Научная статья на тему 'VOYAGA YETMAGAN JINOYATCHINING SHAXSI.'

VOYAGA YETMAGAN JINOYATCHINING SHAXSI. Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
voyaga yetmagan / jinoyatchi shaxs / inson / shaxs / kriminologik tavsif / statatistika / huquqbuzarlik

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — H.D. Abduxalilov, M.M. Xusanova

Mazkur maqolada voyaga yetmagan jinoyatchilar shaxsining kriminologik tavsifi, ularning shaxsiy xarakteridagi o 'ziga xos xususiyatlari, voyaga yetmaganlar o 'rtasida jinoyatlar va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar, voyaga yetmaganlar o 'rtasida solir etilgan jinoyatlar haqida statisitik ma’lumotlar, voyaga yetmagan huquqbuzarlarning shaxsining kriminolik tavsifi haqida xorijiy huquqshunoslarning qarashlari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «VOYAGA YETMAGAN JINOYATCHINING SHAXSI.»

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

www.in-academy.uz

m ■■

i

SIANMUHNAI.OF

MPCTfllRY RESEARCH AGEMENT STUDIES

VOYAGA YETMAGAN JINOYATCHINING SHAXSI. H.D. Abduxalilov O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, o'qituvchisi katta

leytenant M.M. Xusanova O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kursanti https://doi.org/10.5281/zenodo.11277271

ARTICLE INFO

Received: 18th April 2024 Accepted: 20th May 2024 Published: 24th May 2024 KEYWORDS

voyaga yetmagan, jinoyatchi shaxs, inson, shaxs, kriminologik tavsif, statatistika, huquqbuzarlik.

ABSTRACT

Mazkur maqolada voyaga yetmagan jinoyatchilar shaxsining kriminologik tavsifi, ularning shaxsiy xarakteridagi o 'ziga xos xususiyatlari, voyagayetmaganlar o 'rtasida jinoyatlar va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar, voyaga yetmaganlar o 'rtasida solir etilgan jinoyatlar haqida statisitik ma'lumotlar, voyaga yetmagan huquqbuzarlarning shaxsining kriminolik tavsifi haqida xorijiy huquqshunoslarning qarashlari tahlil qilingan.

Voyaga yetmagan jinoyatchining shaxsini aniqlashda avval shaxs undan oldin esa inson tushunchalariga javob topishimiz lozim bo'ladi.

Inson moddiy olamning uzviy qismidir. O'zi yashashtgan tabiiy muhitga moslashib oladigan hayvonlardan farqli o'iaroq, odam ijtimoiy organizm, uyushgan ijtimoiy kuch sifatida tabiatga muayyan darajada qarshilik ko'rsatadi, o'zi yashayotgan muhitni o'zgartiradi, uni o'z ehtiyoj va manfaatlariga moslashtiradi. Inson tabiat bilan yashaydi. Tabiat inson tanasidir1. Insonning hayvondan farqi shundaki, u ongli, faol mavjudotdir. To'g'ri, sizda hayvonlarda ham ong mavjudku, degan savol tug'ilishi mumkin. Biroq u oldindan qo'yilgan maqsadlarga muvofiq, tabiatdan o'z ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanish bilan birga, uni o'zgartiradi. Shu ma'noda inson nafaqat atrof-muhit mahsuli, balki uning bunyodkori hamdir. Insonda ongning mavjudligi uning ijtimoiy va biologik jihatlari yo'zaro nisbatini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Zotan, ong ijtimoiy mahsulotdir. Ong insonning ob'ektiv borliqni hamda odamning boshqa odamlar bilan ob'ektiv munosabatlarini aks ettirish shakllari sifatida amal qiladi. Binobarin, ushbu munosabatlar o'z manbaiga ko'ra ijtimoiy xususiyatga egadir. Shaxs alohida kishi, ijtimoiy-axloqiy mohiyatni o'zida mujassamlashtirgan individdir. Bu tushuncha barcha ijtimoiy- gumanitar fanlarda o'z predmeti nuqtai nazaridan ishlatiladi. Shaxs haqida xilma-xil talqinlar bor. Shaxs-biofiziologik, ijtimoiy, ma'naviy, axloqiy, estetik fazilat va xislatlarning yaxlit bir butunlikka aylanishi hamda munosabatlar tizimi bilan qamrab olinishi

"Shaxs" tushunchasi insonning ijtimoiy foydali mehnatga munosabatini, inson ijtimoiy rivojlanish uchun zarur bo'lgan xossalarni shakllantirish uchun o'zi ustida qanday ishlashini muqarrar tarzda qamrab oladi. Inson shaxsi tabiiy, ijtimoiy, moddiy, ma'naviy fazilat va xislatlarning murakkab uyg'unligidir. Shaxs o'z shaxsiy (individual) va jamiyatdan olingan ijtimoiy tajribaga ega bo'lgan harakatchan tizimdir. Mazkur tajriba shaxsning o'zini qurshagan muhitga munosa batida, uning his-tuyg'ulari va xulq-atvorida o'z aksini topadi2. Endi biz jinoyatchi shaxsiga to'xtalamiz. Jinoyatchi shaxsi bu, avvalo, jinoyatning sub'ektidir. Jinoyat huquqida jinoyat sub'ekti deb topish uchun quyidagi uchta ko'rsatgich inobatga olinadi..

Volume 1, Issue 8, May 2024

Page 146

Shaxsning tashqi muhit bilan munosabatga kirishishi juda murakkab va qizg'in jarayondir. Shu sababli har qanday odamning shakllanish shart-sharoiti rang-barang. O'z-o'zidan ravshanki, ushbu shart-sharoit, eng avvalo, vaqt mezoni - shaxsning yosh xususiyatlari bilan bog'liq bo'lganligi bois mazkur jarayonni voyaga yetmaganlar misolida kuzatish maqsadga muvofiq bo'ladi, deb o'ylaymiz.

Shu jumladan, deviant xulqli o'smirlar bilan tarbiyaviy- profilaktik tadbirlar olib borish, voyaga yetmaganlar orasida bunday xulq-atvorning kelib chiqishi, uning sabab va shart-sharoitlarini chuqur o'rganish bizning zimmamizga ulkan mas'uliyat yuklaydi. Voyaga yetmagan (o'smir)lar irodasining kuchsizligizligi axloqiy normalarga zid xatti-harakatlar, huquqbuzarliklar sodir etilishiga olib kelishi mumkin.

Konfliktlar o'z vaqtida hal qilinmasa, o'smir asosiy ijtimoiy jamoadan «siqib chiqariladi». Ammo bu yoshdagi o'smirning o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, u yakka o'zi yashay olmaydi. U o'ziga tengdek qaraydigan tengdoshlari guruhini qidiradi. Shu tariqa o'smirlarning salbiy guruhlari shakllanadi. Bu yerda o'zini namoyon qilishning maktab yoki oiladagidan ancha farq qiladigan usullari amal qiladi. Chekish, kissavurlik, mayda o'g'irliklar, psixotrop moddalar yoki spirtli ichimliklar iste'mol qilish, maktabda jismonan kuchsizlarni do'pposlash shular jumlasidandir.

Shaxs shakllanishining mazkur bosqichidagi ijtimoiy profilaktika choralari yuqoridagiga o'xshash konfliktlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksiga qaratilishi lozim. Eng samarali yo'l barcha ijtimoiy jamoalarda o'smirlar o'zini namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar yaratib berish hisoblanadi. Har bir o'smir nafaqat o'qishda, balki sportda, texnik ijodda, badiiy havaskorlikda va h.k.da o'zini namoyon etish imkoniyatiga ega bo'lishi lozim.

O'smirning navbatdagi bosqichga (14-15 yosh) o'tishi jarayo- nida bir qancha o'zgarishlar ro'y beradi. Ushbu bosqichda o'ziga nisbatan hurmatga ehtiyoj o'smirga xos bo'lgan asosiy xususiyatdir. Bunga erishish uchun u erkinlikka, mustaqillikka, o'z teng- doshlariga orasida dovruq taratishga harakat qiladi. Natijada u konfliktli holatlarga juda ko'p to'qnash keladi. Shu yoshda o'smirning xulq-atvorida jiddiy o'zgarishlar ro'y beradi. Garchi mazkur yosh guruhining jinoiy faolligi 16-17 yoshlilarga qaraganda kamroq (15-20%) bo'lsa-da, ushbu yoshda jinoyat sodir etish juda xavflidir1.

O'smir shakllanishining ushbu bosqichida umumijtimoiy profilaktika chora-tadbirlari zamirida, eng avvalo, axloqiy, ma'naviy va mehnat bilan bog'liq tarbiyani takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi yotadi.

Ma'lumki, 16-17 yoshda o'smirda faol fiziologik o'zgarishlar ro'y beradi. Shaxs rivojlanishing mazkur bosqichidagi o'ziga xos xususiyatlarni tushunish uchun undagi jinsiy, psixologik va sotsiologik o'zgarishlarni o'rganish juda muhimdir. Erkinlik va ijozat chegaralari kengaygan, ijtimoiy va jinsiy rivojlanish o'rtasidagi tafovut esa tobora kattalashib borayotgan hozirgi davrda bu holat ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi

Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining tuzilishi voyaga yetmaganlar tomonidan muayyan hududda yoki joyda, muayyan davr yoki vaqtda sodir etilgan barcha jinoyatlarning turlarga ajratilgan majmuidir.

Bu jinoyatlarning turlari jinoyat-huquqiy, kriminologik va ijtimoiy-demografik kabi belgilariga ajratiladi.

Shuningdek, jinoyatchilik tarkibini og'irlik darajasi (ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan, uncha og'ir bo'lmagan, og'ir va o'ta og'ir) ko'rsatgichlari orqali farqlash mumkin.

1998 yilda 50 mingdan ortiq shaxs, jumladan ikki mingdan ortiq voyaga yetmaganlar jazoga hukm qilingan, bu ko'rsatkich jazo tayinlanganlar umumiy sonining 4% ga yaqinini tashkil etgan. 1996 yilda bu ko'rsatkichlar tegishli ravishda 51602 jinoyatchi, 2023 o'smir va 3,9% ni tashkil etgan, 50 dan ortiq voyaga yetmagan Oliy sud tomonidan jazoga hukm qilingan edi Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining hududiy taqsimlanishini o'rganish kriminologik ahamiyatga molik bir qancha ten- densiyalarni namoyon etadi.

Volume 1, Issue 8, May 2024

Page 147

Statistik kuzatish bilan qamrab olingan respublika va uning viloyatlari o'rtasida jinoyatchilik darajasida jiddiy miqdoriy tafovutlar qayd etiladi.

Voyaga yetmaganlar jinoiy faolligining eng katta darajasi so'nggi besh yilda Toshkent viloyati, Toshkent shahri, Farg'ona, Andijon, Samarqand, Namangan, Qashqadaryo va Surxondaryo vi-loyatlarida eng past ko'rsatkichlar - Jizzax, Xorazm, Navoiy, Sirdaryo, Buxoro viloyatlari va Qoraqalpog'iston Respublikasida kuzatilmoqda.

2022-2023 yillarda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi va voya- ga yetmaganlar jinoyatchi shaxsiga oid ma'lumotlarning tahliliga to'xtaladigan bo'lsak, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 2019 yilda 2,8 foiz, 2020 yilda 2,7 foiz,

2021 yilda 2,4 foiz, 20 yilda 2,2 foiz, 2022 yilda 2,1 foizni tashkil etgan hamda so'nggi besh yil davomida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 31,5 foizga kamaygan.

Фойдаланилган адабиётлар:

1. Samandarov, Shoxruxmirzo Mirzaxmat O'G'Li VOYAGA YETMAGAN JINOYATCHILAR SHAXSINING KRIMINOLOGIK TAVSIFI // ORIENSS. 2022. №4. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/voyaga-yetmagan-jinoyatchilar-shaxsining-kriminologik-tavsifi (дата обращения: 23.05.2024);

2. Sattorova, Muharram Abdurazzoqovna VOYAGA YETMAGANLAR JINOYATCHILIGINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI // ORIENSS. 2022. №11. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/voyaga-yetmaganlar-jinoyatchiligining-o-ziga-xos-xususiyatlari (дата обращения: 23.05.2024);

3. Abduxalilov, X., & Fozilova, E. (2024). ORGANIZATSIYA PROFILAKTIKI KORRUPSIONNIX PRAVONARUSHENIY. V MEJDURODNAYA KONFERENSIYA AKADEMICHESKIX NAUK (T. 3, Vipusk 4, ss. 99-106). Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.11103498;

4. Abduxalilov, H. D., & Isroilov, F. I. (2024). "YUZLASHTIRISH TERGOV XARAKATI TUSHUNCHASI, UNING AXAMIYATI VA RIVOJLANISH GENEZISI". V DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES (T. 3, Vipusk 6, ss. 167-177). Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.11145033;

5. Abduxalilov , X. ., & Valiyev , B. J. (2024). BOSQINCHILIK JINOYATLARINI PROFILAKTIKA QILISHNING DOLZARB MASALALARI . Sentralnoaziatskiy jurnal mejdissiplinarnix issledovaniy i issledovaniy v oblasti upravleniya, 1(7), 116-119. izvlecheno ot https: //in-academy.uz/index.php / cajmrms/article/view/31490;

6. Abduxalilov, H., & Mustafoyev, S. (2024). HUQUQBUZARLIKLARNING YAKKA TARTIBDAGI PROFILAKTIKASI TUSHUNCHASIGA OID NAZARIY TAXLIL. Sentralnoaziatskiy jurnal mejdissiplinarnix issledovaniy i issledovaniy v oblasti upravleniya, 1(8), 33-37. izvlecheno ot https://in-academy.uz/index.php/cajmrms/article/view/31787;

7. Abduxalilov Hojiakbar Dilmurod o'g'li 2023. ICHKI ISHLAR ORGANLARI UCHUN KURSANTLARNI O'QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR . PEDAGOGS jurnali. 30, 1 (Mar. 2023), 67-75;

8. Ismailov I., Xojiakbar A. GEOAXBOROT TIZIMINI AMALIYOTGA JORIY ETISH-O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR ORGANLARIDAGI ISLOXATLARNING ASOSIY YO 'NALISHI //World scientific research journal. - 2022. - T. 2. - №. 1. - S. 41-53.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.