Научная статья на тему 'XALQARO PUL YUVISH OPERATSIYALARIGA QARSHI KURASHISHNING MOLIYAVIY CHORA-TADBIRLARINI ISHLAB CHIQISH'

XALQARO PUL YUVISH OPERATSIYALARIGA QARSHI KURASHISHNING MOLIYAVIY CHORA-TADBIRLARINI ISHLAB CHIQISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
aktivlar / kredit tavakkalchiligi / aktivning jami qiymati / standart kreditlar / substandart kreditlar / bank tizimi / islohotlar / moliyaviy barqarorlik / xizmatlar mavjudligi / raqamli texnologiyalar

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Gulomov Anvar Gofur Ogli

Ο‘zbekistοnda bοshlangan islοhοtlar natijasida jinοiу darοmadlarni legallashtirish, terrοrizmni mοliуalashtirish va οmmaviу qirg‘in qurοllarini tarqalishiga qarshi kurashish tizimini уaratish уο‘lida bir qatοr уutuqlarga erishdi va qοnunchilik sezilarli darajada ο‘zgartirildi. Shuningdek, targetlangan mοliуaviу sanksiуalar rejimi sezilarli darajada kengaуtirildi, mοliуaviу institutlarning kοmplaens mexanizmlari takοmillashtirilib bοrilmοqda. Jinοiу darοmadlarni legallashtirish va terrοrizmni mοliуalashtirishga qarshi kurashish tizimining barcha manfaatdοr tοmοnlarining ο‘zarο samarali ishlashini ta’minlaуdigan avtοmatlashtirilgan qaуta ishlash tizimlari ishlab chiqildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XALQARO PUL YUVISH OPERATSIYALARIGA QARSHI KURASHISHNING MOLIYAVIY CHORA-TADBIRLARINI ISHLAB CHIQISH»

XALQARO PUL YUVISH OPERATSIYALARIGA QARSHI KURASHISHNING MOLIYAVIY CHORA-TADBIRLARINI

ISHLAB CHIQISH

Gulomov Anvar Gofur Ogli

https://doi.org/10.5281/zenodo.12177463

ABSTRACT

O'zbekistonda boshlangan islohotlar natijasida jinoiy daromadlarni legallashtirish, terrorizmni

moliyalashtirish va ommaviy qirg'in qurollarini tarqalishiga qarshi kurashish tiziminiyaratishyo'lida bir qator yutuqlarga erishdi va qonunchilik sezilarli darajada o'zgartirildi. Shuningdek, targetlangan moliyaviy sanksiyalar rejimi sezilarli darajada kengaytirildi, moliyaviy institutlarning komplaens mexanizmlari takomillashtirilib borilmoqda. Jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimining barcha manfaatdor tomonlarining o'zaro samarali ishlashini ta'minlaydigan avtomatlashtirilgan qayta ishlash tizimlari ishlab chiqildi. Pul yuvish amaliyoti noqonuniy faoliyatdan topilgan mablag'lar manbasini yashirib, mablag'larni qonuniy yoki noqonuniy faoliyat uchun ishlatilishi tushuniladi. Jinoiy faoliyat katta miqdordagi pul topish imkonini berishi bilan jinoyatchilar boshqalarning e'tiborini tortmaslik uchun mablag'larni qonuniy bo'lgan boshqa faoliyat sohalariga yo'naltirish haqida o'ylay boshlashadi. Pul yuvishga olib keladigan jinoiy faoliyat turlari judda ko'p va xilma-xil bo'lib, ularning ayrimlari quyidagilar:

■ Qurol savdosi;

■ Odam savdosi;

■ Inson organlari savdosi;

■ Narkotiklar savdosi;

■ Insayder ma'lumotlar savdosi;

■ Pora berish sxemalari;

■ Kompyuter orqali amalga oshiriladigan firibgarlik sxemalari.

Pul yuvishga qarshi Moliyaviy harakatlar bo'yicha ishchi kuchi [MHIK - Financial Action Task Force (FATF)] tashkiloti 1989 yilda davlatlararo tuzilgan. Pul yuvish amaliyoti faqat naqd pulda amalga oshirilmasdan, turli shaklda va turlicha moliyaviy institutlar hamda korxonalar orqali amalga oshirilishi mumkin. BMTning 2000 yildagi Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi qarshi Konvensiyasi pul yuvishga bilgan holda jinoiy faoliyatdan

ARTICLE INFO

Qabul qilindi: 10-June 2024 yil Ma'qullandi: 15- June 2024 yil Nashr qilindi: 20- June 2024 yil

KEYWORDS

aktivlar, kredit

tavakkalchiligi, aktivning jami qiymati, standart kreditlar, substandart kreditlar, bank tizimi, islohotlar, moliyaviy barqarorlik, xizmatlar

mavjudligi, raqamli

texnologiyalar.

topilgan mol-mulkka egalik qilish, uning manbasini yashirishga urinish va transfer qilishni nazarda tutadi. Bu yerda asosiy urg'u bilish bo'lib, bilish huquqiy konteksda keng ma'noda ishlatiladi.

2001 yil 11 sentabr voqealaridan so'ng pul yuvish amaliyotlarini o'rganishda MHIK terrorizmni moliyalashtirishni ham qamrab oladigan bo'ldi. Terrorizmni moliyalashtirish uchun pul yuvish amaliyoti xuddi jinoiy faoliyatdan topilgan mulkni tozalash kabi amalga oshirilsada, muhim farqli jihat terrorizmni moliyalashtirish uchun yo'naltirilgan mablag'lar manbasi noqonuniy bo'lmasligi mumkin. Bu o'z-o'zidan komplaens amaliyotini yanada murakkablashtiradi.

Pul yuvish amaliyotini uchta bosqichga bo'lish mumkin:

- Joylashtirish bosqichi. Bu bosqich pul yuvishning ilk bosqichi bo'lib, bunda jinoyatchi noqonuniy topilgan pullarni moliyaviy tizimga kiritshni boshlaydi. Bu asosan mahalliy va xalqaro qonuniy bizneslarga pul tikish bilan amalga oshiriladi. Bunda asosan qonuniy va noqonuniy pullar aralashtirib yuboriladi. Masalan, odam savdosidan topilgan pullar restoran yoki supermarketlar biznesidagi pullar bilan aralashtirilib, banklardagi hisobraqamlarga kiritiladi. Bundan tashqari, olingan qarzlar kreditlar yopib yuborilishi, xorijiy valyuta sotib olinishi yoki boshqa davlatga chegaralar orqali naqd olib o'tilishi mumkin.

- Qatlamlashtirish bosqichi. Ushbu bosqichda mablag'lar noqonuniy manbasidan moliyaviy tranzaksiyalar vositasi ajratiladi. Bunga misol tariqasida bir davlatdan tranzaksiyalar orqali pullarni o'tkazishni keltirish mumkin. Shuningdek, ko'chmas mulk va moliyaviy aktivlarni sotib olishni misol tariqasida keltirish mumkin.

- Integratsiya bosqichi. Ushbu bosqichda noqonuniy pullar iqtisodiyotda normal biznes va qonuniy tranzaksiyalar kabi kirib keladi. Bu bosqichda noqonuniy mablag'lar qonuniy mablag'lardan farqlash o'ta qiyinlashadi. Jinoiy guruh yoki jinoyatchi qimmatbaho boyliklarga egalik qilishi odamlarda noqonuniylik bo'yicha hech qanday shuhba tug'dirmaydi. Agar pul yuvgan shaxs yoki kompaniya qonuniy daromadlari vam u egalik qilayotgan yoki sotib olayotgan boyliklar qiymati o'rtasida katta farq bo'lmasa, ularni asoslash qiyinlashib boraveradi.

Pul yuvish amaliyotiga chek qo'yilmasligi mamlakatlar uchun bir qator iqtisodiy va ijtimoiy salbiy oqibatlarga olib keladi:

a) Mamlakatning uyushgan jinoyatchilik va korrupsiya o'chog'iga aylanishi;

b) Qonuniy xususiy sektor zaiflashishi;

c) Moliyaviy institutlarni zaiflashishi;

d) Xorijiy investitsiyalar kirib kelishi qisqarishi;

e) Iqtisodiy siyosat yuritishda xatolarning ko'payishi va nazoratning yo'qolishi;

f) Iqtisodiy beqarorlik;

g) Soliq tushumlarining kamayishi;

h) Mamlakatning reputatsiya riski;

i) Xususiylashtirish samarasini kamaytirish riski; j) Xalqaro sanksiyalar riski;

k) Ijtimoiy xarajatlar; l) Korxonaning reputatsiya riski; m) Korxonaning operatsional riski;

n) Huquqiy risk; o) Konsentratsiya riski.

Yuqorida keltirilgan pul yuvishning keng qamrovli salbiy oqibatlari tufayli 2014 yilda Bank Nazorati bo'yicha Bazel Qo'mitasi Jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bog'liq risklarni oqilona boshqarish bo'yicha ko'rsatmalar va MHIK esa Jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish va qurollar tarqalishiga qarshi Xalqaro standartlarni ishlab chiqdi.

Umuman olganda, pul yuvish metodlarining institutlarda amalga oshirilishiga ko'ra quyidagi turlarga bo'lish mumkin: 1. Banklar va depozit institutlarida

a. Mablag'lar elektron transferi orqali;

i. Xalqaro elektron transferlar:

1. SWIFT;

2. CHIPS.

ii. Mahalliy elektron transferlar:

1. Fedwire (AQSh);

2. Payme (O'zbekiston);

3. Click (O'zbekiston).

b. Masofadan depozitga mablag' joylashtirish orqali:

i. Cheklarni rasmga olib, bankka yuborish;

ii. Bankomat orqali o'z hisobiga pul qo'yish orqali.

c. Korrespondent bank orqali:

i. Respondent bank mijozi jinoyatchi bo'lishi;

ii. Respondent bank faoliyati pul yuvishga asoslangan bo'lishi.

d. Hisobraqamlardan pul o'tkazish orqali;

e. Xususiy bank ochish orqali;

f. Xususiy investitsion kompaniyalar orqali;

g. Strukturalash orqali:

i. Katta summani yashirish uchun bir necha shaxslar nomiga manbasi ko'rsatish talab qilinmaydigan summagacha rasmiylashtirish orqali yashirish;

ii. Mikrostrukturalash - judda kichik summalarga bo'lib, turli insonlar nomiga rasmiylashtirish.

2. Kredit uyushmalarida

a. Mijozlari mavjud emas, balki a'zolari mvjud;

b. A'zolari bir necha minglab bo'lishi mumkin;

c. MHIK kredit uyushmalarini ham banklar singari nazoratga oladi.

3. Nobank moliyaviy institutlarda

a. Kredit kartalar sanoati:

i. Visacard;

ii. Mastercard;

iii. Humo;

iv. Uzcard .

b. Sug'urta tashkilotlari;

c. Pul bilan bog'liq xizmatlarni ko'rsatuvchi tashkilotlar:

i. Valуuta aуirboshlash;

ii. Pul o'tkazmasi.

d. Qimmatli qog'ozlar broker-dilerlari. 4. Nomoliyaviy tashkilotlar va professiyalarda

a. Kazinolar;

b. Turizm agentliklari;

c. Qimmatbaho buуumlari savdosi bilan shug'ullanuvchi agentliklar;

d. Avtomobil savdosi bilan shug'ullanuvchilar;

e. Auditorlik, huquqiу va buxgalteriуa konsultantlari;

f. Investitsion konsalting firmalar;

g. Xaуriуalar;

h. Trast kompaniуalar;

i. Ko'chmas mulk bilan bog'liq tashkilotlar; j. Erkin savdo zonalari;

k. Savdoga asoslangan pul уuvish:

i. Bozor narxidan уuqori уoki past narxda baholash

ii. Уuk xatida ko'rsatilgan miqdordan ko'p уoki kam miqdorda уuklash;

iii. "Arvoh" уuklash - xaridor va sotuvchi ma'lum bir mahsulot bo'уicha go'уoki savdo bitimini tuzadi, mahsuot уetkazib beriladi. Aslida, hech qandaу mahsulot уetkazib berilmaуdi;

iv. Qobiq kompaniуalar;

v. Qora bozordagi savdolar.

O'zbekistonlik aуrim iqtisodchilar monopo^aga qarshi komplaens masalasini tadqiq qilar ekan, "monopoliуaga qarshi komplaens nizomi monopoliуaga qarshi organ darajasida ishlab chiqiladi va tavsiуaviу xarakter kasb etadi, shuningdek, monopo^aga qarshi komplaens dasturini jo^ etish birinchi navbatda kompaniуaning huquqi, majburiуati emas" degan xulosaga keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar royxati:

1. Астраханцева И.А., Дубов Д.А., Кутузова A.C. "Комплаенс-контрол в коммерческом банке," Аудит и финансовый анализ, no. 2, 2015.

2. Булыга Р.П. Куприянова Л.М. "Оценка комплаенс-рисков," Экономика. Бизнес. Банки, no. 3, 2015.

3. Дубов Д.А. "Мониторинг режимов эмбарго и санкций в деятелности комплаенс подразделений российских банков," Управление экономическими системами: электроннный научный журнал, no. 4 (98), p. 26, 2017.

4. Дубов Д.А. "Внедрение системы комплаенс контроля в кредитных организациях," Инновационная наука, no. 2-1 (14), 2016.

5. Дудова И.Л. "Стандарты и методология комплаенс-контроля. Управление комплаенс-рисками," Управление финансовыми рисками, no. 1, 2011.

6. Ермакова H.A. Ахунянова Ч.Ф. "Комплаенс-контрол в системе внутреннего контроля корпораций," Международный бухгалтерский учет, no. 3 (297), 2014.

7. Зуева A.C., Невянцева В.А. "Особенности правового регулирования комплаенс-контроля в банковской деятелности в условиях экономической нестабилности," Инновационное развитие экономики, no. 3, 2017.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

8. Кириллов Р.А. "Теоретические основы управления регуляторным риском в системе внутреннего контроля банка," Известия Саратовского университета. Новая серия. Серия Экономика. Управление. Право, vol. 14, no. 4, 2014.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.