Научная статья на тему 'XITOY TILINI O‘QITISHDA O‘YIN TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI'

XITOY TILINI O‘QITISHDA O‘YIN TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
74
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘yin texnolologiyalari / Ta’lim beruvchi – bilimlarni mustahkamlash / bilimlarni va ko‘nikmalarni shakllantirish / hotirani / etibor va fikrlash qobiliyatini rivojlantirish / Ko‘ngil ochar – dars jarayonida maqbul muhit yaratish / Kommunikativ – o‘quvchilar guruhining birlashtirish / ular o‘rtasida emotsional aloqani o‘rnatish / Hordiq chiqarish (dam oldirish) – o‘quv jarayonida asab tizimiga tushgan bosimni yengillashtirish / Psixotexnik – yanada samaraliroq faoliyat uchun o’z jismoniy holatini yanada shakllantirish / Game technologies / Educator strengthening knowledge / forming knowledge and skills / developing memory / attention and thinking ability / Entertaining creating a favorable atmosphere during the lesson / Communicative uniting a group of students / establishing an emotional connection between them / Relaxation (relaxation) relief of pressure on the nervous system during the training process / Psychotechnics further formation of one's physical condition for more effective activity

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Abdinazarov, Suxrob

Ushbu maqola Xitoy tilini o'rgatishda O'yin usullaridan foydalanishga bag'ishlangan. O'yinlar hech qanday bosimsiz biror narsani tushuntirishning eng yaxshi usuli hisoblanadi. Bu usullar talabalarga xitoy tilining fonetika, belgilar, og'zaki nutq va boshqa sohalarini o'rganishda yordam beradi. Ushbu maqolada siz xitoy tilini o'rgatishda yordam beradigan o'yinlarning ba'zi misollarini ko'rishingiz mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF GAME TECHNOLOGIES IN TEACHING CHINESE LANGUAGE

This article is devoted to use Game Methods in teaching Chinese.Games is the best way to explain something with no pressure. These methods would help students in learning phonetics, characters, in oral speech and others spheres of Chinese languages. In current article you can see some examples of games, which help you in teaching Chinese.

Текст научной работы на тему «XITOY TILINI O‘QITISHDA O‘YIN TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI»

XITOY TILINI O'QITISHDA O'YIN TEXNOLOGIYALARINING O'RNI d https://doi.org/10.5281/zenodo.7351397

ABDINAZAROV Suxrob Ilmiy maslahatchi: f.f.d.(DSc) Nasirova S.A.

This article is devoted to use Game Methods in teaching Chinese.Games is the best way to explain something with no pressure. These methods would help students in learning phonetics, characters, in oral speech and others spheres of Chinese languages. In current article you can see some examples of games, which help you in teaching Chinese.

O'yin texnolologiyalari dars berishning o'ziga hos usuli bo'lib, bu metod darsni qiziqarli hamda jonli bo'lishiga hamda o'quvchining bu fanni o'rganishga bo'lgan qiziqishni oshirishga yordam beradi. O'yin texnologiyalari yordamida eslab qolish, takrorlash, ma'lumotni mustahkamlash hamda qabul qilish kabi odatiy harakatlarni jonlantirish, o'yining emotsionalligi esa o'quvchidagibarcha psixologik jarayonlarni jonlantiradi.

Dars jarayonida o'yin texnologiyalaridan foydalanish zamonaviy o'quvchining darsga bo'lgan qiziqishini oshirishda juda katta ahamiyatga ega. Bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar kompyuter, smartfon, televizor va boshqalarning barcha sohalarga kirib kelishi o'quvchilarda ma'lumotlar oqimining haddan tashqari ko'pligiga olib kelmoqda. Ta'lim muassasalarining bugungi kundagi asosiy vazifalaridan o'quvchilarni bu ma'lumotlarni mustaqil ravishda saralashga va kerakligni olishga bo'lgan bilimlarini rivojlantirishga qaratilgan.

O'yin jamiyatdagi noyob hodisa bo'lib, u inson faoliyatining turli sohalarida, shu bilan pedagogika sohasida qo'llanilmasligi mumkin emas. Ta'lim jarayonida o'yinlar dars berish hamda tarbiyalash, to'plangan tajribalarni yetqazib berish orqali inson jamiyati rivojlanishining birinchi qadamlaridanoq hizmat qilib kelgan. O'yin texnologiyalari yordamida jonli va qiziqarli ravishda o'quvchini e'tiborini fanga qaratish, kerakli bo'lgan ma'lumotlarni uning hotirasida saqlab qoldirish, uning og'zaki nutqini rivojlantirish, bir guruh bo'lib birday harakat qilish kabi qobiliyatlarini rivojlantirsa bo'ladi.

Mashhur rus olimi Petrusinskiy Vyacheslav Vyacheslavovich o'yinning dars jarayondagi asosiy funktsiyalari sifatida quyidagilarni ko'rsatib o'tgan:

1. Ta'lim beruvchi - bilimlarni mustahkamlash, bilimlarni va ko'nikmalarni shakllantirish, hotirani,etibor va fikrlash qobiliyatini rivojlantirish;

2. Ko'ngil ochar - dars jarayonida maqbul muhit yaratish;

3. Kommunikativ - o'quvchilar guruhining birlashtirish, ular o'rtasida emotsional aloqani o'rnatish;

4. Hordiq chiqarish (dam oldirish) - o'quv jarayonida asab tizimiga tushgan bosimni yengillashtirish;

5. Psixotexnik - yanada samaraliroq faoliyat uchun o'z jismoniy holatini yanada shakllantirish;1

Xitoy tili darsi davomida o'yinlar yordamida xitoy tilining fonetikasi, ohang farqlanishlarini, iyerogliflarning tuzilishi, so'zlarni eslab qolish, gapning tuzilishi va boshqa muhim bilimlarni chiniqtirish mumkin.

:В.В. Петрусинский. Игри - обучение, тренинг, досуг.- М. Новая школа, 1994.- 4 тома.

683

Xitoy tilida didaktik o'yinlarni asosiy maqsadiga ko'ra quyidagi turlarga bo'lishimiz mumkin:

1. Pinyin (talaffuzni va ohangni) rivojlantirishga yo'naltirilgan o'yinlar.

2. Iyerogliflarni to'g'ri va qoida bilan yozishni o'rgatishga hamda ularni eslab qolish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan o'yinlar.

3. Gapning tuzilishini o'rgatishga mo'ljallangan o'yinlar.

4. O'quvchilarning og'zaki nutqini rivojlantirishga yo'naltirilgan o'yinlar.2

Birinchi guruhdagi o'yinlarga bo'g'in, ohang hamda talaffuzni rivojlantirishga doir o'yinlar bo'lib, ular yordamida o'quvchi xitoy fonetikasidagi yunmu va shengmularni, xitoy tilidagi 4 ta ohangni o'rganadi, eslab qoladi, to'g'ri talaffuz qilishni o'rganadi. Xitoy tilida bo'g'indagi yunmu va shengmularning talaffuzini o'rgatishga qaratilgan quyidagi o'yinni misol tariqasida keltirish mumkin.

O'yinga tayyorgarlik:

1. Oldindan pinyin yozilgan varaqa (kartochka)lar tayyorlanadi.

2. O'quvchilarni bir xil miqdordagi guruhlarga ajratib, o'quv stollari o'quvchilar faoliyati qulay bo'lishi uchun bir-biridan uzoqro masofaga joylashtiriladi.

O'yin jarayoni:

1. O'qituvchi o'quvchilarnu guruhlarga ajratadi, har bir guruhga pinyin yozilgan varaqalarni tayyorlab qo'yadi.

2. O'qituvchi pinyin yozilgan varaqalarni yozuv doskasiga yopishtiradi, har bir guruhning varaqalari ketma-ketligi turlicha bo'lishi mumkin.

3. O'yin boshlanadi. Har bir guruhdan bitta o'quvchi yozuv doskasini oldiga borib turadi. O'qituvchi harfni aytganda, o'quv doskasi oldida turgan o'quvchi uni topib, stol ustiga qo'yishi kerak. Tez hamda to'g'ri topgan o'quvchiga 2 ball, to'g'ri lekin sekin topgan o'quvchiga 1 ball qo'yiladi, uchinchi bo'lib topgan yoki xato topgan guruh ishtirokchisiga ball berilmaydi.

4. O'qituvchi birinchi pinyinni aytgan paytida, guruhdagi ikkinchi ishtirokchilar o'quv doskasi oldiga kelib turadilar, shunday qilib o'yin uzluksiz davom etadi, o'yin natijasiga ko'ra eng ko'p ball to'plagan guruh g'olib hisoblanadi.3

Xitoy tilida ohanglarning mavjudligi o'quvchilarda ayrim qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, ohanglar ma'no farqlash funktsiyasini bajarganligi sababli, uni xato talaffuz qilish so'z ma'nosining o 'zgarishiga olib keladi, misol qilib, shu"kitob" , shu "sanamoq" va boshqalar.4

4 ta ohangni farqlash hamda so'zlarning ohangini eslab qolishga yo'naltirilgan o'yinga quyidagi o'yinni misol tariqasida keltirish mumkin. O'yinga tayyorgarlik:

1. Guruhdagi o 'quvchilar 4 ta kichik guruhlargaajratiladi. Har bir kichik guruh 4 ta ohangdan bittasini bildirib keladi.

2. So'zlar yozilgan maxsusvaraqa (kartochka)larni oldindan tayyorlab qo'yadi.

O'yinning borishi:

1. O'qituvchi maxsus varaqadagi so'zlarni ohang bilan o'qiydi, shu ohangni bildirib kelgan guruh ishtirokchilari o'rnidan turishi kerak.

2. O'yin natijasiga ko'ra eng ko'p ball to'plagan guruh o'quvchilari g'olib bo'ladi.

Xitoy yozuvi dunyodagi qadimgi yozuvlardan biri bo'lib, 4 ming yildan ko'proq tarixga ega. Xitoy tilini boshqa tildan ajratib turadigan eng kata farq bu iyeroglifik yozuvga ega ekanligidir. Iyeroglifik yozuvning asosiy vazifasi boshqa yozuvlarga o'hshab xitoy tilida aytilgan narsalarni yozishga hizmat qilsada, lekin boshqa tillardagi yozuvdan tubdan farq qiladi. Iyerogliflarning

2VictorSiyeBao, SihuanBao, 100 Щ. 2010.8

3VictorSiyeBao, SihuanBao, 100 Щ. 2010.8

4Демина Н.А. Методика преподавания практического китайского языка. - М: Вост. лит., 2006 - 88 с.

684

boshqa yozuv ko'rinishlaridan asosiy farqi shundaki, xitoy tilidagi har bir iyeroglifik belgi o'zida leksik ma'noni ifodalagani sababli, boshqa tillardagi so'z yoki so'z o'zagiga mos keladi. Shu bilan birga bitta iyeroglifga doimo bitta bo'g'in mos kelib, bo'g'in ayni paytda morfemaga mos keladi. Xitoy tilida yozuv belgisi va ularga mos keluvchi morfemalarning miqdori bir necha mingdan ko'p bo'lib, harf hamda bo'g'inli yozuvlardan iborat boshqa tillardan qo'llaniladigan belgilar soni 10 tadan bir necha yuzgacha yetadi holos.5 Shu sababli xitoy tilini o'rganish davomida iyeroglif belgilarni yozish hamda ularni eslab qolish ayrim qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.

Xitoy iyerogliflari tuzilishi o'ziga hos bo'lib, ular miqdori ko'p bo'lmagan grafik element -chiziqlardan tashkil topgan. Chiziqlar o'z navbatida hech qanday mustaqil ma'noni ifodalamaydi, ularning kombinatsiyasi natijasida ma'noli qismlar - grafemalarni tashkil topadi. Bu grafemalar ham mustaqil ham murakkab iyeroglifning tarkibiy qismi sifatida kelishi mumkin. Xitoy tilida grafemalar kalit bo'lib hizmat qilishi mumkin, kalitlar iyeroglifning qaysi guruh so'zlarga kirishini ajratib ko'rsatishga yordam beradi. Oldinlari kalitlar soni 214 tani tashkil qilgan. Lekin bugungi kunda kalitlarning soni xitoy tilshunoslari tomonidan qaytadan ko'rib chiqilib, iyerogliflarda juda kam qo'llanilib kelingan kalitlar olib tashlanib, bugungi kunda 190 ga yaqin kalitlar jadvali tuzilgan.6

Yuqorida inobatga olingalarning barchasi o'quvchilarda xitoy tili iyerogliflarini o'rganishda turli hil qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Xitoy tilida iyerofliflarni eslab qolish, ularni qoida bilan yozish, ulardagi kalitlarni o'rganishga bag'ishlangan turli hil o'yinlar mavjud bo'lib dars davomida ulardan foydalansa bo'ladi.

Iyeroglifni qoida bilan yozishni o'rgatishda va eslab qolishga bag'ishlangan "Keyingi imlo chizig'ini top" ("ÄT^")o'yini. O'yinga tayyorgarlik:

1. Iyerogliflar yozilgan varaqa (kartochka)lar.

2. Guruhdagi o'quvchilarni 4 kichik guruhlarga ajratib, musobaqani boshlaydi. O'yinning borishi:

1. O'qituvchi bitta iyeroglif yozilgan varaqani doskaga yopishtirib qo'yadi, iyeroglifning bir qismini doskaga yozib qo'yadi.

2. Kichik guruh o'quvchilari qoida bo'yicha keladigan chiziqni topishlari kerak bo'ladi. To'g'ri topgan kichik guruhga 1 ball berilib, undan keyin yoziladigan imlo chiqig'ini topishni davom ettirsa bo'ladi; agar topolmasa, navbat keying guruhga o'tib ketadi.

3. Musobaqa davom etadi, o'yin natijasiga eng ko'p ball to'plagan guruh g'olib chiqadi.

Iyeroglifning tuzilishini eslab qolishga bag'ishlangan o'yin "Yoningdagi do'stingni top" deb

nomlanadi.

O'yinga tayyorgarlik:

1. O'quvchilarga o'tilgan mashg'ulotlar davomida o'rganilgan soda iyerogliflar yozilgan varaqalar tayyorlash aytiladi, har bir varaqaga faqat bitta iyeroglif yoziladi, bundan tashqari iyeroglif kalitlari yozilgan varaqalar tayyorlanadi.

O'yinning borishi:

1. Guruh o'quvchilari bir necha kichik guruhlarga ajratiladi, har bir o'quvchiga bittadan iyeroglif tushirilgan varaqa tarqatiladi.

2. O'qituvchi qo'lidagi varaqani ko'taradi, o'quvchilarga 20 soniya vaqt beradi.

3. O'quvchilar o'qituvchi qo'lidagi kalitga ko'ra, qo'lidagi iyeroglif bilan yangi iyeroglif yasash mumkin bo'lgan do'stini qidiradi.

4. Do'stini birinchi bo'lib topgan o'quvchi qo'lini ko'tarib hosil bo'lgan iyeroglifning

5 Кондрашевский А.Ф. Практический курс китайского языка. Пособие по иероглифике. М.: Муравей, 2000 -152с.

6 Демина Н.А. Методика преподавания практического китайского языка. М.: Восточная литература, 2006 - 88с.

685

talaffuzini hamda ma'nosini aytadi. To'ri aytsa 1 ball beriladi.

5. O'quvchilarga yangi varaqa ko'rsatiladi, o'yin davom etadi.

6. O'yin yakuniga ko'ra eng ko'p ball to'plagan o'quvchi g'alaba qozonadi. 7

Yuqorida aytib o'tilgan o'yinlardan tashqari to'g'ri gap tuzish, og'zaki nutqni rivojlantirishga bag'ishlangan turli hil o'yinlar mavjud bo'lib, ular xitoy tili mashg'ulotlarini qiziqarli hamda unumli o'tishiga yordam beradi, o'quvchilarda eslab qolish qobiliyatini rivojlantirishda, o'tilgan darslarni mustahkamlashda, o'quvchilarni bir guruh bo'lib ishlashni o'rgatishda, ular o'rtasida raqobatbardosh muhitni rivojlantirishda juda samarali natijalarni beradi.

Xulosa qilib aytganda, o'yinlar emotsional jihatdan o'quvchilarga kuchli ta'sir qilib, ularda turli xil bilim va ko'nikmalarni - kommunikativ, guruhda ishlash, masalaning yechimini toppish, qaror qabul qilish , mas'uliyatni o'z bo'yniga olish kabilarni rivojlantirishga hizmat qiladi. Ular tashkilochilik qobiliyatini rivojlantirishga, boshqalar uchun qayg'urish, qiyin muammolarni hal qilishda birgalikda harakat qilishni o'rgatadi. Shu sababli o'yinlardan foydalanish juda ko'p pedagogik muammolarni hal qilishga yordam beradi. O'yinlar mashg'ulot jarayonida muhim o'rinni egallab, ular orqali o'quvchilarning e'tiborini qaratish, ulardan o'tilgan mavzu va so'zlarni eslab qolishlari uchun foydalanish, hamda o'quvchilarda tilga bo'lgan qiziqishni ortirish mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Victor Siye Bao, Sihuan Bao, ÍJfá^^H: -

: 2010.8

2. В.В. Петрусинский. Игри - обучение, тренинг, досуг. - М. Новая школа, 1994.- 4 тома.

3. Кондрашевский А.Ф. Практический курс китайского языка. Пособие по иероглифике. М.: Муравей, 2000 - 152с.

4. Демина Н.А. Методика преподавания практического китайского языка. М.: Восточная литература, 2006 - 88с.

5. С Хашимова. О ЯВЛЕНИИ КОНВЕРСИИ В СОВРЕМЕННОМ КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2022.

6. С.А.Насирова (2021). Политическая метафора (на примере материала по кадровой политике современной КНР). In Resent Scientific Investigation (pp. 69-73).

7. Хашимова, С. А. (2020). ОСОБЕННОСТИ ОБРАЗОВАНИЯ РЕЗУЛЬТАТИВНЫХ ГЛАГОЛОВ ПРИ ПОМОЩИ СУФФИКСАЦИИ В КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. In Страны. Языки. Культура: сборник материалов Х[-й международной научно-практической конференции/Под ред. проф. Абуевой ННМахачкала: ДГТУ. 391 с (p. 361).

8. Хашимова, С. А. (2020). Особенности образования неодушевлённых существительных при помощи суффиксации в современном китайском языке. Modern Oriental Studies, 2(2), 3446.

9. Nasirova, S. A. (2019). Modification of semantics of social terms of the modern Chinese language. Opción: Revista de Ciencias Humanas y Sociales, (24), 260-273.

10. Хашимова, С. А. (2022). АГГЛЮТИНАТИВНАЯ ОСОБЕННОСТЬ СУФФИКСАЦИИ В СОВРЕМЕННОМ КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 196-202.

11. Hashimova, S. A., & Nasirova, S. A. (2021). FEATURES OF FORMING OF ANIMATED NOUNS WITH THE AFFIXES IN MODERN CHINESE LANGUAGE. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 1-10.

12. Насирова, С. А. (2020). Генезис общественно-политической терминологии китайского языка через призму истории китайской дипломатии. Modern Oriental Studies, 2(2), 22-33.

7 VictorSiyeBao, SihuanBao, 100 Щ. -^Ж: 2010.8

686

13. Хашимова, С. А. (2022). О НЕКОТОРЫХ ОСОБЕННОСТЯХ ЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИЧЕСКОГО АСПЕКТА КОММУНИКАЦИИ (НА ПРИМЕРЕ КИТАЙСКОГО ЯЗЫКА). SO 'NGIILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI, 7(1), 85-91.

14. Хашимова, С. А. (2022, September). ОБРАЗОВАНИЕ ПРИЛАГАТЕЛЬНЫХ С ПОМОЩЬЮ АФФИКСАЩИ В КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. In E Conference Zone (pp. 5-10).

15. Abdullayevna, H. S. (2020). Peculiarities of the formation of animated nonsignificant using suffixing in the modern chinese language. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 70(5), 1504-1511.

16. Хашимова, С. А. (2022). ОБРАЗОВАНИЕ ЧИСЛИТЕЛЬНЫХ ПРИ ПОМОЩИ АФФИКСАЦИИ В СОВРЕМЕННОМ КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. World scientific research journal, 7(1), 20-23.

17. Насирова, С. А., Хашимова, С. А., & Рихсиева, Г. Ш. ВЛИЯНИЕ ПОЛИТИЧЕСКОЙ СИСТЕМЫ КИТАЯ НА ФОРМИРОВАНИЕ ОБЩЕСТВЕННО-ПОЛИТИЧЕСКОЙ ТЕРМИНОЛОГИИ. Ответственный редактор, 162.

18. NS Abdullayevna.±^lOT^f4^«:

87, 0

19. С.А.Насирова. Институт евнухов в древнем Китае: причины возникновения и особенности (2022). Фундаментальные и прикладные научные исследования: актуальные вопросы, достижения и инновации. С. 187-188.

20. NS Abdullayevna. Языковая политика в Китае: идентификация общественно-политической терминологии (2019). In КИТАЙСКАЯ ЛИНГВИСТИКА И СИНОЛОГИЯ 3,384,2019

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.