Научная статья на тему 'UNDOV SO’ZLARNING LEKSIK-GRAMMATIK XUSUSIYATLARI'

UNDOV SO’ZLARNING LEKSIK-GRAMMATIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
8590
289
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
buyruq-xitob va his-hayajon undovlari / so’z-gaplar / tasdiq-inkor so’zlar / taklif-ishora so’zlari. / command and excitement / words / statements / suggestions.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Obidjonov Xojimurod Xudoyberdi O'G'Li

Ushbu maqolada kishilarning his-hayajoni va predmetlarning holatini bildiruvchi undov so’zlarning leksik-grammatik, semantik xususiyatlari haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LEXICAL AND GRAMMAR FEATURES OF EXCLAMATION WORDS

This article provides information about the lexico-grammatical, semantic features of exclamatory words expressing people's emotions and the state of objects.

Текст научной работы на тему «UNDOV SO’ZLARNING LEKSIK-GRAMMATIK XUSUSIYATLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

UNDOV SO'ZLARNING LEKSIK-GRAMMATIK XUSUSIYATLARI Obidjonov Xojimurod Xudoyberdi o'g'li

Andijon davlat universiteti Filologiya fakulteti III bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6727638 Annotatsiya. Ushbu maqolada kishilarning his-hayajoni va predmetlarning holatini bildiruvchi undov so 'zlarning leksik-grammatik, semantik xususiyatlari haqida ma 'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: buyruq-xitob va his-hayajon undovlari, so'z-gaplar, tasdiq-inkor so'zlar, taklif-ishora so 'zlari.

ЛЕКСИКО-ГРАММАТИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ВОСКЛИЦАТЕЛЬНЫХ СЛОВ

Аннотация. В данной статье представлена информация о лексико-грамматических, семантических особенностях восклицательных слов, выражающих эмоции людей и состояние предметов.

Ключевые слова: команда и возбуждение, слова, утверждения, внушения.

LEXICAL AND GRAMMAR FEATURES OF EXCLAMATION WORDS Abstract. This article provides information about the lexico-grammatical, semantic features of exclamatory words expressing people's emotions and the state of objects. Key words: command and excitement, words, statements, suggestions.

KIRISH

Tilshunos olim Sapayev Q. Hozirgi o'zbek tili (morfemika, so'z yasalishi va morfologiya) o'quv qo'llanmasida undov so'zlar haqida quyidagicha ma'lumotlarni aytib o'tgan: "Undov so'zlar kishilarning his-hayajonini, buyruq-xitob, haydash, chaqirish ma'nolarini ifodalaydi. Undov so'zlar leksik ma'no ifodalay olmasligi, kelishik, egalik, son affikslarini olmasligi jihatidan mustaqil so'zlardan farq qiladi. Shuningdek, nutqda boshqa so'zlar bilan grammatik aloqaga kirisha olmasligi, gapning biror bo'lagi vazifasini bajara olmasligi ham bu so'z turkumining asosiy xususiyatlaridan biridir. Ular faqat otlashgandagina gapning bosh yoki ikkinchi darajali bo'lagi vazifasini bajarishi mumkin. Masalan: Oh urarman, ohlarim ursin seni. (Qo'shiqdan).

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Undovlar intonatsiya jihatidan juda ham rang-barangdir. Bir undovning turli xil intonatsiya bilan talaffuz etilishi ularning ma'nosiga ta'sir qiladi. Masalan: «Oh» qanday go'zal manzara gapidagi oh undovi bilan «Oh», zolim falak, yiqil boshimga gapidagi oh undovining ma'nosi bir xil emas".

Undov so'zlarni ikkiga guruhga bo'ladi. Undovlar ma'nosiga ko'ra ikki xil bo'ladi: a)his-hayajon (emostional) undovlar; b) buyruq-xitob undovlari.

1.His-hayajon (emotsional) undovlari so'zlovchining tuyg'ulari, kechinmalari, turli his-hayajonini bildiradi. Oh, eh, e, voy, o'hho', ehhe, ohho, uh, ma, hi (him), be, hoy, he, ey, ha, uf, tuf, dod, voy, voydod, obbo, ura, o'ho', eha, ehhe, ie, huv, hay, hey, bas, rahmat, qani, salom, xayr, ofarin, balli, barakalla, ana, mana, be.

His-hayajon bildiruvchi undovlar ham o'z navbatida ma'lum guruhlarga ajratib, misollar bilan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

asoslab beradi.

1) sevinch, shodlik, ko'tarinki ruhiy holatni ifodalaydi. Masalan: «Oh», qanday go'zal manzara! «O», quyosh zarchisi, berib xushxabar, Hayot rubobini sayratguvchisan;

2) xafalikni, og'ir ruhiy holatni ifodalaydi. Masalan: «E-voh», osmon yiroq, yer qattiq! Charxing buzilsin, falak! (P.Tursun). Hay, attang. Qani, o'rtoq Odilov, siz ayting, shu gaplar rostmi? (A.Qahhor);

3) taajjublanish, hayratlanish, ajablanish, kutilmaganlik, shubha, ikkilanish, e'tiroz kabilarni ifodalaydi. Masalan: «Bay-bay-bay». Mening hasratim siznikiga urvoq ham bo'lmas ekan (P.Tursun).

2.Buyruq-xitob (imperativ) undovlarga esa quyidagicha ta'rif beriladi. Buyruq - xitob undovlari ogohlantirish, xitob qilish, taklif, chaqiriq, buyruq, man qilish, do'q qilish, haydash kabi ma'nolarni bildiradi. Buyruq - xitob undovlari quyidagilar: o'h, oh, hey, hoy, hay, ey, obbo, balli, rahmat, salom, hormang, xayr, xo'sh, cho'k, kuch-kuch, tu-tu, beh-beh, pish-pish, mosh-mosh, ho'-ho', gah, kisht, kisht-kisht, chuh, ishsh, xo'sh, cho'k, mo'h-mo'h kabilar. Shu bilan birga buyruq-xitob undovlariga quyidagi misollarni keltirib o'tadi. Misollar: «Oh-oh-oh», shunday shoirlarning sadag'asi bo'lsang arziydi. (Oybek). «O'h», nega bunday qilding, jon uka? (A.Muxtor.) «Obbo» jiyan-e, biznikini topib keldingmi? (Oybek). Ha «balli»! Ana endi o'zingizga keldingiz. (Uyg'un)

Olima Sayfullayeva R., tadqiqotida taqlid so'zlarni ot, sifat, son, ravish, olmosh, fe'l so'z turkumlari kabi mustaqil ma'no anglatishini aytib o'tadi. O'zbek tilshunosligida so'z-gapning mohiyati, turlari, ularning leksik materiali tavsifi, qo'llanish xususiyati empirik asosda yetarlicha o'rganilgan. Substantsial yondashuvda gapning eng kichik qurilish qolipi [WRm] sifatida e'tirof etilgach, ziddiyatli, izohtalab nuqtalarga ega bo'lgan so'z-gapga ham «lison-nutq» tamoyili asosida yondashish zaruriyati paydo bo'ldi va har bir gapning o'z qolipi mavjud bo'lgani kabi, so'z-gapning ham o'ziga xos muayyan bir lisoniy qurilish modeli bo'lishi shartligi e'tirof etildi,-deb aytib o'tadi.

So'z-gap o'z ichida bir necha ma'noviy guruhga ajraladi: 1. Modal. 2. Undov. 3. Tasdiq-inkor. 4. Taklif-ishora.

TADQIQOT NATIJALARI

Kishilarning his-tuyg'usini, haydash, to'xtatish kabi xitob, buyruqni ifodalaydigan so'z-gap ko'rinishi undov so'z-gap. His-tuyg'u undoviga [eh], [voy], [oh], [barakalla], [rahmat], [ofarin] kabi so'z, buyruq -xitob undovlariga [pisht], [beh-beh], [pisht-pisht], [chuh] kabi xitob so Dz kiradi.

So'z-gapning uchinchi ma'noviy guruhi bo'lgan tasdiq-inkor so'z ko'pincha modal tarkibida o'rganilgan. [Ha], [mayli], [xo'sh], [xo'p] soDzi tasdiqni, [yoDq], [mutlaqo], [aslo], [sira] so'zi inkorni ifodalovchi so'z-gap.

Taklif-ishora so'z-gapga qo'llanishi tana a'zolarining maxsus harakati bilan uzviy bog'liq boDlgan [ma], [mang], [qani], [marhamat] soDzi kiritilgan. Ular tinglovchiga qaratilgan boDlib, uni biror ish-harakatni bajarishga undaydi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Tilshunos olim Sh.Rahmatullayev esa undov deb, avvalo, kishining his-hayajonini bevosita ifodalaydigan tovush birliklariga aytiladi: oh, eh, uh, uf, e, be, voy, a, o, iye, he, hah, ehha, o'hho', voydod kabi. MUHOKAMA

Ba'zi undovlar aniq bir his-hayajonni ifodalashga xoslangan bo'ladi. Masalan, be undovi rozi bo'lmaslik, qo'shilmaslik kabi his-hayajonni ifodalaydi. Tinglovchining diqqatini tortish uchun ishlatiladigan hoy undovi ishlatiladi.

Ko'pchilik undovlar esa har xil ohang bilan aytilib, turli his-hayajonlarni ifodalashga xizmat qiladi. Undovning turli ma'nolari deb talqin qilinadigan bunday hodisa nutq sharoitida, kontekstda (qurshovda) aniqlashadi. Masalan, eh undovi "sevinch"ni ifodalash uchun ishlatilsa, bir ohang bilan, "xafalik"ni ifodalash uchun ishlatilsa, boshqa bir ohang bilan talaffuz qilinadi. Ayni bir undovning bunday turli his-hayajonni ifodalashini yozuvda aks ettirish qiyin. Shu tufayli undov bilan yonma-yon keladigan jumla tarkibida undovning qanday his-hayajonni ifodalab kelayotganini aniqlashtiruvchi vositalar ishlatiladi: Eh, qanday go'zal manzara! Undovlarga xos ana shunday ko'pqirralilik ularni ma'no ifodalashiga ko'ra tasniflashni qiyinlashtiradi.

Adabiyotlarda undovlarning ikkinchi ma'no turi deb xitob birliklariga aytiladi. Bular his-hayajon birliklaridan keskin farq qiladi: biror harakatni qilish-qilmaslikka ko'rsatma beradi.

1) Harakatni bajarishga chaqiruvchi undovlar hayvon va parrandalarga nisbatan ishlatilishga xoslangan: chu, tss (otga), xix (eshakka) v.h

2) Harakatni bajarmaslikka chaqiruvchi undovlar ham asosan hayvon va parrandalarga nisbatan ishlatishga xoslangan: dirr, tak (otga), ish (eshakka) v.h

XULOSA

Undovlarning alohida guruhi-kishilar orasidagi muomala-murojaat birliklari keltiriladi. Undovga aylanmagan, hali leksemalik xususiyatini saqlagan bu birliklarni undov turkumiga kiritish o'ta shartli bo'lib, quyidagicha ma'nolarni bildirish uchun xizmat qiladi:

1) ko'rishishni, xayrlashishni bildiradi: assalomu alaykum, xayr v.h

2) tabrik, istak, minnatdorlik va unga javobni bildiradi: hormang - bor bo'ling, salomat bo'ling; qutlug' bo'lsin - qulluq; rahmat - arzimaydi kabi.

3)Biror faoliyatni ko'tarinki ijobiy baholashni bildiradi: balli, barakallo,ofarin kabi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Sapayev Q. Hozirgi o'zbek tili. - Toshkent. 2009. 286-bet.

2. Sayfullayeva R va boshqalar. Hozirgi o'zbek adabiy tili. - Toshkent. 2010. 269-bet.

3. Rahmatullayev Sh. Hozirgi o'zbek adabiy tili. - Toshkent. 2006. 135-bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.