Научная статья на тему 'VENGER KARP BALIG‘INING REPRODUKTIV XUSUSIYATLARI'

VENGER KARP BALIG‘INING REPRODUKTIV XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
verger karp / baliqchilik / nasldorlik reproduktiv mahsuldorlik / serpushtlik / zot / havza / yetuklik darajasi / havza

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Temirova Nilufar Tojinorovna, Kuzmetov Abdulaxmet Raymberdiyevich

Venger karpining biologik ko‘rsatkichlarini aniqlashda 2-6 yoshli jinsiy voyaga yetgan zotlardan foydalandik. Olib borilgan tadqiqotlarimiz natijasiga ko‘ra, baliq tanasining uzunligi 40,1-60,0 sm va vazni 889-7045 gramm bo‘lgan urg‘ochilarda individual mutlaq serpushtlik 91318-803210 ikrani, ikralar diametri esa 0,7-1,8 ni tashkil qildi. Urg‘ochi karplarning jinsiy mahsulotlarining yetuklik darajasi esa 9,5-16,1 foizni tashkil qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «VENGER KARP BALIG‘INING REPRODUKTIV XUSUSIYATLARI»

UDK: 639.311/371.5

VENGER KARP BALIG'INING REPRODUKTIV

XUSUSIYATLARI

1Temirova Nilufar Tojinorovna, 2Kuzmetov Abdulaxmet Raymberdiyevich

1Baliqchilik ilmiy - tadqiqot instituti ilmiy xodimi 2O'zR FA Konstruktorlik byurosi va tajribaviy ishlab chiqarish ilmiy-texnik markazi bosh ilmiy

xodimi, b.f.d., professor https://doi.org/10.5281/zenodo.11477119

Annotatsiya. Venger karpining biologik ko'rsatkichlarini aniqlashda 2-6 yoshli jinsiy voyaga yetgan zotlardan foydalandik. Olib borilgan tadqiqotlarimiz natijasiga ko'ra, baliq tanasining uzunligi 40,1-60,0 sm va vazni 889-7045 gramm bo'lgan urg'ochilarda individual mutlaq serpushtlik 91318-803210 ikrani, ikralar diametri esa 0,7-1,8 ni tashkil qildi. Urg'ochi karplarning jinsiy mahsulotlarining yetuklik darajasi esa 9,5-16,1 foizni tashkil qiladi.

Калит сузлар: verger karp, baliqchilik, nasldorlik reproduktiv mahsuldorlik, serpushtlik, zot, havza, yetuklik darajasi, havza.

So'nggi yillarda baliqlarning nasldorlik va mahsuldorlik sifatlarini yaxshilash, yangi baliqlar genofondini yaratish, hamda saqlash, foydali genetik belgilarga ega bo'lgan zotlarni olishga katta e'tibor qaratilmoqda.

Tadqiqot ishlari 2019-2022 yillar davomida (Toshkent viloyati Yangiyo'l tumani) Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutining laboratoriyalarida, kichik tajriba va kichik innovatsion hovuzlarda, oqar suv basseynlarda hamda yopiq aylanma suv ta'minoti qurilmalarida olib borildi.

Baliqlarning zoti, kelib chiqishi, jinsi, yoshi, salomatlik holati, vazni, eksteryeri va boshqa ko'rsatkichlarini har tomonlama o'rganish asosida naslchilikka yaroqliligini sifat jihatidan baholash uchun bonitirovka (saralash) ishlari amalga oshirildi.

Tajribalarda Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutiga qarashli hovuzlarda yetishtirilayotgan tana uzunligi 8-76 sm va umumiy og'irligi 11-8800 gramm, +1-+5 yoshli 47 dona Mahalliy, 60 dona Ukrain va 53 dona Venger karp zotlari hamda qo'shimcha ravishda 2020 yil aprel oyida Samarqand viloyati Ishtixon tumani "Al-Said" fermer xo'jaligidan 500 dona olib kelingan Venger karp chavoqlari va +1-+3 yoshli zotlaridan foydalanildi.

Karp balig'i - tabiiy suv havzalarida hayotining dastlabki bosqichlarida juda kata talafotlarga uchraydi, ayniqsa lichinkalik va chavoqlik davrining boshida no bud bo'lish darajasi 90% ga, baliqchilik xo'jaliklari sharoitlarida yetishtirilayotgan hovuzlarda esa 50% ga yetishi mumkin. Shunga yo'l qo'ymaslik maqsadida 5000 ta Venger karp lichinkalari tanlab olindi.

Urg'ochi karplarning jinsiy mahsulotlarining yetuklik darajasi esa 9,5-16,1 foizni tashkil

qiladi.

Venger karp balig'ining individual mutlaq serpushtligini baholash maqsadida olib borgan tadqiqotlarimiz natijasiga ko'ra, baliqning jinsiy mahsulotlarining yetuklik darajasi, tana uzunligi va vaznining ortib borishi bilan mos ravishda mutlaq serpushtlikning oshib borishi aniqlandi (1,2,3-rasmlar).

1-rasm. Venger karp balig'i individual mutlaq serpushtligining baliq jinsiy mahsulotlarining

yetuklik darajasi bilan bog'liqligi.(2022 yil)

2-rasm. Venger karp balig'i individual mutlaq serpushtligining baliq tanasi uzunligi bilan

bog'liqligi

3-rasm. Venger karp balig'i individual mutlaq serpushtligining baliq tanasi vazni bilan bog'liqligi

Venger karpining biologik ko'rsatkichlarini aniqlashda 2-6 yoshli jinsiy voyaga yetgan zotlardan foydalandik. Olib borilgan tadqiqotlarimiz natijasiga ko'ra, baliq tanasining uzunligi 40,1-60,0 sm va vazni 889-7045 gramm bo'lgan urg'ochilarda individual mutlaq serpushtlik 91318-803210 ikrani, ikralar diametri esa 0,7-1,8 ni tashkil qildi (1,2-jadval). Urg'ochi karplarning jinsiy mahsulotlarining yetuklik darajasi esa 9,5-16,1 foizni tashkil qiladi.

1-jadval. Venger karp balig'i urg'ochilarining reproduktiv ko'rsatkichlari

Ko'rsatkichlar Min-max. M±m a Cv, %

l, sm 40,1-60,0 52,15±1,62 6,27 12,03

W, g 889-7045 3671,33±571,48 2213,36 60,28

Yk, % 9,5-16,1 12,59±0,48 1,88 15,04

IMS 91318-803210 446021,1±60016,45 232442,7 52,11

Ikralar diametri 0,8-1,9 1,18±0,08 0,76 4,24

Izoh: l, sm - baliq tanasi uzunligi, W, g - baliq tanasi vazni, Yk, % -yetuklik darajasi, IMS - individual mutlaq serpushtlik, Min-max. - minimal va maksimal ko'rsatkich, M±m - o'rtacha arifmetik qiymat va uning xatoligi, a- standart cheklanish, Cv, % - variatsiya koeffitsiyenti.

Tadqiqotlarimiz natijasida texnologik siklning turli bosqichlarida (ikra inkubatsiyasi, lichinkalar o'stirish, yosh baliqlarni yetishtirish, tovar baliqlarni yetishtirish) baliqlarni ko'paytirish ishlarini olib borish uchun ularning serpushtligi va yashovchanligi yuqori bo'lganlari tanlab olindi. Bu Venger karpining reproduktiv ko'rsatkichlarini sezilarli darajada yaxshilash imkonini berdi (2-jadval).

2-jadval. Venger karpi urg'ochilarining reproduktivlik sifati

Zot Yoshi Vazni, kg Ikra olingan urg'ochi -lar, % Serpushtlik, ming dona Urug'lan-tirish, % Lichinkalar chiqishi, ming dona

Mutlaq Nisbiy

MK 4+ 5,0±0,41 84,0 632,0 126,1 83,5 235,0

VK 4+ 6,2±0,32 93,0 886,7 148,3 93,0 356,0

Izoh: MK - mahalliy karp zoti, VK - Venger karp zoti

Natijada, gipofiz ineksiyasiga ijobiy javob beradigan va oson ikra beradigan Venger karpi urg'ochilarning ulushi sezilarli darajada oshdi. Mutlaq va nisbiy serpushtlik sezilarli darajada o'sdi. Venger karpi urg'ochilarning o'rtacha mutlaq serpushtligi 886,7 ming dona ikrani, uning o'sish ko'rsatkichi esa Ukrain karplarga nisbatan 254,7 ming dona ikrani, nisbiy serpushtligi bo'yicha - 22,2 dona ikrani tashkil etdi. Venger karpi urg'ochilari serpushtligini va ikralarning otalanishini oshirish lichinkalar chiqishini (hosildorligi) sezilarli darajada yuqori bo'lishini ta'minladi. Bunda lichinkalarning hosildorligi 12,8% ga oshdi.

Venger karp balig'i erkaklarining reproduktiv xususiyatlari uch va besh yoshli baliqlar misolida o'rganildi (3-jadval). Reproduktiv xususiyatlarning o'rtacha ko'rsatkichlariga ko'ra, uch

yoshli erkak baliqlar bir-biridan sezilarli darajada farq qildi va belgilar o'zgaruvchanligining yuqori darajasi bilan ajralib turdi.

3-jadval. Venger karp balig'i erkaklarining reproduktiv xususiyatlari

Belgilar Uch yoshli erkak karplar Besh yoshli erkak karplar

M±m Cv±mcv M±m Cv±mcv

Eyakulyatsiya hajmi, ml 54,5±7,12 31,8±7,95 53,8±8,07 76,0±17,44

Spermalarning faolligi, sek. 48,3±2,55 15,9±3,27 47,4±2,59 16,0±3,32

Spermatozoidlarning harakatchanligi, ball 4,3±0,33 13,6±4,13 3,7±0,36 17,8±4,67

Shunday qilib uch yoshli erkaklarda eyakulyatsiya hajmi o'rtacha 54,5 ml (Cv = 31,8%), ba'zilarida 70-80 ml ga yetdi. Besh yoshli karplarda bu belgining o'rtacha qiymati 53,8 ml, variatsiya koeffitsiyenti eng yuqori bo'ldi va 76,0% ni tashkil etdi.

Spermalarning faolligi (oldinga siljish vaqti) ba'zilarida 36-60 sekundni tashkil qildi, bu belgining o'rtacha qiymatlari va uning o'zgaruvchanlik darajasi uch yoshli va besh yoshli Venger karpi erkaklarida taxminan bir xil bo'ldi. Spermatozoidlarning harakatchanligi 3 -5 ball bilan baholandi va uch yoshli baliqlarda o'rtacha 4,3 ball, besh yoshli baliqlarda esa 3,7 ballni tashkil etdi.

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR

1. Камилов Б.Г. Возраст и рост карпа (Cyprinus carpio) Тудакульского водохранилища Узбекистана // Континентальная аквакультура: ответ вызовам времени: Материалы Всероссийской научно-практической конференции. - Москва, 2016. - C. 168-173.

2. Кирпичников В.С. Генетические основы селекции рыб. - Л.: Наука, 1987. - 391 с.

3. Николюкин Н.И. Межвидовая гибридизация рыб. - Саратов: Саратовское областное гос. изд-во, 1952. - 312 с.

4. Тищенко Ю.Ф. Ступенчатый отбор в селекции рыб // Сб. научных трудов ГосНИОРХ, 1985. Вып. 235. - С. 8-16.

5. Томиленко В.Г. Рыбохозяйственное значение помесного и гибридного карпов при промышленном разведении // Рыбное хозяйство, Киев. - 1967. - № 5. - С. 96-106.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.