Научная статья на тему 'VOYAGA YETMAGAN SHAXSLARGA HUQUQIY YORDAM KO`RSATISHNING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

VOYAGA YETMAGAN SHAXSLARGA HUQUQIY YORDAM KO`RSATISHNING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

97
62
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
voyaga yetmagan shaxslar / qonun / davlat hokimiyati va boshqaruv organlari / fuqarolar o`zini o`zi boshqarish organlari / nodavlat notijorat tashkilotlar / voyaga yetmagan shaxslar (bolalar) va ijtimoiy himoyaga muhtoj voyaga yetmagan shaxslar (ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar) / asosiy prinsiplar / ota-onalar / qonuniy vakillar. / underage persons / law / public authorities and governing bodies / citizens ' self-government bodies / NGOs / underage persons (children) and underage persons in need of Social Protection (children in need of social protection) / basic principles / parents / legal representatives.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Xurshida Xurram Qizi Choriyeva

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida voyaga yetmaganlarga huquqiy yordam ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida muhokama yuritilib, ushbu soha yuzasidan milliy qonunchilik atroflicha tahlil hamda muhokama qilinib, tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflar bildirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article examines the specifics of providing legal assistance to minors in the Republic of Uzbekistan, discussed the environmental analysis and national legislation on this area and proposed amendments and additions to the relevant regulatory legal acts.

Текст научной работы на тему «VOYAGA YETMAGAN SHAXSLARGA HUQUQIY YORDAM KO`RSATISHNING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

VOYAGA YETMAGAN SHAXSLARGA HUQUQIY YORDAM KORSATISHNING OZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Xurshida Xurram qizi Choriyeva

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti "Fuqarolik jamiyati va huquq ta'limi" kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada O'zbekiston Respublikasida voyaga yetmaganlarga huquqiy yordam ko'rsatishning o'ziga xos xususiyatlari to'g'risida muhokama yuritilib, ushbu soha yuzasidan milliy qonunchilik atroflicha tahlil hamda muhokama qilinib, tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish yuzasidan takliflar bildirilgan.

Kalit so'zlar: voyaga yetmagan shaxslar, qonun, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolar o zini o zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, voyaga yetmagan shaxslar (bolalar) va ijtimoiy himoyaga muhtoj voyaga yetmagan shaxslar (ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar), asosiy prinsiplar, ota-onalar, qonuniy vakillar.

ABSTRACT

This article examines the specifics of providing legal assistance to minors in the Republic of Uzbekistan, discussed the environmental analysis and national legislation on this area and proposed amendments and additions to the relevant regulatory legal acts.

Keywords: underage persons, law, public authorities and governing bodies, citizens ' self-government bodies, NGOs, underage persons (children) and underage persons in need of Social Protection (children in need of social protection), basic principles, parents, legal representatives.

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматривается особенности оказания юридической помощи несовершеннолетним в Республике Узбекистан, обсуждается национальное законодательство в этой области, а также предлагаются изменения и дополнения в соответствующие нормативные правовые акты.

Ключевые слова: несовершеннолетние, закон, органы государственной власти и управления, органы самоуправления граждан, ННО, несовершеннолетние лица (дети) и несовершеннолетние лица, нуждающиеся в социальной защите (дети, нуждающиеся в социальной защите), основные принципы, родители, законные представители.

April, 2023

904

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-904-911

Kirish. Bizga ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yana rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi 4947-son Farmoniga 1-Ilova bilan tasdiqlangan "2017 — 2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi"ning II ustuvor yo'nalishlari hisoblangan "Qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo'nalishlari sifatida ma'muriy, jinoyat, fuqarolik va xo'jalik qonunchiligini takomillashtirish maqsadida voyaga yetmaganlar uchun nazarda tutilgan jinoiy jazolarni liberallashtirish, protsessual harakatlarni o'tkazishda ularning huquqiy himoyasini kuchaytirish to'g'risida normativ-huquq hujjat loyihasini ishlab chiqish vazifasi belgilab qo'yilgan edi. Shu jihatdan olib qaraganda, voyaga yetmaganlar huquqiy yordam ko'rsatish bo'yicha advokatning faoliyati quyidagilarga asosan dolzarb hisoblanadi:

Birinchidan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 22-dekabrdagi OliyMajlisga Murojaatnomasida 2018 - 2021 yillarda jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilikni rivojlantirish konsepsiyasini qabul qilish va amalga oshirish zarurligi ta'kidlangan edi; [1]

Ikkinchidan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018-yil 28-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida jinoyat qonunchiligini yanada takomillashtirish va liberallashtirish bo'yicha ishlarni davom ettirish lozimligi, nega deganda, Jinoyat va Jinoyat protsessual kodekslari qariyb 25 yil oldin qabul qilinganligi, o'tgan davrda jamiyatdagi munosabatlar, odamlarning yashash tarzi, ongi, dunyoqarashi o'zgarganligi, shu sababli bu kodekslar bugungi davr talablariga javob bermay qolganligi ta'kidlab o'tilgan edi; [2]

Uchinchidan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi "Jinoyat va jinoyat protsessual qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 3723-son Qaroriga 1-Ilova sifatida tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasining Jinoyat va Jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish Konsepsiyasi I bobi, Jinoyat qonunchiligini takomillashtirishning fuqarolar huquqlari va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini amalda va ishonchli himoya qilishni ta'minlash maqsadida jinoyat protsessiga jalb etilgan voyaga yetmaganlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta'minlashga qaratilgan jinoiy-huquqiy normalarni takomillashtirish. vazifalari belgilangan edi; [3]

To'rtinchidan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining

2018-yil

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-904-911

14-maydagi "Jinoyat va jinoyat protsessual qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 3723-son Qaroriga 1-Ilova sifatida tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasining Jinoyat va Jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish Konsepsiyasi II bobi, Jinoyat-protsessual qonunchilikni talomillashtirishning jinoyat protsessida shaxs huquq va erkinliklarining ishonchli kafolatini ta'minlash mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida voyaga yetmaganlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta'minlashga qaratilgan jinoyat-protsessual normalarni takomillashtirish, ularning buzilgan huquqlarini tiklash, shuningdek, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarni profilaktika qilish va oldini olish bo'yicha choralarni kuchaytirish vazifalari belgilangan edi. [4]

Adabiyotlar tahlili va metodologiyasi. Voyaga yetmaganlarga huquqiy yordam ko'rsatish bo'yicha advokatning faoliyati mavzusi O'zbekistonda N.A.Ramazonova, M.O'razaliyev, B.M.Umarov, N.A.Ashurova, P.Q.Payzullayev, U.Sh.Xolikulov, N.T.Ismoilov, M.K.Uteniyazov, A.Irsaliyev kabi olimlar tomonidan, MDH doirasida V.A.Danilova, Y.V.Markovicheva, O.V.Sadina, I.A.Kuznetsova, A.I.Morozov kabi olimlar tomonidan, xorijiy mamlakatlar doirasida esa ushbu mavzu Ton Liefaard, Atsiaya Mongoi Marcos, Dovydas Vitkauskas, Grigoriy Dikov, Luong Thi My Quynh, Jelena Groma, William J. Stuntz, Ashlee Beazley kabi olimlar tomonidan o'rganilgan.

Muhokama va natijalar. Y.V. Markovichevaning fikriga ko'ra, voyaga yetmaganlarning huquqiy holati umumiy, maxsus va yakka tartibdagi to'plam sifatida ko'rib chiqilishi kerak, chunki aynan shunday yondoshuv voyaga yetmaganlarning huquqiy holatining o'ziga xos xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi. Voyaga yetmaganlarning huquqiy holatining o'ziga xos xususiyatlari, avvalambor, ularning huquqiy subyektlik xususiyatlari bilan belgilanadi. Voyaga yetmagan bola tug'ilishidan boshlab asosiy huquq va erkinliklarga ega bo'lgan shaxslar toifasiga kiradi, ammo ularning ko'pchiligini amalga oshirish imkoniyati asta-sekin paydo bo'ladi. [5]

Bizning fikrimizcha, voyaga yetmaganga huquqiy yordam ko'ratishning o'ziga xos xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi:

• voyaga yetmagan shaxslar (bolalar)ning huquqiy kafolatlari qonun darajasida belgilanganligi. Xususan, voyaga yetmaganlar (bolalar)ning huquqiy kafolatlari O'zbekiston Respublikasining 2008-yil 7-yanvardagi "Bola huquqlarining kafolatlari to,g,risida"gi 139-son Qonunda

belgilab qo'yilgan;

April, 2023

• voyaga yetmagan shaxslar (bolalar)ning huquqiy kafolatlarini ta'minlashda davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining vakolatlari, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarning ishtiroki belgilab qo'yilganligi. Xususan, O'zbekiston Respublikasining 2008-yil 7-yanvardagi "Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida"gi 139-son Qonun

5-moddasida voyaga yetmaganlar (bolalar)ning huquqiy kafolatlarini ta'minlashda davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining vakolatlari, ushbu Qonun

6-moddasida fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarning ishtiroki belgilab qo'yilgan. [б]

• voyaga yetmagan shaxslar (bolalar)ning o'zi o'z navbatida ikki turga bo'linganligi: voyaga yetmagan shaxslar (bolalar) va ijtimoiy himoyaga muhtoj voyaga yetmagan shaxslar (ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar). Xususan, O'zbekiston Respublikasining 2008-yil 7-yanvardagi "Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida"gi 139-son Qonun 3-moddasi 2-xatboshisiga asosan, bola (bolalar) — o'n sakkiz yoshga to'lgunga (voyaga yetgunga) qadar bo'lgan shaxs (shaxslar)dir, ushbu Qonun 7-xatboshisiga asosan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar — yuzaga kelgan holatlar sababli og'ir turmush sharoitida qolgan, davlat va jamiyat tomonidan alohida himoya qilishga hamda qo'llab-quvvatlashga muhtoj bolalar, shu jumladan: 1) nogiron bolalar; 2) jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo'lgan bolalar; 3) yetim bolalar; 4) ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar; 5) ixtisoslashtirilgan bolalar muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalar; 6) muayyan yashash joyiga ega bo'lmagan bolalar; 7) kam ta'minlangan oilalardagi bolalar; 8) jinoiy javobgarlikka tortilgan va jazoni ijro etish muassasalarida turgan bolalar; 9) zo'ravonlik va ekspluatatsiya, qurolli mojarolar va tabiiy ofatlar natijasida jabrlangan bolalardir; [6]

• voyaga yetmagan shaxslar (bolalar)ning qonuniy, yashash, individuallikka va uni saqlab qolishga bo'lgan, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik, himoyaga bo'lgan, jinoyat protsessi ishtirokchisi sifatidagi, oilaviy muhitga bo'lgan, g'ayriqonuniy ko'chirilishdan himoyalanish, o'z fikrini ifoda etish, axborot olish, so'z, vijdon va e'tiqod erkinligi, xususiy mulkka bo'lgan, turar joyga bo'lgan, mehnat qilish, dam olish va bo'sh vaqtga bo'lgan, sog'ligini saqlash, bilim olish huquqlari kafolatlanganligi belgilab qo'yilganligi. Xususan, O'zbekiston Respublikasining 2008-yil 7-yanvardagi "Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida"gi 139-son Qonun

7-moddasida voyaga yetmagan shaxslarning qonuniy kafolatlari,

8-moddasida voyaga yetmagan shaxslarning yashash huquqi kafolatlari 9-moddasida voyaga yetmagan shaxslarning

April, 2023

907

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-904-911

individuallikka va uni saqlab qolishga bo'lgan huquqi kafolatlari, 10-moddasida voyaga yetmagan shaxslarning erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi, 11-moddasida voyaga yetmagan shaxslarning himoyaga bo'lgan huquqi kafolatlari, 111-moddasida voyaga yetmagan shaxslarning jinoyat protsessi ishtirokchisi sifatidagi huquqini himoya qilish, 13-moddasida voyaga yetmagan shaxslarning oilaviy muhitga bo'lgan huquqi kafolatlari, 14-moddasida voyaga yetmagan shaxslarning g'ayriqonuniy ko'chirilishdan himoyalanish huquqi kafolatlari, 15-moddasida voyaga yetmagan shaxsning o'z fikrini ifoda etish huquqi kafolatlari, 16-moddasida voyaga yetmagan shaxslarning axborot olish huquqi kafolatlari, 17-moddasida voyaga yetmagan shaxslarning fikrlash, so'z, vijdon va e'tiqod erkinligi huquqi kafolatlari, 18-moddasida voyaga yetmagan shaxslarning xususiy mulkka bo'lgan huquqi kafolatlari, 19-moddasida voyaga yetmagan shaxslarning turar joyga bo'lgan huquqi, 20-moddasida voyaga yetmagan shaxslarning mehnat qilish huquqi kafolatlari 21-moddasida voyaga yetmagan shaxslarning dam olish va bo'sh vaqtga ega bo'lish huquqi kafolatlari, 22-moddasida voyaga yetmagan shaxslarning sog'ligini saqlash huquqi kafolatlari, 23-moddasida voyaga yetmagan shaxslarning bilim olish huquqi kafolatlari belgilangan; [6]

• ijtimoiy himoyaga muhtoj bo'lgan voyaga yetmagan shaxslar (bolalar)ning oila muhitiga bo'lgan, jamiyatga uyg'unlashish, turar joyga bo'lgan, ijtimoiy yordam olishga bo'lgan, to'liq davlat ta'minotida bo'lgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar, nogiron bolalar, jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarning tibbiy-ijtimoiy yordam olishga bo'lgan, ta'lim olishga bo'lgan huquqlarining kafolatlanganligi. Xususan, O'zbekiston Respublikasining 2008-yil 7-yanvardagi "Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida"gi 139-son Qonun 24-moddasida ijtimoiy yordamga muhtoj bo'lgan voyaga yetmagan shaxslarning oila muhitiga bo'lgan huquqi kafolatlari, 25-moddasida ijtimoiy himoyaga muhtoj voyaga yetmagan shaxslarning jamiyatga uyg'unlashish huquqi kafolatlari, 26-moddasida ijtimoiy himoyaga muhtoj voyaga yetmagan shaxslarning turar joyga bo'lgan huquqi kafolatlari, 27-moddasida ijtimoiy himoyaga muhtoj voyaga yetmagan shaxslarning ijtimoiy yordam olishga bo'lgan huquqi kafolatlari,

271-moddasida to'liq davlat ta'minotida bo'lgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar huquqlarining kafolatlari, 28-moddasida nogiron bolalar, jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo'lgan bolalarning tibbiy-ijtimoiy

yordam olishga bo'lgan huquqi kafolatlari, 29-moddasida ijtimoiy

April, 2023

himoyaga muhtoj voyaga yetmagan shaxslarning ta'lim olish huquqi kafolatlari belgilangan. [б]

Yuqorida biz keltirib o'tgan voyaga yetmagan shaxslar huquqlarining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, biz voyaga yetmagan shaxslar huquqlarini takomillashtirish maqsadida normativ-huquqiy hujjatlarga quyidagi takliflarni ilgari surish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:

Birinchidan, O'zbekiston Respublikasining 2008-yil 7-yanvardagi "Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida"gi 139-son Qonuni bilan voyaga yetmagan shaxslar (bolalar)ning huquqlari kafolatlari belgilab qo'yilgan bo'lsa ham, ushbu Qonun tartibga solmagan huquqiy bo'shliqlarni bartaraf etish, ushbu huquqlarni ta'minlanishi bo'yicha nizolarni hal qilish maqsadida ushbu Qonunga 31-modda sifatida "Bola huquqlari kafolatlarining asosiy prinsiplari" nomi bilan quyidagi mazmundagi huquqiy norma kiritish maqsadga muvofiq: "Bola huquqlarining kafolatlarining asosiy prinsiplari bola huquqlarining ustuvorligi, qonuniylik, ijtimoiy adolat, tenglik, demokratizm, bola huquqlarining qonun bilan cheklanishi kabi prinsiplarni o'z ichiga oladi"

Ikkinchidan, voyaga yetmagan shaxslar (bolalar)ning huquqlarining asossiz ravishda cheklanishini ta'minlash, shuningdek faqatgina O'zbekiston Respublikasining 2008-yil 7-yanvardagi "Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida"gi 139-son Qonun bilangina voyaga yetmagan shaxslar (bolalar)ning huquqlarining cheklanishiga erishish, voyaga yetmagan shaxslar (bolalar)ning huquqlari kafolatlarini boshqa qonunlar va qonunosti hujjatlari bilan cheklanishini oldini olish, shuningdek bola huquqlarining qonun bilan cheklanishi prinsipini amaliy ifodasini ta'minlash maqsadida ushbu Qonunga 71-modda sifatida "Bola huquqlari kafolatlarining cheklanishi" nomi bilan quyidagi mazmundagi huquqiy norma kiritish maqsadga muvofiq: "Bola huquqlarining kafolatlarini cheklanishi faqatgina ushbu Qonunda belgilanganida amalga oshiriladi"

Uchinchidan, voyaga yetmagan shaxslar (bolalar)ning huquqlarining asossiz ravishda cheklanishini ta'minlash, shuningdek faqatgina O'zbekiston Respublikasining 2008-yil 7-yanvardagi "Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida"gi 139-son Qonun bilangina voyaga yetmagan shaxslar (bolalar)ning huquqlarining cheklanishiga erishish, voyaga yetmagan shaxslar (bolalar)ning huquqlari kafolatlarini boshqa qonunlar va qonunosti hujjatlari bilan cheklanishini oldini olish, shuningdek bola huquqlarining qonun bilan cheklanishi prinsipini amaliy ifodasini ta'minlash maqsadida ushbu Qonun 7-moddasi 4-xatboshisidagi "qonunda belgilangan

April, 2023

909

hollar bundan mustasno" iborasi chiqarib tashlanishi va uning o'rniga "cheklashlar faqatgina ushbu Qonun bilan belgilanadi" iborasi kiritilishi lozim"

Shu o'rinda, Y. V. Markovichevaning quyidagi fikrlarini eslab o'tish maqsadga muvofiq. Xususan, uning fikriga ko'ra, voyaga etmaganlarning huquq va erkinliklarini ro'yobga chiqarish nafaqat davlat hokimiyati organlari uchun tegishli vakolatlarni birlashtirish, balki ularni amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmidir. Amalga oshirish mexanizmi tartib, tuzilma (subyektlar, obyektlar, ular o'rtasidagi munosabatlarning tabiati), turli xil ijtimoiy va huquqiy omillar, demokratik tartiblarga, qonuniylik va ijtimoiy adolat prinsiplariga muvofiq huquqiy normalarni amalga oshirish shakllari, usullari, shartlari va kafolatlari orqali aniqlanadi. [5]

Xulosa va takliflar.Yuqorida biz keltirib o'tgan voyaga yetmagan shaxslar huquqlarining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, biz voyaga yetmagan shaxslar huquqlarini takomillashtirish maqsadida normativ-huquqiy hujjatlarga quyidagi takliflarni ilgari surish maqsadga muvofiq:

Birinchidan, O'zbekiston Respublikasining 2008-yil 7-yanvardagi "Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida"gi 139-son Qonunga 31-modda sifatida "Bola huquqlari kafolatlarining asosiy prinsiplari" nomi bilan quyidagi mazmundagi huquqiy norma kiritish maqsadga muvofiq: "Bola huquqlarining kafolatlarining asosiy prinsiplari bola huquqlarining ustuvorligi, qonuniylik, ijtimoiy adolat, tenglik, demokratizm, bola huquqlarining qonun bilan cheklanishi kabi prinsiplarni o'z ichiga oladi"

Ikkinchidan, O'zbekiston Respublikasining 2008-yil

7-yanvardagi "Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida"gi 139-son Qonunga 71-modda sifatida "Bola huquqlari kafolatlarining cheklanishi" nomi bilan quyidagi mazmundagi huquqiy norma kiritish maqsadga muvofiq: "Bola huquqlarining kafolatlarini cheklanishi faqatgina ushbu Qonunda belgilanganida amalga oshiriladi"

Uchinchidan, O'zbekiston Respublikasining 2008-yil 7-yanvardagi "Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida"gi 139-son Qonun

7-moddasi 4-xatboshisidagi "qonunda belgilangan hollar bundan mustasno" iborasi chiqarib tashlanishi va uning o'rniga "cheklashlar faqatgina ushbu Qonun bilan belgilanadi" iborasi kiritilishi lozim".

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning OliyMajlisga Murojaatnomasi, 2017-yil 22-dekabr,

April, 2023

910

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-904-911

http://uza.uz/uz/documents/o-zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-o-22-12-2017.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, 2018-yil 28-dekabr, https://kun.uz/uz/news/2018/12/28/prezident-m uro jaatnomasi-toliq-matn.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi "Jinoyat va jinoyat protsessual qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 3723-son Qarori, 14-may 2017-yil (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 15.05.2018-y., 07/18/3723/1225-son, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son).

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi "Jinoyat va jinoyat protsessual qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 3723-son Qarori, 14-may 2017-yil (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 15.05.2018-y., 07/18/3723/1225-son, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son).

5. Е. В. Марковичева. Правовое обеспечение прав несовершеннолетних в Российской Федерации, тема диссертации и автореферата по ВАК РФ 12.00.01,

6. O'zbekiston Respublikasining "Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida"gi 139-son Qonun, 2008-yil 7-yanvar, https://lex.uz/acts/-1297315.

7. Мухамеджанова, Л. А., Ермоченко, К. П., & Ивентьев, С. И. (2022). РОЛЬ ПРАВОВОЙ И НРАВСТВЕННОЙ КУЛЬТУРЫ В ВОСПИТАНИИ И ОБРАЗОВАНИИ МОЛОДЁЖИ. In Третьи международные теоретико-правовые чтения имени профессора НА Пьянова (pp. 48-59).

c 201.

April, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.