Научная статья на тему 'XALQ EPOSLARINING FALSAFIY ASOSLARI'

XALQ EPOSLARINING FALSAFIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Epos / mif / Gilgamish / epik qahramon / Sharq / ta’rif / badiiy so`z san’ati / Эпос / миф / Гильгамеш / эпический герой / Восток / описание / искусство художественного слова.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shamsiddinova Sitora Badriddinovna

“Nur Sharqdan” deyilgan qadimgi yunon naqllaridan birida. Unda e’tirof bor. Darhaqiqat, quyosh Sharqdan chiqadi. Aql quyoshi ham Mashriqda tug‘ilib, Mag‘ribga yo`l olgandir. Bu yerda hayotning paydo bo‘lishi haqidagi nazariyalarga ham zid emas. San’at va madaniyat dastlab Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo, Arabiston, Misr kabi o‘lkalarda maydonga kelganligi bunga dalildir.[1, 4] “Nur Sharqdan” ekanligi qadim tamaddundan xabar beruvchi epos janri misolida yorqinroq ko‘rinadi. Chunki hayotning eng muhim haqiqatlari, muammolari ming yillar ilgari paydo bo‘lgan rivoyatlar, afsonalar, dostonlarga singgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ФИЛОСОФСКИЕ ОСНОВЫ НАРОДНОГО ЭПОСА

В одном из древнегреческих изречений «Свет от Востока». В этом есть признание. Действительно, солнце восходит на востоке. Солнце разума родилось на Востоке и ушло в Запад. Это не противоречит существующим здесь теориям о зарождении жизни. Об этом свидетельствует тот факт, что искусство и культура впервые появились в таких странах, как Китай, Индия, Средняя Азия, Аравия, Египет. [1, 4] Эпический жанр, повествующий о древней цивилизации. Потому что самые главные истины и проблемы жизни заложены в легендах, сказаниях, былинах, появившихся тысячи лет назад.

Текст научной работы на тему «XALQ EPOSLARINING FALSAFIY ASOSLARI»

| VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2023 ResearchBip (14) | Google Scholar | SJIF (5.708) | UIF (8.3)

XALQ EPOSLARINING FALSAFIY ASOSLARI Shamsiddinova Sitora Badriddinovna

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7935040 Annotatsiya: "Nur Sharqdan" deyilgan qadimgi yunon naqllaridan birida. Unda e'tirof bor. Darhaqiqat, quyosh Sharqdan chiqadi. Aql quyoshi ham Mashriqda tug'ilib, Mag'ribga yo'l olgandir. Bu yerda hayotning paydo bo'lishi haqidagi nazariyalarga ham zid emas. San'at va madaniyat dastlab Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo, Arabiston, Misr kabi o'lkalarda maydonga kelganligi bunga dalildir.[1, 4] "Nur Sharqdan" ekanligi qadim tamaddundan xabar beruvchi epos janri misolida yorqinroq ko'rinadi. Chunki hayotning eng muhim haqiqatlari, muammolari ming yillar ilgari paydo bo'lgan rivoyatlar, afsonalar, dostonlarga singgan.

Kalit so'zlar: Epos, mif, Gilgamish, epik qahramon, Sharq, ta'rif, badiiy soz san'ati

ФИЛОСОФСКИЕ ОСНОВЫ НАРОДНОГО ЭПОСА Аннотация: В одном из древнегреческих изречений «Свет от Востока». В этом есть признание. Действительно, солнце восходит на востоке. Солнце разума родилось на Востоке и ушло в Запад. Это не противоречит существующим здесь теориям о зарождении жизни. Об этом свидетельствует тот факт, что искусство и культура впервые появились в таких странах, как Китай, Индия, Средняя Азия, Аравия, Египет. [1, 4] Эпический жанр, повествующий о древней цивилизации. Потому что самые главные истины и проблемы жизни заложены в легендах, сказаниях, былинах, появившихся тысячи лет назад.

Ключевые слова: Эпос, миф, Гильгамеш, эпический герой, Восток, описание, искусство художественного слова.

PHILOSOPHICAL FOUNDATIONS OF FOLK EPICS Abstract: In one of the ancient Greek sayings, "Light is from the East". There is recognition in it. Indeed, the sun rises in the East. The sun of the mind was born in the East and went to the West. It does not contradict the theories about the origin of life here. This is evidenced by the fact that art and culture first appeared in countries such as China, India, Central Asia, Arabia, and Egypt. The fact that "Light is from the East" is more evident in the example of the epic genre, which informs about ancient civilization. Because the most important truths and problems of life are embedded in legends, epics that appeared thousands of years ago.

Keywords: Epos, myth, Gilgamesh, epic hero, East, description, artistic word art KIRISH

Odamlar yashar ekanlar, tabiatni badiiy tafakkur bilan mushohada etadilar. Buning zamirida hayot va xayolning qirralari aks etgan afsonalar tug'iladi. Beruniy ta'biri bilan aytganda, "afsonalarda haqiqat ulushi ham yo'q emas." Lotin amerikalik ulug' adiblardan biri Xorxe Luis Borxes "Adabiyot mif bilan boshlanib, mif bilan tugaydi" deganida haq edi. Minglab yillar oldin poetik tafakkur yuritgan, hozirgidan ming karra shoirroq bo'lgan qadim ajdodlar yaratgan benazir tortiq - eposlar ham miflardan oziqlangan. Mif qadimgilarning xayollari natijasi emas, balki ularning kayfiyati, orzu-istaklari, kechinma va hayotdan olgan taassurotlari natijasidir. Har bir insonning miyasida oz "mif'i bo'lgani kabi qadimgi odamlar har bir holatni ramz deb qabul qilishgan. Ana shu qiyoslar natijasida yashashgan, tabiatning tabiatiga xos va mos yashashga, uning qonunlariga so'zsiz itoat qilishga harakat qilishgan. Davrlar o'tgan sari takomillashgan eposlar o'z bag'rida asrlardagi o'zgarishlarni ham opichlab o'tgan. Ularning qatida ko'p xudolik, shomonlik, islom dini taraqqiyoti ("Bilgamish", "Iliada", "Odisseya", "Mahabhorat",

| VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2023 ResearchBip (14) | Google Scholar | SJIF (5.708) | UIF (8.3)

"Ramayana", "Alpomish") va yaratilgan davri bilan bog'liq siyosiy, ijtimoiy va madaniy qarashlarni topish mumkin.

Shu ma'noda xalq eposlari ijtimoiy taraqqiyotning takomillashuv davri, voqea-hodisalarning mavjud ertak, hikoyat, lirik she'r kabi janrlarga sig'may qolishi va voqelikning murakkab epik planda tasvirlashga bo'lgan talabning kuchayishi natijasida paydo bo'la boshlagan. Qabilachilik tuzumi yemirilgan paytda yakka shaxs o'zining urug' va qabilalariga, jamoalariga qarshi kurash boshlagan davrlarda eposlar vujudga kelgan.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Eposlarni qiyosiy tahlil qilishdan ilgari epos janri haqida bugungi kunga qadar berilgan ta'riflarning ayrimlarini korib chiqamiz.

Epos so'zi ikki ma'noda ishlatiladi. Birinchisi epik tur ma'nosida bo'lsa, ikkinchisi (yunon.epopoia -rivoyatlar, qoshiqlar majmui) hajman yirik, asosiga umumxalq ahamiyatiga molik muammolar qo'yilgan epik asardir. [2, 364]

Ma'lumki, badiiy so'z san'ati azaldan uchta - epos, lirika, drama turlariga ajratib kelinadi. Badiiy ijod asosan uch katta guruhga ajralishini Aristoteldan ancha ilgariroq Suqrot urg'ulagan bo'lsa-da, "Poetika"da bu fikr yanada chuqur asoslanib, ma'lum bir tizim holatiga keltirildi va oradan shuncha vaqt o'tganiga qaramay adabiyotshunoslikda uning ana shu qarashlariga suyanilib kelinmoqda. [3] Biz ustida tadqiqot olib borayotgan atama eposning ikkinchi ma'nosini ifodalaydi. M.Baxtin eposga quyidagicha ta'rif bergan:

1) epos uchun milliy epik o'tmish, Gyote yoxud Shiller ta'biri bilan aytganda, mutlaq o'tmish dasturulamal bo'lib xizmat qiladi;

2) xalq afsonalari epos uchun manba vazifasini o'taydi;

3) epik vaqt, ya'ni eposda kuylanayotgan zamon bilan baxshi kuylayotgan, tinglovchilar tinglayotgan zamon o'rtasida ulkan masofa mavjud. [4, 304]

Baxtin eposni bizgacha o'z umrini yashab bo'lgan, tamomila «o'lik bir janr" sifatida baholaydi.

L.I. Timofeyev: "Epos termini ikki ma'noga ega. Tarixiy va adabiy ma'noda epos deb xalq dostonlari va ertaklariga aytiladi. Nazariy ma'noda epos deb shunday asarga aytiladiki, uning asosiy xususiyatlari inson xarakterlarining keng, yoyiq tasvirini berishdan iboratdir", - deydi. [5, 203]

V.G. Belinskiyning aytishicha, epopeyaning mazmunini o'z hayotining individual mazmunidan ayrilmagan xalqning hayot mohiyati, substansiya kuchlari, vaziyati tashkil etishi kerak. Shuning uchun epik dostonning asosiy shartlaridan biri uning xalqchilligidir. Lekin epopeya milliy bo'lishi uchun o'ziga umuminsoniy, jahon adabiyotiga ega bo'lgan mazmunni olishi kerak. Epopeya uchun mazmun berishga xalq hayoti voqeada ifodalanishi kerak. [6, 172]

Epos poeziyaning eng qadimgi janrlaridan biridir. E. Karimovning "Epos" tadqiqotida epos haqida batafsil fikr yuritilgan. [7, 189] Eposning paydo bo'lishi insonning mehnat faoliyati bilan bog'liq. Inson agar shimol dengizlarida kit va boshqa katta baliqlar ovlagan bo'lsa, jazirama janubda she'r va yo'lbarslar tutgan. Natijada mana shu ov jarayonida qilgan qahramonliklari xalq ongida va qalbida turli o'y tuyg'ular uyg'otgan. Bu qahramonliklar avval alohida-alohida qo'shiqlar, keyin esa birlashib epos yoki uning yirik janri epopeya vujudga kelgan. Qadimgi epos namunalari haqida gapirilganda, "epos" va "epopeya" tushunchalari bir ma'noda qo'llaniladi. [8] "Iliada" va "Odisseya", "Alpomish" va "Bilgamish", "Mahabhorat" va "Ramayana" singari yirik eposlar zaminida qahramonlik yotadi.

i VOLUME 2 I ISSUE 4 I 2G23 ResearchBip (14) | Google Scholar | SJIF (5.7GS) | UIF (S.3)

TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA

Epopeya hali jamiyat garmonik holda bo'lgan paytda (jamiyat bir-biriga dushman sinflarga keskin ajralib ketmagan davrda) dastlab qadimgi Yunonistonda paydo bo'lgan. Milliy tarixning odatda afsonalar qobig'iga o'ralgan qahramonlik voqealari epopeya uchun material bo'lgan. [9, 461] Epos paydo bo'lishida xalqning mulki hisoblangan bo'lsa, vaqt o'tib jamoalar tilidan hikoya qilinish oqibatida ma'lum bir iste'dodlar hissasi bilan sayqallangan. Eposlarni kuylashda va bayon etishda nodir iste'dod egalari Yunonistonda g(h)omerlar sifatida xalq orasida tanilgan va yana ular aedlar va rapsodlar tomonidan kuylangan. Hindistonda sutlar va magatxalar, vandinamlar (saroy hofizlari), kushilavalar (sayoq sozandalar), Fransiyada janglyor va trubadurlar, Rossiyada guslyar va skomoroxlar, Germaniyada shpilmanlar, Qozog'istonda oqin va jirchilar, O'zbekistonda baxshi va shoirlar tomonidan ijro etilgan. [10, 191] Baxshilar mahorati, ularning ozi qo'shgan badiiy yangiliklar sabab eposlar mukammallashgan. Ilgari faqat qahramonlik bayot etilgan bo'lsa, mifologik qarashlar ustunlik qilgan bo'lsa, keyinchalik badiiy tafakkur yetakchilik kasb etgan. Eposlarda baxshilarning shaxsiy meni sezilib turgan.

Eposda u yoki bu xalqning yoki butun bir insoniyat hayotining katta bir davri aks etiladi, dedik. Masalan, "Iliada", "Odisseya", "Mahabhorat" "Ramayana" eposlari qadimgi yunon va hind diyoridagi jang-jadallar, kishilar, ideallar, afsonaviy qarashlar haqida obrazli ma'lumot bersa, "Alpomish", "Bilgamish" va "Manas" eposlari xalqlarning urf-odatlari, insoniy muhabbat va do'stlik uchun kurashlari, xalqning jonli hayoti ifoda topgan.

Turkiy xalqlardagi epik ijod namunalari qahramonlik, romanik, jangovar, tarixiy va kitobiy dostonlardan iborat ekanligini hammamiz yaxshi bilamiz. Qahramonlik va romanik dostonlaridagi syujet, motiv rang-barangligiga duch kelamiz. G'arbdagi epik ijod namunalari esa odatda fojeali tugagan. Bizdagi mavjud dostonlarning aksariyati esa ertaklar kabi yaxshilik, ezgulikning tantanasi bilan yakun topadi. Chunki har bir janrning yuzaga kelishi jamiyatdagi o'zgarishlar va buning oqibatida insonlar tafakkurida yuz beradigan evrilishlar bilan chambarchas bog'liq.

Eposni tadqiq etgan folklorshunos olim Shomirza Turdimov u haqida shunday yozgan: "Epos xotira va orzuning chegarasida tug'iladi. Kishi hayotida yorqin iz qoldirgan voqea-hodisalarni yo quvonch va afsus bilan yodlab saboq uqqani kabi xalq ham hayot-mamoti bog'langan ulkan hodisalarni avloddan avlodga o'tkazadi. Bu "o'tkazish"ning eng ommaviy shakllaridan biri eposdir. Epos, avvalo, og'zaki ijod namunasi. Gap eposning qachon yozib olinganida emas, dostonning mumtoz kodlarini qanday saqlaganida. [11, 72]

Olingan xulosalar asosida eposga ta'rif berishga harakat qilamiz. Eposlarda odatda tanazzulga tushgan yurt taqdiri va uni ana shu fojeiy holatdan olib chiquvchi alp hayoti kuylanadi. Epos turli xil voqea-hodisalar, taqdirlar, ko'plab xarakterlarni o'z ichiga qamrab oladi. Badiiy ijodning boshqa turlaridan farqli keng ko'lamli va erkin janrdir. Voqelikka munosabatda og'zaki ijro an'analariga rioya etiladigan, voqelik epik formulalar asosiga qurilgan, motiv va syujetlar talqinida ko'p qatlamlilikka ega, mavzu va g'oyasi ko'lamdor, xalqning ma'naviy, jismoniy, ijtimoiy epik sharoitini bor bo'yi-basti bilan qamrab olgan, xalq tomonidan yaratilgan, turli murakkab vaziyatlarda gavdalantirilgan qahramonlar xarakterini tasvirlab bergan, xalq afsonalari zamirida yuzaga kelgan og'zaki ijod namunasi epos deb ataladi. Bu ta'rifimizda eposning olis o'tmish voqeligi bo'lishi va ular ikki-uch avlod tomonidan kuylanishi kerak, degan xulosani bermadik. Chunki shunday eposlar borki, ular bir baxshi repertuarida mavjud bo'lsa, boshqa baxshi repertuarida bo'lmaydi. Eposning vazifasi - shonli tarixni, xotirani, el yodini avlodlarga yetkazish, ularni hushyor torttirishdir. Epos - xalqning ruhidir. Epos syujeti xalqning tafakkurida pishib, yetiladi. Xalq qanday tadbir qilsa, u eposda o'z aksini topadi. Demak, epopeya qiyin va

| VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2023 ResearchBip (14) | Google Scholar | SJIF (5.708) | UIF (8.3)

murakkab janr bo'lib, zamonamizda o'z umrini roman sifatida davom etayotir. Ammo ularning o'xshash va farqli jihatlari borki, bu alohida tadqiqot talab etadi va bu boradagi ishlar boshlangan.

Har kim o'z tengi bilan bo'ylashadi. Biz tadqiqotga tortgan "Alpomish" eposining bahosi dunyo epik xazinasidagi "Iliada", "Odisseya", "Mahabhorat", "Ramayana", shu jumladan, insoniyat tamaddunining yanada olisroq manzili "Gilgamish" kabi dostonlarga qiyoslansa, yangidan yangi qirralari ochilib boraveradi.

XULOSA

Epos bu ma'lum bir xalqning ma'naviy boyligi, u shunchaki to'qilgan rivoyat emas, o'zida chuqur tarbiyaviy, axloqiy, ma'naviy, ijtimoiy-falsafiy ma'noni qamrab olgan yaxlit tizimdir. Izzat Sulton aytganidek: "Hayot bir azim daryo bo'lsa, epos shu azim daryoni butuN ko'lami va salobati bilan qamrab olishga harakat etadi."

Barcha eposlar aylanib yuruvchi, almashinuvchi syujet chizig'iga, lavhalarga ega. Ingliz tilshunosi Brayn M.Devis epik qahramonda mavjud bo'ladigan quyidagi umumiy xususiyatlarni ko'rsatib otadi. Ular quyidagilarni oz ichiga oladi:

1. Noodatiy yoki g'ayrioddiy tug'ilish holatlari, ba'zan xavf-xatar ostida yoki ba'zida qirollik oilasida tug'ilganlik;

2. Sarguzasht izlashga olib keluvchi voqea-hodisa;

3. Insonlarga g'ayritabiiy ravishda ko'mak berish;

4. Qahramon sarguzashti davomida ko'p marotaba o'zini kuchini namoyish qilishi kerak bo'ladi;

5. Qahramon vafot etsa, ma'naviy jihatdan taqdirlanadi.

ADABIYOTLAR ROYXATI

1. Комилов Н. Тафаккур карвонлари. - Тошкент: Маънавият, 1999. 4-б.

2. ^уронов Д., Мамажонов З., Шералиева М. Адабиётшунослик лугати. - Тошкент:

Akademnashr, 2010. 364-б.

3. https://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/jabbor-eshonqul-eposdan-romanga-birinchi-

maqola.

4. Бахтин М. Эпос и роман. - Санкт -Петербург: Азбуга, 2000.- 204 б.

5. Тимофеев Л.И. Основи теории литературы. Изд. 3-ье. Испраленное. Москва: 1966, с.

343.

6. Белинский В.Г. Танланган асарлар. Тошкент: Уздавнашр, 1955 йил. 172-бет.

7. Каримов Э. «Эпос». - Адабиёт назарияси. 2 томлик. 2-том. - Тошкент: Фан. 1979,

184-235- бетлар.

8. Худойбердиев Э. Адабиётшуносликка кириш. -Тошкент. 2003 йил. 244-бет.

9. Бобоев Т. Адабиётшунослик асослари. Тошкент: Узбекистон, 2002 йил. 461-бет.

10. Е.Каримов. «Эпос». - Адабиёт назарияси. 2 томлик. 2-том. - Тошкент: Фан. 1979,

191 бет.

11. Турдимов Ш. Этнос ва эпос. Тошкент: Ozbekiston, 2012 йил. 72-бет.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.