Научная статья на тему 'VENGER KARP BALIG‘INING BIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA UNI YETISHTIRISHNING TEXNOLOGIK JARAYONLARI'

VENGER KARP BALIG‘INING BIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA UNI YETISHTIRISHNING TEXNOLOGIK JARAYONLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Intensiv / nasldor / zot. seleksiya / reproduktiv / serpushtlik / uvuldiriq / ikralar / embrion rivojlanish / inkubatsiya / zooplankton / zoobentos / fitoplankton.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Temirova Nilufar Tojinorovna, Raxmatova Sayyora Komiljon Qizi, Kucharov Jamshid Yomg’Ir O’G’Li

Venger karpi vatanida tabiiy sharoitlarda bahor oylarida urchiydi. Urchish muddati 1-2 oy davom etadi. Ikki yoshida tovar massasi 1,5-2 kg, 15-20 yoshida 20 kg gacha boradi. Jinsiy jihatdan 3-4 yoshida yetiladi. Serpushtligining eng yuqori ko‘rsatkichlari 1,5 mln. ikragacha boradi. Uvuldiriqlarini suvdagi toshlar, o‘simliklarga qo‘yadi. Ikralarining rivojlanishi uchun muhit harorati +18-20°C atrofida bo‘lishi kerak. Embrion rivojlanishining inkubatsion davri 3-6 kunni tashkil qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «VENGER KARP BALIG‘INING BIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA UNI YETISHTIRISHNING TEXNOLOGIK JARAYONLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

VENGER KARP BALIG'INING BIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA UNI YETISHTIRISHNING TEXNOLOGIK JARAYONLARI

1Temirova Nilufar Tojinorovna, 2Raxmatova Sayyora Komiljon qizi, 3Kucharov Jamshid

Yomg'ir o'g'li

1Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining

Toshkent filiali v.b. dotsenti q.x.f.f.d., (PhD), 2Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali assistenti, 3Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali

magistri

https://doi.org/10.5281/zenodo.13855646 Annotatsiya. Venger karpi vatanida tabiiy sharoitlarda bahor oylarida urchiydi. Urchish muddati 1-2 oy davom etadi. Ikki yoshida tovar massasi 1,5-2 kg, 15-20 yoshida 20 kg gacha boradi. Jinsiy jihatdan 3-4 yoshida yetiladi. Serpushtligining eng yuqori ko'rsatkichlari 1,5 mln. ikragacha boradi. Uvuldiriqlarini suvdagi toshlar, o'simliklarga qo'yadi. Ikralarining rivojlanishi uchun muhit harorati +18-20°C atrofida bo'lishi kerak. Embrion rivojlanishining inkubatsion davri 3-6 kunni tashkil qiladi.

Kalit so'zlar: Intensiv, nasldor,zot. seleksiya, reproduktiv, serpushtlik, uvuldiriq, ikralar, embrion rivojlanish, inkubatsiya, zooplankton, zoobentos, fitoplankton.

So'nggi yillarda baliqlarning nasldorlik va mahsuldorlik sifatlarini yaxshilash, yangi baliqlar genofondini yaratish, hamda saqlash, foydali genetik belgilarga ega bo'lgan zotlarni olishga katta e'tibor qaratilmoqda. Bu borada, hovuzlarda yetishtirilayotgan baliq zotlarining holatini baholash, reproduktiv va mahsuldorlik xususiyatlarini sifat ko'rsatkichlari va nasldorlik xususiyatlarini yaxshilash, seleksiya ishlarini rivojlantirish asosida turli iqlim sharoitlariga mos zotlarni yaratish muhim sanaladi. 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida "suv zahiralarini boshqarish tizimini tubdan isloh qilish", "chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 1,5-2 hissa oshirish" shuningdek, eksportga mo'ljallangan mahsulotlarni yetishtirish va eksport salohiyatini oshirish" bo'yicha vazifalar belgilab berilgan. Shunga ko'ra, sun'iy hovuzlarda yetishtirilayotgan baliq zotlarining holatini baholash, baliqlarni intensiv usulda yetishtirishning yangi texnologiyasini yaratish va uni ishlab chiqarishga joriy etish muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Respublikamizda nasldor baliqlarni davlat ro'yxatiga olish, kelib chiqishini aniqlash va mahsuldorligini belgilash, ular haqidagi ma'lumotlarni hisobga olish, seleksiya ishida eng qimmatli genofonddan samarali foydalanishni yo'lga qo'yish hamda muayyan joyga xos va mamlakatimizdagi yo'q bo'lib borayotgan zotlar genofondini saqlab qolishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Xususan, "Baliqchilik tarmog'ini yanada rivojlantirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 13 yanvardagi PQ-83-son «Baliqchilik tarmog'ini yanada rivojlantirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida» gi qarori. "Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirish, baliq mahsulotlari turlarini ko'paytirish, eksport salohiyatini oshirish, mavjud havzalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish, intensiv texnologiyalar asosida baliq yetishtirish hajmlarini ko'paytirish hamda baliqchilik xo'jaliklarining ozuqa bazasini mustahkamlash" muhim vazifa sifatida belgilab berilgan. Ushbu vazifalardan kelib chiqqan holda, jumladan sun'iy hovuzlarda yetishtirilayotgan baliq zotlari holatini baholash, naslchilik - seleksiya ishlarini yo'lga qo'yish, nasldor baliqlarni urchitish, naslli mahsulot

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

yetishtirish va undan foydalanish, baliqlarning mahsuldorlik sifatlarini oshirish yo'llarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.

Baliq yetishtirishda eng ko'p qo'llaniladigan usullar ekstensiv va intensivdir. Zamonaviy baliqchilik ko'p xollarda intensiv yetishtirishga asoslangan. Bunday yetishtirishda turli texnologiyalar mavjud. Yuqori darajada intensivlashtirish ya'ni takroriy oziqlantirish va o'stirishda yuqori zichlikda o'tqazishda bir necha barobar maxsulot olish mumkin. Bunday usulda chavoqlarning yaxshi o'sishi uchun bir qancha talablarga amal qilish lozim. Bunga: doimiy oqim, suvning almashib turishi, xavzalarga texnik ishlov berish asosiy omil hisoblanadi. Keyingi vaqtlarda uzluksiz texnologiyalar keng qo'llanilmoqda. Bu texnologiya asosan karp chavoqlarini nobud bo'lishiga yo'l qo'ymaslik va ma'lum kattalikgacha (4-5 gr) yetishtirib olishda qo'llaniladi.

Intensivlashtirish chora - tadbirlarida kompleks foydalanishda hovuzlarni to'g'ri tayyorlash, uzluksiz suv bilan ta'minlash, tabiiy ozuqalarni yetishtirish, suvning gidrokimyoviy xolati, nasl beradigan baliqlarni tanlash, seleksiya ishlari va xavzaning sanitar holati asosiy tadbirlar hisoblanadi.

Respublikamizdagi baliqchilik xo'jaliklariga turli davlatlardan olib kelingan karp baliqlarining zotlari mavjud. Baliqchilikning asosiy maqsadi xam yuqoridagi intensivlashtirishga qaratilgan.

Baliqchilik xo'jaliklarida naslchilik ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishi uchun albatta yaxshi sifatli nasldor zot beruvchi va remont yoki to'ldiruvchi baliqlarni saralash ishlarini amalga oshirish zarurdir. Bunda ko'paytirishda nasl olishga mo'ljallangan baliqlarning nasl to'dasi, nasl beruvchi va kelgusi yillarda nasl bera oladigan baliqlar zahirasidan iborat kichik va katta tiklash to'dalari tashkillantiriladi.

Ma'lumki, nasl to'dasidagi baliqlarni parvarish qilishning texnologik jarayonlari tovar baliqlarini yetishtrishdan deyarli farq qilmaydi, mavjud farqlar esa ularning biologik me'yyorlarigagina ta'luqlidir. Turli yoshdagi baliqlar katta tiklash to'dasiga o'tkazilgunga qadar alohida-alohida hovuzlarda boqiladi va ko'paytirishda tabiiy va sun'iy urchitish texnologiyasi qo'llaniladi.

Baliqchilik xo'jaliklari faoliyatini rivojlantirish uchun ularda yetishtiriladigan baliq turlarining biologik xususiyatlari va iqtisodiy foydali sifatlarini hisobga olish zarur.

Karpsimon baliqlar Yevropa, Osiyo, Afrika va Shimoliy Amerikaning suv havzalarida keng tarqalgan chuchuk suv baliqlarining turlarga boy bo'lgan oilasidir. Oila vakillari o'zining morfologik va ekologik xilma-xillik bilan ajralib turadi. Ularning serpushtligi juda yuqoridir (0,21,8 mln. ikra). Ikralarini suv o'simliklariga, toshlar va qumlarga qo'yadi. Voyaga yetmaganlari zooplankton bilan, voyaga yetganlari - zooplankton, zoobentos, fitoplankton va yuqori suv o'simliklari bilan oziqlanadi. Kech kuzda, suv harorati pasayganda ularda ovqat hazm qilish fermentlari hosil bo'lmaydi, shuning sababli ular deyarli yoki butunlay oziqlanishdan to'xtaydi.

Venger karpi vatanida tabiiy sharoitlarda bahor oylarida urchiydi. Urchish muddati 1-2 oy davom etadi. Ikki yoshida tovar massasi 1,5-2 kg, 15-20 yoshida 20 kg gacha boradi. Jinsiy jihatdan 3-4 yoshida yetiladi. Serpushtligining eng yuqori ko'rsatkichlari 1,5 mln. ikragacha boradi. Uvuldiriqlarini suvdagi toshlar, o'simliklarga qo'yadi. Ikralarining rivojlanishi uchun muhit harorati +18-20°C atrofida bo'lishi kerak. Embrion rivojlanishining inkubatsion davri 3-6 kunni tashkil qiladi.

Intensiv baliqchiligidan olinadigan oziq-ovqat mahsulotlari hilma-hilligini kengaytirish, baliq yetishtirish samaradorligini oshiradigan usullardan biridir. Buning uchun avvalom bor

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS"

_SEPTEMBER 26-27, 2024_

baliqchilik hovuzlarida yetishtirilayotgan baliqlarning reproduktivligini oshirish uchun keng

ko'lamli seleksiya ishlarini amalga oshirish lozimdir.

REFERENCES

1. Камилов Б.Г. Возраст и рост карпа (Cyprinus carpio) Тудакульского водохранилища Узбекистана // Континентальная аквакультура: ответ вызовам времени: Материалы Всероссийской научно-практической конференции. - Москва, 2016. - C. 168-173.

2. Кирпичников В.С. Генетические основы селекции рыб. - Л.: Наука, 1987. - 391 с.

3. Николюкин Н.И. Межвидовая гибридизация рыб. - Саратов: Саратовское областное гос. изд-во, 1952. - 312 с.

4. Тищенко Ю.Ф. Ступенчатый отбор в селекции рыб // Сб. научных трудов ГосНИОРХ, 1985. Вып. 235. - С. 8-16.

5. Томиленко В.Г. Рыбохозяйственное значение помесного и гибридного карпов при промышленном разведении // Рыбное хозяйство, Киев. - 1967. - № 5. - С. 96-106

6. Морузи И.В, Пищенко Е.В. Методика разработки перспективных селекционногенетических и племенных программ в рыбоводстве. - Новосибирск, НГАУ 2016. - 30 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.