Научная статья на тему 'Водоросли, загрязнение воды, водоемы, индикаторно сапробные водоросли, анализ.'

Водоросли, загрязнение воды, водоемы, индикаторно сапробные водоросли, анализ. Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

13
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
agrar / bug„doy / don / mineral / dehqonchilik. / agrarian / wheat / grain / mineral / farming.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Sh. Nurkabulov, G‘ G‘aybullayev

Qishloq xo„jaligi ekinlarining hosildorligini oshiruvchi tadbirlar majmuida ma‟danli va mahalliy o„g„itlar hamda, mikro o„g„itlarni ilmiy asosda qo„llash muhim ahamiyatga ega. Bunday amaliy ishlar bajarilganda, rejalashtirilgan sifatli hosil olinadi va tuproq unumdorligi ham ma‟lum miqdorda saqlanib qolinishiga erishiladi. Boshoqli don ekinlarini tuplanish, naychalash va boshoqlash davrlarida parvarishini o„z vaqtida o„tkazish yuqori va sifatli don hosilini yetishtirishni ta‟minlaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The use of mineral and local fertilizers, as well as trace elements on a scientific basis is important in a set of measures to increase the productivity of agricultural crops. When this practical work is done, the planned high-quality harvest is obtained and, to a certain extent, the fertility of the soil is preserved. Timely care of grain during harvesting, threshing and threshing provides high quality grain

Текст научной работы на тему «Водоросли, загрязнение воды, водоемы, индикаторно сапробные водоросли, анализ.»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

KUZGI BUG'DOY HOSILINI YIG'ISHTIRISHGACHA SAQLANISHIGA

O'G'IT ME'YORLARINING TA'SIRI

Sh. Nurkabulov

TDAU Samarqand filiali assistenti

G'. G'aybullayev

TDAU Samarqand filiali qishloq xo'jalik fanlari doktori

ANNOTATSIYA

Qishloq xo'jaligi ekinlarining hosildorligini oshiruvchi tadbirlar majmuida ma'danli va mahalliy o'g'itlar hamda, mikro o'g'itlarni ilmiy asosda qo'llash muhim ahamiyatga ega. Bunday amaliy ishlar bajarilganda, rejalashtirilgan sifatli hosil olinadi va tuproq unumdorligi ham ma'lum miqdorda saqlanib qolinishiga erishiladi. Boshoqli don ekinlarini tuplanish, naychalash va boshoqlash davrlarida parvarishini o„z vaqtida o'tkazish yuqori va sifatli don hosilini yetishtirishni ta'minlaydi.

Kalit so'zlar: agrar, bug'doy, don, mineral, dehqonchilik.

ABSTRACT

The use of mineral and local fertilizers, as well as trace elements on a scientific basis is important in a set of measures to increase the productivity of agricultural crops. When this practical work is done, the planned high-quality harvest is obtained and, to a certain extent, the fertility of the soil is preserved. Timely care of grain during harvesting, threshing and threshing provides high quality grain.

Keywords: agrarian, wheat, grain, mineral, farming.

KIRISH

O'simlik hosilini yig'ishtirib olishgacha saqlanishi tashqi omil, fiziologik jarayonlar va agrotexnik tadbirlarga, jumladan o'g'it me'yorlariga bog'liq. O'simliklarni, hosilni yig'ishtirishgacha saqlanishi hosil tarkibining asosiy ko'rsatkichlaridan hisoblanadi va don hosilini mo'l va sifatli bo'lishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Kuzgi bug'doy o'simliklarini barglari va barglari orqali qo'shimcha oziqlantirish uchun ishlatiladigan dorilarning samaradorligi, poyalari mineral o'g'itlar variantlarida ijobiy bo'lib, ular orasida

May 12-13

1113

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

o'simliklarning hosildorligi normalari Rootvinner preparati qo'llanilgan variantda yuqoriroq bo'lgan. [3.]

Kuzgi bug'doy o'suv davrida tashqi muhit va agrotexnik omillar ta'sirida o'simliklarning o'sishi rivojlanishida o'zgarishlar sodir bo'ladi. O'simlikl arning bir qismi noqulay ob-havo sharoiti, turli darajada rivojlanganligi tufayli raqobat natijasida zararlanadi yoki nobud bo'ladi. Shuning uchun unib chiqqan o'simliklar soniga nisbatan hosilni yig'ishtirish vaqtidagi o'simliklar soni sezilarli darajada kamayadi. Ayniqsa o'simliklarning hayotiy faoliyati uchun qulay sharoit bo'lganda, ko'proq o'simlik va uning novdalari nobud bo'ladi. Shuning uchun kuzgi bug'doy yetishtirish texnologiyasida 1m2 da hosil bo'lgan mahsuldor poyalarning qalinligiga soniga alohida e'tibor beriladi. Hosildorlikning yarmi (50%) 1m2 mahsuldor poyalarga bog'liq bo'lsa, qolgan 50 % qismi bitta boshoqdagi don massasiga bog'liq bo'ladi.

Qattiq bug'doyni ekish paytida ishlov berish bosqichida va 21-sentyabrda 3 million yashovchan urug'/ga barg yuzasi maydoni 2,8 edi m . Xuddi shu naqshda ham kuzatilgan ekish sanalari 11 oktyabr va 1 noyabr. [2; b-12-14]

Ma'lumotlariga ko'ra dunyodagi don yetishtirishning deyarli yarmi o'simlikda mavjud bo'lgan rux miqdori kam yoki kam bo'lgan tuproqlardan kelib chiqadi, bu esa barqaror va sifatsiz don yetishtirishga olib keladi. Shuning uchun bug'doy donida azot (N) darajasi va qo'llash vaqtining rux (Zn) va temir (Fe) kontsentratsiyasiga ta'siri o'rganildi. Bug'doy (Triticum aestivum) o'sish kamerasida 8 va 16 soat kunduzi va tungi davrlari bilan o'stirildi. N stavkalari 29, 43 va 57 mg N kg -1 tuproq bo'lib, 80, 120 va 160 kg N ga-1 ga teng. Sink va Fe 10 mg kg-1 o'sish muhitida qo'llanilgan. N muolajalaridan birida bargdan purkash orqali qo'shimcha Zn va Fe qo'llanilgan. Don ichidagi Zn va Fe ning mikro-analitik lokalizatsiyasi skanerlash makro-rentgen va lazer ravishda bog'langan plazma-mass spektrometriyasi yordamida amalga oshirildi. Quyidagi ma'lumotlar olindi: don va somon hosildorligi pot-1, 1000 don og'irligi, don soni pot-1, butun don tarkibidagi oqsil miqdori, dondagi Zn va Fe kontsentratsiyasi. G'alla hosildorligi faqat 80 dan 120 kg N ga -1 ga oshdi va 160 kg N ga-1 g ga kamaydi. Nisbatan yuqori protein miqdori va Zn va Fe konsentratsiyasi don tarkibidagi 160 kg N ga-1 ga bo'lingan N qo'llanilishi bilan qayd etilgan.[1; b-62-74]

N.M Makrushina 1985 ma'lumotlariga ko'ra bug'doyning 15-20 % urug'lari unib

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

chiqmasdan, o'simliklarning 10-20 % qishlov davrida, 20 % atrofida bahor yoz davrida nobud bo'ladi. Shunga mos ma'lumotlar [80; (2004) (2006) ] ishlarida qayd etilgan.

TADQIQOT METODLARI

Ilmiy-tadqiqot ishlarida kuzatish, hisoblash va tahlillar O'zbekiston Paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutining «Dala tajribalarini o'tkazish uslublari» (O'zPITI, 2007), «Metodi agroximicheskix, agrofizicheskix i mikrobiologicheskix issledovaniy v polivnix xlopkovix rayonax» (SoyuzNIXI, 1963). Tuproq va o'simlik namunalarining tahlili «Metodi agroximicheskix analizov pochv i rasteniy Sredney Azii» (1977), «Metodika polevogo opita» (Dospexov, 1985), «Metodika Gosudarstvennogo sortispitaniya selskoxozaystvennix kultur» (1964) va Urug'larning ekinboplik sifatlari Davlat urug'chilik inspeksiyasi tomonidan belgilangan GOST 12036-66-GOST 12047-66 (M.1973, T.1997), kabi uslubiy qo'llanmalari asosida tuzildi.

OLINGAN NATIJALAR

Tajribalarimiz shuni ko'rsatadiki kuzgi bug'doyning intensiv tipidagi Jasmina navida o'g'it me'yorlarini optimallashtirish hosilni saqlashga ta'sir etadi. Nazorat o'g'itsiz variantda gektariga 1m2 da saqlanib qolgan o'simliklar soni 347 dona yoki 69,4 % ni tashkil etdi. O'g'it me'yori NPK.180:90:60+NPK.20:20:20 kg/ga qo'llanilgan variantda 1m2 da saqlanib qolgan o'simlik soni 386 donani yoki 77,2 % ni tashkil etdi. Yaksart navida esa nazorat o'g'itsiz variantida gektariga 1m2 da saqlanib qolgan o'simliklar soni 346 dona yoki 69,2 % ni tashkil etdi. O'g'it me'yori NPK.180:90:60+NPK.20:20:20 kg/ga qo'llanilgan variantda № da saqlanib qolgan o'simlik soni 381 donani yoki 76,2 % ni tashkil etdi.

1-jadval

O'simliklarni hosil yig'ishtirishgacha saqlanishining o'g'it me'yorlariga bog'liqligi. (2021-

2022yy.)

O'g'it me'yori, NPK kg/ga Saqlanib qolgan o'simliklar soni, dona/1m2 Saqlangan o'simliklar, %

Jasmina

Nazorat 347 69,4

NPK.180:90:60 368 73,6

NPK.180:90:60+Nutri Power 370 74

May 12-13

1115

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

NPK.180:90:60+Micromix 373 74,6

NPK.180:90:60+Rootwinner 371 74,2

NPK.180:90:60+Seaweed(o'.s) 376 75,2

NPK.180:90:60+NPK.20:20:20 386 77,2

Yaksart

Nazorat 346 69,2

NPK.180:90:60 369 73,8

NPK.180:90:60+Nutri Power 370 74

NPK.180:90:60+Micromix 373 74,6

NPK.180:90:60+Rootwinner 371 74,2

NPK.180:90:60+Seaweed(o'.s) 373 74,6

NPK.180:90:60+NPK.20:20:20 381 76,2

1-diagramma

O'simliklarni hosil yig'ishtirishgacha saqlanishining o'g'it me'yorlariga bog'liqligi.

(2021-2022yy.)

Jasmina va Yaksart saqlanib qolgan o'simliklar soni, dona/m2

381

O'g-ir lue'yori, NPK kg/ga

■ Saqlanib qolgan o'simliklar soni. dona/m2Jasmina to Saqlanib qolgan o'sinliklar soni. dona/m2 Yaksart

XULOSA

O'g'it me'yori NPK.180:90:60+NPK.20:20:20 kg/ga qo'llanilgan variantda 1m2 da saqlanib qolgan o'simlik soni 386 donani yoki 77,2 % ni tashkil etdi. Yaksart navida esa nazorat o'g'itsiz variantida gektariga 1m2 da saqlanib qolgan o'simliklar soni 346 dona yoki

May 12-13

1116

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

69,2 % ni tashkil etdi. O'g'it me'yori NPK.180:90:60+NPK.20:20:20 kg/ga qo'llanilgan variantda 1m2 da saqlanib qolgan o'simlik soni 381 donani yoki 76,2 % ni tashkil etdi.

REFERENCES

1.Bal R Singh , Yadu N Timsina , Ole C Lind ,Simone Cagno , Koen Janssens // Zinc and Iron Concentration as Affected by Nitrogen Fertilization and Their Localization in Wheat Grain // Front Plant Sci. 2018 Mar 9;9:307 p-62-74

2. Бобомирзаев, П. Х., & Рахимов, А. Р. (2017). Фотосинтетическая активность твердой пшеницы в зависимости от сроков и норм посева. Аграрная наука, (7),

3. Tashkentboeva, F., & Gaybullaev, G. (2021). TOPIC: EFFECT OF SUPPLEMENTARY FEEDING WITH MINERAL FERTILIZERS AND MICRONUTRIENTS ON LEAVES AND STEMS ON THE PRODUCTIVITY OF JASMINA WHEAT GENUS.

4. Hazratqulov, M., & Abdurashidova, M. F. (2022). SAMARQAND VILOYATI SHAROITIDA XO'RAKI KO'K NO'XAT NAV VA NA'MUNALARIDAN ENG YAXSHI BOSHLANG'ICH MATERIALNI TANLASH. Journal of new century innovations, 17(3), 91-95.

5. Rustamov, M., Bobomirzayev, P., & Fayzimurodov, J. (2022). KUZGI YUMSHOQ BUGDOYNING "JASMINA" NAVI DON HOSILDORLIGIGA EKISH MEYORLARNING TA" SIRI. Academic research in educational sciences, (Conference), 258-263.

6. Bozorov, K. S., & Aralova, D. (2022). IRRIGATSIYA EROZIYASIGA UCHRAGAN TIPIK BO „Z TUPROQLAR SHAROITIDA KUZGI BUG „DOYNING O „SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA MINERAL O „G „ITLARNING TA'SIRI. Academic research in educational sciences, (Conference),

7. Normakhmatov, R., & Amanturdiyev, I. K. (2022). POSSIBILITIES OF USING GENETICALLY MODIFIED FOODS. Academic research in educational sciences, 3(Speical Issue 1), 39-42.

8. Nurkabulov, S. (2022). KUZGI BUG „DOY URUG'LARINING DON SIFATLARIGA MAKRO VA MIKRO O'G'ITLAR HAMDA O'STIRUVCHI STIMULYATORLARGA BOG'LIQLIGI. Academic research in

educational sciences, 3(11), 617-622.

12-14.

562-566.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

iy

9. Nurkabulov, S. (2022). O'SIMLIKLARNING QISHGA CHIDAMLILIGIGA O'G'IT ME' YORLARINING TA'SIRI. Academic research in educational sciences, 3(11), 627-630.

10. Nurkabulov, S. (2022). KUZGI BUG'DOY URUG'LARINING DALA UNUVCHANLIGIGA O'G'IT MEYORLARINING TA'SIRI. Academic research in educational sciences, 3(11), 623-626.

11. Бобомирзаев, П. Х., Аббосов, А. X,., & Ялгошев, А. Ф. (2020). ЗАВИСИМОСТЬ УРОЖАЯ ЗЕРНА И ЗЕЛЕННОЙ МАССЫ ОВСА ОТ СРОКОВ ПОСЕВА И НОРМЫ ВЫСЕВА В ОРОШАЕМЫХ ЗЕМЛЯХ ЗАРАФШАНСКОЙ ДОЛИНЫ. Актуальные проблемы современной науки®,

135.

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.