qilishga chet el investitsiyalarini jalb qilish. Chet el kreditlari uzoq muddatli va katta masshtabli investitsiyalami ta'minlashning yagona manbasi ekanligi ma'lumdir Bu masalada aniq bñ maqsad sari intilish ke^ligim ta'kidlab o'tish lozim.

Ushbu soxalaming o'ziga xos shakllari va tartibga solish uslublaгi mavjud. Albatta, yuqorida keltirilgan fikr-muloxazalarga, tahliliy qarashlarga hamda nazariy xulosalaгga ustuvor yo'nalish sifatida e'tiboг beгish, shak-shubxasiz eksport-import munosabatlarini rivojlantirish uchun xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 24.02.2020 yildagi PQ-4611-son "Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlaTga o'tish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbiгlaгi to'g'risida";

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 07.05.2020 yildagi PQ-4707-son « Eksport faoliaytini yanada qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida»;

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.08.2022 y. PF-198-son «Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo'l qo'ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbiriari to'g'risida»gi Faгmoni;

4. O'zbekiston Respublikasi Vaz^^ Mahkamasining qaгoгi, 30.01.2020 yildagi 46-son «"O'ZBEKINVEST" eksport-import milliy sug'urta kompaniyasining faoliyatini yanada takomillashnirish chora-tadbirlari to'g'risida»;

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farnoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son 2022 — 2026-yillarda mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqiyot strategiyasi to'g'гisida»;

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.