SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(1/2), Jan., 2023
XITOY TILIDA DEHQONCHILIKKA OID LEKSIKALAR VA ULARNING
XUSUSIYATI
M.N. Shodiyeva
SamDCHTI Yaqin sharq tillari kafedrasi o'qituvchisi [email protected]
Xitoy tilida dehqonchilikka oid leksikalarni o'rganish va tahlil qilish uchun birinchi navbatda leksikalogiya va leksika tushunchasi, uning turlariga to 'xtalib o'tish zarurligi hisobga olinib umumiy tilshunoslik bilan bog'liq tarzda leksika va ularning turlari ko 'rib chiqildi. Hozirgacha jahon tilshunosligida xitoy tili umumiy atamashunosligidagi leksika muammolariga, ularning o 'ziga xos xususiyatlari, ayrim semantik va struktur belgilari, tasniflanishi masalalariga ko 'p xitoy tilshunoslari o 'z ilmiy tadqiqotlari orqali hissasini qo 'shgan.
Kalit so'zlar: Yangtze daryosi, hunarmandchilik dastgohlari, serhosil loylar, asboblar va texnikalar, МЖЩ Song sulolasi, sug 'orish texnikasi.
С целью изучения и анализа лексиконов, связанных с земледелием в китайском языке, в первую очередь лексики и их виды рассматривались в связи с общим языкознанием с учетом необходимости остановиться на понятии лексикологии и лексики, ее видов. До сих пор многие китайские лингвисты своими научными исследованиями внесли свой вклад в решение лексических проблем в общей терминологии китайского языка, их специфических особенностей, некоторых семантических и структурных признаков, вопросов классификации.
Ключевые слова: Река Янцзы, ремесла, плодородные глины, инструменты и техника, МЖ^, династия Сун, техника орошения.
In order to study and analyze the lexicons associated with agriculture in the Chinese language, first of all, lexicons and their types were considered in connection with general linguistics, taking into account the need to dwell on the concept of lexicology and vocabulary, its types. Until now, many Chinese linguists have contributed to the solution of lexical problems in the general terminology of the Chinese language, their specific features, some semantic and structural features, and classification issues with their scientific research.
+998901953848
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
ABSTRACT
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(1/2), Jan., 2023
Key words: Yangtze River, handicrafts, fertile clays, tools and techniques, MzK Song Dynasty, irrigation techniques.
Qadimgi xitoylar Shimoliy Xitoy tekisligida yashab, Osiyoning g'arbiy sharqida joylashgan bo'lib, g'arbiy tomondan sharqqa qadar tekislik Xuanxeni (Sariq daryoni) kesib o'tgan va u juda ko'p serhosil loylarni olib ketgan. Suzib borar ekan, loy suvni to'ldirgan va daryoni uni o'zgartirishga majbur qilgan. Xuanxe suvi dalalarni bosib, qishloqlarni yuvib yuborgan. Odamlar uni "Minglab ofatlar daryosi" deb atashgan. Qadimgi xitoylar tirishqoqlik bilan, o'rmonlarni kesish, botqoqliklarni quritish, daryo qirg'oqlarini mustahkamlash orqali o'z vatanlarining qishloq xo'jaligini rivojlantirishgan. Sariq daryoning janubida joylashgan Yangtze daryosi vodiysi (Moviy daryo) keyinchalik xitoylar tomonidan bosib olingan daryolar, ayniqsa, Yangtze daryosi ko'plab irmoqlari bilan qadimgi davrlarda eng muhim aloqa yo 'llari bo'lib kelgan.
Dalalarda tariq, bug'doy, arpa, guruch o'stirilgan. Yil davomida ikki marta hosil yig'ib olingan: yilning birinchi yarmida tariq, ikkinchisida esa bug'doy yig'ib olingan. Yerga ishlov berilib, yovvoyi omoch, taxta ketmon, tosh o'roq bilan o'ralgan. Dastlab fermerlarning o'zlari eng oddiy qishloq xo'jaligi asbob-uskunalari, kulolchilik buyumlari va matolarni yasashgan. Vaqt o'tishi bilan hunarmandchilik ishlab chiqarishning maxsus, mustaqil sohasiga aylanadi. Birinchidan, maxsus ko'nikma va qobiliyatlarni talab qiladigan quyma hunarmandchilik ajralib turardi. Bronza g'ildirakchalari metalldan yasalgan va undan qurol va turli xil idishlar yasagan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Xitoy Xalq Respublikasining hayratlanarli iqtisodiy o'sishi aynan qishloq xo'jaligidan boshlangan. Bir paytlar urushdan horib-charchab, bo'linib-sochilib yotgan Xitoy 1949-yilda hokimiyatga kelgan Mao Tszedun tomonidan birlashtirildi, yerlar boy zamindorlardan tortib olinib, 300 million dehqonga bo 'lib berildi, sanoatlashish darajasi biroz o'sdi, xalqning turmush tarzida ijobiy tomonga siljish bo'ldi. Biroq 1952-yildan boshlab xalqning ustidan birin-ketin o'tkazilgan kommunistik iqtisodiy tajribalar iqtisodiy inqirozga va oxir-oqibat ommaviy ocharchilikka olib keldi. Chunki bu tajribalar xalqning joniga asrlar davomida oro kirib kelgan bozor munosabatlari elementlariga qirg'in keltirgan edi. Xususiy mulkchilikka qarshi kurashish jarayonida oilalardan hatto kichkina tomorqalar va oddiy hunarmandchilik dastgohlari tortib olindi, xususiy tartibda oziq-ovqat
KIRISH
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(1/2), Jan., 2023
mahsulotlari ishlab chiqarish man etildi. Turli ma'lumotlarga ko'ra, bu davrda 20 milliondan 43 milliongacha inson ochlikdan nobud bo'lgan.
1979-yilda (Mao Tszedunning o'limidan so'ng) «Islohot va ochiqlik siyosati» e'lon qilindi. Xitoyni qiyin ahvoldan chiqarib olgan (va keyingi olamshumul rivojini ta'minlagan) bu siyosatning e'lon qilinishiga nima sabab bo'ldi? 1978-yilning dekabr oyi. Xitoyning Anxuy viloyatidagi Syaogang nomli qishloq. Qishloqda 21ta oila yashaydi. Boshqa qishloqlar kabi bu yerda ham ocharchilik hukm surmoqda. Shunda qishloq faollari tajriba o'tkazishadi: jamoa bo'lib ishlatilayotgan umumiy yerlarni o'sha 21 oilaga bo'lib berishga qaror qilishadi - har bir oila o'ziga biriktirilgan yerida dehqonchilik qilishi uchun. Kichkina qishloqda o'tkazilgan mazkur kichkina islohot yaxshi natija berdi. «Demak, yerni oilalarga bo'lib berish yaxshi ekan», degan xulosaga kelindi. Bu ijobiy natija xabari Pekinga - Xitoy kommunistik partiyasi rahbarlariga yetib bordi.
Asboblar va texnikalar - Xitoy qishloq xo'jaligi texnologiyasidagi birinchi muhim inqilobdir. Temirdan qilingan qishloq xo'jaligi asboblari Xitoy dehqonlari uchun katta kashfiyot bo'ldi. Shimoliy Henanda topilgan eng qadimgi temir shudgor - urushayotgan davlatlar davriga (miloddan avvalgi 475-221) tegishli bo'lib, yog'och pichoqlar va tutqichlarga o'rnatilgan tekis temir bo'lakdir. Chorvachilik uchun omochlar miloddan avvalgi 1-asrgacha paydo bo'lgan. Keyinchalik bir qancha takomillashuv va innovatsiyalar bo'ldi, jumladan, uch bo'lakli shudgor, shudgorlash keyinchalik takomillashtirildi. 1279-yilda Song sulolasi oxiriga kelib, Xitoy qishloq xo'jaligi muhandisligi taraqqiyotning yuqori darajasiga yetdi. Oddiy dehqonlar bu ilk o'rta asr texnikalaridan hozirgi zamonda ham foydalanishda davom etdilar. Ularning cheksiz dalalariga yog'och asbob bilan ishlov berilgan, cho'yan ulushi bo'lgan yoki bo'lmagan va odatda buqa tomonidan tortilgan. Hosilni o'roq yoki ilgak yordamida yig'ishgan (tutqich bilan o'rnatilgan ilgak uchli pichoqdan iborat kesuvchi asbob).
XIII asrga kelib, Yangsizi va Fujianning quyi mintaqasidagi tepaliklarning ko 'p qismi terrasli o'tloqlarga aylantirildi. Yerdan foydalanishdagi ikkinchi inqilob XVI asrda Amerika qit'asidan makkajo'xori, shirin kartoshka, kartoshka va yeryong'oq kabi oziq-ovqat ekinlarining o'zlashtirilishi bilan boshlandi. Ular quruqroq balandliklarda, guruch va boshqa mahalliy don ekinlari uchun juda yengil qumli tuproqlarda yetishtirilgan.
Qishloq xo'jaligi va dehqonchilikning rivojlanishi shu sohaga oid leksik qatlamning shakllanishiga olib keldi. Quyida ana shunday terminlar bilan tanishib chiqamiz.
^^^ TuöläjT-Traktor (inglizcha: Tractor, traktor, tortish mashinasi deb ham ataladi) — o'zi harakatlana olmaydigan boshqa jihozlarni tortib olish uchun
ishlatiladigan uskuna. Odatda, bu boshqa transport vositalari yoki jihozlarni tortib olish uchun ishlatiladigan transport vositasidir. Bu so'z lotincha trahere, traho so'zidan kelib chiqqan, xitoy tiliga ham ham fonetik, ham leksik usulda ko'chirilgan, ^ -tortmoq, Ë -tortmoq, ^ -aparat degan ma'nolarni anglatadi, ya'ni tortuvchi aparat degani, bu so'zning leksik jihatdan yasalishidir, ffife^ Tuolajï aytilishi jihatidan ham traktor so'ziga o'xshab talaffuz qilinadi, bu uning fonetik jihatdan yasalishidir.
1. ffl^lf^Ëiio
2.
4. â/JM^MM, ^Tâ^Mw rnn^mmmo
Säshui che (inglizcha: sprinkler), shuningdek, suv tankeri, purkagich, ko'cha yuvish vositasi sifatida ham tanilgan, muhandislik vositalarining bir turi. Suv purkagichlar odatda yo'llarni tozalash, o'simliklarni sug'orish, shuningdek binolarni tozalash, yong'indan himoya qilish va boshqa maqsadlarda qo'llaniladi, ular tozalash, changni yuvish va sovutish funksiyalariga ega. Bu so'z xitoy tiliga leksik usulda ko'chirilgan, M-purkamoq, 7K-suv, ^-mashina degan ma'nolarni anglatadi, bu uning leksik jihatdan yasalishi hisoblanadi va suv purkovchi mashina sifatida qo'llaniladi.
¡tto
ÎIT^^IÎï^^ffi^Ttfilo
Shi mo - Tosh tegirmon - guruch, bug'doy va loviya kabi donlarni kukun va pulpaga aylantirish uchun ishlatiladigan mashina. Odatda ikkita toshdan yasalgan. Tegirmon ikki qavatli tekislik bo'lib, ikkinchi qavat bilan tutashgan joy teksturaga ega bo'lib, don yuqori teshikdan ikki qavatning o'rtasiga kirib, tekstura bo'ylab tashqariga qarab harakatlanadi va ikki qatlam bo'ylab dumalab o'tganda maydalanadi va kukun hosil bo'ladi. ^M-xitoy tilida leksik usulda yasalgan bo'lib, ^-tosh, M-
^B&MWtt, - 2001 - 74 M.
maydalash degan ma'noni anglatadi, ya'ni tosh maydalagich, tegirmonlar asosan toshdan qilingan, shu sababli bu so'z xitoy tilida shu usulda yasalgan.
1. RgA^z.ftmmftMo
2. Sl^fi^l^^f^I^o
3. ^ifrfWffl^I, «
i^^IB Sa huáféi- o'g'itlantirish, o'g'itni dala yuzasiga teng ravishda tarqatish yoki yoyilgandan keyin ishlov berish usulini anglatadi, asosiy o'g'it sifatida ishlatiladigan azotli o'g'itlar yoki parchalangan organik o'g'itlar, azot yo'qotilishining oldini olish va azotli o'g'itlardan foydalanishni yaxshilash uchun qo'llash bilan birga haydash va tirmalashni anglatadi. Xitoy tilida bu so'z leksik usulda yasalgan, ^-tarqatmoq, ^^-o'g'it degan ma'nolarni anglatadi, ya'ni o'g'itni tarqatish(o'g'itlantirish) shaklini keltirib chiqargan.
1.
2. o
Bázi-grabel, fúzi - bolta, if chuízi - bolg'a, juzi - arra bular dehqonchilik asboblari hisoblanadi, yuqoridagi barcha so'zlar f suffiksi yordamida gramatik usulda yasalgan, lekin ular f suffiksisiz ham o'z ma'nosini yo'qotmaydi, IE - grabel, #-bolta, i-bolg'a, f^- arra sifatida ham qo'llanaveradi, lekin xitoy tili paronim so'zlarga boy, shuning uchun yuqoridagi so'zlarga f suffiksini qo'shish so'zlarni talaffuzda aniqroq ifodalanishiga yordam beradi.
3.
1. SíE^fÉttA,
3. ^l^tó^fÉ^^o
if:
1. ^fflifMflTf^T^o
if^flo
- jb^fett, 2001 - ios K.
füffffl^fólfo
1. -^-MWm^Wl^o
Í^M Jiao di-sug'orish, f M fan di-ag'darish, píngdi-tekislash-bular
yerga ishlov berish usullari hisoblanadi. Bu so'zlarning barchasida M-yer iyeroglifi qatnashgan, bunga sabab hammasi yer bilan bog'liq bo'lgan amallardir. ^¡-sug'orish degan ma'noni anglatadi, bunga M iyeroglifi qo'shilib yerni sug'orish so'zini leksik usulda hosil qilyapdi, f - ag'darmoq degan ma'noni anglatyapdi, bu so'zga ham M iyeroglifini qo'shish orqali aniq yerga ishlov berish usuli yerni ag'darishni tushunamiz, ^ - tekis, tekislamoq degan ma'nolarni anglatadi M iyeroglifi qo'shilishi natijaida yerni tekislash so'zi leksik usulda yasalgan.
2. Míi, I^ffl^ffi^^MTo MR
Wo
4.
5.
6.
Shou ge jl-kombayn (O'rim-yig'im mashinasi) Bu ekinlarni yig'ish uchun mo'ljallangan mashina. O'rim-yig'im va xirmon bir vaqtning o'zida tugatilib, donlar saqlash qutisiga to'planadi, so'ngra g'alla konveyer orqali transport vositasiga yetkaziladi. Uni qo'lda ham yig'ish mumkin, sholi kabi ekinlarning poyalarini ham yig'ib olish mumkin. Bu texnikahar xil o'rim-yig'im va xirmon asboblari asosida yaratilgan. Bu so'z leksik usulda yasalgandir. ^ -qabul qilmoq, yig'moq, fij -kesmoq, ^-aparat degan ma'nolarni anglatadi, ya'ni bir vaqtning o'zida ham kesib, ham yig'uvchi aparat ma'nosini anglatadi.
1.
3.
3 + - jb^fefc 2009. - 48 M.
- 2003 - 90 M.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(1/2), Jan., 2023
4.
&
REFERENCES
1. Fan Ven Lan. Xitoyning yangi tarixi. - M.: 1972. - 321 b.
2. - 2003 - 210 K.
3. Mitter R. Modern China a very short introduction - Oxford: 2010. - 169 p.