Научная статья на тему 'XITOY TILIDA G’AM-QAYG’UNI IFODALOVCHI UNDOVLAR'

XITOY TILIDA G’AM-QAYG’UNI IFODALOVCHI UNDOVLAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
13
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XITOY TILIDA G’AM-QAYG’UNI IFODALOVCHI UNDOVLAR»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

XITOY TILIDA G'AM-QAYG'UNI IFODALOVCHI UNDOVLAR

Tojiyev Maqsud

Samarqand davlat chet tillar instituti magistranti

Annotatsiya: Xitoy tilida undov so'zlarning bir qancha ma'noviy guruhlari mavjud. Ularning orasida g'am-qayg'u undovlari hayrat undovlaridan so'ng son va qo'llanilish darajasi jihatidan ikkinchi o'rinni egallaydi. Ushbu maqolada muallif tomonidan xitoy tilida g'am-qayg'u undovlari borasidagi qarashlar ko'rib chiqiladi va ular leksik-semantikjihatdan tahlil qilinadi.

Kalit so^zlar: undov so'z, his-hayajonni ifodalovchi undovlar, g'am-qayg'uni ifodalovchi undovlar, g'azab undovlari, hayratni ifodalovchi undovlar, undovlar semantikasi.

https://doi.ore/10.5281/zenodo.7478335

Til shunday murakkab hodisaki, u asrlar davomida rivojlanib, yangi so'zlar hisobiga boyish bilan bir qatorda tilde mavjud bo'lgan so'zlarning ma'no qirralari ham o'zgarib boradi. Bu esa vaqt o'tishi bilan til grammatikasiga ha ta'sir qilib, ayni bir mavzuda turli qarashlarning paydo bo'lishiga olib keladi. Xitoy tilida undov so'zlar va ularning ma'noviy turlarga ajratilishi masalasi ham munozarali mavzulardan biri bo'lib, undov so'zlar, asosan, so'zlashuv uslubiga xos bo'lganligi va insonning turli hissiyotlarini oddiy tovush bilan ochib bera olganligi uchun ham vaqt ta'sirida o'zgarib boradi. Qadimgi xitoy tilida ma'lum ma'noni anglatgan undov so'z bugungi kunda boshqa ma'noviy guruhga o'tib qolishi hodisasi uchrab turadi. Undov so'zlarning tub mohiyatini anglab olish uchun ularning har bir ma'no guruhi bilan alohida tanishib chiqish darkor.

Inson biror vaziyat yoki holatga bildirishi mumkin bo'lgan munosabatlari turlicha bo'lishi mumkin: hayrat, taajjub, qo'rquv, g'am-qayg'u va shu kabilar. Hayratni ifodalovchi so'zlar undovlar orasida eng kata qismni egallasa, undan keying o'rinlarni g'am-qayg'u va qo'rquv undovlari egallaydi. Quyida g'am-qayg'u va hasrat undovlarini ko'rib chiqamiz.

Mashhur xitoy tilshunos olimi Vang Li g'am-qayg'u undovlarini hasrat undovlari RM gänkui — R ai , X ai, DD ai, PS hài, ^ hai) nomi bilan atab ularni kayfiyatni ifodalovchi undovlar guruhiga kiritadi. Vang Li sanab o'tgan undovlar insonning tushkun holati va qayg'usini ifodalaydi. Yana bir xitoy olimi Li Jinsi g'am-qayg'u undovlarini quyidagicha ifodalaydi: Mfà^^M'ln biäo shanggän huô bingqing R ai, X ai, DD ai, Pp hài, ^ hai. Semantik guruhning nomlarida biroz farq bo'lsa-da, yuqoridagi olimlarning g'am-qayg'u undovlari deyarli bir xil. Xuddi shu kabi undovlar "Hozirgi amaliy xitoy tili grammatikasi" kitobida tushkunlik va g'am-qayg'u nomi bilan uchraydi. (^'K®, QQS, M fô biäo àonâo, tànxi, aishang): R ai, P;f hai, ^ hai.

Polshalik tilshunos Ameka esa g'am-qayg'u undovlari biäoshi beitông, tôngkû de gântàn ci) qatoriga quyidagilarni kiritadi: Rai (chuqur xo'rsinish

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

yoki og'riq), m hai ,D;f hai (xo'rsinish, norozilik va g'azab). Bundan tashqari, u insonning qayg'uli holati va tushkun kayfiyatini aks ettirsa-da, umidsizlikni ifodalovchi undovlarni

biäoshi juewang, beishang de gäntan ci — R ai, ai ya, № hai) alohida guruh sifatida e'tirof etadi. U sanab o'tgan yuqoridagi undovlar g'am-qayg'u undovlari bilan o'xshash. Ularning yagona farqi esa, vaziyat yoki holatda aniq namoyon bo'ladi.

Quyida g'am-qayg'u, tushkunlik va umidsizlik kabi hissiyotlarni ifodalovchi undovlarni ko'rib chiqamiz. Wa — eh. G'am, qayg'u va afsusni ifodalaydi. Rai — ehh. G'am qayg'u, umidsizlikni ifodalaydi.

— Ehh, nima ilojimiz bor? Rai — eh. Qayg'u va afsus, nadomatni ifodalaydi.

R — Eh, bir necha kun og'rib qolib, ish ham qolib ketdi.

X^ai ya — eh. Norozilik, arz, sabrsizlik, afsusni ifodalaydi.

— Eh, nega buncha kech kelyapsan! D;f hai Hay-hay. Jahl, ayblash yoki afsusni ifodalaydi.

— Hay, nega ishni buncha orqaga surmasang! Tez

menga olib kel-chi!

mhai — eh, eee. Ho'rsinish, norozilik va g'azabni ifodalaydi.

m, Eh, gapirma, qara

ko'ylagimni qanaqa qilib berishdi, chiroyli bir parcha matoga aylandi.

DShai — eh, oh. g'am-qayg'u, og'riqni ifodalaydi.

HS! l^^^^St^io — Oh! U qanday qilib bunday holga tushdi.

^gyi xi. Achinish, g'am-alam ma'nosini ifodalaydi.

Yuqoridagilardan shunday xulosa qilish mumkinki, xitoy tilida umidsizlik, g'am-qayg'u, tushkunlik va alam tuyg'ularini ifodalovchi undovlar qanday nom bilan atalmasin, insonning tushkun va afsuslangan holatini yoki biror vaziyatga norozi munosabatini bildiradi. Turli olimlar bunday undovlarni turli nom bilan atasalar-da, tarkibidagi so'zlar deyarli bir-biridan farq qilmaydi va birining o'rnida ikkinchisidan foydalansa bo'ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Xinzhe guoyu wenfa Lrjin xi. — 2007.

2. Shiyong xiandai hanyu yufa — 2001.

3. Ameka F. Interjections: The universal yet neglected part of speech||Journal of Pragmatics. 1992. North. Holland. № 18.

5. Islom Odil Ogli Tojiboyev (2021). XITOY TILIDA AFSONA VA RIVOYATLAR. Academic research in educational sciences, 2 (9), 631-634.

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

6. Odil ogli, T. I. (2021). PRINCIPLES OF USE "7". Eurasian Journal of Academic Research, 1(6), 95-97.

7. Odil ogli, T. I. (2021, September). Qadimgi Xitoy Madaniyatining Shakllanishi. In " ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM (pp. 82-84).

8. Tojiboyev, Islom Odil Ogli (2022). XITOY TILINI CHET TILI SIFATIDA OQITISHDA LARNING ORNI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 ( Special Issue 24), 430-439.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.