Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON TELEKOMMUNIKATSIYA SOHASINI INNOVATSION FAOLIYATINI JORIY HOLATINI BAHOLASH'

O‘ZBEKISTON TELEKOMMUNIKATSIYA SOHASINI INNOVATSION FAOLIYATINI JORIY HOLATINI BAHOLASH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Innovatsion infratuzilma / innovatsiyalar / O'zbekiston / telekommunikatsiyalar / baholash / rivojlanish / muammolar / istiqbollar / statistika / qonunchilik / kompaniyalar / strategiyalar / Innovative infrastructure / innovations / Uzbekistan / telecommunications / assessment / development / problems / prospects / statistics / legislation / companies / strategies

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Xojiyeva Nazokat Davronbekovna

Ushbu maqolada O‘zbekiston telekommunikatsiyalar sohasidagi innovatsiyalarning hozirgi holatini baholashga bag‘ishlangan bo‘lib, sohada innovatsiyalarni rivojlantirishning asosiy tendentsiyalarini tahlil qilib, mamlakatimiz telekommunikatsiya sohasini rivojlantirish muammolari va istiqbollarini ko‘rib chiqadi. Maqolada statistik ma'lumotlar, qonunchilik va kompaniyalarning ochiq hisobotlarini tahlil qilishga asoslangan. Tadqiqot natijalaridan O‘zbekiston telekommunikatsiya sanoatida innovatsion faoliyatni takomillashtirish strategiyalarini ishlab chiqishda foydalanish mumkin

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ASSESSMENT OF THE CURRENT STATE OF INNOVATIVE ACTIVITIES OF THE TELECOMMUNICATION SECTOR OF UZBEKISTAN

This article is devoted to the evaluation of the current state of innovations in the field of telecommunications in Uzbekistan, analyzes the main trends in the development of innovations in the field, and considers the problems and prospects of the development of the telecommunications industry in our country. The article is based on analysis of statistical data, legislation and open reports of companies. The results of the research can be used in the development of strategies for improving innovative activities in the telecommunications industry of Uzbekistan

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON TELEKOMMUNIKATSIYA SOHASINI INNOVATSION FAOLIYATINI JORIY HOLATINI BAHOLASH»

O'ZBEKISTON TELEKOMMUNIKATSIYA SOHASINI INNOVATSION FAOLIYATINIJORIY HOLATINI BAHOLASH

Xojiyeva Nazokat Davronbekovna

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari Universiteti "Menejment va marketing " kafedrasi assistenti

khadjievanazokat57@gmail. com

Annotatsiya: Ushbu maqolada O'zbekiston telekommunikatsiyalar sohasidagi innovatsiyalarning hozirgi holatini baholashga bag'ishlangan bo'lib, sohada innovatsiyalarni rivojlantirishning asosiy tendentsiyalarini tahlil qilib, mamlakatimiz telekommunikatsiya sohasini rivojlantirish muammolari va istiqbollarini ko'rib chiqadi. Maqolada statistik ma'lumotlar, qonunchilik va kompaniyalarning ochiq hisobotlarini tahlil qilishga asoslangan. Tadqiqot natijalaridan O'zbekiston telekommunikatsiya sanoatida innovatsion faoliyatni takomillashtirish strategiyalarini ishlab chiqishda foydalanish mumkin.

Kalit so'zlar: Innovatsion infratuzilma, innovatsiyalar, O'zbekiston, telekommunikatsiyalar, baholash, rivojlanish, muammolar, istiqbollar, statistika, qonunchilik, kompaniyalar, strategiyalar.

ОЦЕНКА СОВРЕМЕННОГО СОСТОЯНИЯ ИННОВАЦИОННОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ СФЕРЫ ТЕЛЕКОММУНИКАЦИЙ УЗБЕКИСТАНА

Хожиева Назокат Давронбековна

Ассистент кафедры «Менеджмент и маркетинг» Ташкентского университета информационных технологий имени Мухаммада аль-Хорезми

khadjievanazokat57@gmail. com

Аннотация: Данная статья посвящена оценке современного состояния инноваций в сфере телекоммуникаций в Узбекистане, анализируются основные тенденции развития инноваций в этой сфере, а также рассматриваются проблемы и перспективы развития телекоммуникационной отрасли в Узбекистане. наша страна. Статья основана на анализе статистических данных, законодательства и открытых отчетов компаний. Результаты исследования могут быть использованы при разработке стратегии совершенствования инновационной деятельности в телекоммуникационной отрасли Узбекистана.

Ключевые слова: Инновационная инфраструктура, инновации,

Узбекистан, телекоммуникации, оценка, развитие, проблемы, перспективы, статистика, законодательство, компании, стратегии.

ASSESSMENT OF THE CURRENT STATE OF INNOVATIVE ACTIVITIES

OF THE TELECOMMUNICATION SECTOR OF UZBEKISTAN

Xojiyeva Nazokat Davronbekovna

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari Universiteti "Menejment va marketing " kafedrasi assistenti

khadjievanazokat57@gmail. com

Abstract: This article is devoted to the evaluation of the current state of innovations in the field of telecommunications in Uzbekistan, analyzes the main trends in the development of innovations in the field, and considers the problems and prospects of the development of the telecommunications industry in our country. The article is based on analysis of statistical data, legislation and open reports of companies. The results of the research can be used in the development of strategies for improving innovative activities in the telecommunications industry of Uzbekistan.

Keywords: Innovative infrastructure, innovations, Uzbekistan, telecommunications, assessment, development, problems, prospects, statistics, legislation, companies, strategies.

KIRISH

O'zbekiston telekommunikatsiya sohasi xizmatlarini yaxshilash maqsadida innovatsion texnologiyalarni faol rivojlantirmoqda va joriy etmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) va Internet iqtisodiy tizimlar va jamiyatlarni o'zgartirishda, mehnat unumdorligini oshirish va iqtisodiy samaradorlikni oshirishda muhim rol o'ynadi. AKT sohasida yaratilgan innovatsiyalar yangi o'sish nuqtalarini yaratish va mamlakatda sezilarli ijtimoiy yaxshilanishlarni amalga oshirish uchun katta salohiyatga ega. O'zbekiston Respublikasining 2020 yil 24 iyuldagi "Innovatsion faoliyat to'g'risida"gi O'RQ-630-son Qonuniga binoan innovatsion infratuzilmaning subyektlari qo'yidagilardan iboratdir:1

'Узбекистан Республикасининг 2020 йил 24 июлдаги "Инновацион фаолият тугрисида"ги УР^-630-сон ^онуни www.lex.uz.

innovation texnologik park

Innovatsion infratuzilmaning sub'yektlari

texnologiyalar transferi markazi

innovation klaster

venchur tashkiloti

innovatsion markazi

1-rasm. Innovatsion infratuzilmaning subyektlari2

Yuqorida keltirilgan innovatsion infratuzilmaning subyektlarini alohida ta'riflab chiqamiz.

1. Innovatsion texnologik park direksiyasi nomidan innovatsion texnologik park (bundan buyon matnda innovatsion texnopark deb yuritiladi) innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladigan yagona moddiy-texnika majmuasi bo'lgan hududga mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asoslarda egalik qiluvchi yuridik shaxsdir. Innovatsion texnopark rezidenti innovatsion texnopark hududida innovatsion loyihani amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxsdir. Innovatsion texnopark faoliyatining asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat:

- ilm-fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta'minlashga ko'maklashish;

- innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishga ko'maklashish;

- innovatsion faoliyat subyektlariga moddiy-texnik, tashkiliy-uslubiy, moliyaviy, axborotga oid, maslahat xizmatlari va boshqa servis xizmatlari ko'rsatish;

- innovatsion loyihalarni boshqarishda ko'maklashish;

- yangi ishlanmalarning tajriba-sanoat sinovlarini o'tkazish va intellektual mulk obyektlariga huquqiy muhofaza berilishiga ko'maklashish;

- yuqori texnologik va innovatsion ishlab chiqarishlarni tashkil etishdan manfaatdor bo'lgan mahalliy, xorijiy investorlarni hamda tadbirkorlik subyektlarini jalb etish;

2 Y36eKHCTOH PecnyönHKacHHHHT 2020 ftm 24 nrongara "Hнновацнон $aom»T TyrpHCHga"ra YP^-63Q-coh ^OHyHH www.lex.uz.

- innovatsiyalarni tashqi bozorda ilgari surish maqsadida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda ko'maklashish;

- innovatsion faoliyat subyektlari o'rtasida uzviy va amaliy hamkorlikni ta'minlash.

2. Texnologiyalar transferi markazi texnologiyalar transferini va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirishni ta'minlash maqsadida tashkil etilgan yuridik shaxsdir.

Texnologiyalar transferi markazi faoliyatining asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat:

- yangi ishlanmalarni ilgari surish tashkiliy-texnikaviy imkoniyatlarini aniqlash bo'yicha bozor kon'yunkturasi tadqiqotlarini o'tkazish;

- muhandislik-maslahat va loyiha (injiniring) xizmatlari ko'rsatish;

- biznes-rejalar tayyorlash bo'yicha xizmatlar ko'rsatish;

- investitsiyalarni jalb qilish;

- texnologiyalar transferi bilan bog'liq axborotni tarqatish.

3. Innovatsion klaster tegishli hududda innovatsiyalarni yaratishda ishtirok etuvchi innovatsion faoliyat subyektlarining, innovatsion faoliyat natijalari iste'molchilarining yig'indisi sifatida yuridik shaxs tashkil etmasdan tuziladi va ushbu sub'yektlarning, iste'molchilarning asosiy maqsadi samarali hamkorlik qilishdan, quvvatlardan birgalikda foydalanishdan hamda bilimlar, ko'nikmalar almashishdan, shuningdek texnologiyalar transferiga ulushni ta'minlash orqali innovatsion faoliyatni rag'batlantirishdan iborat bo'ladi.

Innovatsion klaster faoliyatining asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat:

- muayyan innovatsiyalarni yaratish, shuningdek bozor ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun ilm-fan, ta'lim va ishlab chiqarish sohasidagi innovatsion faoliyat subyektlarining salohiyatini birlashtirish;

- innovatsion klasterlar faoliyatiga taalluqli bo'lgan kadrlarni tayyorlashga va qayta tayyorlashga, shu jumladan innovatsiyalarni yaratishga doir buyurtmalarni shakllantirish;

- yangi yoki yaxshilangan ishlanmalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi tarmoqlar va korxonalar tashkil etishga ko'maklashish;

- innovatsion faoliyat natijalarini birgalikda bozorda ilgari surish.

4. Venchur tashkilotlar, fondlar, shirkatlar asosiy faoliyat turi xavfli innovatsion loyihalar amalga oshirilishini moliyalashtirishdan iborat bo'lgan ham yuridik shaxs shaklida tashkil etiladigan, ham yuridik shaxs sifatida tashkil etilmaydigan ixtisoslashtirilgan moliya institutlari venchur tashkilotlar, fondlar, shirkatlardir.

Yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar venchur tashkilotlarining ta'sischisi bo'lishi mumkin.

Venchur tashkilotlari:

- yangi tashkil etilayotgan yuridik shaxslarning ustav fondida ulush asosida ishtirok etishga;

- o'z mablag'larini yangi ishlanmalarni amalga oshirish uchun garovsiz, kafilliksiz va kafolatsiz berishga haqli.

5. Innovatsiya markazi innovatsion faoliyat sohasida yangi g'oyalarni yaratishdan yangi ishlanmalarni tijoratlashtirishgacha bo'lgan to'liq ishlar turkumini amalga oshirish maqsadida yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi.

Innovatsiya markazi faoliyatining asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat:

- yangi g'oyalar va ishlanmalar bazasini shakllantirish;

- yangi g'oyalarni takomillashtirish va kuchaytirish bo'yicha chora-tadbirlar ko'rish (akseleratsiya);

- innovatsiyalarga yangi g'oyalar va ishlanmalarni tatbiq etish uchun moddiy-texnik shart-sharoitlarni ta'minlashga ko'maklashish;

- innovatsion menejment bo'yicha treninglar o'tkazish;

- innovatsion loyihalarni moliyalashtirish va ularni amalga oshirishga ko'maklashish;

- marketing tadqiqotlari o'tkazish;

- yangi ishlanmalarni bozor talablariga yo'naltirish va moslashtirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish;

- innovatsion faoliyat subyektlari o'rtasida kooperatsiyani rivojlantirish;

- yangi g'oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni ommalashtirish maqsadida reklama va ko'rgazmaga oid xizmatlar ko'rsatish.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Innovatsion iqtisodiy rivojlanish muammosi so'nggi paytlarda dolzarb bo'lib, xorijiy va mahalliy olimlarning ishlarida etakchi o'rinni egallab kelmoqda.Innovatsion iqtisodiyotning dastlabki masalalaridan biri bilan aslida innovatsion rivojlanish nazariyasining asoschisi bo'lgan I. Shumpeter [1] shug'ullangan.O'zbekistonda sanoat korxonalarining innovatsion faoliyatini o'rganishni A.M.Qodirov [4], M.A.Maxkamova [2], D.V.Trostyanskiy, Z.T.Gaibnazarova, R.I.Nurimbetov, G.J.Allaeva kabi olimlar olib bormoqdalar. O'zbekiston telekommunikatsiya sohasidagi innovatsion faoliyatning hozirgi holatini baholash bilan bog'liq masalalarni o'rganish turli olimlar va tadqiqotchilar tomonidan akademik tadqiqot loyihalari doirasida amalga oshirilib kelmoqda va shunga qaramasdan, innovatsiyalar va sanoat korxonalarini rivojlantirish masalalari yetarlicha o'rganilmgan.

METODOLOGIYA

Maqolada O'zbekiston telekommunikatsiya sohasidagi innovatsiyalarning hozirgi holatini baholash uchun qonunchilikni tahlil qilinib,O'zbekiston telekommunikatsiya sohasida innovatsion faoliyatni tartibga soluvchi qonun va me'yoriy hujjatlarni o'rganildi.Telekommunikatsiya sohasini rivojlantirish, innovatsiyalar darajasi, investisiyalar hajmi va boshqa ko'rsatkichlar bo'yicha statistik hisobotlarni tahlil qilinib, O'zbekistondagi yirik telekommunikatsiya kompaniyalari faoliyatini, ularning innovatsion loyihalarini, rivojlanish strategiyalarini va raqobatbardoshlik darajasi o'rganildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'zbekistonda 2019-yildan 2Q26-yilgacha bo'lgan davrda AKT sohasiga oid 43 ta ilmiy loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan, shundan 17 tasi innovatsiondir. Ushbu loyihalardan 3 tasi Xitoy, Hindiston va boshqa davlatlar bilan xorijiy hamkorlikka oid bo'lib, 2022-yil iyul oyida O'zbekistonda ham "2022-2026-yillarda O'zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi" tasdiqlangan. Uning maqsadi innovatsion rivojlanishni jadallashtirish, innovatsiyalar va texnologiyalarni barcha tarmoqlarga keng joriy etishdan iborat.

2-rasm. Telekommunikatsiya sohasida asosiy innovatsion faoliyat3

Telekommunikatsiya sohasida asosiy innovatsion faoliyat odatda yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish, xizmatlar va xizmatlarni

3 O'rganilgan ma'lumotlar asosida muallif tamonida ishlab chiqilgan.

takomillashtirish, shuningdek, biznes jarayonlarini modernizatsiya qilish bilan bog'liq bo'lib, ular quyidagilardan iborat:

Yangi avlod aloqa tarmoqlarini rivojlantirish bu ma'lumotlar uzatish tezligini oshirish, ishonchliligini oshirish va foydalanuvchilar va korxonalar uchun imkoniyatlarni oshirish uchun 5G kabi texnologiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirishni o'z ichiga oladi.

Internet narsalar (IoT) korxonalarga ma'lumotlarni yig'ish va tahlil qilish, jarayonlarni avtomatlashtirish va yangi xizmatlarni yaratish uchun tegishli qurilmalardan foydalanishga imkon beradigan innovatsion echimlarni ishlab chiqish.

Bulutli texnologiyalar aloqa xizmatlarining miqyosi, moslashuvchanligi va mavjudligini yaxshilash, infratuzilmani optimallashtirish va xarajatlarni kamaytirish uchun bulutli echimlarni joriy etish.

Innovatsion xizmatlar va ilovalar foydalanuvchilarga aloqa, ko'ngil ochish, o'qitish va boshqa sohalarda yangi imkoniyatlarni taqdim etadigan yangi dasturlar, xizmatlar va platformalarni ishlab chiqish.

Kiberxavfsizlik va ma'lumotlarni himoya qilish - aloqa tarmoqlari xavfsizligini ta'minlash va foydalanuvchilar va korxonalarning maxfiy ma'lumotlarini himoya qilish uchun innovatsion texnika va texnologiyalarni yaratish.

Sun'iy intellekt va ma'lumotlar tahlili biznes jarayonlarini optimallashtirish, mijozlar tajribasini yaxshilash va yaxshiroq qarorlar qabul qilish uchun mashinani o'rganish va ma'lumotlarni tahlil qilish usullaridan foydalanish.

Mijozlar tajribasini boshqarish - mijozlar tajribasini yaxshilash, xizmatlarni shaxsiylashtirish va aloqa xizmatlaridan foydalanish bo'yicha ijobiy tajriba yaratish uchun innovatsion usul va texnologiyalarni joriy etish.

Ekologik barqaror echimlar bu telekommunikatsiya sanoatining atrof-muhitga ta'sirini kamaytirish uchun energiya tej ay digan texnologiyalar, chiqindilarni yo'q qilish va chiqindilarni kamaytirish kabi innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqish. Ushbu yo'nalishlar telekommunikatsiya sohasidagi mumkin bo'lgan innovatsiyalarning umumiy ko'rinishini aks ettiradi va aniq innovatsiyalar ma'lum bir korxonaning strategiyasi va ehtiyojlariga qarab farq qilishi mumkin.

2016-2023-yillarda innovatsiyalarga sarflangan xarajatlarning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi ortib, 2021-yilda YaIMning 2,41 foizini (1бб4,32 million dollar) tashkil etdi. 201 б- yildan 2021- yilgacha bo'lgan davrda innovatsion xarajatlarning o'rtacha yillik o'sish sur'ati 13,95% ni tashkil etdi.2023-yil yakuniga ko'ra, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xizmatlarining mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi 1,9 foizni tashkil etdi.2023-yil uchun Global Index reytingida O'zbekiston 132 davlat orasida 82-o'rinni saqlab qoldi. O'zbekiston milliy iqtisodiyotning rivojlanish darajasiga nisbatan yuqori innovatsiyalarga erishgan davlatlar qatoridan joy oldi, ya'ni innovatsiyalarning yalpi ichki mahsulotga nisbatan

yuqori samaradorligi qayd etildi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) YalMdagi ulushi 2021-yil hisobotlarga ko'ra 1,4 foizni, o'rtacha yillik o'sish esa 2018-yildan 2021-yilgacha bo'lgan davr ichida 3,3 foizni tashkil etdi.

7000 6000 5000 jf 4000

Л

| 3000

N

2000 1000 0

Hajm O'sish su'rati,% da -127,8

117,9 115

2215,7

121

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

140 120

100 Ü

80 60 40 20 0

s .a

2019

2020 2021 2022

2023

9

3-rasm. O'zbekiston Respublikasi bo'yicha aloqa va axborotlashtirish sohasidagi xizmatlar hajmi (yanvar-mart, mlrd. so'm)4

2023-yilning yanvar-mart oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 6 211,9 mlrd. so'mni tashkil etdi yoki 2022-yilning shu davriga nisbatan 21,0 % ga o'sdi. O'zbekiston Respublikasi bo'yicha aloqa va axborotlashtirish sohasida ko'rsatilayotgan xizmatlar hajmi so'ngi yillarda sezilarli darajada oshdi.

O'si^i sur'ari (%) - - 'Hajmi (mkd. So'm)

2019 2 02 0 2 02 1 2022 2 023

4-rasm. Telekommunikatsiya xizmatlari (2019-2023 yillar)5

4 Stat.uz ma'lumotlari asosida tayyorlangan.

5 Stat.uz ma'lumotlari asosida tayyorlangan.

Demak, 2019 - yilning yanvar-mart oylarida mazkur sohada xizmatlar hajmi 2 215,7 mlrd. so'mni tashkil etgan bo'lsa, 2023 - yilning birinchi choragi natijalariga ko'ra ushbu ko'rsatkich б 211,9 mlrd. so'mga yetdi. Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmida eng katta ulush telekommunikatsiya xizmatlariga to'g'ri keladi -б4,8 %.

2023-yil yanvar-mart oylarida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 4 025,б mlrd. so'mga yetdi. 2022- yilga nisbatan ushbu xizmatlarning o'sish sur'ati 119,9 % ni tashkil etdi. Ko'rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmida ularning ulushi 4,2 % ni tashkil etgan.

Sirdaryo Jizzax Navoiy Xorazm Qoraqalpog'iston Resp.

Buxoro Surxondaryo Namangan Toshkent vil Qashqadaryo Andijon Samarqand Farg'ona Toshkent shahar

5-rasm.Hududlar kesimida telekommunikatsiya xizmatlari (2023 yil yanvar-

mart, mlrd. so'm)6

Hududlar bo'yicha ma'lumotlar tahlili shuni ko'rsatmoqdaki, O'zbekiston Respublikasi bo'yicha telekommunikatsiya sohasida ko'rsatilgan xizmatlarning umumiy hajmida Toshkent shahrining ulushi 41,4 % ni tashkil etib, 1 бб5,1 mlrd. so'mga yetdi. Tegishli ko'rsatkichlar bo'yicha keyingi yetakchi o'rinlarni Farg'ona (304,5 mlrd. so'm yoki umumiy hajmiga nisbatan 7,б %), Samarqand (284,4 mlrd. so'm yoki 7,1 %), shuningdek, Andijon (235,2 mlrd. so'm yoki 5,8 %) viloyatlari band etdi.

O'zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasida izchil

^tat.uz ma'lumotlari asosida tayyorlangan.

1бб5

taraqqiyot kuzatilmoqda.So'nggi yillarda O'zbekiston Respublikasi AKT xizmatlari eksportini faol rivojlantirmoqda.O'zbekistondagi etakchi kompaniyalar allaqachon o'z xizmatlarini chet elda, asosan MDH va boshqa mamlakatlarda taqdim etishni boshladilar.O'zbekiston Respublikasida AKT-xizmatlar eksporti mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga, yangi ish o'rinlari tashkil etishga va hayot sifatini yaxshilashga ko'maklashishi mumkin. O'zbekistonda 2019- yili 20 million AQSh dollaridan ziyod AKT xizmatlarini eksport qilib, bu mamlakat eksportining 0,2 foizini tashkil etadi. AKT xizmatlari eksporti 2021-yilda 180,7 million AQSh dollarni tashkil etdi.

180000 160000 140000 120000 100000 80000 60000 40000

20000 0

Kompyuter Boshqa kompyuter Axborot agentligi Boshqa axborot Telekommunikasiya dasturlash xizmatlari xizmatlari xizmatlari hizmatlari xizmatlari

■ 2017 2018 «2019 «2020 «2021

6-rasm.O'zbekiston Respublikasi AKT xizmatlari eksporti ming.AQSH.doll.7

AKT xizmatlari eksportining asosiy tovar pozitsiyalari orasida dasturiy ta'minotni ishlab chiqish, xizmatlarni autsorsing, dizayn va multimedia texnologiyalari xizmatlari ajralib turadi.

Hozirgacha O'zbekistonda kompyuter xizmatlarining eksport salohiyati to'liq amalga oshirilmagan. 2016 - yildan 2021- yilgacha kompyuter xizmatlari eksporti ulushi maksimal 8,9 foizni tashkil etdi va 2021- yilda 4,5 foizga kamaydi, kompyuter xizmatlarining asosiy qismi ichki bozor tomonidan iste'mol qilinadi. Tahlil qilinayotgan 2019- yildan 2021- yilgacha bo'lgan davrda O'zbekistonda kompyuter xizmatlari tashqi savdosi saldosi salbiy bo'lib qolmoqda.

2022- yil 1-chorakda AKT eksportida kompyuter xizmatlarining ulushi 9%

7 Stat.uz ma'lumotlari asosida tayyorlangan.

foizni tashkil etmoqda.So'nggi besh yilda telekommunikatsiya va IT-kompaniyalar soni 1,8 barobarga oshgan. 2023-yil boshida respublikada 12 mingdan ortiq AKT korxonalari faoliyat ko'rsatmoqda. Sanoatda 100 mingdan ortiq kishi ishlaydi. 2022-yil yakuniga ko'ra, AKT xizmatlari hajmi 125,5 foizga o'sib, 22,9 trillion so'mni tashkil etib, shundan 4,2 trillion so'mi O'zbekiston kompaniyalari va mutaxassislari tomonidan ko'rsatilgan dasturlash xizmatlaridir.Ya'ni, AKT xizmatlarining qo'shilgan qiymatini aloqa xizmatlari - 57,2%, kompyuter dasturlash, maslahat va boshqa tegishli xizmatlar - 24,6%, ma'lumotlarni joylashtirish va qayta ishlash xizmatlari, veb-portallar - 10,1%, dasturiy ta'minotni chiqarish - 4,3%, kompyuterlarni ta'mirlash va aloqa vositalari - 3,8% tashkil etadi.2023-yilning birinchi choragida O'zbekiston IT-sohasining umumiy daromadi 2,38 trillion so'mni tashkil etdi, bu 2022-yilning shu davriga nisbatan qariyb to'rt barobar ko'pdir. Raqamli xizmatlar eksporti 57,2 million dollargacha oshdi, IT Park ma'lumotlariga ko'ra, sof daromad tushumning 90 foizdan ortig'ini yoki 2,158 trillion so'mni tashkil etdi.8 IT-

park rezidentlari tomonidan 2023-yilda 344 million dollarlik xizmatlar eksport qilindi, bu o'tgan yilga nisbatan 2,4 barobar ko'p demakdir.O'zbekiston xorijiy IT-kompaniyalar uchun jozibador manzilga aylandi, ularning ishtiroki 2021-yildan boshlab 20 barobarga oshdi. O'zbekistonda ishlab

chiqilgan ba'zi muvaffaqiyatli loyihalar orasida "Oston" turar joylarini onlayn bron qilish uchun ilova, "VisitUzbekistan" turizmni boshqarish platformasi va boshqa ko'plab loyihalarni ta'kidlab o'tishimiz joizdir. Ushbu loyihalar xalqaro tanlovlarda e'tirof etilib, O'zbekistonda IT-tarmoq rivojiga hissa qo'shdi.

O'zbekiston IT-sanoatining rivojlanishida xorijiy kapital muhim rol o'ynaydi. Qo'shma Shtatlar o'tgan yilning o'zida 150 million dollarlik O'zbekiston IT xizmatlarining eng yirik importchisiga aylandi. Bu AQShga eksportni 2022 yildagi 63 foizdan mamlakatlar bo'yicha 20-o'ringa ko'tardi va bu sektorning Qo'shma Shtatlardagi raqamli ekotizimga qo'shgan hissasini ko'rsatadi. Shunga qaramasdan,O'zbekiston

Respublikasiga AKT xizmatlari importi eksportdan ancha yuqori bo'lib, buning asosiy sabablaridan biri bu O'zbekistondagi ko'plab kompaniyalar o'z faoliyati uchun xorijiy AKT xizmatlaridan foydalanadilar. Bu boshqa mamlakatlardan malakali mutaxassislarni jalb qilish zarurligini keltirib chiqaradi, bu esa umuman global iqtisodiyotni rivojlantirishga yordam beradi.

8 Stat.uz ma'lumotlari asosida tayyorlangan.

i

imunikasiya

7-rasm.O'zbekiston Respublikasi AKT xizmatlari importi ming.AQSH.doll.9

O'zbekistonga AKT xizmatlari importi hajmi ham sezilarli darajada oshdi va 2019-yilda 417,3 million AQSh dollarini tashkil etdi, bu 2018-yilga nisbatan 43,6 foizga o'sdi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash mumkinki, O'zbekiston telekommunikatsiya sohasidagi innovatsiyalarning hozirgi holati yangi texnologiyalarning doimiy rivojlanishi va joriy etilishi bilan tavsiflanadi. Aloqa operatorlari 5G, Internet-buyumlar, bulutli xizmatlar va boshqa innovatsiyalar kabi zamonaviy raqamli yechimlarni faol tatbiq etmoqda, bu esa xizmatlar sifatini oshirish va iste'molchilarning qoniqishini oshirishga xizmat qilmoqda.

O'zbekiston hukumati telekommunikatsiya sohasidagi innovatsiyalarni ham qo'llab-quvvatlaydi, infratuzilmani rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi va yuqori texnologiyalar sohasiga sarmoya kiritishni rag'batlantiradi. Biroq, innovatsion faoliyatni yanada takomillashtirish uchun qonunchilikni takomillashtirish, kadrlar salohiyatini rivojlantirish va xalqaro hamkorlar bilan hamkorlikni davom ettirish zarur.

O'zbekiston telekommunikatsiya sohasidagi innovatsion faoliyatning bugungi holatini dinamik va istiqbolli deb baholash mumkin. So'nggi yillarda mamlakatimiz hukumati axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni faol qo'llab-quvvatlamoqda, bu esa sohani innovatsiyalar va modernizatsiya qilishning o'sishiga xizmat qilmoqda. Biroq, ijobiy o'zgarishlarga qaramay, O'zbekiston telekommunikatsiya sohasi oldida xizmat ko'rsatish sifatini oshirish, tarmoq qamrovini kengaytirish va bozorda

9 Muallif tamonida ishlab chiqilgan.

120000 100000 80000 60000 40000 20000 0

.ll

Kompyuter Boshqa kompyuter Axborot agentligi Boshqa axborot Telekom dasturlash xizmatlari xizmatlari xizmatlari xizmatlari xiz

■ 2017 «2018 «2019 «2020 «2021

raqobatbardoshlikni oshirish zarurati kabi muammolar mavjud.

Umuman olganda, O'zbekiston telekommunikatsiya sohasidagi innovatsiyalarning hozirgi holati ijobiy rivojlanish tendensiyalari, sohani modernizatsiya qilish bo'yicha faol sa'y-harakatlar, kelajakdagi o'sish va innovatsiyalar istiqbollari bilan tavsiflanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Шумпетер Й. Теория экономического развития / Й. Шумпетер; пер. с нем. В.С.Автономова, М.С.Любского, А.Ю.Чепуренко. - М.: Прогресс, 1982. -456 с.

2. Махкамова М.А. Формирование организационно экономического механизма управления инновационной деятельностью на промышленных предприятиях Республики Узбекистан. 08.00.04. йуналиш, и.ф.д. диссертация, 2004. 291 б.

3. Трибушная В. Х. Инновационная инфраструктура как необходимость поддержки наукоёмкого предпринимательства: технопарки и стратегическое управление. - 2011.

4. ^одиров А.М. и др. Формирование информационного общества в Узбекистане: зарубежный опыт, тенденции и перспективы, Ташкент, Iqtisodiyot-2015 r.

5. Отажонов Ш.И. (2017). Совершенствование инфраструктуры инновационной деятельности в Узбекистане: состояние, проблемы и перспективы. Проблемы современной экономики, (1 (61)), 161-165.

6. Карабаева Г.Ш. Основные аспекты активизации инновационных процессов в промышленности Узбекистана. // Вестник Российского экономического университета имени Г.В. Плеханова. 2020;17(5): 42-55. https://doi. org/10.21686/2413-2829-2020-5-42- 55/

7. Xojiyeva Nazokat Davronbekovna (2023). O'ZBEKISTONDA IT-KLASTERINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI VA ULARNI BOSHQARISHNING YANGI STRATEGIYALARINI ISHLAB CHIQISH. Raqamli iqtisodiyot (Цифровая экономика), (4), 20-31.

8. Назокат Давронбековна Хожиева (2020). МИЛЛИЙ ИКТИСОДИЁТНИНГ РАКОБАТБАРДОШЛИГИНИ ОШИРИШДА КЛАСТЕР ЁНДАШУВИ. Academic research in educational sciences, (4), 328-333.

9. O'zbekiston Respublikasi statistika agentligi URL: https://stat.uz/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.