Научная статья на тему 'SURUNKALI YURAK YETISHMOVCHILIGIDA CHAP QORINCHANING QON OTIB BERISH FRAKSIYASI TURLICHA BO’LGAN BEMORLARDA VEROSHPIRON VA EPLERENON SAMARADORLIGINI QIYOSIY BAHOLASH'

SURUNKALI YURAK YETISHMOVCHILIGIDA CHAP QORINCHANING QON OTIB BERISH FRAKSIYASI TURLICHA BO’LGAN BEMORLARDA VEROSHPIRON VA EPLERENON SAMARADORLIGINI QIYOSIY BAHOLASH Текст научной статьи по специальности «Медицинские науки и общественное здравоохранение»

225
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
aldosteron / mineralokortikoid retseptorlari antogonistlari / veroshpiron / eplerenon. / альдостерон / антагонисты минералокортикоидных рецепторов / верошпирон / эплеренон.

Аннотация научной статьи по медицинским наукам и общественному здравоохранению, автор научной работы — Y. B. Baxronova, A. G’. Abduraximov

Maqolada surunkali yurak yetishmovchiligi bilan og’rigan bemorlarning hayot sifati, kasalxonaga qayta yotishlar soni, kasallik oqibati va umrining davomiyligiga mineralokortiokoidlar retseptorlari antogonistlari guruhiga mansub veroshpiron va eplerenonning ta’siri tasdiqlangan ilmiy adabiyotlar o’rganilib, ushbu ikki preparat ta’siri qiyosiy baholandi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по медицинским наукам и общественному здравоохранению , автор научной работы — Y. B. Baxronova, A. G’. Abduraximov

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В статье представлена научная литература, подтверждающая влияние верошпирона и эплеренона, относящихся к группе антагонистов минералокортикоидных рецепторов, на качество жизни больных, количества повторных госпитализаций, исход заболевания и продолжительности жизни больных с хронической сердечной недостаточностью. А также была проведена сравнительная оценка этих двух препаратов.

Текст научной работы на тему «SURUNKALI YURAK YETISHMOVCHILIGIDA CHAP QORINCHANING QON OTIB BERISH FRAKSIYASI TURLICHA BO’LGAN BEMORLARDA VEROSHPIRON VA EPLERENON SAMARADORLIGINI QIYOSIY BAHOLASH»

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

SURUNKALI YURAK YETISHMOVCHILIGIDA CHAP QORINCHANING QON OTIB BERISH FRAKSIYASI TURLICHA BO'LGAN BEMORLARDA VEROSHPIRON VA EPLERENON SAMARADORLIGINI QIYOSIY

BAHOLASH

Maqolada surunkali yurak yetishmovchiligi bilan og'rigan bemorlarning hayot sifati, kasalxonaga qayta yotishlar soni, kasallik oqibati va umrining davomiyligiga mineralokortiokoidlar retseptorlari antogonistlari guruhiga mansub veroshpiron va eplerenonning ta'siri tasdiqlangan ilmiy adabiyotlar o'rganilib, ushbu ikki preparat ta'siri qiyosiy baholandi.

Kalit so'zlar: aldosteron, mineralokortikoid retseptorlari antogonistlari, veroshpiron, eplerenon.

В статье представлена научная литература, подтверждающая влияние верошпирона и эплеренона, относящихся к группе антагонистов минералокортикоидных рецепторов, на качество жизни больных, количества повторных госпитализаций, исход заболевания и продолжительности жизни больных с хронической сердечной недостаточностью. А также была проведена сравнительная оценка этих двух препаратов.

Ключевые слова: альдостерон, антагонисты минералокортикоидных рецепторов, верошпирон, эплеренон.

In the article, the scientific literature confirming the effect of veroshpirone and eplerenone, belonging to the group of mineralocorticoid receptor antagonists, on the quality of life, the number of hospitalizations, the outcome of the disease, and the length of life of patients with chronic heart failure was studied, and the effects of these two drugs were comparatively evaluated.

Keywords: aldosterone, mineralocorticoid recep ~ antagonists, veroshpiron, eplerenone.

Y. B. Baxronova, A. G'. Abduraximov

Toshkent tibbiyot akademiyasi

ANNATASIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

Kirish: Surunkali yurak yetishmovchiligi (SYY) - bu patofiziologik holat bo'lib, unda yurak nasos funksiyasining buzilishi tufayli to'qimalar almashinuvi ehtiyojlarini qondira olmaydi. So'nggi yillarda olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalariga ko'ra, hozirgi vaqtda surunkali yurak yetishmovchiligi bilan kamida 26 million aholi kasallangan[2]. Ushbu kasallik oqibati jiddiy bo'lib, SYY funksional sinf (FS) III-IV bo'lgan bemorlar o'rtacha hayot davomiyligi 3-8yilni tashkil etadi[13]. Davolash va profilaktika sohasidagi zamonaviy tibbiyotdagi yutuqlarga qaramay ushbu kasallikdan o'lim va kasallanish hali ham yuqoriligicha qolmoqda. Statistik kuzatuvlar shuni ko'rsatadiki, SYY bilan kasallanganlar soni 2030-yilga borib 46%ga oshadi[2]. Bunday salbiy o'sishni oldini olish esa tibbiyot sohasidagi yanada chuqurroq izlanishlar olib borilishiga zarurat yaratadi.

Materiallar va tadqiqot usullari. So'nggi 2017-2022 yillarda SYY, yurakning qon otib berish fraksiyasi turlicha bo'lgan shakllarining kechishi, tashxislash va davolashga, jumladan, mineralokortikoidlar retseptorlari antogonistlari (MRA)ning ushbu guruh bemorlarining hayot sifatiga ta'siriga bag'ishlangan ilmiy izlanishlar natijalari aks ettirilgan adabiyotlar o'rganildi va tahlil qilindi.

Tadqiqot maqsadi. Surunkali yurak yetishmovchiligida chap qorinchaning qon otib berish fraksiyasi turlicha bo'lgan bemorlarda veroshpiron va eplerenon samaradorligi o'rganilgan ilmiy ishlar tahlil qilish va qiyosiy baholash.

Asosiy qism. SYY - dekompensatsiyalangan miokard disfunksiyasi natijasida kelib chiquvchi simptomlar yig'indisi bo'lib, hujayralararo suyuqlik hajmi oshishi, organlar va to'qimalar perfuziyasi pasayishi bilan namoyon bo'ladi. Ushbu sindromning patofiziologik asosi yurakning nasos funksiyasi buzilishi sababli tananing metabolik ehtiyojlarini ta'minlay olmaydi. SYY uzoq yillardan buyon ikki asosiy yo'nalishda davolanadi - kasallik simptomlarini bartaraf etish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash. SYYdagi klinik simptomlar chap qorincha qon otib berish funksiyasi buzilishi bilan namoyon bo'ladi. Yangi davolash ko'rsatmalari chap qorincha qon otib berish fraksiyasi buzilish darajalariga qarab belgilanadi. Bu ko'rsatgichni ifodalovchi tasnif quyidagicha:

1. Qon otib berish fraksiyasi kamaygan <40%;

2. Qon otib berish fraksiyasi oraliq 41%-49%;

3. Qon otib berish fraksiyasi saqlangan >50%[1].

Bugungi kunda SYYni davolashda samarasi isbotlangan

necha guruh dori vositalarining orasidan mineralokortik

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

retseptorlari antogonistlariga (MRA) mansub spirinolakton va eplerenon preparatlari ta'sirini o'rganishga bo'lgan e'tibor kuchaydi. Bunga asosiy sabab SYY bilan og'rigan bemorlarni davolashda ushbu guruh preparatlaridan foydalanilganida bu bemorlarning hayot sifati va davomiyligiga ijobiy ta'sir etishi tasdiqlangan[6].

SYYning rivojlanish mexanizmining asosida yotuvchi omillardan biri aldosteron - buyrak usti bezining glomerulyar qismidan sekretsiyalanuvchi garmon bo'lib, buyrak kanalchalarida natriy reabsorbsiyasi va kaliy ekskretsiyasini ta'minlaydi. Aldosteron sekretsiyasi buyrak perfuziyasini pasayishiga, bu esa o'z navbatida angiotensin II sintezlanishiga va adrenokortikotrop gormon aktivlanishiga olib keladi. Aldosteron ta'siri uning buyrak kanalchalari endoteliysidagi mineralokortikoid retseptorlari bilan bog'lanishi natijasida kelib chiqadi. SYY bilan og'rigan bemorlarda boshlang'ich davrda RAAS va simpatoadrenal sistema himoya reaksiyasi sifatida ishga tushib, kompensator ravishda gemodinamik buzilishlarni bartaraf etadi[10].

Keyinchalik bu kompensator mexanizmlarning faollashuvi natijasida patologik jarayonlar namoyon bo'la boshlaydi. SYY bilan og'rigan bemorlarning qon zardobida yuqori miqdorda aldosteron aniqlanadi. Uning yuqori konsentratsiyasi manfiy klinik holatlar keltirib chiqaradi, jumladan, organizmda ko'p miqdorda natriy va suvning ushlanib qolishi, endotelial disfunksiya, chap qorincha gipertrofiyasi va miokarddagi fibroz o'zgarishlar[5]. Bundan ko'rinib turibdiki, aldosteron va angiotensin II konsenratsiyasining qon zardobida oshishi o'lim xavfini oshiradi. Ushbu mexanizmlarga asoslanib Amerika Kardiologiya kolleji/Amerika Yurak Assotsiatsiyasining(NYHA) yurak etishmovchiligini boshqarish bo'yicha qo'llanmasi chap qorincha qon otib berish fraksiyasi 35% yoki undan kam bo'lgan bemorlarda MRAni qo'llash bo'yicha tavsiyani o'z ichiga oladi. Bunda bemorlar ko'rsatgichlari quyidagicha bo'lishi zarur: NYHA II-IV sinf belgilari, glomerulyar filtratsiya tezligi >30 ml/min/1,73 m2 va zardobdagi kaliy <5,0 mEq/L[18].

SYY da kuzatiluvchi salbiy oqibatlar kelib chiqishining asosiy omillaridan biri bu miokard qayta tuzilishga uchrashi bo'lib hisoblanadi. Qayta tuzilish jarayonida miokard o'lchami, hajmi, hujayraviy tarkibi va funksional holatida kompleks o'zgarishlar kechib gemodinamik va gemodinamik bo'lmagan jarayonlarning buzilishi boshlanadi[15]. Bundan tashqari, qayta tuzilish chap qorincha sistolik hamda diastolik disfunksiyaga, shuningdek, yurak etishmovchiligi, atrial fibrillatsiya kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin[15]. Qayta tuzi1'1 jarajoni patogenizida esa aldosteron alohida o'rin tutadi. S

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

bilan og'rigan bemorlarda yurak ichi aldosteroni sekratsiyasi oshadi. Yurak ichi va plazma aldosteroni biokimyoviy miokardial fibroz markeri - prokollagen III ning N-terminal oxiriga korrelyatsiya bo'ladi. Bu esa aldosteron fibroz jarayoni stimulyatori deb ta'riflashga asos bo'ladi. Shu sababli, MRAni berish yurak ichi aldosteroni sekretsiyasini to'xtatish orqali fibroz jarayoni shakllanishini oldini oladi[12].

Aldosteronning yana bir yurak qon-tomir sistemasiga ta'sirlaridan biri bu yurakning simpatik nervlarining faolligini oshirishi, bu esa yurakning qisqaruvchanligini oshiradi (yurak etishmovchiligiga kardial javob). Aldosteron adrenergik ta'sirni oshirish orqali strukturani qayta tuzilishiga yordam beradi, bu esa yurak etishmovchiligiga olib keladi[4].

Boshqa bir tadqiqotda spirinolakton miokard infarkti o'tkir davridan so'ng prokollagen III ning N-terminal fragmentining gipersintezini sezilarli to'xtatishi aniqlangan. Spirinolakton AO'F ingibitorlari bilan qo'llanilganda ham miokard infarktidan keyin chap qorincha miokardining qayta tuzilishini oldini olishi ko'rsatilgan. Shunga o'xshash natijalar - miokard fibrozining qisqarishi va qayta tuzilishi pasayishi eplerenon va angeotenzin II retseptorlari antogonistlari (ARA) qabul qilgan bemorlarda ham kuzatilgan[14]. Ma'lumki, miokard fibrozi qorinchalar aritmiyalari rivojlanishi uchun manba bo'lib xizmat qiladi. Qorinchalar aritmiyalari kuzatilyotgan bemorlar guruhiga spirinolakton berilganda aritmiya rivojlanish chastotasi kamayganligi kuzatilgan[17]. MRA nafaqat miokard infarkti o'tkazgan bemorlarda, balki miokard infarkti o'tkir davrida ham samarali hisoblanadi. Miokard infarkti o'tkir davri ST elevatsiyasi bilan kechayotgan bemorlarga eplerenon berilganda kasallik oqibati yaxshilangan[16].

SYYni davolashda MRAni uzoq qo'llanilishi ularning nojo'ya ta'sirlarini yuzaga chiqarishi sababli preparatni qo'llashni to'xtatishga to'g'ri kelishi mumkin. Bu esa MRAning selektiv guruhlari yaratilishiga turtki bo'ldi. 2011-yilda SYYni davolashda tavsiga MRA guruhiga mansub eplerenon preparati kiritildi. Eplerenon spirinolaktonga nisbatan androgen va progesteron retseptorlariga sezuvchanligi pastligi va yuqori selektivligi tufayli spirinolakton qo'llanilganida kelib chiquvchi nojo'ya ta'sirlar, jumladan, genikomastiya va vaginal qon ketishlar, kuzatilmaydi[9]. EPHESUS randomizatsiyalangan platsebo-nazoratli tadqiqoti natijalariga ko'ra, unda o'tkir miokard infarkti bo'lgan 6632 bemorda 3 dan 14 kungacha bo'lgan davrda eplerenonning samaradorligi, SYY FS I-IV ning klinik ko'rinishi baholandi. Bemorlarning 15%i SYY tarixiga ega va ularning taxminan allaqachon SYY bilan kasalxonaga yotqizilgan. Tadqiqotga k

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

saqlovchi boshqa diuretiklarni qabul qilgan bemorlar, plazmadagi kreatinin darajasi 220 mkmol/l dan yoki kaliy miqdori 5,0 mmol/l dan yuqori bo'lgan bemorlar kiritilmagan. Ishtirokchilarning ko'pchiligi SYY uchun optimal tibbiy terapiyani, shu jumladan IAO'F yoki ARBlarni (86%), beta-blokatorlarni (75%), diuretiklarni (60%), aspirinni (88%), statinlarni (47%) olgan. Bemorlarning 45 foizida reperfuzion terapiya yoki revaskulyarizatsiya amalga oshirilgan. Eplerenon kuniga o'rtacha 42,6 mg dozada qo'llanilgan. Eplerenonni qabul qilish natijasida umumiy o'lim 15%ga sezilarli darajada kamaygan[8].

Eplerenon va spirinolakton samaradorligi qiyosiy baholangan tadqiqotlardan birida chap qorincha qon otib berish fraksiyasi 6 oylik davolash kursidan so'ng 6,2%ga, spirinolakton bilan davolangan guruhda esa 4,1%ga oshgani kuzatilgan[11]. Spirinolakton bilan davolash olib borilgan bemorlarda ginekomastiya 10,4%, bosh aylanishi 11,4%, mastalgiyalar 5,7% kuzatilgan bo'lsa, eplerenon bilan davolangan bemorlarda bosh aylanishi 3,9% bemorlarda kuzatilib, tekshirilgan bemorlarning hech birida ginekomastiya va mastalgiya aniqlanmagan[7].

Xulosa. O'rganilgan ilmiy adabiyotlar shuni ko'rsatadiki, SYY bilan og'rigan bemorlarni davolashda MRAdan foydalanish organizmda ko'p miqdorda natriy va suvning ushlanib qolishi, endotelial disfunksiya, chap qorincha gipertrofiyasi va miokarddagi fibroz o'zgarishlar kabi aldosteron keltirib chiqaruvchi salbiy ta'sirlarni bartaraf etish orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga, kasalxonaga qayta yotishlar sonini kamaytirishga va umrini uzaytirishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Veroshpiron va eplerenon samaradorligi qiyosiy baholangan tadqiqotlardan ma'lum bo'ladiki, ikkala preparatning SYY kechishi va uning simptomlarini bartaraf etishga ko'rsatuvchi samarasi deyarli farq qilmaydi. Shunga qaramay, eplerenonning veroshpironga nisbatan selektiv preparat ekanligi uning nojo'ya ta'sirlarini yuzaga chiqishini oldini oladi va veroshpironga nisbatan afzal vositaga aylantiradi.

REFERENCES

1. 2022 AHA/ACC/HFSA Heart Failure Guideline: Key Perspectives, Heidenreich PA, Bozkurt B, Aguilar D, et al. J Am Coll Cardiol. 2022 May, 79 (17) e263-e421.

2. Gianluigi savarese and Lars H Lund, Department of Medicine, Cardiology Unit, Karolinska Institutet, FoU Tema Hjarta och Karl, S1:02, 17176 Stockholm, Sweden. E: 2017, Radcliffe Cardiology.

3. Komajda M, Isnard R, Cohen-Solal A, et al. Effect spirinolactone in patients with heart failure with preser

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

ejection fraction: the EDIFY randomized placebo-controlled trial. Eur J Heart Fail. 2017; 19:1495-1503.

4. Tsai, CH., Pan, CT., Chang, YY. et al. Left ventricular remodeling and dysfunction in primary aldosteronism. J Hum Hypertens 35, 131-147 (2021).

5. Zhang M, Zhu P, Wang Y, Wu J, Yu Y, Wu X, et al. Bilateral sympathetic stellate ganglionectomy attenuates myocardial remodelling and fibrosis in a rat model of chronic volume overload. J Cell Mol Med 2019;23:1001-13.

6. Коваленко Е.В., Маркова Л.И., Белая О.Л. Антагонисты минералокортикоидных рецепторов в лечении больных с хронической сердечной недостаточностью: доказанная эффективность и перспективные возмож- ности. Международный журнал сердца и сосудистых заболеваний. 2022; 10 (34): 33-43.

7. Baxronova, Y., Raximova, M., & Buranova, S. (2023). COMPARATIVE EVALUATION OF THE EFFECTIVENESS OF SPIRINOLACTONE AND EPLERENONE IN PATIENTS WITH DIFFERENT LEFT VENTRICULAR EJECTION FRACTION IN CHRONIC HEART FAILURE. Бюллетень студентов нового Узбекистана, 1(2), 16-20.

8. Asqarbek Gayrat og, A. (2023). SPECIFICITY AND CO-ORDINATION OF TREATMENT WHEN HYPERTENSION AND DEFORMING OSTEOARTHRITIS COEXIST. International journal of advanced research in education, technology and management, 2(1).

9. Aysuliu, B., Dilafruz, A., Shodiyahon, N., & Saifiyevna, M. M. (2022). VACCINATION FOR COVID-19 PATIENTS WITH ARTERIAL HYPERTENSION. The American Journal of Medical Sciences and Pharmaceutical Research, 4(12), 06-11.

10. Жаббаров, А. А., Аминова, Г. А., Мамбетова, Д. К., Сайдалиев, Р. С., Максудова, М. Х., Турсунова, Л. Д., ... & Надирова, Ю. И. (2023). ОПТИМИЗАЦИЯ ТЕРАПИИ КАРДИОРЕНАЛЬНОГО СИНДРОМА У ПАЦИЕНТОВ С ХРОНИЧЕСКОЙ СЕРДЕЧНОЙ НЕДОСТАТОЧНОСТЬЮ. Models and methods in modern science, 2(2), 83-84.

11. Narmetova, Y. K. (2016). Organization of the psychological support in the cardiology clinics. Theoretical & Applied Science, (7), 28-31.

12. Нарметова, Ю. К. (2022). Особенности психокоррекционного подхода при психосоматических заболеваниях (на примере ишемичес "

болезни сердца). Gospodarka i Innowacje., 21, 258-261.

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023

Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

13. HapMeTOBa, M. (2015). ncnxocoMaraK öeMopnapga эмоцнонап xonaT 6y3HnnmnapH Ba ynapra ncnxonorHK ëpgaM KypcaramHHHr y3Hra xocnnra. Y3MY xaöapnapn.

14. Nasirovna, M. R. (2022). THE ROLE OF PSYCHOLOGICAL DIAGNOSIS IN CLINICAL PRACTICE. Conferencea, 4-6.

15. Narmetova, Y., Melibayeva, R., Akhmedova, M., Askarova, N., & Nurmatov, A. (2022). PSYCHODIAGNOSTICS ATTITUDE OF THE PSYCHOSOMATIC PATIENTS'DISEASE.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.