Научная статья на тему 'UZLUKSIZ TAʼLIM TIZIMIDA MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARINING TUTGAN OʻRNI, UNI RIVOJLANTIRISHGA OID DAVLAT TADBIRLARINI MOLIYALASHTIRISH'

UZLUKSIZ TAʼLIM TIZIMIDA MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARINING TUTGAN OʻRNI, UNI RIVOJLANTIRISHGA OID DAVLAT TADBIRLARINI MOLIYALASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
25
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Zulfiqorov R.R.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi maʼruzasida takidlaganidek, «Avvalgi uchrashuvlarda taʼlim va ilmfan, davlatning yoshlarga doir siyosatini amalga oshirish, taʼlimning yangi, zamonaviy usullarini, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohasidagi ishlar ahvoli tanqidiy tahlil qilib berilgan edi. Bu boradagi dolzarb vazifalarni amalga oshirish yoshlarimiz, jamiyatimiz va mamlakatimizning kelajagi uchun strategik ahamiyatga ega ekani sababli ushbu sohadagi ishlar shaxsan Bosh vazirga yuklatilgan. Sizning eʼtiboringizni quyidagi vazifalarni amalga oshirishga qarataman. Birinchi vazifa – maktabgacha taʼlim sohasida». Mazkur vazifani bajarish borasida joriy yil mobaynida maktabgacha taʼlimni uzluksiz taʼlim tizimining ajralmas, birlamchi boʻgʻini sifatida takomillashtirish boʻyicha davlatimiz rahbari tomonidan qator muhim hujjatlar qabul qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UZLUKSIZ TAʼLIM TIZIMIDA MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARINING TUTGAN OʻRNI, UNI RIVOJLANTIRISHGA OID DAVLAT TADBIRLARINI MOLIYALASHTIRISH»

UZLUKSIZ TA'LIM TIZIMIDA MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARINING TUTGAN ORNI, UNI RIVOJLANTIRISHGA OID DAVLAT TADBIRLARINI

MOLIYALASHTIRISH

Zulfiqorov R.R.

O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta'lim agentligi Buxgalteriya bosh buxgalteri, MTTDMQTMOI mustaqil izlanuvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11234421 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruzasida takidlaganidek, «Avvalgi uchrashuvlarda ta'lim va ilmfan, davlatning yoshlarga doir siyosatini amalga oshirish, ta'limning yangi, zamonaviy usullarini, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohasidagi ishlar ahvoli tanqidiy tahlil qilib berilgan edi. Bu boradagi dolzarb vazifalarni amalga oshirish yoshlarimiz, jamiyatimiz va mamlakatimizning kelajagi uchun strategik ahamiyatga ega ekani sababli ushbu sohadagi ishlar shaxsan Bosh vazirga yuklatilgan. Sizning e'tiboringizni quyidagi vazifalarni amalga oshirishga qarataman. Birinchi vazifa - maktabgacha ta'lim sohasida». Mazkur vazifani bajarish borasida joriy yil mobaynida maktabgacha ta'limni uzluksiz ta'lim tizimining ajralmas, birlamchi bo'g'ini sifatida takomillashtirish bo'yicha davlatimiz rahbari tomonidan qator muhim hujjatlar qabul qilindi.

Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi «2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-2707-son qarori qabul qilindi. Shu qaror bilan tasdiqlangan «Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha 2017-2021-yillarga mo'ljallangan dastur»ning asosiy maqsadli vazifalari va yo'nalishlari qatorida ilg'or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish belgilangan.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-sentyabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3261-son qarorida mavjud tizimli kamchiliklar, maktabgacha ta'lim sohasida davlat siyosatini to'liq amalga oshirishga to'sqinlik qilayotgan sabablar ko'rsatilgan, xususan:

birinchidan, maktabgacha ta'limni boshqarishning amaldagi holati tizimli muammolarni o'z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, mazkur sohada, shu jumladan, nodavlat sektorda zamonaviy innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish imkonini bermayapti;

ikkinchidan, maktabgacha ta'lim sohasiga investitsiyalarni jalb qilishga, shu jumladan, ijtimoiy-hammabop maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil etish, ularni moddiy-texnika jihatidan qayta jihozlash va ilg'or pedagogik texnologiyalarni qo'llashga qaratilgan davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari joriy qilinmagan;

uchinchidan, maktabgacha ta'lim tashkilotlari infratuzilmasi va moddiy-texnika bazasining amaldagi holati bolalarni maktabgacha ta'lim tashkilotlari bilan to'liq qamrab olishni ta'minlashga imkon bermayapti, mamlakatda aholi sonining o'sishi ayrim maktabgacha ta'lim tashkilotlarining haddan tashqari to'lib ketishiga olib kelmoqda;

to'rtinchidan, milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o'qishga qiziqishni uyg'otuvchi o'quv-metodik, didaktik (shu jumladan, o'yinlar va o'yinchoqlar) materiallar va badiiy adabiyotlarni tayyorlash hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatiga joriy etish ishlari zamonaviy talablarga javob bermaydi;

beshinchidan, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning amaldagi tizimi maktabgacha ta'lim sohasini bolalarni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish masalalarini professional darajada hal etishga qodir yuqori malakali mutaxassislar bilan ta'minlay olmaydi;

oltinchidan, maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlarini moddiy rag'batlantirish tizi-mining past darajada ekanligi malakali kadrlarni jalb qilish imkonini bermayapti;

yettinchidan, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarga tibbiy xizmat ko'rsatish bo'yicha hududiy sog'liqni saqlash organlari ishini tashkil etishdagi kamchiliklar bolalarning hayoti va sog'lig'ini himoya qilish, shu jumladan, sog'lom ovqatlanishini ta'minlash bo'yicha pro-filaktik chora-tadbirlar samaradorligining pasayishiga olib kelmoqda. Qarorga ko'ra, Maktabgacha ta'lim tizimini tanqidiy o'rganish va yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo'yicha komissiya tashkil etilgan hamda uning asosiy vazifalari qatorida quyidagilar belgilangan:

• maktabgacha yoshdagi bolalarni uyg'un rivojlantirish sohasidagi ilg'or xorijiy tajribani hisobga olgan holda, sifatli maktabgacha ta'limni tashkil etishda davlat talablarini qayta ko'rib chiqish;

• mavjud amaliyot va ilg'or xorijiy tajribani o'rgangan holda, nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish, ularning tashkiliy-huquqiy shakllarini takomillashtirish bo'yicha takliflar tayyorlash.

Uzluksiz ta'lim tizimining muhim bo'g'ini bo'lgan maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish maqsadida mazkur qarorga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha ta'lim boshqarmalari hamda ularning tuman (shahar)lardagi bo'limlarini tashkil etish vazifasi belgilandi. O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, uning hududiy bo'linmalarining asosiy vazifalari va faoliyati yo'nalishlari qatorida ilg'or xorijiy tajribani hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish belgilangan.

REFERENCES

1. Узбекистан Республикаси Вазирлар Мах,камасининг 2017 йил 28 декабрдаги "Педагог ходимларни кайта тайёрлаш ва уларнинг малакасини оширишни ташкил этиш чора-тадбирлари тугрисида"ги 1026-сон карори.

2. Узбекистон Республикаси Вазирлар Мах,камасининг 2022 йил 17 январдаги "Халк таълими ходимларини узлуксиз касбий ривожлантириш тизимини ташкил этиш тартиби тугрисидаги низомни тасдиклаш хдкида"ги 25-сон карори.

3. Узбекистон Республикаси Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги хузуридаги Мактабгача таълим агентлигининг 2023 йил 9 октябрдаги "Узбекистон Республикаси

MaKTaörana Ba MaKTaG Tat^HMu Basup^Hru xy3ypHgarH MaKTaörana Tat^HM areHTnura TH3HMH xogHM^apH acocuü ,naB03HM.napHHHHr Ma^aKa TaBCH^napHHH TacguK;.nam TyrpHCHga"rH 124-coh^h Gyupyru.

4. Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021/

5. Kalmuratov T.N. Davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini boshqarish funksiyalari. "Maktabgacha ta'lim sifatini oshirish muammolari va yechimlari" mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi.

6. Zaynutdinova M.B, Mavlonov N.Sh. Nutiqni tanishda ovozli interfeys texnologiyalaridan foydalaniladigan dasturiy maxsulotlar taxlili va istiqbollari, TATU Qarshi filiali Respublika ilmiy-amaliy koferensiya 20-21-aprel 2018-yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.