Научная статья на тему 'XIZMATLAR KO’RSATISH SOHASIDA ALOQA XIZMATLARINING O’RNI VA AHAMIYATI'

XIZMATLAR KO’RSATISH SOHASIDA ALOQA XIZMATLARINING O’RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xizmat ko’rsatish / aloqa xizmatlari / mobil aloqasi / internet xizmatlari. / service / communication services / mobile communication / Internet services.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Shirinova G.X.

Maqolada xizmat ko’rsatish sohasining bugungi holati va unda qloqa xizmatlarining o’rni hamda ahamiyati haqida muloxazalar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article discusses the current state of the service industry and the role and importance of backlog services in it.

Текст научной работы на тему «XIZMATLAR KO’RSATISH SOHASIDA ALOQA XIZMATLARINING O’RNI VA AHAMIYATI»

XIZMATLAR KO'RSATISH SOHASIDA ALOQA XIZMATLARINING

O'RNI VA AHAMIYATI

Shirinova G.X.

SamISI stajyor tadqiqotchi

Annotatsiya: Maqolada xizmat ko'rsatish sohasining bugungi holati va unda qloqa xizmatlarining o'rni hamda ahamiyati haqida muloxazalar yoritilgan.

Kalit so'zlar: xizmat ko'rsatish, aloqa xizmatlari, mobil aloqasi, internet xizmatlari.

Abstract: The article discusses the current state of the service industry and the role and importance of backlog services in it.

Key words: service, communication services, mobile communication, Internet services.

Bugungi kunda mamlakatimizda xizmatlar sohasi jadallik bilan rivojlanayotgan sohalardan biri bo'lib hisoblanmoqda. Jumladan, 2023 yilda YAIMda xizmatlar hajmi 43.4 %ni, o'tgan yilga nisbatan o'sish sur'ati 6.8 %ni tashkil etgan.1

Kishilik jamiyatini axborotsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Axborot yordamida jamiyat a'zolari, uning tarkibiy bo'linmalari faoliyati boshqariladi, kelgusi rejalar belgilanadi, ularning bajarilishi nazorat va tahlil qilinadi. Axborotsiz jamiyat a'zolarining ma'naviy, ma'rifiy, madaniy va boshqa talablari qoniqtirilmasdan qoladi. Shu bois ham axborotlarga bo'lgan ehtiyojni qondirish har qanday kishilik jamiyatining ustuvor maqsadlaridan biri hisoblanadi. Ushbu ustuvor maqsadga erishish har qanday kishilik jamiyatida aloqa xizmatlari sohasini doimiy rivojlantirishni ob'ektiv zarurat qilib qo'yadi. Ushbu sohani rivojlantirish har qanday mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy ravnaqini ta'minlashning o'ta muhim omillaridan biri hisoblanadi.

Jahonda aloqa sohasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning muhim "lokomotivi" sifatida tan olingan. Manbalarga ko'ra, "Evropa Kengashiga kiruvchi davlatlarda mehnat unumdorligini oshishidan olingan 50 % samara aloqa hisobidan erishiladi; internet xizmatlariga investitsiyalarni 10% ga oshishi yalpi ichki mahsulot (YaIM)ni 1-2%ga oshishiga olib keladi; 2020 yilning boshiga dunyo miqiyosida 4,5 milliarddan ortiq odamlar internetdan foydalanmoqda, 3,8 milliarddan ortiq odamlar ijtimoiy tarmoqqa kirmoqda, 5,19 milliarddan ortiq kishilar mobil telefonga ega; internetga murojaatlarning 53 foizi mobil telefonlar, 44 foizi shaxsiy kompyuterlar orqali amalga oshirilmoqda; 64% britaniyaliklar savdo sotiqlarni mobil aloqa orqali onlayn rejimida amalga oshiradilar"2. Ushbu holatdan ko'rinib turibdiki, bugungi kunda

1 https://stat.uz/uz/nashrlar-menu/infrografikalar/396-infografikalar/34842-2023-11113

2 ИКТ-компетенции как фактор социально-экономического развития России / Под ред. Ю. Е. Хохлова, С. Б. Шапошника. М.: Институт развития информационного общества, 2012. - 74 с.; Услуги в современной экономике. М.: ИМЭМО РАН, 2010. 42 с.; ICTDataandStatistics. InternationalTelecommunicationUnion [Электронный ресурс]. - Режим доступа: http://www.itu.int/ITU-D/ict/statistics/; UnctadStat - StatisticalDatabase [Электронный ресурс]. - Режим доступа: http://unctadstat.unctad.org/ReportFolders/reportFolders.aspx; https://www.web-canape.ru/business/internet-2020-globalnaya-statistika-i-trendy/

dunyoda aloqa xizmatlarining takomillashtirish o'ta dolzarb masala hisoblanadi.

1-rasm. 2023 yilda O'zbekiston Respublikasida yalpi ichki mahsulotni ishlab

chiqarish.

Jahon amaliyotida mobil aloqasi, internet xizmatlari, ekspress-pochta va boshqa axborotlashtirish xizmatlarini ko'rsatish, ushbu xizmatlarga ixtisoslashgan sub'ektlarda xizmatlar turlarini xalqaro miqiyosda tan olingan usul va uslublar, shuningdek yuksak texnologiyalar va standartlar asosida takomillashtirishga bag'ishlangan ilmiy izlanishlarga katta e'tibor qaratilgan.

2-rasm. Mamlakatimizdagi xizmatlar sohasining bugungi holati.

XXI asrda global axborot jamiyatiga o'tish jarayoni keskin tezlashdi. Zamonaviy telekommunikatsion kanallar orqali axborot bilan tezkor almashish imkoniyati davlatlar korxonalari va kishilari o'rtasida aloqalarni kengaytirdi, masofa sezilarli rol o'ynamay qo'ydi, axborot bozori rivojlanishi va harakatlanishining sifat jihatidan yangi bosqichi kirib keldi.

Hozirgi jamiyatda ko'pchilik sohalarning rivojlanishi anchagina darajada axborot ta'minoti qanchalik samarali tashkil etilganligi bilan belgilanadi. Yangi axborot va telekommunikatsion texnologiyalar iqtisodiyotning ko'plab tarmoqlarida hal qiluvchi rol o'ynaydi. Alohida kompaniyalarning va milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi, mamlakatning ichki va xorijiy investorlar uchun jozibadorligi ko'p jihatdan axborot infrastrukturasi rivojlanishi darajasiga bog'liq. So'nggi yillarda "axborot jamiyati" atamasi keng qo'llanilmoqda, unda "axborotning olinishi, saqlanishi, qayta ishlanishi, uzatilishi, tarqatilishi va ishlatilishi, ya'ni interaktiv alohida mujassamlashgan o'sib borayotgan texnik imkoniyatlar hal qiluvchi rol o'ynaydi".

3-rasm. O'zbekiston Respublikasi aloqa xizmatlarining 2019 yilga

ko'rastkichlari.3

Mamlakatimizda xizmatlar ko'rsatish hajmi kun sayin ortib bormoqda. Shu jumladan aloqa xizmatlari hajmi ham oshmoqda. 2012 yilda aloqa soxasidagi xizmatlar 2039,9 mlrd. so'mni tashkil etgan bo'lsa, 2020 yilga kelib bu ko'rsatkich 8812,2 mlrd.4 so'mni tashkil etgan, bu esa aloqa soxasidagi xizmatlar hajmi bu davrga kelib 4 baravar oshganligidan dalolat beradi.

Telekommunikatsiya tarmoqlarining tadrijiy rivojlanishini mamlakatimizda aloqa tarmoqlarini raqamlashgan tizimga o'tkazish bo'yicha bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan keng ko'lamli loyihalar bilan chambarchas bog'lash mumkin.

3 https://mitc.uz/uz/pages/communication

4 https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/services-2

Telekommunikatsiyalar infratuzilmasi axborot telekommunikatsion texnologiyalarini (AKT) rivojlantirishning asosi hisoblanadi. O'zbekistonda telekommunikatsiya tarmoqlarini raqamlashtirish mamlakat hududini to'la qamrab olgan. Mazkur tarmoqda NGN va MPLS rusumidagi zamonaviy elektron telefon stansiyalari avlodidan foydalanilmoqda. Simli aloqa tarmoqlarining raqamlangan sig'imi milliondan oshiqni tashkil qiladi. O'zbekiston hududida har bir fuqaro va muassasa simli aloqa telefonlarini o'rnatish imkoniyatiga ega.

2019-2020 yillarda telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish yo'nalishida ham bir qator ishlar amalga oshirildi.

Xalqaro internet tarmog'iga ulanishning umumiy o'tkazuvchanlik qobiliyati 1200 Gbit/s.ni tashkil etib, kommutatsiya markazi orqali 750 Gbit/s tezlikda Internet tarmog'iga chiqish imkoniyati yaratildi va tarmoqning yuklanish darajasi 76,6 foizni tashkil etdi.

Yuqoridagi jadval ma'lumotlaridan ko'rishimiz mumkinki 2013 yilda aloqa xizmatlari 2039,9 mlrd. so'm bo'lgan bo'lsa 2020 yilga kelib 8812,2 mlrd. so'mni tashkil etgan. Bu esa 2020 yilga kelib aloqa xizmatlari 4 barobar oshganligini ko'rsatadi.

Aloqa xizmatlari sohasi iqtisodiyotning o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan hamda boshqa tarmoqlardan turli jihatlari bo'yicha farq qiladigan tarkibiy bo'linmasi hisoblanadi. Ushbu o'ziga xos xususiyatlar hamda farqli jihatlar aloqa xizmati turlarining mazmun va mohiyatida, ularni ko'rsatish texnikasi va texnologiyasida, yaratilayotgan mahsulot turlarida, ularni tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilishida va boshqa tomonlarida yorqin namoyon bo'ladi. Ushbu va boshqa jihatlardagi xususiyatlar hamda farqli jihatlar, bir tomondan, kundan kunga yangi xizmat turlarining paydo bo'lishi undagi mavjud muammolarni chuqur tadqiq etishni, shu asosda ularni hal qilish yo'llarini ilmiy asoslashni obyektiv zarurat qilib qo'yadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Turg'unova, Nafisaxon, and Dilzoda Abduqodirova. "Po'chta aloqa tizimini tashkil qilish tizimlari" Journal of technical research and development 1.2 (2023): 443-449.

2. Eshbekov, T. L. "Axborot xizmatlari." O'quv qo 'llanma. Toshkent (2019).

3. Rozikovna, Xalliyeva Nargiza, and Bibutova Sarvinoz Narzullayevna. "Raqamli iqtisodiyot sharoitida xizmat ko 'rsatish korxonalari samaradorligini oshirish" xalqaro konferensiya va jurnallarni sifatli indexlash xizmati 1.1 (2024): 307-312.

4. Ширинов, У. А. (2022). Алокд хизматларини курсатувчи субъектларда аудитнинг долзарб масалалари. Архив научных исследований, 2(1).

5. Уразов, К. Б., & Ширинов, У. А. (2023). Хизматлар сохдсини ривожлантиришда бухгалтерия хдсобининг урни. Экономика и социум, (6-2 (109)), 1016-1019.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.