Научная статья на тему 'XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA NOMODDIY AKTIVLAR TAN OLISH MASALALARI'

XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA NOMODDIY AKTIVLAR TAN OLISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
258
56
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
NOMODDIY AKTIVLAR / BUXGALTERIYA HISOBI / XALQARO STANDARTLAR / MOLIYAVIY HISOBOT / INTELEKTUAL MULK / TAN OLISH

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Shirinov U.A., Mustafoyev A.F.

Maqolada nomoddiy aktivlar hisobini halqaro standartlar asosida tashkil etish masalalri, nomoddiy aktivlarning turlari, ularni tan olish mezonlari hamda hisobda to’g’ri aks ettirish masalalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISSUES OF RECOGNITION OF INTANGIBLE ASSETS ON THE BASIS OF INTERNATIONAL STANDARDS

The article covers the issues of organizing the accounting of intangible assets based on international standards, the types of intangible assets, their recognition criteria, and the issues of correct reflection in the account.

Текст научной работы на тему «XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA NOMODDIY AKTIVLAR TAN OLISH MASALALARI»

Shirinov U.A., PhD.

SamISI Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi mudiri Mustafoyev A.F. magistranti SamISI

XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA NOMODDIY AKTIVLAR TAN

OLISH MASALALARI

Annotatsiya. Maqolada nomoddiy aktivlar hisobini halqaro standartlar asosida tashkil etish masalalri, nomoddiy aktivlarning turlari, ularni tan olish mezonlari hamda hisobda to'g 'ri aks ettirish masalalari yoritilgan.

Kalit so'zlar: nomoddiy aktivlar, buxgalteriya hisobi, xalqaro standartlar, moliyaviy hisobot, intelektual mulk, tan olish.

Shirinov U.A., Ph.D.

head of the department of accounting and auditing in other sectors

SamIES Mustafoyev A.F. graduate student SamIES

ISSUES OF RECOGNITION OF INTANGIBLE ASSETS ON THE BASIS

OF INTERNATIONAL STANDARDS

Abstract. The article covers the issues of organizing the accounting of intangible assets based on international standards, the types of intangible assets, their recognition criteria, and the issues of correct reflection in the account.

Key words: intangible assets, accounting, international standards, financial reporting, intellectual property, recognition.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlar iqtisodiyotimizni yanada rivojlantirishga asos bo'lmoqda. Prezidentimiz ham qator ma'ruzalarida iqtisodiyotimizni rivojlantirish bo'yicha ta'kidlab kelmoqda, chunonchi "Bir yil ichida mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada erkinlashtirish, biznesga keng yo'l ochish, bu borada qonun ustuvorligi va huquqiy kafolatlarni mustahkamlash bo'yicha tizimli islohotlarni jadal davom ettirdik"74.

Hozirgi kunda dunyo mamlakatlarida iqtisodiyotni innovasion rivojlantirishda nomoddiy aktivlar hisobi va auditining nazariy hamda uslubiy asoslarini takomillashtirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Nomoddiy aktivlarni tan

74O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining ochilish marosimidagi nutqi. https://president.uz/oz/lists/view/6221

olish mezonlari, nomoddiy aktivlarni boshlang'ich tannarxida baholash, nomoddiy aktivlarni yaratish jarayoni, tadqiqot va ishlanmalarga xarajatlar, haqiqiy tannarxi bo'yicha hisob modeli yoki qayta baholangan qiymati bo'yicha hisob modellari asosida baholash tartiblari, nomoddiy aktivlarni qayta baholash natijalarini aks ettirish, nomoddiy aktivlarni moliyaviy hisobotlarda aks ettirish masalalarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, xalqaro audit standartlari asosida xo'jalik yurituvchi subyektlar nomoddiy aktivlarni audit qilish metodologiyasini takomillashtirish o'ta dolzarb hisoblanadi.

Dunyo bo'ylab joylashgan kompaniyalarning barcha nomoddiy aktivlarining qiymati 2021-yilda 74 trillion dollarni tashkil etdi, bu 2019-yildan buyon 25 foizdan ko'proqni tashkil etdi va 1996-yildagi 6 trillion dollardan katta sakrashni amalga oshirdi.

Eng yuqori nomoddiy aktivlar reytingiga kelsak, yuqori daromadli davlatlar, jumladan Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh), Niderlandiya, Frantsiya, Buyuk Britaniya (Buyuk Britaniya) va Germaniya reytingda birinchi o'rinda turadi.

Shunday qilib, AQShda nomoddiy aktivlarning kompaniya qiymatiga nisbati eng yaxshi 15 ta korxonada 93% ni tashkil qiladi, boshqacha aytganda, u korxona qiymatiga deyarli tengdir.

Tegishli reytingning eng yaxshi yigirmata davlatida intensivlik ko'rsatkichi AQSh yetakchisi holatida 93% dan Germaniyada 80% (10-o'rin) va Kanada (19-o'rin) kabi mamlakatlarda 71% gacha.

O'rtacha daromadli mamlakatlar guruhidagi shaxslar nomoddiy aktivlardan foydalanish intensivligi bo'yicha ham yaxshi natijalarga erishmoqda:

Masalan, Osiyoda Xitoy (11-o'rin), Indoneziya (13-o'rin), Hindiston (14-o'rin) yoki Lotin Amerikasidagi Meksika (16-o'rin) va Braziliya (17-o'rin) haqida gapiramiz; bundan tashqari, kuchli 20 davlatdan joy olgan Turkiya (15-o'rin) va Bolgariya (20-o'rin) ham yaxshi natijalarga erishdi.

Rank Economy Intangible asset intensity, top 15, % Most intangible-asset rich firm (in USD)

1 United States 93 Microsoft (Software)

2 Netherlands 92 Ayden (FinTech)

3 France 92 LVMH (Luxury)

4 United Kingdom 91 Unilever (Consumer goods)

6 Ireland 87 Medtronic (Medical technologies)

6 Sweden 86 Atlas Copco (Industrial products)

7 Denmark 85 Orsted (Renewable energy)

8 Switzerland 82 Novarties (Pharma)

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 apreldagi "Innovasion g'oyalar, texnologiyalar va loyihalarni amaliy joriy qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarorida ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash jarayonlariga ilmiy-amaliy tadqiqotlar natijalarini va nou-xau ishlanmalarni keng joriy etish, ushbu yo'nalishda ilmiy muassasalar va real iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari o'rtasida yaqin hamkorlikni o'rnatish mamlakatni jadal innovasion rivojlantirishning muhim omili hisoblanishi alohida ta'kidlab o'tilgan. Innovasion g'oyalar amaliyotga joriy etilganda nomoddiy aktiv ko'rinishini oladi.

38-sonli "Nomoddiy aktivlar" nomli moliyaviy hisobotning xalqaro standartida nomoddiy aktivga quyidagicha tarif berilgan.

Nomodiy aktiv - moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo'lmagan identifikasiyalanadigan nomonetar aktiv.

Tashkilotlar tez-tez ilmiy yoki texnik bilim, yangi jarayonlar yoki tizimlarni loyihalash va joriy etish, lisenziyalar, intellektual mulk, bozor to'g'risidagi bilimlar va savdo markalari (jumladan, firma nomlari va chop etish huquqlari) kabi nomoddiy resurlarni xarid qilish, ishlab chiqish, saqlab turish yoki takomillashtirish bo'yicha resurslarni sarflashadi yoki majburiyatlar olishadi.

Gudvil

Litsenziyalar

Savdo belgisi

Xuquqlar (franchayz)

Mualliflik xuquqi

1-rasm. Nomoddiy aktivlar klassifikatsiyasi.

Nomoddiy aktivning ta'rifi nomoddiy aktivni gudvildan farq lanishi uchun uni identifikasiyalanadigan bo'lishini talab etadi. Biznes birlashuvi natijasida tan olingan gudvil biznes birlashuvi natijasida harid qilingan boshqa aktivlardan olinadigan kelgusi iqtisodiy naflarni ifoda etuvchi, individual tarzda identifikasiyalanmaydigan va alohida tan olinmaydigan aktivdir. Kelgusi iqtisodiy naflar xarid qilingan identifikasiyalanadigan aktivlarning o'zaro birlashuvidan yoki alohida olganda moliyaviy hisobotlarda tan olish mezonlariga javob bermaydigan aktivlardan yuzaga kelishi mumkin.

Nomoddiy aktivlarni tan olishda xalqaro standartlar bo'yicha quyidagi shartlar asosida tan olish mumkin.

2-rasm. Nomoddiy aktivlarni tan olish mexanizmi.

Nomoddiy aktivlarning xususiyati shundan iboratki, ko'p hollarda, bu kabi aktivni takomillashtirish yoki uni qisman almashtirish amalga oshirilmaydi. Shunga ko'ra, ko'pchilik keyingi sarflar mavjud nomoddiy aktivda mujassamlashgan, kutilayotgan kelgusi iqtisodiy nafni ta'minlash uchun amalga oshiriladi, lekin ular mazkur standart bilan belgilangan nomoddiy aktiv ta'rifi va tan olish mezonlariga javob bermaydi. Bundan tashqari, keyingi sarflarni umumiy holda biznesga emas, bevosita muayyan nomoddiy aktivga olib borish ko'p hollarda qiyindir.

Shuning uchun, keyingi sarflar, ya'ni harid qilingan nomoddiy aktivni dastlabki tan olishdan so'ng yoki tashkilotning o'zida yaratilgan nomoddiy aktivni yakunlangandan so'ng amalga oshirilgan sarflar, aktivning balans qiymatida kamdan-kam hollarda tan olinadi. 63-bandga muvofiq savdo markalari, sarlavhalar, noshirlik huquqi, haridorlar ro'yxati va mohiyatan shunga o'xshash moddalar (tashkilot tomonidan harid qilingan yoki tashkilot o'zida yaratilganidan qat'iy nazar) bo'yicha amalga oshirilgan keyingi sarflar har doim yuzaga kelishi

bilan tashkilotning foyda yoki zarari tarkibida tan olinadi. Chunki, bunday sarflarni biznesni umumiy holda rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilgan sarflardan ajratish mumkin emas.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1.Andriessen D., Tissen R. Weightless Wealth: Find Your Real Value in a Future of Intangible Assets. Financial Times Prentice Hall, 2000., Bernard Marr. Perspectives on Intellectual Capital. Elsevier Butterworth Heinemann, 2005.,

2.Brad Sherman The making of modern intellectual property law: the British experience, 1999. 1760-1911.Cambridge University Press. P.207. ISBN 978-0521-56363-5

3.Пулатов М.Э. Номоддий активларнинг х,исоби ва аудитини такомиллаштириш масалалари. И.ф.н. илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация иши. Тошкент 2006 й.

4.Пулатов, Х. У., & Абдугаппаров, Ш. А. (2022). Бухгалтерия хисобининг халкаро стандартида фойда солиFининг хисоблашнинг узига хослиги. Экономика и социум, (5-1 (96)), 593-596.

5.Пулатов, Х. У., & Абдурасулов, Ж. А. (2022). Интеллектуал мулк хисобни айрим масаллари. Экономика и социум, (5-2 (92)), 679-682.

6.Пулатов, Х. У. (2021). Улгуржи савдо корхоналарида бухгалтерия хдсобнинг долзарб масалалари. Экономика и социум, (4 -2 (83)), 318-323.

7.Пулатов, Х. У. (2021). Турли фаолият билан шуFулланувчи корхоналарда товар айланмаси х,исобини такомиллаштириш йуналишлари. Экономика и социум, (5-2 (84)), 186-189.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.