Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
XALQARO MIQYOSDA VOYAGA YETMAGANLAR MEHNATIDAN FOYDALANISHNING DOLZARBLIGI
Qudratova Sevinch Sanjar qizi
Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi sevinchqudratova1219@gmail .com
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada butun dunyo bo'yicha voyaga yetmaganlar mehnatidan foydalanishning huquqiy asoslari chuqur tahlil qilingan. Shu bilan birga ushbu maqola bolalarning noqonuniy mehnatiga chek qo 'yilishi uchun olib borilayotgan chora-tadbirlarni o 'z ichiga oladi hamda maqolada bugungi kunda o 'z otasi yoki onasini yo'qotgan va axborot texnologiyalari rivojlanayotgan bir davrda pulli onlayn o'yinlarga berilib ketish natijasida voyaga yetmaganlarning ishlashga majbur bo'layotganligi, bu holatlarga demokratik davlatlar tomonidan o'rnatilayotgan cheklovlar va ularning oldini olish uchun ishlab chiqilgan samarali yechimlar bilan bog 'liqligi yoritilgan.
Kalit so'zlar: bolalar mehnati, bolalar ombudsmani, yoshlarni mehnatga tayyorlash, majburiy mehnat, voyaga yetmaganlarning mehnat normalari.
ABSTRACT
This article provides an in-depth analysis of the legal basis for the use of juvenile labor worldwide. At the same time this article includes measures taken to put an end to the illegal labor of children, and the article covers the fact that minors are forced to work as a result of the loss of their father or mother today and the obsession with paid online games in a time when information technology is developing, related to the restrictions imposed by Democratic countries.
Key words: child labor, children's ombudsman, training of young people for work, forced labor, labor standards of minors.
KIRISH
Biz yashab turgan bugungi jamiyatda bolalarga, yoshlarga juda keng imkoniyatlar yaratilgan. Ularning ta'lim olishlari, jismonan sog'lom bo'lishlari, huquqlarining himoya qilinishi uchun qilinayotgan sa'y-harakatlar buning yaqqol dalilidir. Afsuski, demokratiya rivojlanayotgan bir davrda hali hamon ba'zi mamlakatlarda bolalar huquqlarining buzilishi holatlari uchrab turibdi. Bulardan biri - bolalar mehnatidan noqonuniy foydalanish.
Bolalar mehnati ularni tengdoshlari kabi bolalik gashtini surish, ta'lim olish, hayotning eng go'zal ne'matlaridan bahramand bo'lish, o'z haq-huquqlaridan
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
foydalanishlariga xalaqit beradigan jarayondir. Tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak, ushbu holat turli davrlarda turlicha ko'rinishda bo'lganligini ko'ramiz. G'arb mamlakatlarida XIX - XX asrlarda kambag'al oilalarning 5-14 yoshli farzandlari bir xil vazifani bajarishgan, ya'ni ularning yosh jihatidan imkoniyatlari hisobga olinmagan. Ular, asosan, qishloq xo'jaligi, kasanachilik, tog'-kon sanoati kabi sohalarda mehnat qilishgan. Ba'zi o'g'il bolalar 12 soatgacha davom etadigan tunggi smenalarda ham ishlashgan. Vaqtlar o'tib, bolalar mehnati to'g'risidagi qonunlarning qabul qilinishi natijasida bu kabi holatlar ancha qisqargan bo'lishiga qaramay, hozirgi davrda ham bu masala o'z dolzarbligini yo'qotgani yo'q.
METODLAR
Ushbu tadqiqotning maqsadi bolalar huquqlari daxlsizligining nazariy va amaliy muammolarini tahlil qilishdir. Tadqiqotning asosiy vazifasi dunyoning ba'zi mamlakatlarida voyaga yetmaganlarni mehnatga jalb qilishda vujudga kelayotgan muammolarni aniqlash va ularning oldini olish uchun amalga oshirilishi kerak bo'lgan islohotlarni ishlab chiqishdan iborat. Ushbu maqsadlarga erishish uchun ilmiy tadqiqotning statistik tahlil va qiyosiy tahlil kabi usullari qo'llanilgan. Bugungi kunga kelib, dunyo bo'yicha jami 160 million bola ishlashga majbur[1]. 2023-yil holatiga ko'ra, dunyoning eng qashshoq mamlakatlarida har beshta boladan biri bolalar mehnati bilan shug'ullanadi. Ularning eng ko'p qismi Sahroi Kabirda istiqomat qiladi. 2017-yil ma'lumotlari Afrikaning Mali, Benin, Chad va Gvineya-Bisau kabi davlatlarida 5-14 yoshli bolalarning 50 foizi ishlayotganligini ko'rsatadi. Hindiston davlatini oladigan bo'lsak, ushbu davlat iqtisodiyotining deyarli barcha tarmoqlarida bolalar mehnati kuzatiladi. YUNISEF ning rasmiy ma'lumotlariga ko'ra, Osiyo va Tinch okeani, Lotin Amerikasi va Karib havzasi davlatlarida yuz berayotgan turli pandemik holatlar sababli bolalar mehnatining o'sishi kutilmoqda.
TADQIQOT NATIJALARI
Bolalar mehnati deyilganda o'z hayotini saqlab qolish va oila byudjetiga hissa qo'shish uchun ishlashga majbur bo'lgan 15 yoshgacha bo'lgan bolalar tushuniladi. Bolalar mehnati ba'zi Afrika mamlakatlarida bolalarni bolalikdan, ularning salohiyati va qadr-qimmatidan mahrum qiladigan, jismoniy va aqliy rivojlanishiga zarar yetkazadigan har qanday mehnat shakllari orqali ekspluatatsiya qilish sifatida talqin etiladi. Shu bilan bir qatorda ba'zi davlatlarda bolalar mehnati sharmandali qiynoq, dunyo miqyosida o'rnatilgan tabiiy tartibni yovuz ravishda buzish sifatida qabul qilinadi. Umuman olganda, bolalar mehnatining 2 ta modeli bor: uy xo'jaligida va uydan tashqarida mehnat faoliyati olib borish[2]. 1999-yil 17-iyunda Jenevada
qabul qilingan "Bolalar mehnatining eng yomon shakllari to'g'risida"gi
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
konvensiyada bolalar mehnatining asosiy sababi qashshoqlik ekanligi aytilgan va 18 yoshgacha bo'lgan shaxslarga 'bola' atamasi qo'llanilishi belgilangan. Ba'zi osiyolik olimlar iqtisodiy ehtiyoj ma'naviy ehtiyojdan ustun ekan, maktab o'z o'rnini oila uchun pul topishga bo'shatib berishi kerak degan aqidani ilgari surishadi. Afrikalik tadqiqotchilar esa maktab yoshidagi bolalarning uzoq vaqt ishda bo'lishi surunkali charchoq va bezovtalik hissini keltirib chiqarishi sababli ular uchun mehnat jarayonini qonuniy cheklash kerakligini maslahat berishadi. Xalqaro Mehnat Tashkiloti(XMT) voyaga yetmagan bolalar mehnatining hammasi ham voyaga yetmaganlarning majburiy mehnati deb belgilanmagan degan fikrni qabul qiladi[3]. Agar voyaga yetmagan bolalar ishtirok etadigan ish ularning sog'ligiga, rivojlanishiga ta'sir qilmasa va ta'limga xalaqit bermasa, unda bunday ish ijobiy holat hisoblanadi. Bunday tadbirlar voyaga yetmagan bolalarning rivojlanishiga, foydali ko'nikma va tajribaga ega bo'lishiga hissa qo'shadi va asta-sekin balog'atga yetishadi[4].
Bolalarni majburiy mehnatga jalb qilish bilan bog'liq holatlarni davlatlar kesimida ko'rib chiqadigan bo'lsak, Eronda xalqaro qonunlar bilan ichki qonunlarning o'zaro nomutanosibligi va iqtisodiy inqiroz bolalar mehnatining eng muhim omillaridandir. Erondagi shaffoflik darajasining pastligi esa mavjud vaziyatni chuqurroq tahlil qilish imkonini bermaydi[5].
Turkiya misolida ko'radigan bo'lsak, u yerdagi bolalar ishlashga majbur bo'layotganligi sababli nafaqat ta'limdan mahrum bo'lmoqda, balki bir qator jiddiy tibbiy muammolarga ham duch kelmoqda. Turkiyada 49,2% bola uy xo'jaligida mehnat qiladi[6].
Nigeriya davlatida esa bolalar mehnatining eng achinarli holatlarini ko'rishimiz mumkin. Bu davlatda bolalar ota-onalari tomonidan dehqonchilik, do'konchilik, tilanchilik kabi ishlarga majburlanadi.
Tanzaniyada oltin qazib olishda bolalar mehnatidan foydalanish jinsiy zo'ravonlik, erta nikoh kabi holatlarga sabab bo'layotganligi aniqlangan. Xususan, so'rovnomalar natijasida 209 nafar mahalliy aholi ushbu holat to'g'riligini tasdiqlagan.
Yevropa davlatlarida esa 2008-2009-yillardagi inqirozdan keyin bolalar mehnati ayniqsa kuchaygan[7]. Bu holat ba'zi mamlakatlarda odam savdosi kabi holatlarni yuzaga keltirmoqda. 2011-yil 5-aprelda qabul qilingan direktiva bu kabi jinoyatlarning oldini olish, jabrlanuvchilarni himoya qilish, huquqbuzarlarni jazolash bo'yicha kuchli chora-tadbirlarni ko'rishga qaratilgan.
E'tibor qaratilishi lozim bo'lgan muhim omillardan yana biri bu pulli onlayn o'yinlardir. Bukmekerlik va totalizatorlarda sport o'yinlari natijasiga pul tikib, yutuq
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
olish imkoniyati va'da qilinadi. Bolalardagi mehnat qilmay, qiynalmay pul topishga bo'lgan istak ularni mana shunday o'yinlarni o'ynashga undaydi. Dastlab daromad topib, keyinchalik "azart" sirtmog'iga tushib yutqazilgan pulning o'rnini qoplash uchun oxir oqibatda mehnat faoliyati bilan shug'ullanishga majbur bo'lishadi[8].
Quyidagi jadvalda bolalar mehnati va ulardan qanchasi zararli ishlarda ishlashini davlatlar kesimida ko'rish mumkin:
DAVLATLAR ISHLAYDIGAN BOLALAR XAVFLI ISHLARDAGI
SONI BOLALAR SONI
Afrika 86,6 mln. 38,6 mln.
Arab davlatlari 2,4 mln. 1,9 mln.
Osiyo va Tinch okeani 48,7 mln. 7,9 mln.
Yevropa va Markaziy Osiyo 8,3 mln. 7,9 mln
Lotin Amerikasi va Karib 8,2 mln. 5,5 mln.
havzasi
MUHOKAMA
2002-yil XMT tomonidan 12-iyun rasman bolalar mehnatiga qarshi kurashish kuni deb e'lon qilingan. Har yili 12-iyun - Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurashish kuni sifatida nishonlanadi. Ushbu tashkilotning 182-sonli konvensiyasining 3-moddasida bolalar mehnatining eng yomon shakllarini kechiktirmasdan bartaraf etish ustuvor vazifa ekanligi belgilangan bo'lib, ularga qullikning barcha shakllari, bolani fohishalik va pornografik tomoshalar uchun majburlash, noqonuniy faoliyatga taklif qilish, bolalardan sog'ligi, xavfsizligi yoki axloqiga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan ishlar uchun foydalanish kiradi. Davlatning bola huquqlarini
himoya qilishni ta'minlash funksiyasi Bola huquqlari bo'yicha vakil faoliyatida aks etadi. Bugungi kunda bolalarning huquqlarini himoya qilish, ularning qonuniy manfaatlarini, voyaga yetmaganlarning mehnat normalarini ta'minlashda dunyoning 80 ga yaqin mamlakatida bolalar ombudsmani faoliyat yuritadi. Ularning asosiy vazifasi "Bola huquqlari to'g'risida"gi konvensiya qoidalarini qonunchilikka tatbiq etish, bolaning shaxsi, sha'ni, qadr-qimmati, huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlari himoyasiga butun jamiyat va davlatni faol jalb etishdan iborat.
XULOSA
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytadigan bo'lsak, bolalar mehnati aqliy, jismoniy, ijtimoiy, axloqiy jihatdan xavfli va bolalar uchun zararli bo'lishi mumkin hamda ularning maktabda o'qishiga to'sqinlik qiladi. Har bir davlat bolalarni mehnatga jalb qilishda o'z pozitsiyasiga ega. Butun dunyo bo'yicha barcha bolalar uchun majburiy ta'limni va voyaga yetmaganlar uchun nafaqalarni joriy qilish bol alar mehnatining oldini olishi mumkin. Bolalar uchun maxsus ish joylarini yaratish, ularning mehnat
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
holati to'g'risidagi ma'lumotlarni aniqlash, bolalar salomatligini yaxshilash kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali bolalarning mehnat holatini yaxshilash mumkin. Bolalar mehnatiga qarshi kurashish bo'yicha so'nggi yillarda O'zbekistonda ham sezilarli ishlar amalga oshirildi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2017-yil 4-oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va xalqaro mehnat standartlariga muvofiq fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlashga doir chora-tadbirlarni kuchaytirish to'g'risida"gi qarori bilan bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanishning oldini olish va bunga yo'l qo'ymaslik bo'yicha parlament nazorati instituti joriy etildi va 2018-yil AQSH O'zbekiston paxta mahsulotlarini bolalar mehnati orqali yetishtirilgan mahsulotlar ro'yxatidan chiqardi. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi "O'zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori bilan majburiy mehnatga qarshi kurashish yanada kuchaytirildi.
F0YDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES): 1. https://madreshoy.com/uz/estadisticas-de-trabajo-infantil-2020-datos-que-
2. Dariush Lukasievich.2023."0'tmishdagi bolalar mehnatining ikki modeli". Studia Historiae Oeconomicae, 41: 145-164. DOI: 10.14746/sho.2023.41.2.008.
3. https://lex.uz/docs/-2396822 [Xalqaro mehnat tashkiloti(XTM)ning O'zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Konvensiyalarni 2014-2016-yillarda amalga oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida]gi qonuni.
4. X.Choriyeva.2023."Voyaga yetmaganlarni majburiy mehnatga jalb qilmaslik:javobgarlik masalalari" Oriental Renaissance: Innovative, educational natural and social sciences, 3: 576-582.
5. M.Pourmohammadgolzarinobar, B.Arfaniya, M.Afshari, M.Ansoriy."Eronda bolalar mehnati: muammolar va yechimlar" Bolalik tadqiqotlari jurnali, 12: 284-292. DOI: 10.18357/jsc202321284.
6. K.Kapan."Turkiyadagi bolalar mehnati: asosiy xususiyatlari" Ijtimoiy fanlardagi o'zgarishlar, 9: 112-125.
7. S.Egan."Evropada bolalar mehnati o'sishiga qarshi". Xalqaro vaqiyosiy huquq, 54: 601-630. DOI:10.1017/S0020589315000172.
8. Doston Ahrorov.2021. "Ommalashib borayotgan giyohvandlik. Totalizatorning qanday zararli tomonlari bor?"Kun.uz, 15-aprel.
alarman/