Научная статья на тему 'XALQ TA’LIMI TIZIMIDA RAHBAR XODIMLARNI ISH FAOLIYATI VA MA’NAVIY QIYOFASI'

XALQ TA’LIMI TIZIMIDA RAHBAR XODIMLARNI ISH FAOLIYATI VA MA’NAVIY QIYOFASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
309
38
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Rahbarlik insonlarga maqsadli ta’sir o‘tkazishga qaratilgan / ularning faoliyatini muvofiqlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatdir.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sadullayev O‘Tkirbek Bahram O‘G‘Li

Maqolada rahbar xodimlarni ish faoliyati va ma’naviy qiyofasi tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XALQ TA’LIMI TIZIMIDA RAHBAR XODIMLARNI ISH FAOLIYATI VA MA’NAVIY QIYOFASI»

XALQ TA'LIMI TIZIMIDA RAHBAR XODIMLARNIISH FAOLIYATI VA

MA'NAVIY QIYOFASI

Sadullayev O'tkirbck Bahrain o'g'li

Oriental Universitet magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7589398

Annotatsiya: Maqolada rahbar xodimlarni ish faoliyati va ma'naviy qiyofasi tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: Rahbarlik insonlarga maqsadli ta'sir o'tkazishga qaratilgan, ularning faoliyatini muvofîqlashtirish bilan bog'liq bo'lgan faoliyatdir.

Ma'lumki, so'zlashish odobi, muomala madaniyati, o'zaro munosabatlar insonlarda nutq orqali amalga oshiriladi.

Bularning barchasi insonlar va ayniqsa, rahbar xodimlar ma'naviy qiyofasini shakllanishida, ish jarayonida, o'zaro muloqotlarda kerakli so'zlarni topib aytish, mazmunli iboralar tuzish, ularni o'rnida qo'llay bilishi alohida ahamiyatga ega, ta'lim muassasalarini boshqarishda maktab rahbariga qo'yiladigan talablar va ularning pedagogik imkoniyatlari. Maktab rahbarining vaqtdan unumli foydalana olish madaniyati. Ta'lim muassasasini huquqiy me'yoriy hujjatlari, «Umumiy o'rta ta'lim to'g'risidagi» Nizom, Davlat ta'lim standartlari, o'quv reja, o'quv dastur.

Mazkur tizim rahbarlari yoshlarni hayotga tayyorlashda bugungi ta'lim xodimlariga qo'yiladigan zamonaviy talablar nimalardan iboratligi, maqsadni to'g'ri qo'yish, maktab faoliyatini strategik rejalashtirish, jamoa qadriyatlari va kuchli jamoani shakllantirish muhimligi, rahbarlarda notiqlik san'atini rivojlantirish, zamonaviy maktab rahbarining rejasi qanday bo'lishi lozimligi, inson kapitalini boshqarish asosiy samaradorlik ko'rsatkichlari borasida boshqaruv ko'nikmalariga ega bo'lishlar zarur.

Rahbar shaxs xislatlari. Rahbar shaxsi tushunchasini tahlil etar ekanmiz, unga xos xususiyatlarni uch guruhga bo'lib o'rganish taklif qilinadi

1. Biografik tavsif

2. Qobiliyat

3. Shaxs xislatlari

Rahbar va pedagog xodimlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilg'or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish yo'li bilan xalq ta'limi tizimida kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy etish, xalq ta'limi muassasalarini boshqarish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shaffof va samarali jamoatchilik nazoratiga erishish, lavozimga da'vogar xodim ega bo'lishi kerak bo'lgan fazilatlar professiogramma yoki malaka xaritasi deb ataladi. Boshqacha qilib aytganda, bu ideal xodimning "portreti" bo'lib, uning shaxsiy fazilatlari, muayyan funktsiyalarni va ijtimoiy rollarni bajarish qobiliyatiga qo'yiladigan talablarni belgilaydi. Rahbarning butun boshqaruv tizimida yetakchi o'rin egallashi, bir tomondan, tashkilotdagi islohotlarni amalga oshirishda mas'uliyatni o'z bo'yniga olish zarurati, ikkinchidan esa itoatdagi xodimlarning rahbarga bo'lgan ishonch va umidlari bilan asoslanadi. Tashkilotni tuzilma sifatida qabul qilarkanmiz, uning rahbari boshqaruvning aynan ikki asosiy funksiyasini ta'minlovchi shaxs sifatida tushuniladi. Tashkilot miqyosida tahlil qilinganda yuqorida qayd etilgan asosiy funksiyalar quyidagicha ifoda etiladi, maqsadga yo'naltiruvchi funksiya-tashkilotni ma'lum maqsadga olib boruvchi vazifalarni mujassamlashtiradi. Tashkiliy funksiya-Tashkilot turli bo'limlaridagi mavjud imkoniyatlardan optimal darajada foydalanishdir. Boshqaruv psixologiyasining predmeti va vazifalari.

Ko'rib o'tganimizdek, boshqaruv psixologiyasi boshqaruv maqsadi va vazifalarni amalga oshirish davomida boshqaruv subyekti va obyekti o'rtasida yuzaga keluvchi munosabatni talqin etadi. Mazkur munosabat tizimining tashkiliy qismlari o'zaro itoatdaligi bilan xarakterlanadi. Uzluksiz ta'lim tizimida pedagogik jarayon tashkilotchilari hisoblangan rahbarlar va o'qituvchilar belgilangan maqsadlarga erishishda ta'lim oluvchilarning boshlang'ich tushunchalari, qiziqishi, ehtiyoji va qobiliyatlarini, shaxsiy xislatlarini, shuningdek pedagogik jarayonni ilmiy asosda tashkil etishning murakkab tomonlarini faol o'rganishlari va shular asosida pedagogik

jarayonni takomillashtirish, samaradorligini oshirishga yordam beradigan turli tadbirlarni ishlab chiqishlari zarur. Uzluksiz ta'lim tizimida pedagogik jarayonlarni tashkil etishda ijobiy natijalarga erishish uchun pedagog xodimlar va rahbarlarning asosiy vazifasi jamoada zaruriy shart-sharoitlarini yaratish, raqobatbardosh kichik mutaxassislar tayyorlash uchun pedagogik jarayonlarni yaxlit tizim sifatida rivojlantirish hisoblanadi. Boshqaruv madaniyati-umumiy ijtimoiy madaniyatning tashkil etuvchi komponenti sifatida ma'um bir ijtimoiy madaniyat kontekstida boshqaruv tushuncha munosabatlarining o'zaro ta'sir etishi natijasida an'anaviylik, dolzarblik motivlashtirish tizimi, rahbarlik uslublari, muhitning sifati, kommunikatsiyalar boshqaruv strategiyasi rahbar va professor o'qituvchilarning kasbiy madaniyati rasmiy jihatdan namoyon bo'ladi. Boshqaruv faoliyati - ta'lim muassasasi rahbarlarining boshqaruv faoliyatini ikkita sub'yektning, ya'ni rahbar bilan ta'lim tizimining o'zaro bog'liq faoliyati sifatida qarash mumkin. Bunday holatda rahbarning boshqaruv ob'yekti boshqarish va o'zini-o'zi boshqarish kabi zaruriy xususiyatlarga ega bo'lgan ta'lim tizimi hisoblanadi, turli xil ta'sirlar asosida, boshqarilayotgan ta'lim muassasasi ham o'z o'rnida boshqaruv natijalariga va boshqaruv sub'yektiga ta'sir ko'rsatadi. Rahbar madaniyati - rahbar odobi va iqtidori o'rtasidagi dialektik bog'lanish. Bu bog'lanish odob, iymon, insof, adolat va iqtidor kabi fazilatlar majmuidan iborat bo'ladi. Rahbarning kasbiy madaniyati deganda rahbarning professionalligi, uning professional boshqaruv faoliyatini bajarishga tayyorgarlik darajasi tushuniladi. Bunda rahbarlarning maqsadga muvofiq u yoki bu kasbiy sifatlari alohida vaziyatlarda har bir rahbarning "ideal modelini" shakllantirishga asoslanadi.

Rahbarlik-odamlarga maqsadli ta'sir o'tkazishga qaratilgan, ularning xulqini tartibga solish bilan bog'liq bo'lgan boshqaruvning tarkibiy qismidir.

Talab-rahbarning xodimlarga munosabatining bunday shakli mazmun jihatidan buyruqqa yaqin turadi. Buyruq u yoki bu faoliyatni bajarish yoki bajarmaslikka qaratilgan bo'lsa, talab esa aynan o'sha buyruqlarning bajarilishiga qaratilgan bo'ladi. Har bir rahbar xodimning jamoadagi xodimlarga bir xil munosabatda bo'lishi, boshqaruv qobilyati yuqori darajada bo'lishi shu jumladan rahbar xodimlar

zamonaviy ish yuritishga va ta'lim sifatini oshirishga xizmat qilmog'i lozim shunda har bir muassasada ta'lim sifati yuqori darajaga ko'tariladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ziyouz.com kutubxonasi.

2. Menejment. M. Maxkamova, S. Yuldasheva, Sh. Xolmatova, O. Shmigun Toshkent-2007

3. Menajment va marketing psixologiyasi Uslubiy qo'llanma. Ahrorov V.Yu. Samarqand-2018

4. Menejment tarixi: Proc. nafaqa / Ed. D.V.Yalpin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.