Научная статья на тему 'XALQARO BAHOLASH TIZIMINING ASOSIY XUSUSIYATLARI VA TA’LIM SOHASIDAGI AHAMIYATI'

XALQARO BAHOLASH TIZIMINING ASOSIY XUSUSIYATLARI VA TA’LIM SOHASIDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
6
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
xalqaro baholash dasturlari / xorijiy tajribalar / globallashuv / innovatsion ta’lim muhiti / innovatsiyalar / integratsiyalashuv.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Jalilova Dilshoda Ural Qizi, O‘Tkirova Sevara, Pirmurodova Zulfizar, O‘Ralova Durdona

Mazkur maqola xaqlaro baholash dasturlarining xususiyatlari, ta’lim tizimi uchun ahamiyati va o‘quvchilarga beradigan imkoniyatlari to‘g‘risidagi fikr-mulohazalarni ilgari suradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XALQARO BAHOLASH TIZIMINING ASOSIY XUSUSIYATLARI VA TA’LIM SOHASIDAGI AHAMIYATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

XALQARO BAHOLASH TIZIMINING ASOSIY XUSUSIYATLARI VA TA'LIM

SOHASIDAGI AHAMIYATI Jalilova Dilshoda Ural qizi, 2O'tkirova Sevara, 3Pirmurodova Zulfizar, 4O'ralova

Durdona

https://doi.org/10.5281/zenodo.11073126

1Nizomiy nomidagi TDPU, Boshlang'ich ta'limda ona tili va uni o'qitish metodikasi kafedrasi o'qituvchisi, 2'3'4Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang'ich ta'lim fakuleteti 2-bosqich talabalari

Annotatsiya. Mazkur maqola xaqlaro baholash dasturlariningxususiyatlari, ta'lim tizimi uchun ahamiyati va o'quvchilarga beradigan imkoniyatlari to'g'risidagi fikr-mulohazalarni ilgari suradi.

Kalit so'zlar: xalqaro baholash dasturlari, xorijiy tajribalar, globallashuv, innovatsion ta'lim muhiti, innovatsiyalar, integratsiyalashuv.

Ma'lumki, bugungi innovatsion jarayonlar, globallashuv ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro qiyosiy tadqiqotlarni ta'lim sohasi uchun joriy etishni talab qilmoqda. Negaki, xalqaro qiyosiy tadqiqotlar turli mamlakatlardagi ta'lim tizimidagi holat va o'zgarishlarni aniqlash hamda solishtirish, ta'lim sohasidagi strategik qarorlar samaradorligini baholash imkonini beradi. Bu taqqoslash bilan esa turli adabiyot manbalarini o'rganish asosida emas, nufuzli xalqaro olimpiadalar va turli mamlakatlar o'quvchi-yoshlarining vakillik namunalari bo'yicha o'tkazilgan tadqiqotlar natijalariga aniqlik kiritish va buning asosida ta'lim sohasidagi xalqaro ustuvorliklarni hisobga olgan holda yaratilgan ayrim vositalarning samaradorligini anglashga erishiladi.

Hozirgi vaqtda ta'lim sifatini baholash tobora kuchayib bormoqda. Ayniqsa, rivojlangan mamlakatlarda katta ahamiyatga ega. Bu bugungi innovatsion ta'lim muhitini yanada kuchaytirishga harakat qilayotgan O'zbekiston uchun ham mustasno emas. Baholash tizimining muhimligi sabablaridan biri umumta'limdan keyingi bosqichdagi ta'lim muassasalari, xususan, oliy o'quv yurtlari, o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalari, va albatta, ish beruvchilar uchun ta'lim jarayonlari natijalari to'g'risida ishonchli ma'lumotlarni olish zaruratidir. Bundan tashqari, yana bir sabab davlat va mahalliy ta'lim tashkilotlarining ta'lim siyosatining muvaffaqiyati va samaradorligini baholash zarurati hamdir.

So'nggi yillarda mamlakatda yuz berayotgan keskin yangilanish va tub o'zgarishlar inson hayotidagi barcha sohalarni globallashuv va integratsiyalashuv jarayonlari nuqtai nazaridan yangicha tushunchalar va munosabatlar bilan qayta ko'zdan kechirishni taqazo etadi. Hozirda butun dunyo bo'ylab har bir sohada globallashuv va integratsiyalashuv jarayonlari o'z aksini ko'rsatib kelyapti. Shu qatorda ta'lim ham davlat siyosatining ustuvor sohasiga aylanmoqda va ushbu sohada ta'limni yangi innovatsion g'oyalar asosida rivojlantirish bo'yicha islohot amalga oshirilishi talabining kuchayishiga sabab bo'lmoqda.

Jamiyatda va hayotda sodir bo'layotgan yangiliklar ta'lim tizimiga ham yangi innovatsion yondashuvni ta'lim, fan va ishlab chiqarish o'rtasidagi integratsiya jarayonlarini tadbiq etish dolzarb masalalar qatorida turibdi. Ta'lim sifati va samaradoligini oshirishda xorij tajribalarini o'rganish tizimga xalqaro standartlar talablarining joriy etilishi muhimligini anglatyapti.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 29-apreldagi ,,O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha shakllantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risidagi" 5712-son farmonida 2030-yilga kelib PISA xalqaro dasturi reytingida jahonning biribchi 30 ta ilg'or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta'limi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarini tashkil etish asosida ta'lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalarining belgilanishiga ham mana shu talablar asos bo'ldi. Bunga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarini tashkil etish chora tadbirlari to'g'risidagi,, 997-sonli qarorida eng ustuvor vazifa sifatida quyidagilar olindi:

- xalqaro tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda o' qish;

- PISA, PIRLS, baholash dasturi yo'nalishidagi savollar milliy bazasini yaratish va o'quv dasturlariga integratsiya qilish.

Bu esa umumta'lim maktablarining mazkur tadqiqotda qatnashish yoshidagi o'quvchilarini puxta tayyorlash masalasini ham dolzarblik darajasini oshirdi. Jumladan, bu tadqiqotda ishtirok etish yoshidagi o'quvchilarga ta'lim berayotgan pedagog-kadrlarning malakasini yanada oshirish va ularni joiz bo'lsa, xaqlaro tajribalar asosida tayyorlashni ham taqazo qilmoqda.

Xulosa qilib shuni ta'kidlash joizki, xalqaro baholash tadqiqotlari ta'limning xalqaro ustuvorliklarini hisobga olgan holda yaratilgan. Bir xil vositalardan foydalanish natijasida turli mamlakatlar o'quvchi-yoshlarining vakillik namunalarida o'tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko'ra ta'lim tizimining holatini milliy va xalqaro kontekstda baholash imkonini beradi. Ushbu tadqiqotlar mamlakat hududidagi umumta'lim maktablari oldidagi vazifalar bilan solishtirganda maktab o'quvchilarining ta'limga tayyorgarligi to'g'risida to'liq tasavvurni tushunib, aniqlab olishga ham yordam beradi.

REFERENCES

1. Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 29-apreldagi „O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha shakllantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risidagi" 5712-son farmoni

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlari Mahkamasining " Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarini tashkil etish chora tadbirlari to'g'risidagi ,, 997-sonli qarori

3. Avazova Durdona Erkinovna. PIRLS dasturi asosida boshlang'ich sinf o'quvchilariga tizimi topshiriqlar asosida badiiy asarni tahlil qilishni o'rgatish https://scholar.google.ru/citations?view op=view citation&hl=ru&user=lfh6SfgAAAAJ&ci tation for view=lfh6SfgAAAAJ:9yKSN-GCB0IC

4. Avazova Durdona Erkinovna. The importance of the pedagogical reforms carried out in the improvement of the PIRLS international assessment program. https://scholar.google.ru/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=lfh6SfgAAAAJ&ci tation for view=lfh6SfgAAAAJ:2osOgNQ5qMEC

5. D.U.jalilova, Sh.U.Jalilova. TA'LIM JARAYONLARIDA «TALIS XALQARO BAHOLASH DASTURI»DAN FOYDALANISH. "RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 25-oktabr 2023-yil. 561-563-b.

6. Qosimova Aziza Farhod qizi. Boshlang'ich sinf ona tili darslarida o'quvchilarning kreativ fikrlash qobilyatlarini rivojlantirishning maqsadi va vazifalari. Boshlang'ich ta'limda xalqaro baholash tajribasi: muammo, yechimlar, istiqbollari. 326-330-betlar. https://scholar.google.ru/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=DuLpmPQAAAAJ &citation_for_view=DuLpmPQAAAAJ:d1gkVwhDpl0C

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

April 26, 2024_

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.