Научная статья на тему 'XITOY AJDARHOSI (龙, lóng) VA QAQNUSINING (鳳凰, fèng huáng) QIYOSIY TAHLILI'

XITOY AJDARHOSI (龙, lóng) VA QAQNUSINING (鳳凰, fèng huáng) QIYOSIY TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ajdarho / Long / qaqnus / fengxuang / mifologiya / totem

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Erkin Musurmanov

Dunyo adabiyotshunosligida Buyuk ipak yo‘lida joylashgan xalqlarning adabiyotlarini o‘rganishga alohida eʼtibor berilmoqda. Bunda barcha xalqlar adabiyoti uchun mushtarak bo‘lgan hodisa, mifologik tushunchalar, ajdarho va qaqnus kabi mifologik qushlar obrazlarini qiyosiy o‘rganish va tegishli xulosalarga kelish amaliyotiga keng eʼtibor qaratilmoqda. Biz maqolamizda aynan shu obrazlarga murojaat qilib, ularning Xitoydan Yevropagacha bo‘lgan hududda vujudga kelishi, evolyusiyasi, uning xitoy folklorida tutgan o‘rnini yoritishga harakat qildik.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XITOY AJDARHOSI (龙, lóng) VA QAQNUSINING (鳳凰, fèng huáng) QIYOSIY TAHLILI»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 2, 2024

XITOY AJDARHOSI long) VA QAQNUSINING (ЩЩ, feng huang)

QIYOSIY TAHLILI

Annotatsiya. Dunyo adabiyotshunosligida Buyuk ipak yo'lida joylashgan xalqlarning adabiyotlarini o'rganishga alohida e 'tibor berilmoqda. Bunda barcha xalqlar adabiyoti uchun mushtarak bo'lgan hodisa, mifologik tushunchalar, ajdarho va qaqnus kabi mifologik qushlar obrazlarini qiyosiy o'rganish va tegishli xulosalarga kelish amaliyotiga keng e'tibor qaratilmoqda. Biz maqolamizda aynan shu obrazlarga murojaat qilib, ularning Xitoydan Yevropagacha bo'lgan hududda vujudga kelishi, evolyusiyasi, uning xitoy folklorida tutgan o'rnini yoritishga harakat qildik.

Kalit so'z: ajdarho, Long, qaqnus, fengxuang, mifologiya, totem.

Аннотация. В мировой литературе особое внимание уделяется изучению литературы народов, расположенных на Великом шелковом пути. При этом широкое внимание уделяется общему для литературы всех народов явлению, мифологическим представлениям, сравнительному изучению образов мифологических тотемов, дракона и феникса. Обращаясь к этим образам в нашей статье, мы попытались определить их происхождения, эволюцию и место в китайском фольклоре, на литературном ареале от Китая до Европы.

Annotation. In world literature, special attention is paid to the study of the literature of the peoples located on the Great Silk Road. At the same time, wide attention is paid to a phenomenon common to the literature of all peoples, mythological ideas, and a comparative study of the images of mythological birds, the dragon and the phoenix. Referring to these images in our article, we tried to determine their origin, evolution and place in Chinese folklore, in the literary area from China to Europe.

Kalit so'z: ajdarho, Long, qaqnus, fengxuang, mifologiya, totem.

Ключевые слова: дракон, Лун (китайский дракон), феникс, фэнхуан, мифология, тотем.

Key words: dragon (Chinese dragon), phoenix, fenghuang, mythology, totem.

Buyuk ipak yo'lining boshida turgan ko'hna Xitoy madaniyatida, ayniqsa, muqaddas to'rt mifologik obraz, xitoy ajdarhosi-Long long), qaqnusi-fengxuang (ЩМ, feng huang), silin ( ШШ, qilin) va toshbaqa (%, gui,) muhim o'rin egallagan.

Uzoq Sharq madaniyatida xitoy mifologiyasidagi ajdarho timsoli ayniqsa, mashhurdir (1-rasm). Uning ko'zlari yo'lbarsnikiga, qulog'i qoramolnikiga, soqoli

Erkin Musurmanov

Samarqand davlat chet tillari instituti professori, filologiya fanlari doktori

https://doi.org/10.5281/zenodo.14060795

JOl 1RNA L-RESEA RCHS. COM

I

9

NOVEMBER, 2024

I

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 2, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

echkinikiga o'xshaydi, tanasi tangachalar bilan qoplangan, yo'lbars panjalari va burgut tirnoqlari bilan qurollangan. Manglayida g'urra bo'lib, bu shish unga qanotsiz uchish qudratini beradi[1,21-40]. Uning shakllanishida yirik kaltakesak yoki timsoh qiyofalari muhim o'rin tutgan.

Ajdarho ximeradir, uning ko'rinishida bir qancha jonivorlarning mexanik birlashmasi aks etgan. U o'zida Misr sfinksi, antik dunyo kentavri kabilardagi hodisalarni aks ettirgan. Ajdarhoning tasviriy san'atdagi asosiy ko'rinishi (sudralib yuruvchi+qush) nafaqat timsoh yoki kaltakesak va qush, balki qoplon, arslon va boshqa, ikki, uch, to'rt turdagi jonivordan tarkib topishi mumkin[2].

Long to'liq shakli-shamoyilini o'zgartirishi, yugurishi, suzishi, uchishi mumkin, deb tushunilgan. Evolyusion jarayonlar natijasida ijobiy obraz sifatida e'zozlanib, imperator ramziga aylangan. Surati xon saroyiga, taxtga va boshqa joylarga chizilgan. Long baxt timsoliga, elni qurg'oqchilik va toshqinlardan asrovchi qahramon obraziga aylangan.

1-surat. Xitoy ajdarhosi-Long tasviri

Long odatda qanotli mavjudot ko'rinishida keltirilib, ko'kda bulut va yomg'irga egalik qilgan. Uning qon rangi qora-sariq (syuanxuan, syuan — "qora" (osmon rangi) va xuan — "sariq" (yer rangi) bo'lib, bu tuslar osmon va yer qudratini anglatadi.

Xitoy Longlarining o'lchamlari bir metrdan 300 metrgacha bo'lishi mumkin. Moda Longlar tuxum ochishadi, ayrim bolalari tuxumdan ming yildan keyin ham chiqishadi. Ular ochunga kelganda ko'kdan yulduzlar to'kiladi, yeldirim chaqib, jala va do'l yog'adi.

Eramizdan oldingi IV asrda olam boshlanishining besh o'zak haqidagi ta'limoti paydo bo'lgach, unga muvofiq besh tusli ajdarlar: xuanlong — sariq, sinlong — yashil, chilong — qizil, baylong — oq va syuanlong — qora turlari vujudga keldi. Manbalarda asosan sinlong (sharq timsoli) va xuanlong (yer va markaz timsoli) haqida ma'lumotlar keltiriladi [3, 23].

Xitoy qaqnusi - Fengxuang (M,®)

Qadimgi Xitoy miflarida Fengxuang "yuz qushning xoni" deb hisoblangan. Long hayvonlar ichida muqaddaslik kasb etsa, Fengxuang (2-rasm) qushlar orasida shunday ahamiyatga ega. Fengxuangning o'zbek ertaklaridagi muvofiq timsoli - qaqnus. O'tmishda bu qush shamol ma'budi bo'lib, ilohlarning elchisi sifatida talqin qilingan. Qadimgi xitoyliklar Fengxuangni bo'yi uch metr, rang-barang patli, xo'roz tumshuq, qaldirg'och bo'qoq, ilon bo'yin, baliq dum, toshbaqa bel, oldindan laylakka, orqadan afsonaviy silinga

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 2, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

o'xshash [4, 316—334] deb, faraz qilishgan. Fenxuan obrazining shakllanishida qadimgi xitoyliklaming tovus haqidagi tasavvurlari ma'lum darajada ta'sir ko'rsatgan degan taxminlar ham bor.

O'zbeklarning mifologiyasida Umay ona obrazi Humo qushi tasvirida idrok qilingan bo'lsa, fors mifologiyasida Simurg', islom mifologiyasida olovli qush sifatida Qaqnus tushunilgan. Qaqnusning xitoy mifologiyasidagi varianti - Fengxuang, Yevropadagi varianti - Feniks [5]. Qadimgi Misr mifologiyasida Feniksning analogi Bennu qushi bo'lgan. Bennu qushi olovdan tug'ilgan Ra xudosi yuragining timsoli deb tushunilgan.

Keyinchalik, bu tushuncha yunon madaniyatida aks etdi va yangicha ranglar bilan tovlandi, u yerdan esa butun Yevropaga tarqaldi. Buning ta'sirida slavyan mifologiyasida Olov qushi (Jar-ptitsa) va Finist chin-lochin kabi obrazlar mashhur bo'ldi, hatto yahudiy va islomiy an'analarda ham bu o'tli qushning variantlari paydo bo'ldi.

O'rta asrlarda Fengxuang obrazi Dao ta'limotida keng qo'llanilgan. Dao asotirlarida avliyolarning ushbu qush ustida uchib yurishlari, qushning homilador ayollar oldiga kelishi va buning natijasida dunyoga buyuk insonlarning tug'ilishi motivlari ko'plab uchraydi. Xitoyliklarning tushunchalariga ko'ra, bu qushni Xuangdi podshoning o'limi oldidan, so'nggi marta Ming sulolasi asoschisi otasining qabrida 1368 yili ko'rishgan ekan.

2-rasm. Xitoy mifologik qushi - Fengxuang

Luan-nao va Fengxuang Fengxuangning modasi Luan-nyao deb atalib, malika timsolini anglatgan. Fengxuang va Luan-nyaoning juftligi, vafodorlik va sodiqlik timsoli bo'lgan. Bu ajralmas qush juftligi sariq imperator Xuangdi saroyi yaqinidagi Muqaddas Kunlong tog'ida yashab, mangulikni ato qiluvchi daraxtlar (bu-si-shu) ustida uchib yurishgan.

Qadimgi Xitoy Feng Shuy falsafasi tizimida Fengxuang ajdaho, toshbaqa va yo'lbars bilan birga uyning to'rtinchi ilohiy himoyachisi hisoblanadi. U Janub tomon va olov tusi bilan tasvirlanib, qayta tug'ilish va yangi imkoniyatlar ramzi sanaladi.

Qiziq tomoni shundaki, Xitoyda fengxuang qushi nomi bilan ataladigan ertaklardagi kabi qadimgi qurilish dekoratsiyalarini saqlab qolgan va UNESCOning Jahon merosi

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 2, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ob'ektlari ro'yxatiga kiritilgan qadimgi shahar ham bor. Bu shahar Xunan viloyatining Janubiy-G'arbiy tomonida, manzarali tog'lar va Totszyan (^1) daryosi yonida joylashgan. Shaharda XVI-XVIII asrlarda qurilgan binolar birlamchi holatda yaxshi saqlanib qolgan. Ularga zamonaviy modernizatsiya, urushlar, tabiiy kataklizmalar hech qanday ta'sirini o'tkaza olmagan.

Fengxuang bitmas-tuganmas energiya va iroda, chidamlilik va mustaqillik, yangi umidlar, boshlanishlar va imkoniyatlar ramzidir. U ajdaho bilan juftlikda oilaviy farovonlik va muhabbat ramzi bo'lib, an'analarga sodiq bo'lgan xitoyliklarning tasavvurlarida bu ikki mifologik obraz milliy totem sifatida yashab kelmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Конвэй Динна Дж. Танцы с драконами. Мифы и легенды / Пер. англ. Л. А. Игоревского. — М.: ЗАО Центрполиграф, 2008, с. 21-40.

2. Пропп. В.Я. Исторические корни волшебной сказки. https://www.booksite.ru/localtxt/i st/ori/che/sky/kor/ny/ska/zki/ propp/ 15.htm (электрон манбаа / мурожаат этилган сана: 08.10.2021)

3. Musurmanov E. R "Xitoy adabiyoti tarixi". ФШ^^^. O'quv-uslubiy qo'llanma . - Samarqand: SamDU, 2016. -160 b. B. 23.

4. Максимович, К. А., «Птица Феникс в древнерусской литературе» (к проблеме интерпретации образа) // Герменевтика древнерусской литературы. XI—XIV вв. Т. 5. — М., 1992. С. 316—334.

5. Thompson, Stith (2001). Motif-Index of Folk-Literature: A Classification of Narrative Elements in Folk Tales, Ballads, Myths, Fables, Mediaeval Romances, Exempla, Fabliaux, Jest-Books, and Local Legends, Volume 1; Volume 6. Indiana University Press. ISBN 978-0253340894

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.