Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions
Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar
EPILEPSIYA VA TUTQANOQ SINDROMLARIDA BEMORLAR
PSIXOLOGIYASI
Sardor Dursunov
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi pedagogika va psixologiya kafedrasi assistenti
Abdullayeva Mohinur
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Oliy hamshiralik ishi fakulteti 3-kurs talabasi
Epilepsiya bilan kasallangan bemorlarda ruhiyat buzilishlari yaqqol ko'zga tashlanadigan sindromlar bilan kechishi mumkin. Bular disforiya, deliriy, oneyroid sindrom, gallyutsinatsiyalar, amneziya, patologik uyqu.
Kalit so'zlar: Epilepsiya bilan og'rigan bemorlar,nogironlik guruhi, depressiya, shaxsiy tashvish
Психические расстройства у больных эпилепсией могут сопровождаться ярко выраженными синдромами. это дистрофия ,онейроидный синдром,галлюцинации,амнезия,патологический сон.
Ключевые слова: больные эпилепсией, группа инвалидности, депрессия, личностная тревожность.
Mood disorders in epilepsy patients can be accompanied by well-conspicuous syndromes. these are dystrophy, delirium,oneiroid syndrome hallucinations, amnesia pathological sleep.
Keywords: epilepsy patients, depression, personal anxiety, disability group
Epilepsiya asab sistemasining eng ko'p tarqalgan kasalliklaridan bin bo'lib, katta tibbiy-ijtimoiy muammoga aylangan. Epilepsiya - bosh miyaning xurujlar bilan kechuvchi surunkali kasalligi bo'lib, harakat, sezgi, vegetativ va ruhiy-hissiy buzilishlar bilan namoyon bo'ladi. Epilepsiyaning aholi orasida tarqalishi 1000 kishiga 7-10 ta. Kasallik ko'p etiologiyali bo'lganligi sababli t 1: yoshda uchrashi mumkin, biroq epilepsiyaning 75 foizi
ANNOTATSIYA
AННОТАЦИЯ
ABSTRACT
Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions
Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar
yoshgacha bo'lgan davrda boshlanadi. Kasallanish darajasi erkak va ayollarda deyarli bir xil tarqalgan. Mutaxassislar ma'lumotlariga qaraganda, epilepsiya bilan kasallangan bemorlarning kamida 30 foizida ruhiy buzilishlar kuzatiladi. Tarixdan ma'lumki, Suqrot, Platon, Yuliy Sezar, Janna D 'Ark, Van Gog, Napoléon, F. Dostoyevskiy kabi buyuk shaxslar epilepsiya kasali bilan og'rigan. Shuning uchun ham ba'zi mutaxassislar faqat kuchli tafakkur egalari epilepsiya bilan og'rishadi deyishsa,boshqalari sea tutqanoq xurujlari odamda qobiliyat kurtaklarini qo'zg'ab yuboradi, deb hisoblashadi. shifokorlar yon daftarlariga yozib yurishsa, foydadan xoli bo'lmaydi. Doimo xuruj kuzatiladigan bir bemor qizda sezgi va idrok qobiliyatining kuchayganini kuzatganmiz. Biroq epilepsiya kasali bor aksariyat bemorlarda tutqanoq xurujlari vaqtida to'xtatilmasa, og'ir ruhiy buzilishlarga olib keladi, ularning aqli zaiflashib boradi. Tutqanoq xurujlari qanchalik erta yoshda boshlansa, ruhiy buzilishlar shuncha erta rivojlanishi mumkin. Shunday bo'lsa-da, og'ir ruhiy buzilishlar epilepsiyaning barcha turida ham kuzatilavermaydi. Xuddi boshqa asab kasalliklaridagi kabi epilepsiya ham nasliy omilga bog'liq. O'tgan asrning 50-yillarigacha aksariyat davlatlarda bu bog'liqlik juda bo'rttirib ko'rsatilgan, keyinchalik ilm-fanning yutuqlari bunday gumonni yo'qqa chiqardi. Hozirgi davrning statistik ma'lumotlariga qaraganda, ota-onaning biri epilepsiya bilan og'risa, ulardan kasal bola tug'ilishi xavfi 10 foizdan oshmaydi.[1]
Epilepsiya bilan kasallangan bemorlarda ruhiyat buzilishlari yaqqol ko'zga tashlanadigan sindromlar bilan kechishi mumkin. Bular disforiya, deliriy, oneyroid sindrom, gallyutsinatsiyalar, epileptik stupor, amneziya, alahsirovchi psixozlar, patologik uyqu va h.k. Bularning ichida eng ko'p uchraydigani disforiya bo'lib, u bemorda hech qanday sababsiz paydo bo'laverishi mumkin. Disforiyada nafaqat kayfiyatning buzilishi, balki sababsiz xavotir bo'lish, siqilish, qo'rquv, gumonsirash, miyaga turli fikrlaming yog'ilib kelishi, suitsidal fikrlar, birovni o'ldirish, o'g'rilikka intilish hissi kabi belgilar ham kuzatiladi. Juda kam holatlarda kayfiyatning ko'tarilib yurishi kuzatiladi.
Boshqa ruhiy buzilishlardan farqli o'laroq, epilepsiyada bemor shaxsining o'zgarishi o'ziga xosligi bilan ajralib turadiki, buning natijasida, tibbiy amaliyotida «epileptik xulqatvor» degan ibora paydo bo'ldi. Bunday bemorlar juda ezma, qaysar, besabr, tez xafa bo'ladigan, kayfiyati tez o'zgarib turadigan, arzimagan mayda ishlarga o'ralashib yuradigan, tez janjal ko'taradigan, mayda gap va jahldor bo'lishadi.
Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions
Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar
y
Demak, xulqatvorning keskin o'zgarishi bilan kechadigan epilepsiya kuzatilgan bemor nevrolog va klinik psixolog nazorati ostida davolanib turishi lozim. Epilepsiyada bemorlarning xulq-atvoridagi o'zgarishlar, ba'zan «ijobiy» tus olishi ham mumkin. Masalan, ular birovlarga keragidan ortiqcha mehribon, yaqin yordamchi, kulib turadigan, muloyim, har qanday ishga bel bog'lab kirishib ketadigan shaxslardir. Bu mehribonlik ba'zi hollarda oila a 'zolariga emas, begonalarga ko'rsatiladi.
''Shaxsning o'ziga xos epileptik o'zgarishlari'' masalasi maxalliy va xorijiy adabiyotlarda keng muhokama qilinadi,ammo bemorning shaxsiyatining psixologik portreti masalasi muhokama qilinmaydi. Epilepsiya va epileptik sindromlar shular jumlasidandir .Epilepsiya ko'pincha jiddiy tibbiy oqibatlarga olib keladi ,diagnostika va davolash uchun katta xarajatlarni talab etadi,ijtimoiy sohada bir qator cheklovlarni qo'yadi .Epilepsiya,ruhiy kasalliklar va adabiyotlar ko'pligiga qaramasdan psixologik xusiyatlari yetarlicha o'rganilmagincha qolmoqda va savol bemorning ushbu guruhning psixodinamikasi murakkab va dolzarbdir.Epidemiologik tadqiqotlarga ko'ra ,psixiatrlar tomonidan kuzatilgan bemorlar orasida 50% demens va 60% dan ko'prog'ida psixoz tashxisi qo'yilgan.Epilepsiya bilan og'rigan bemorlarning psixologik xususiyatlari juda cheklangan.
Material va usullar
Psixologik test shu jumladan USC so'rovnomasi (umumiy subektiv nazorat darajasini baholash (IO),sog'liqni saqlash soxasidagi ichkilik (IZ) va shaxslararo munosabatlar (IM) ,BDI so'rovnomasi (depressiyaning og'irligini baholash) va Teylor STAI so'rovnomasi (vaziyat va shaxsiy tashvishni aniqlash), aniqlashga yordam beradi.
Taqqiqot natijalari
Asosiy guruhga epilepsiya bilan og'rigan 60 bemor (o'rtacha davomiy nazorat nazorat guruhiga 20 ta sog'lom va shartli sog'lom (vegetovaskulyar distoniya va osteoxondroz bilan) bemorlarning (o'rtacha yosh(37+/-2,3 yil) kiritilgan.
Psixologik tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki,nogironlik guruhi bo'lgan bemorlarda vaqtinchalik nogironlik bo'lmagan bemorlarga nisbatan sog'liqni saqlash va kasbiy faoliyat sohasidagi izchillik ko'rsatkichlari pastroq va ruhiy tushkunlik va shaxsiy xavotir darajasi yuqori qayd etilgan. Nogironlik guruhir " mavjudligi tiklanish motivatsiyasining pastligi va kasbiy faol
Xulosa
Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions
Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar
y
uchun motivatsiya va yuqori darajadagi depressiya va shaxsiy tashvish bilan bog'liq bo'lib,bu bunday bemorlarning ijtimoiy moslashuviga olib keladi.
REFERENCES
1. Zarifboy Ibodullayev, Tibbiyot psixologiyasi 272-273
2. Krivsova A.Y Erxova V.A Jabnov V.A 2014
3. Narmetova, Y. K. (2016). Organization of the psychological support in the cardiology clinics. Theoretical & Applied Science, (7), 28-31.
4. Нарметова, Ю. К. (2022). Особенности психокоррекционного подхода при психосоматических заболеваниях (на примере ишемической болезни сердца). Gospodarka i Innowacje., 21, 258-261.
5. Нарметова, Ю. (2015). Психосоматик беморларда эмоционал холат бузилишлари ва уларга психологик ёрдам курсатишнинг узига хослиги. УзМУ хабарлари.
6. Nasirovna, M. R. (2022). THE ROLE OF PSYCHOLOGICAL DIAGNOSIS IN CLINICAL PRACTICE. Conferences 4-6.
7. Narmetova, Y., Melibayeva, R., Akhmedova, M., Askarova, N., & Nurmatov, A. (2022). PSYCHODIAGNOSTICS ATTITUDE OF THE PSYCHOSOMATIC PATIENTS'DISEASE.
8. Мелибаева, Р. Н. (2022). КЛИНИК АМАЛИЁТДА КОГНИТИВ ФУНКЦИЯЛАР ВА УЛАРНИНГ БУЗИЛИШЛАРИ ПСИХОДИАГНОСТИКАСИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 4-2), 928-932.
9. Мелибаева, Р., & Абдиназарова, И. (2020). Тиббий психодиагностика: муаммо, мулохдза ва ечимлар.
10. Рашидович, Б. Т. (2022). НЕКОТОРЫЕ МЕТОДЫ И ПРИЕМЫ ДИАГНОСТИКИ ОСОБЕННОСТЕЙ ПРЕОДОЛЕНИЯ ПОДРОСТКАМИ КРИЗИСНЫХ СИТУАЦИЙ ЖИЗНИ. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MATHEMATICAL THEORY AND COMPUTER SCIENCES, 3(12), 224-228.