Научная статья на тему 'UZUMCHILIKDA XOSILDORLIK KO‘RSATKICHLARIGA OMILLAR TA’SIRINING EKONOMETRIK TAHLILI'

UZUMCHILIKDA XOSILDORLIK KO‘RSATKICHLARIGA OMILLAR TA’SIRINING EKONOMETRIK TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

12
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Efficiency of viticulture / allocated financial resources (loan) / Ministry of Agriculture / areas under grapes / number of people employed in viticulture (labor) / econometric analysis / ARIMA model / Uzumchilik samaradorligi / ajratilgan moliyaviy mablag„lar (kredit) / Qishloq xo„jaligi vazirligi / uzum ekilgan maydon / uzum yetishtirishda band bo„lganlar soni (mehnat resurslari) / ekonometrik tahlil / ARIMA modeli.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — U O‘ Toshbotirov

Ushbu ilmiy tadqiqot ishida uzumchilikda xosildorlik ko„rsatgichlariga ajratilgan moliyaviy mablag„lar (kredit), uzum ekilgan maydon va uzum yetishtirishda band bo„lganlar soni (mehnat resurslari) omillarning ta‟siri ekonometrik modellar asosida tahlil qilindi. Tahlil O„zbekistonning 2016-2022 yillar ma‟lumotlariga asoslangan. O„zbekiston Respublikasi Qishloq xo„jaligi vazirligi rasmiy saytidagi statistik ma‟lumotlariga asoslanib tahlil materiallari sifatida olindi. Bundan tashqari Respublikamizda uzumchilik samaradorligiga omillar ta‟siri ARIMA modelidan foydalanilib o„rganilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this scientific study, based on econometric models, the impact of financial resources (credit), vineyard area and the number of people employed in viticulture (labor) on productivity indicators in viticulture is analyzed. The analysis is based on Uzbekistan data for 2016-2022. As a material for analysis, statistical material was taken from the official website of the Ministry of Agriculture of the Republic of Uzbekistan. In addition, the influence of factors on the efficiency of viticulture in our republic was studied using the ARIMA model.

Текст научной работы на тему «UZUMCHILIKDA XOSILDORLIK KO‘RSATKICHLARIGA OMILLAR TA’SIRINING EKONOMETRIK TAHLILI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introduci^g^mmt^griculture in Uzbekistan

Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishningnazariyva amaliy asoslari

jy

UZUMCHILIKDA XOSILDORLIK KO'RSATKICHLARIGA OMILLAR TA'SIRINING EKONOMETRIK TAHLILI

U. O'. Toshbotirov

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali 2-bosqich magistratura talabasi

maxnet.ut@gmail .com

ANNOTATSIYA

Ushbu ilmiy tadqiqot ishida uzumchilikda xosildorlik ko'rsatgichlariga ajratilgan moliyaviy mablag'lar (kredit), uzum ekilgan maydon va uzum yetishtirishda band bo'lganlar soni (mehnat resurslari) omillarning ta'siri ekonometrik modellar asosida tahlil qilindi. Tahlil O'zbekistonning 2016-2022 yillar ma'lumotlariga asoslangan. O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi rasmiy saytidagi statistik ma'lumotlariga asoslanib tahlil materiallari sifatida olindi. Bundan tashqari Respublikamizda uzumchilik samaradorligiga omillar ta'siri ARIMA modelidan foydalanilib o'rganilgan.

Keywords: Efficiency of viticulture, allocated financial resources (loan), Ministry of Agriculture, areas under grapes, number of people employed in viticulture (labor), econometric analysis, ARIMA model

ABSTRACT

In this scientific study, based on econometric models, the impact of financial resources (credit), vineyard area and the number of people employed in viticulture (labor) on productivity indicators in viticulture is analyzed. The analysis is based on Uzbekistan data for 2016-2022. As a material for analysis, statistical material was taken from the official website of the Ministry of Agriculture of the Republic of Uzbekistan. In addition, the influence of factors on the efficiency of viticulture in our republic was studied using the ARIMA model.

Kalit so'zlar: Uzumchilik samaradorligi, ajratilgan moliyaviy mablag'lar (kredit), Qishloq xo'jaligi vazirligi, uzum ekilgan maydon, uzum yetishtirishda band bo'lganlar soni (mehnat resurslari), ekonometrik tahlil, ARIMA modeli.

Kirish:O'zbekiston O'rta Osiyo hududining markaziy qismida, 37010/ 45035/ shimoliy kenglik va 56000/-73010/ sharqiy kenglikda, yoki Yevropaning Italiya davlati bilan bir xil geografik kenglikda

May 12-13

815

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

joylashgan, umumiy maydonning 70 foizini tekisliklar, sharqda esa baland g'arbiy Tyan-shan va Pomir-Oloy tog' tizmalari egallagan. Respublikamiz iqlimi keskin kontinental temperaturaning yuqori tebranishiga asoslangan yozda juda issiq, qishda sovuq. Mamlakatimizning geografik joylashuvi, iqlim sharoiti, quyoshning faol harorat yig'indisi 4000-5000 gradusni tashkil qilganligi, hosildor sug'oriladigan yerlari va shuni alohida aytish kerak, o'ziga xos tog' va tog'oldi hududlari sanoat miqyosidagi uzumchilikni rivojlantirishga zamin yaratgan. Xozirgi kunda qishloq xo'jalik korxonalari tasarrufida jami 75 ming gektar uzum bo'ladigan bo'lsa, shuning 87 foizini xo'raki va kishmishbop uzumlar maydoni tashkil qiladi. Sanoatbop uzumlar maydoni 11-12 ming gektarni, yoki tokzorlar umumiy maydonining 13 foizini, shundan qimmatbaho uzum navlari 4-5 foizni tashkil qiladi. Keyingi yillarda sanoat uzumchiligini rivojlantirish borasida qabul qilingan dasturlarning ijobiy natijasida 2018 yil yakuni bilan qariyb ikki ming gektar maydonda sanoatbop navli, 2019 yilning bahor mavsumida 1300 gektar maydonda tokzorlar barpo qilindi. Sifatli uzum hom-ashyosini yetkazib berish, dunyoga mashxur uzum navlarini ko'paytirish va eksportga tayyor "O'zbek brendi" ostida vinochilik mahsulotlarini yetkazib berilishini yo'lga qo'yish maqsadida 2019-2021 yillarda jami 23400 gektar maydonda sanoatbop navli tokzorlar barpo qilinishi rejalashtirilgan. Shundan 2019 yilda 8290 gektar, 2020 yilda 8840 gektar hamda 2021 yilda 6270 gektar maydonda yangi tokzorlar barpo qilishning manzilli dasturi ishlab chiqildi. Tokzorlarimizdan yuqori hosil yetishtirishda zamonaviy sug'orish texnologiyalarni, ya'ni tomchilatib sug'orish tizimini joriy etishga katta e'tibor berilmoqda. 2022 yilda 100,5 ming tonna, 2023 yildan 162,4 ming tonna mahsuloti yetishtirilishi ko'zda tutilgan bo'lsa, 2024 yilga kelib 206,3 ming tonna sifatli uzum mahsuloti yetishtirilib, qayta ishlash korxonalarining to'la quvvat bilan ishlashiga erishiladi.

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Usullar va ma'lumotlar: Ushbu tadqiqotlar orqali asosiy uzumchilik xosildorligiga ajratilgan moliyaviy mablag'lar (kredit), uzum ekilgan maydon va uzum yetishtirishda band bo'lganlar soni (mehnat resurslari)ning bevosita va bilvosita ta'sirini ekonometrik modellar orqali o'rganadi. Bunda ekonometrik modelni qo'llash orqali, asosan omillar ta'sirini ARIMA modelidan foydalanish orqali tahlil qilinadi. Bunda uzum xosildorligiga ajratilgan moliyaviy mablag'lar (kredit), uzum ekilgan maydon va uzum yetishtirishda band bo'lganlar soni (mehnat resurslari) ta'siri ko'rib chiqildi. Ushbu tadqiqot ajratilgan moliyaviy mablag'lar (kredit), uzum ekilgan maydon va uzum yetishtirishda band bo'lganlar soni (mehnat resurslari)ning uzum xosildorligiga ta'sirini aniqlashda, uzum xosildorligiga turli omillar ta'sir qilishi shu jumladan, to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita, ajratilgan moliyaviy mablag'lar (kredit), uzum ekilgan maydon va uzum yetishtirishda band bo'lganlar soni (mehnat resurslari) ta'siri o'rganildi. Ushbu tadqiqot qishloq xo'jaligiga oid boshqa tadqiqotlardan farq qiladi, chunki tadqiqotning asosiy yo'nalishi omillarning uzumchilikda xosildorlik ko'rsatgichlariga qanday ta'sir qilishiga qaratilgan. Ushbu ilmiy ishimizda uzumchilikda xosildorlik ko'rsatgichlariga ajratilgan moliyaviy mablag'lar (kredit), uzum ekilgan maydon va uzum yetishtirishda band bo'lganlar soni (mehnat resurslari) ekonometrik model asosida tahlillar o'tkazildi. Ushbu o'rganilgan natijalar "STATA 15" dasturi orqali amalga oshirildi. Ushbu tadqiqotda omillarning ta'sirlarni ko'rish uchun ko'rsatgichlarni logorifmlab olindi hamda ARIMA modeli orqali ko'rib chiqildi. Taqdim etilgan keyingi natijalar to'plamlarini o'z ichiga oladi.

Natija

ARIMA regression

Sample: 2016 - 2022

Log likelihood = 27.30955

Number of obs = 7

Wald chi2(5) = 33.20

Prob > chi2 = 0.0000

OPG

хосилдорлик Coef . Std. Err. z P>|z| [ 95% Conf. Interval ]

хосилдорлик

ажр а т ил г а нмабл а г . 0311007 131.2934 0. 00 1 000 -257.2991 257.3613

ишкучи -.0000501 89.33437 -0. 00 1 000 -175.0922 175.0921

узумэкилганмайдон .06174 18 22.28364 0. 00 0 998 -43.6134 43.73688

cons 2.2382 65 106.3726 0. 02 0 983 -206.2482 210.7248

ARMA

ar

L 1 . -1 . 193047 784.3572 -0. 00 0 999 -1538.505 1536.119

L2 . -.74 017 66 982.1714 -0. 00 0 999 -1925.761 1924.28

ma

L1. -1.699194

L2. . 9999986

/sigma - . 0024 014 2.838764 -0. 00 0 999 0 5.561474

May 12-13

817

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Yuqoridagi jadvaldan ko'rinib turibdiki, uzumchilik sohasida hosildorlik ko'rsatkichlariga mehnat resurslari salbiy ta'sir ko'rsatadi. Mehnat resurslar soni, ularning malakasi hosildorlik ko'rsatkichlariga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Ajratilgan mablag'lar (kredit, investitsiya va subsidiyalar) esa, ijobiy ta'sir ko'rsatishi jadvalda aniq ko'rinib, uzum ekilgan maydon statistik muxum ahamiyatga ega emas. Lekin bu ko'rsatkich ijobiy ta'sir qiladi.

Shundan kelib chiqqan holda tahlillar natijasiga ko'ra, ayta olamizki, ajratilgan moliyaviy mablag'lar (kredit), uzum ekilgan maydon uzumchilikda xosildorlik ko'rsatkichlariga ijobiy ta'sir qiladi mehnat resurslari ortishi salbiy ta'sir qiladi.

Ushbu tadqiqot Respublikamiz uzumchilikda xosildorlik ko'rsatkichlariga ajratilgan moliyaviy mablag'lar (kredit), uzum ekilgan maydon va uzum etishtirishda band bo'lganlar soni (mehnat resurslari) ning ta'sirini o'rganish uchun ishlatilgan. Bunda ushbu ta'sir asosan uzumchilikda xosildorlik ko'rsatkichlariga bevosita ta'siri bosh mezon sifatida olingan. Ushbu ma'lumotlar tahlilini hisobga olsak, ma'lumotlar to'plami aniq manbalardan olingan. Yuqoridagi jadvalda keltirilgan natijalarga va yillik statistika ma'lumotlarni ekonometrik tahliliga ajratilgan moliyaviy mablag'lar (kredit), uzum ekilgan maydon va uzum yetishtirishda band bo'lganlar soni (mehnat resurslari) ning uzumchilikda xosildorlik ko'rsatkichlariga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Bu xulosa tadqiqotlarning yakuni emas, hali ma'lumotlarni qayta ishlash usulida boshqa ta'sirchan omillar bo'lishi mumkin. "STATA 15" dasturida davom etadigan keyingi tadqiqotlar ushbu tadqiqotning kamchiliklarini ko'rsatishi mumkin va sezilarli darajada boshqacha natijalar berishi mumkin. Shunday qilib, ushbu tadqiqot uzumchilikda xosildorlik ko'rsatkichlariga turli xil omillar ta'sir qilishi mumkin degan xulosaga keldi. Omillar, ularning aksariyati ma'lumotlar to'plamida mavjud emas edi. Omillar orasida yalpi xosil, eksport miqdori, istemolchilar talab darajasi va o'rtacha narx va boshqalar keltirilgan. Ushbu tadqiqotdan olingan natijalarni hisobga olgan holda, quyidagi xulosaga kelish mumkin: uzumchilikda xosildorlik ko'rsatkichlariga ajratilgan moliyaviy mablag'lar (kredit), uzum ekilgan maydon va uzum yetishtirishda band bo'lganlar soni (mehnat resurslari)ning to'g'ridan to'g'ri ta'siri asoslangan.

Xulosalar

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

REFERENCES

1. Makaryan AR. The choice of industries for export promotion and priorities of the labor policy in the republic of Armenia.

2. Proceedings of the conference. 2018; 66-79.

3. Law of the Republic of Armenia "About alcoholic beverageson the basis of grape raw materials". Accepted by National

4. Assembly of the Republic of Armenia on June 10, 2008. Available from: https://cis-legislation.com/document.fwx?rgn=66722.

5. Stup R, Martinson T. Developing a viable vineyard workforce for the future. Viticulture and Enology. 2019; (36): Available

6. from: https://grapesandwine.cals.cornell.edu/newsletters/appellation-cornell/2019-newsletters/issue-36-february-2019/viewpoints/.

7. Grigoryan KA. Issues of grape production, processing economics and marketing in the transitional phase of reforms. Textbook, 2000, Yerevan.

8. Republic of Armenia 2014-2025 Strategic Program of Prospective Development. page 56. Available from: https://www.gov.am/files/docs/1322.pdf.

9. https://www.agro.uz/mevali-va-tokkochatlari-yetishtiruvchi-xojaliklar/

10. https://data.egov.uz/spheres/607ff4227b6428eee08802c0

11. https://uzwine.uz/main.php?lang=la&page=proiectinfo

12. https://mediafactory.am/11617/.

May 12-13

819

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.