Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions
Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar
VERTEBROGEN ETIOLOGIYALI BEL-DUMG'AZA SOHALARIDA OG'IRIQLAR KUZATILGAN BEMORLARDA KOMPLEKS DAVO QO'LANGANIDA SAMARADORLIGI
G. S. Rahimbayeva, D. S. Tolibov, S. B. Abduqaxxorov
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi, Asab kasaliklari kafedrasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola umurtqa pog'onasida uchraydigan og'riq simptomlariga bag'ishlanadi. Og'riq sindromining rivojlanish mexanizmlari, diagnostikasi va davolash usullari haqida ilmiy maqola.
Kalit so'zlar: umurtqa pog'onasidagi o'tkir va surunkali og'iriq, neyropatik og'iriq, tavsif, klinika, davolash usullari
АННОТАЦИЯ
Данная статья посвящена проблеме болевых синдромов в спине. Представляет
U и f—" XJ и
собой аналитическим обзор научной литературы, посвященной механизмам развития болевого синдрома, диагностике и подходам к терапии.
Ключевые слова: острая и хроническая боль в спине, нейропатическая боль, классификация, клиника, терапия.
ABSTRACT
This article is devoted to the problem of pain syndromes in the back. It is an analytical review of the scientific literature on the mechanisms of pain syndrome development, diagnosis and approaches to therapy.
Keywords: acute and chronic back pain, neuropathic pain, classification, clinic, therapy
Dunyo bo'ylab aholining katta qismi bel disk churasi bilan kasalanadilar, ostexondrozi kabi kasaliklar bilan kasalanadilar, buning natijasida bel sohasida, oyoq sohalarida tarqaluvchi kuchli o'g'riqlar va nevrologik simptomlar yuzaga keladi (1) Dumg'aza-bel lyumbalgiyasi - dumg'aza bel sohasidagi o'g'riqli nevrologik kasaliklar kirib 10-revizion kasalliklarning xalqaro tasnifiga (ICD-10) ko'ra ularga shu sohalardagi umrutqa pog'onasi churalari hisobiga nerv kompresion siqilishi va radikulopatiya M51.1, osteaxandrozi M42 , spandilioz M47 , orqa miya kanalining stenozi M48.0 kabi kasaliklar sabab bo'ladi. Rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiy rivojlanish , o'rtacha umr ko'rish
May 6
1085
Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions
Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar
davomiyligini oshishi , aholi orasida o'rta yosh va qariyalarning sonining oshishi , jismoniy harakatsizlik tufayli aholi o'rtasida bel va dumg'aza sohasida og'iriqli nevrologik kasaliklar sonining aktual ortishiga sabab bo'lmoqda. Bu kasalliklar yosh va jins tanlamaydi , ko'pincha 25-45 yoshlarda , ayni ish layoqatiga ega bo'lgan yoshlarda ham uchrab turadi. Vertebrogen etiologiyali bel va dumg'aza sohalarida og'iriqlar, bel sohasidagi umurtqa pog'onalar aro disk churasi umumiy aholining 1 -3% ga ta'sir qiladigan eng ko'p uchraydigan orqa miyaning degenerativ kasaliklaridan biridir (2) O'tkir va surunkali o'g'riqga sabab bo'lib psixo-emotsianal holatiga ta'sir qiladi. Kasalangan bemorlar chuqur tushkun holatga tushushi va buni oqibatida atrof muhitga befarqlikka olib keladi, oila a'zolaridan , ijtimoiy muhitdan, ishidan alohidalanib depressiyaga tushushiga olib keladi. Tadqiqot ma'lumotlariga ko'ra mehnatga layoqatli aholining 60-80% qismida dumg'aza-bel sohalarida o'g'riqlar kuzatilgan. Shuni takidlash kerakki, asosan yosh mehnatga layoqatli yoshdagi insonlarda ushbu kasalik bilan aziyat chekmoqda, shuning uchun bu muammo nafaqat tibbiy, balki ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega. Hayot sifatini pasaytirib , bazan individual terapevtik yondashuv bajarilmasa hayot sifati pasayadi , nogironlik holatiga ham olib keladi. Jarohlik davolash usullaring barchasi o'zining afzalikllari va kamchiliklariga ega bo'lganligi sababli, jarohlik amaliyotisiz davolashning bir usulining boshqasidan ustun bo'lishi haqida hech qanday xulosaga kelinmagan va samaradorligining aniqlashda dalilarning kamligi tufayli , qaysi usul afazligi haqida aniq to'xtamga kelinmagan (3) Bazi bir adabiyotlarda Orqa miyaning siqilishiga sabab bo'luvchi umurtqa diski churasining minimal invaziv usul asosida davolash muqobil aralashuv hisoblanadi. Ushbu usul asosida kam ziyon yetishiga va ko'proq natija kuzatilishiga erishilishi mumkin deb hisoblangan (4) Yana bir boshqa adabiyotlarda esa bemorlarda jarohlik usulini erta davrlarida qo'lanishiga ko'pchilikda qo'rquv bo'lishiga va samaradorligi kamligini takidlab o'tishgan. Aksincha bemorlarni kasalikning turli bosqichlarida konservativ davolash usuli samaraliroq va natijaviy ekanligini o'z tajribasi orqali namoyish etadilar (5, 6, 7) Aralash turli davolash usullari umumiylashtirgan holatda davolash usulini tejamkorlikka va tezkor samaradorligiga erishishi ( 8), uzoq muddat kasalikning residivlanishi kuzatilmagan (9) Lekin yuqoridagi turli xil yondoshuvlarga qaramay aholi orasida turli metodalar asosida aholi orasidagi Bel-dumg'aza sohasi osteoxondrozi bilan kasalangan bemorlarning 60-90%i konservativ davolash usulini afzal ko'radilar va shu usul bilan tuzaladilar (10 )Shu munosa1 bilan , bel dumg'aza sohalaridagi nevrologik o'g'riqlarni to'
Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions
Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar
tashxislash va davolashning har tomonlama yondashgan holda kompleks davo qo'lash tibbiyotda juda dolzarb muammodir.
Tadqiqot maqsadi. Vertebrogen etiologiyali bel va dumg'aza sohalarida og'iriqlar kuzatilgan turli xil yoshdagi bemorlarda bir qancha tadqiqot usularini solishtirib ko'rgan holda kompleks davo qo'laganimizda samaradorligini baholash.
Material va usul. Tekshiruvga vertebrogen etiologiyali bel va dumg'aza sohalarida og'iriqlar kuzatilgan bemorlardan 30 nafari dinamikada kuzatildi. Tekshiruv ostida 38 yoshdan 60 yoshgacha (o'rtacha yosh 45,8±1,7) tashkil etadi. Bu bemorlar turli xil instrumental tekshiruvlar MRT , MSKT asosida kasalik holatini baholangan . Xalqaro shkalalar NPI (Numeric Pain Intensity) orqali og'riq kuchini va Laseg tekshiruvi ( Oyoqning ko'tarilish darajasi va sonning cho'zilish testi ) asosida o'g'riq darajasini aniqlash. Bemorlar teng miqdorda 3 guruhga bo'lindi 1-guruh faqat fizioterapevtik davo olgan bemorlar. 2-guruh faqat medikamentoz davo olgan bemorlar. 3-guruh kompleks davo olgan bemorlar ( medikamentoz davo , davolovchi jismoniy mashqlar, fizioterapiya )
Natija. Bemorlarning og'riq darajalarining kamayishi, a'zolar innervatsiyasining tiklanishi bemor holatining yaxshilanishi, bel sohasi harakatchanligining tiklanishi, bel sohasi xarakatchanligining tiklanishi kabi hayotiy sifatlari taqqoslanildi. 1-guruh bemorlarda bu ko'rsatgichlar samaradorligi 42,6% tashkil qildi 2-guruh bemorlarda bu ko'rsatgichlar samaradorligi 60,7% tashkil qildi 3-guruh davolash boshlanishidan oldin NPI shkalasi bo'yicha o'griq kuchi o'rtacha 6.5±0.6 qiymatga egaligi aniqlangan. Kompleks davodan so'ng esa NPI shkalasi asosida o'g'riq kuchi 7-kunida 1.4±0.2 ga tengligi va bu ko'rsatkich uzoq muddat past ko'rsatgichda qolganligi (1.7±0.5) aniqlandi (P<0.001) 1-jadvalda solishtirma natijalari keltirildi. Bemorlar oyog'ining ko'tarilish darajasi va sonining cho'zilish testi bajarilganda davodan oldin 78% va 75,5% ni, 7-kunida 38% va 35,5% ni , birinchi oyda 8% va 13%ni tashkil qildi (P < 0.001) bu ko'rsatgichlar samaradorligi 89,5% tashkil qildi (P<0.001)
NPI og'riq shkalasi asosidagi natijalar (0-10)
Guruhlar Davolashdan oldin Davolashning 7-kunida Davolashdan so'ng uzoq muddat davomida
1-guruh 6,3±0,2 5,2±0,3 4,9±0,5
2-guruh 6,4±0,5 3,9±0,2 4,1±0,1
3-guruh 6,5±0,6 1,4±0,2 1,7±0,5
May 6
1087
Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions
Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar
1-jadval asosida og'riq darajalari baholangandagi ko'rsatgichlari.
Bemorlar oyog'ining ko'tarilish darajasi va sonining cho'zilish testi bajarilgandagi natijalari foizlarda
Guruhlar Davolashdan oldin Davolashning 7-kunida Davolashdan so'ng uzoq muddat davomida
1-guruh 74,2% ± 75,6% 56,3% ± 54% 42% ± 40%
2-guruh 76% ± 74,3% 48,3% ± 47% 36% ± 35%
3-guruh 78% ± 75,5 % 38% ± 35,5% 8% - 13 %
2-jadval Bemorlar oyog'ining ko'tarilish darajasi va sonining cho'zilish testi bajarilgandagi natijalari.
Xulosa. Vertebrogen etiologiyali bel va dumg'aza sohalarida og'iriqlar kuzatilgan bemorlarda kompleks davolash qo'laganimizda effektivligi yuqori bo'lishi, moliyaviy tomondan tejamkorligiga erishishga olib keladi. Bu kompleks davolash kelajagda poliklinik sharoitda , ambulator sharoitda qo'lash, iqtisodiy tejamkorligi va davolash samaradorligini taminlashiga olib kelishi mumkin.
REFERENCES
1. Kreiner DS, Hwang SW, Easa JE, et al. An evidence-based clinical guideline for the diagnosis and treatment of lumbar disc herniation with radiculopathy. Spine J 2014; 14:180-191.
2. Omidi-Kashani F, Hejrati H, Ariamanesh S. Ten Important Tips in Treating a Patient with Lumbar Disc Herniation. Asian Spine J. 2016; 10:955-963.
3. Bo Zhang, Haidong Xu, Juntao Wang, Bin Liu, Guodong Sun. A narrative review of non-operative treatment, especially traditional Chinese medicine therapy, for lumbar intervertebral disc herniation (2017)
4.Alessandro Liguori, Marco Pandolfi. Image-guided percutaneous mechanical disc decompression for herniated discs: a technical note (2020)
5.Rui Wang and Huasong Luo. Regression of lumbar disc herniation with nonsurgical treatment: a case report (2021)
6. Иванова М.А., Парфенов В.А., Исайкин А.И. Консервативное лечение пациентов с дискогенной пояснично-крестцовой радикулопатией (результаты проспективного наблюдения) (2018)
7. Павлов Б.Б. Комбинированное радиочастотное лечение поясничных дискогенных радикулопатий
May 6
1088
Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions
Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar
y
8. О.С. Левин . Вертеброгенная пояснично-крестцовая радикулопатия: современные подходы к диагностике и лечению (2015)
9.Elizabeth N. Mutubuki, Carmen L.A. Cost effectiveness of combination therapy (Mechanical Diagnosis and Treatment and Transforaminal Epidural Steroid Injections) among patients with an indication for a Lumbar Herniated Disc surgery: Protocol of a randomized controlled trial
10. Chiu CC, Chuang TY, Chang KH, et al. The probability of spontaneous regression of lumbar herniated disc: a systematic review. Clin Rehabil 2015; 29:184195. (2015)